23.09.2013 yildagi O‘RQ-353-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2013 yildagi O‘RQ-353-son
Date of entry into force
24.09.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 7-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) — odamning surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligini qoʻzgʻatuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi — odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli immunitet tanqisligi kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar — odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — odamning immunitet tanqisligi virusi odamning immun tizimini shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan OIV infeksiyasining soʻnggi bosqichi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha yagona tizimning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish, OIVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash va ijtimoiy muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash vositalari bilan taʼminlash, shuningdek tashxis qoʻyish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklarning xavfsiz boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini bepul, xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarning umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga, ularning oʻlimini kamaytirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvini quyidagilar amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
(6-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining faoliyatini taʼminlaydi.
(6-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning oʻzaro aloqalarini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasiga doir zamonaviy chora-tadbirlar, OIVni yuqtirib olganlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash hamda parvarishlash usullari joriy etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyatni hamda OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash borasida qoʻllanilayotgan usullar samaradorligini baholashga doir tadqiqotlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalari zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridagi OIV infeksiyasini yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari va muassasalari OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(9-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi va amalga oshiradi;
(9-modda ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazini, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlarini, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalarini zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlash hamda ularni taʼmirlash-rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi
(10-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab boʻladigan gʻayriijtimoiy holatlarga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu maqsadda aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar monitoringini hamda ularni doimiy ravishda har tomonlama baholashni amalga oshiradi, zarur boʻlgan hollarda OIV infeksiyasi boʻyicha epidemik vaziyat murakkablashuvining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha tadbirlar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullarini amaliyotga joriy etish boʻyicha tavsiyalarni oʻrganadi va ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va chet el tashkilotlari bilan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro aloqani, Oʻzbekiston manfaatlariga mos keladigan hamkorlik oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari (bundan buyon matnda OITSga qarshi kurashish markazlari deb yuritiladi) OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash boʻyicha aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni, shuningdek tibbiyot muassasalarini uslubiy jihatdan taʼminlash hamda ular faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning zamonaviy usullarini joriy etishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OITSga qarshi kurashish markazlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi va u bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha profilaktika, epidemiyaga qarshi, tashxis qoʻyish, davolash tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV yuqishining jadalligiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolashning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan usullarini oʻrganadi hamda amaliyotga joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar oʻz sogʻligʻi va mehnat qobiliyatini saqlab qolishi uchun zarur boʻlgan tashxis qoʻyishni amalga oshiradi hamda ularga tibbiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasiga va u bilan bogʻliq kasalliklarga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashni amalga oshiruvchi muassasalarga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika, tashxis qoʻyish va davolash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash uchun qoʻllaniladigan usullarni tahlil qilishni amalga oshiradi, shuningdek ularning samaradorligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda hamda ularning malakasini oshirishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OITSga qarshi kurashish markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarning OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni oʻtkazishda, OIVni yuqtirib olganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻz vakolatlari doirasida huquqiy, uslubiy yordam, axborot yordami va boshqa yordam koʻrsatishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda tashkil etish hamda oʻtkazishda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning sogʻligʻi holatini oʻrganish va baholashdir, bunda OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq barcha davolash-profilaktika muassasalarida ixtiyoriy, majburiy yoki gʻayriixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishda tekshiruvdan oʻtayotgan shaxs bilan dastlabki va keyingi maslahatlashuv amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlarni va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish ularning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sogʻliqni saqlash tizimining laboratoriyalari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning OIV mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi natijasi tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsga uning iltimosiga koʻra, voyaga yetmaganlarga va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga esa, ularning qonuniy vakillariga dastlabki maslahatlashuvni amalga oshirgan davolash-profilaktika muassasasida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsda OIV aniqlangan taqdirda, u bilan keyingi maslahatlashuv oʻtkaziladi hamda u dispanser hisobiga qoʻyiladi, mazkur shaxs oʻzga shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlarda va muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarda OIV aniqlangan taqdirda, tibbiy muassasalar xodimlari bu haqda ularning qonuniy vakillarini hamda voyaga yetmaganlar yoxud muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar turgan muassasa rahbarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalariga koʻra oʻzida OIV aniqlangan shaxslar qon, biologik suyuqliklar donori boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning iltimosiga koʻra OIV mavjud emasligi toʻgʻrisida sertifikat berilishi mumkin. OIV mavjud emasligi toʻgʻrisida sertifikat berish qonunchilikda belgilangan tartibda, faqat OITSga qarshi kurashish markazlarida haq evaziga amalga oshiriladi.
(13-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning xohishiga koʻra, maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsning iltimosiga koʻra ixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish anonim boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qon, biologik suyuqliklar donorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ellik yoshgacha boʻlgan nikohlanuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador ayollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini isteʼmol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olgan onalardan tugʻilgan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va toʻqimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsiy sherigida OIV aniqlangan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishuvga koʻra roʻyxati belgilanadigan ayrim kasblarda ishlovchi xodimlar ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtayotganda majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Gʻayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvdan oʻtayotgan shaxsni gʻayriixtiyoriy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda uning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish ular OITSga qarshi kurashish markazlarida va davolash-profilaktika muassasalarida yashash joyi boʻyicha dispanser hisobiga qoʻyilganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam koʻrsatish OIV infeksiyasini maxsus davolashni, shuningdek OIV infeksiyasi bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishining oldini olishni, ularga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarni bepul maxsus davolash kasallik bosqichiga qarab, davolash komissiyasining xulosasiga koʻra OITSga qarshi kurashish markazlarida, davolash-profilaktika muassasalarining OIVni yuqtirib olganlarga moʻljallangan boʻlinmalarida tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga OIV infeksiyasi bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishining oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun tibbiy yordam koʻrsatish OITSga qarshi kurashish markazlari tomonidan boshqa davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olgan shaxsda OIV infeksiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan kasalliklar aniqlangan taqdirda, tegishli ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasasida ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda OIV infeksiyasi yuqishi xavfi ostida boʻlgan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda ularga OIV infeksiyasi yuqishi kasb kasalliklari toifasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi, shuningdek profilaktika tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlovchi tibbiyot xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. OIVni yuqtirib olganlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. OIVni yuqtirib olganlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar:

OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalarini va OIV tarqalishining oldini olishga doir tavsiyalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari toʻgʻrisida, oʻzidagi mavjud kasalliklarning xususiyati va tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻllaniladigan usullar haqida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan insonparvarlik munosabatida boʻlinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik yordam olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan OIV infeksiyasini tarqatmaslikka doir chora-tadbirlarni bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom odamlar bilan muloqotda ehtiyot choralariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsiy sherigini, shuningdek teri va shilliq qatlamlarning yaxlitligini buzuvchi muolajalarda sanchiladigan va kesadigan asboblardan foydalanadigan tibbiyot xodimlarini va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarini oʻz kasalligi toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. OIVni yuqtirib olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlar bepul maxsus davolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIVni yuqtirib olganlar, kasallik bosqichidan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan har oylik ijtimoiy nafaqa va nogironligi boʻlgan bolalar uchun imtiyozlar olish huquqiga ega.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olgan bolalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishdan vaqtincha ozod qilingan va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda bolalar bilan birga davolash-profilaktika muassasasida statsionar sharoitlarda boʻlish huquqiga ega.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda OIVni yuqtirib olganlarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilishning boshqa chora-tadbirlari ham belgilanishi mumkin.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. OIVni yuqtirib olganlarning huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIVni yuqtirib olganlarda OIV infeksiyasi mavjudligini asos qilib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, ularni ishga qabul qilishni rad etishga, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatda nazarda tutilgan ayrim kasbiy faoliyat turlari mustasno, taʼlim muassasalariga, bundan taʼlim muassasalarining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari mustasno, va tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarga qabul qilishni rad etishga, shuningdek ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklashga, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining turar joy huquqlarini, boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. OIV infeksiyasi yuqqan shaxsning sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OIV infeksiyasi yuqqan shaxsning sogʻligʻiga tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zararning oʻrnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi 816-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 213-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 817-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 214-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-248-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 5, 179-modda) 3-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ—353-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 507-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)