06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1899
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huziridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1899
Date of entry into force
16.02.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1899]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-41-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talablari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchining ichki nazorati (keyingi oʻrinlarda — ichki nazorat) — professional ishtirokchisi faoliyatining qonunchilik hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyati bilan bogʻliq uning ichki hujjatlariga muvofiqligi ustidan nazorat (keyingi oʻrinlarda — ichki hujjatlar);
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining nazoratchisi (keyingi oʻrinlarda — nazoratchi) — professional ishtirokchining mazkur Nizomga muvofiq ichki nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ichki nazoratni tashkil etish

2. Ichki nazoratni amalga oshirish professional ishtirokchining vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlanadigan nazoratchi zimmasiga yuklatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 24-oktabrdagi 2011-18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-5, 17.11.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotda ichki nazoratni amalga oshirish tashkilot rahbariga yuklatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 10-noyabrdagi 2010-21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-3, 09.12.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 464-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 24-oktabrdagi 2011-18-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-5, 17.11.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nazoratchi oʻz faoliyati davomida professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashiga hisobdor boʻladi. Kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan holda nazoratchining faoliyatini nazorat qilishni professional ishtirokchining ijroiya organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni birga qoʻshib olib borilgan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bir nechta nazoratchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Professional ishtirokchi ichki nazoratni amalga oshirish uchun nazoratchi rahbarligi ostida boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmani shakllantirishga haqli.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nazoratchi oʻz faoliyatida professional ishtirokchining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nazoratchi lavozimi professional ishtirokchining xodimlar shtatiga kiritiladi. Nazoratchi lavozimidagi ish oʻrni nazoratchi uchun asosiy ish joyi boʻlishi kerak. Nazoratchi ishni bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq professional ishtirokchilarda birga qoʻshib olib borishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Professional ishtirokchi uning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki nazorat toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (nizomga) (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma) ega boʻlishi kerak. Kuzatuvchi kengashi mavjud boʻlmagan holda Yoʻriqnoma professional ishtirokchining ijroiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 24-apreldagi 2009-25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-1, 12.05.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 19-20-son, 243-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoʻriqnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchini tayinlash va uni ishdan boʻshatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchining vazifalari, uning huquq va majburiyatlarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushgan shikoyatlar, murojaatlar va arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchi tomonidan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi aniqlangan holda uning harakatlari tartibi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchi tomonidan hisobot hujjatlarini taqdim etish shakli va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining filiallarida ichki nazoratni amalga oshirish tartibi (qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiallar mavjud boʻlgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchining hisobotlari kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan hollarda nazoratchining javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻriqnomada ichki nazoratni amalga oshirishni tartibga soluvchi boshqa qoidalar ham aks ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiali mavjud boʻlgan holda, filialning xodimlar shtatiga filial nazoratchisi kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni bevosita filial tomonidan amalga oshirilishi bilan bogʻliq vazifalarni bajarayotgan filialning shtatida xodimlar soni uch kishidan ortiq boʻlmasa, professional ishtirokchining bosh tashkiloti nazoratchisi yoki filial rahbari filial nazoratchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Filial nazoratchisiga mazkur Nizomning meʼyorlari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filial nazoratchisi oʻz faoliyatida filialning boshqa xodimlaridan mustaqil va filial rahbariga va bosh tashkilotning nazoratchisiga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filial nazoratchisi aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida filial rahbari va bosh tashkilotning nazoratchisiga axborot beradi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filial nazoratchisi filial faoliyatiga tegishli boʻlgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va filial rahbariga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Filial nazoratchisi vazifalari filial rahbari tomonidan bajarilgan taqdirda filial rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga axborot beradi;
(111-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filial faoliyatiga tegishli boʻlgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va rahbariga taqdim etadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Nazoratchiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nazoratchi lavozimiga tayinlanadigan shaxs qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Professional ishtirokchining nazoratchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishga doir majburiyatlardan tashqari ichki nazorat vazifalarining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlmagan lavozim majburiyatlarini bajarishga haqli emas.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-8, 23.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 10/19/1899-8/3948-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. I yoki II toifali malaka sertifikatiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond boʻlimining nazoratchisi quyidagilardan biriga ega boʻlishi lozim:
(131-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida besh yillik ish stajiga.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-56-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-8, 23.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 10/19/1899-8/3948-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagi shaxs nazoratchi boʻlishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining amaldagi malaka sertifikatiga ega boʻlmagan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlmagan: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-noyabrdagi 2009-44-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-2, 24.11.2009-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 48-son, 518-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu shaxsning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatilgan tashkilotlarning muvofiq faoliyat turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan, kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan yoki professional ishtirokchi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotlarining taʼsischisi boʻlgan, agar bunday toʻxtatish paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan yoki uning kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Nazoratchining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nazoratchi oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Yoʻriqnoma talablariga rioya etishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining ichki qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) professional ishtirokchi tomonidan professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchiga kelib tushgan murojaat, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) professional ishtirokchi tomonidan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilganligi aniqlanganligi toʻgʻrisida professional ishtirokchining rahbarini darhol xabardor qiladi, qonunbuzilishning sodir boʻlishi sabablarini va unda aybdor boʻlgan shaxslarni belgilaydi;
(16-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishlari bartaraf etilishini va professional ishtirokchining kelgusi faoliyatidagi shunga oʻxshagan qonunbuzilishi yuzasidan ogohlantirishlar boʻyicha tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
(16-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga ularning rasmiy talabiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) professional ishtirokchi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
(16-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Nazoratchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nazoratchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining ichki hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarda ishtirok qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining hujjatlarini taqdim qilinishini talab qilish va qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bazasi va registrlar mazmuni bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchining xodimlaridan nazoratchi vazifasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli axborotlarni taqdim qilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchining xodimlaridan ularning oʻz majburiyatlarini bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha yozma tushuntirishlar taqdim qilishni talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazoratchi qonunchilik hujjatlari va (yoki) Yoʻriqnomada belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nazoratchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining ichki nazorat toʻgʻrisidagi ichki hujjatlari talablariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini tegishli ravishda bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchi va uning xodimlaridan olingan hujjatlar va fayllarning aslini saqlanishi va ularga qaytarilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni tashkil qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha professional ishtirokchining xodimlariga maslahat berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan axborotlarga nisbatan xizmat siriga rioya etishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazoratchiga qonunchilik hujjatlarida va (yoki) Yoʻriqnomada belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Nazoratchi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligini aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida ushbu holat yuzasidan professional ishtirokchining ijroiya organiga va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot berishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nazoratchining mazkur Nizom bilan unga berilgan huquqlar doirasidagi talablari professional ishtirokchining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Nazoratchining hisobdorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nazoratchi oʻz vazifalarini bajarish vaqtida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi hisobotni (keyingi oʻrinlarda — qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisida hisobot) — qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining qonunbuzilishi aniqlangandan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
choraklik hisobotni — har chorak yakuni boʻyicha har bir chorak tugaganidan soʻng oʻn besh kundan kech boʻlmagan muddatda tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotlar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan professional ishtirokchining tegishli boshqaruv organiga ular tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish asoslari va uni oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish jarayonida tasdiqlangan va boshqa aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisidagi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunbuzilishini sodir etilishining belgilangan sabablari va bunda aybdor shaxslar toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini bartaraf etish va shunga oʻxshash qonunbuzilishlaridan ogohlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar toʻgʻrisidagi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazoratchi tomonidan ilgari aniqlangan, biroq bartaraf etilmagan qonunbuzilishini takroriy aniqlangan holda nazoratchi qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisida yangi hisobotni tuzmaslikka haqli. Bunda, ilgari aniqlangan qonunbuzilishining bartaraf qilinmaganligi toʻgʻrisidagi axborot, nazoratchining choraklik hisobotiga kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir xildagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishlari (bitta va shu kabi sabablar boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining shu kabi bir xil talablarining buzilishlari) toʻgʻrisidagi, shuningdek bitta tekshirishni oʻtkazish jarayonida aniqlangan oʻzaro bogʻlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishini (agarda bitta qonunbuzilishi boshqasi sababli kelib chiqsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi yagona hisobotda aks ettirilishi mumkin.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Choraklik hisobot quyidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan tekshirishlar soni koʻrsatilgan holda chorak mobaynida oʻtkazilgan tekshirishlar, tekshirish oʻtkazish vaqtida aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilish sabablari va ularni bartaraf etish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi (koʻrib chiqilgan murojaatlar, arizalar va shikoyatlar soni toʻgʻrisidagi, murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilish sabablari, professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida shunga oʻxshash qonunbuzilishlarni bartaraf etish va ogohlantirish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida qonunchilik hujjatlari, professional ishtirokchining ichki qoidalari talablarining buzilishidan ogohlantirish boʻyicha tavsiyalar;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarni bajarish toʻgʻrisidagi;
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat axborotlaridan noqonuniy foydalanish, narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatish, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan tadbirni amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bogʻliq tavakkalchilikni kamaytirish boʻyicha tadbirlar toʻgʻrisidagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Choraklik hisobotga professional ishtirokchi xodimlarining malakasini oshirish, ichki nazoratni tashkil qilishni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar, shuningdek boshqa axborotlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nazoratchi alohida yigʻmajildlar nomenklaturasini shakllantirish yoʻli bilan hisobotlar hisobining yuritilishini va ularning saqlanishini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nazoratchining hisobotlari va boshqa hujjatlari professional ishtirokchining qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi va agarda Yoʻriqnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Professional ishtirokchiga kelib tushgan va nazoratchi faoliyatiga tegishli boʻlgan ariza va shikoyatlar koʻrib chiqish uchun nazoratchiga yuboriladi. Bunday ariza va shikoyatlar professional ishtirokchi tomonidan kelib tushgan kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-maydagi 05-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-9, 19.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Murojaatlarni koʻrib chiqish mazkur Nizomda belgilangan alohida xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Arizachiga murojaat, ariza yoki shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yozma javob xatida arizachi tomonidan bayon etilgan har bir dalilga nisbatan asoslantirilgan javob aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Murojaat, ariza va shikoyat yuzasidan javob xatini professional ishtirokchining rahbari va nazoratchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Professional ishtirokchi arizachilarga uning tomonidan xabar berilayotgan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Professional ishtirokchining rahbari va xodimlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Professional ishtirokchining rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchiga uning oʻz majburiyatlarini bajarilishida yordam koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qonunchilik hujjatlari, ichki hujjatlarining buzilishlarini, shuningdek qonunbuzilishini sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etilishini tashkil qiladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Professional ishtirokchining (professional ishtirokchi filialining) xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratchiga uning oʻz majburiyatlarini bajarilishida yordam koʻrsatadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ishtirokchining boshqa xodimlari yoki boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi kutilayotgan qonunchilik hujjatlarining, ichki qoidalarning buzilishlari toʻgʻrisida darhol nazoratchiga maʼlum qiladilar;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻy bergan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq ular manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin boʻlgan bitimlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning affillangan shaxslari deb topilishi mumkin boʻlgan mijozlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar;
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻyicha uzoq vaqt (bir haftadan ortiq) davomida aloqa oʻrnatish mumkin boʻlmagan mijozlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda, 19-20-son, 243-modda, 48-son, 518-modda; 2010-y., 49-son, 464-modda; 2011-y., 39-son, 402-modda; 45-46-son, 486-modda; 2013-y., 49-son, 642-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1899-7/2749-son, 23.10.2019-y., 10/19/1899-8/3948-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)