24.07.2017 yildagi PF-5120-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2017 yildagi PF-5120-son
Date of entry into force
31.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish yuzasidan keng koʻlamli ishlar, shuningdek sanoatni modernizatsiya qilish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni barpo etish boʻyicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tahlillar kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarning samarali bajarilishiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga gʻov boʻlayotgan omillarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga toʻsqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjudligini, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni taʼminlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, loyihalarni amalga oshirish surʼati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga yetarlicha joriy etilmaganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablagʻlar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiisteʼmolchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari shaffofligini taʼminlovchi davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi)ning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan yagona axborot maydonining mavjud emasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib koʻrsatish va boshqa suiisteʼmolchiliklar alomatlarini aniqlash boʻyicha ishlar samaradorligining pastligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqiqiy bozor qiymatini aniqlash imkonini beradigan yagona klassifikator ishlab chiqilmaganligini koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida davlat organlari faoliyati, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha boshqaruvining yagona axborot tizimini yaratish orqali davlat va hududiy dasturlar, investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, moliyaviy mablagʻlar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori sohalarini, elektron tijorat, lotereya hamda Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatlari sohalarida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohalarida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarining sugʻurta munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʻmaklashish.
(2-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash tavsiyaviy tusga ega.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning buyurtmalariga asosan Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini va Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5120-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 722-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)