26.04.2012 yildagi O‘RQ-327-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.04.2012 yildagi O‘RQ-327-son
Date of entry into force
27.04.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OILAVIY TADBIRKORLIK TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 16-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oilaviy tadbirkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik oila aʼzolari tomonidan tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik oʻz ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga toʻlgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli.
(3-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-890-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oilaviy korxona
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona oʻz mulkida alohida mol-mulkka ega boʻlishi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli boʻlmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona qonunchilikka muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonunchilikda belgilangan oʻrtacha yillik sonidan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz boʻlmasligi kerak.
(4-moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona toʻliq firma nomiga ega boʻlishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqli. Oilaviy korxonaning toʻliq firma nomi uning toʻliq nomini va “oilaviy korxona” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “oilaviy korxona” degan soʻzlarni yoki “OK” abbreviaturasini oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-890-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-890-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son))
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oilaviy korxona boshligʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligʻi ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligʻi boʻlishi mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida oʻz nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona boshligʻi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki uzoq vaqt boʻlmagan taqdirda, u oʻz vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oilaviy korxonani tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oilaviy korxonani tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona, agar uning taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, nomuayyan muddatga tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oilaviy korxonaning yuqori boshqaruv organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona boshligʻini saylash (tayinlash) va ozod qilish;
(8-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona faoliyatining turlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga oʻzgartishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilari tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va hal qilish;
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona boshligʻining oilaviy korxona moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis shartnomasiga muvofiq oilaviy korxonaning foydasini taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlariga taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning taʼsis hujjati mazkur korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona boshligʻining va oilaviy korxona boshqa ishtirokchilarining familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi (manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ustav fondining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkni belgilash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilari oʻrtasida tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydani, shuningdek oilaviy korxona tugatilganda mol-mulkni taqsimlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilari muhim deb hisoblaydigan boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis shartnomasi oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona boshligʻi oʻzgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin oʻrtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki roʻyxatida oʻzgarishlarga sabab boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bunda oilaviy korxonani qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oilaviy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablar belgilashga haqli emas.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga oilaviy korxonani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oilaviy korxonaning ustav fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʻzga shaxsga oʻtkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda oʻzlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oilaviy korxonaning hamda uning ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oilaviy korxonaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda tovarlar ishlab chiqarishga (ishlar bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) doir faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tasarruf etish va ularga narx belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda oʻz moliyaviy mablagʻlarini shakllantirish va qarz mablagʻlarini jalb etish, shu jumladan dastlabki (boshlangʻich) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing va sugʻurta xizmatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar tuzish, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish va realizatsiya qilish uchun shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz firma nomi yozilgan muhrlardan, blankalardan va shtamplardan foydalanish hamda tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga) ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalar boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun qonunchilikka muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishi;
(12-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi haqida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oilaviy korxona boshligʻining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bogʻliq boʻlgan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchnomalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonaning mol-mulki bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik normalariga rioya etilishini taʼminlashi;
(13-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona boshligʻi qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona taʼsis shartnomasining shartlariga bogʻliq holda foydadan oʻz ulushini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga oʻzi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda oʻziga ajratib berilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oilaviy korxonaning faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Oilaviy korxonaning mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning mol-mulki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz mablagʻlari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan tarkib topadi.
(15-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Oilaviy korxonaning faoliyati amalga oshiriladigan joy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xoʻjalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlganda amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas;
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin boʻlmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni koʻp kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona faoliyati qonunchilikda belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha realizatsiya qilishi mumkin. Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish u ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Oilaviy korxonada hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonada hisob va hisobot, shuningdek uning faoliyati ustidan statistika kuzatuvlari kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan tartibda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oilaviy korxonada mehnat. Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Oilaviy korxonada mehnatga oid munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish shartlari ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona (ish beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Oilaviy korxonada mehnatga haq toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun mehnat haqi, mukofotlar hamda kompensatsiyalarning shakllarini, tizimini va miqdorini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining mehnat haqi taraflarning kelishuviga koʻra, lekin qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy muhofaza choralarini taʼminlashi shart hamda ularning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun qonunchilikda belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonada ishtirokchilar va yollanma xodimlarning ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladigan mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida mehnat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari hayotiga yoki sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha oʻz fuqarolik javobgarligini ish beruvchi sifatida qonunchilikda belgilangan shartlar va tartib asosida sugʻurtalashi shart.
(22-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oilaviy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Oilaviy korxonani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari oilaviy korxonani rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda:
(23-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylar ularda tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona ishlab chiqarish obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joylar berilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oilaviy korxona mol-mulkining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Oilaviy korxona faoliyatining erkinligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona bitimlar tuzishda erkindir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Oilaviy korxonaga soliq solish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona qonunchilikda belgilanadigan tartibda soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga oʻtadi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Oilaviy korxonaning kommunal infratuzilma obyektlaridan foydalanishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning oʻzida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Oilaviy korxonaga bank xizmati koʻrsatish va uni kreditlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonaga bank xizmati koʻrsatish qonunchilikka muvofiq bank bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar belgilangan tartibda oilaviy korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochadi hamda ularga xizmat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonani kreditlash bank yoki boshqa kredit tashkiloti bilan tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Oilaviy korxonaga kreditlar berishda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Oilaviy korxonani qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonani qayta tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga koʻra, shuningdek agar unda oilaviy korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona tugatilayotganda boʻshatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonani tugatish qonunchilikka belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Oilaviy korxonalarning birlashmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy korxonalar oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunchilikka muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(34-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-327-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)