04.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3784
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3784]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 6-son “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. AQQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/1-MH-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vaziri SH. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-fevral

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-fevral

Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S. TOSHBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining 2026-yil 1-martdagi 7/1-MH-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy turoperatorlari (bundan buyon matnda turoperatorlar deb yuritiladi) tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi — Malayziya va Indoneziya davlatlarining umra faoliyatini tashkil etish ruxsatiga ega turoperatorlari tomonidan umra ziyoratiga qoʻshimcha ravishda mazkur davlatlarning sayyohlari uchun turoperatorlar bilan shakllantiriladigan va amalga oshiriladigan kompleks sayohat dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasiga Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan har bir sayyoh uchun turoperatorlarga 100 AQSh dollari miqdorida ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasiga Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan har bir sayyoh uchun subsidiya olish maqsadida murojaat qiluvchi turoperator.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turoperatorlarga ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar 2026-yil 31-dekabrga qadar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ularga ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar berish mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish uchun murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgorning vakili subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalar vakolatli organga kelib tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning vakili oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan sayyohlar roʻyxati (ism-familiyasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (ID-raqami), umra ziyoratiga borish yoki qaytish uchun olingan chipta nusxalari, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish sanalari koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkor taraf bilan tuzilgan shartnoma nusxasi hamda shartnoma asosida toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan talabgor vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma (talabgor nomidan ish yuritishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor tomonidan subsidiya olish uchun davlat xizmatidan foydalanish bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorning vakili Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgorning vakili tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Subsidiya olish uchun ariza yuborgan talabgor quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida xizmat koʻrsatayotgan sayyohlar Malayziya yoki Indoneziyadan Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra ziyoratini amalga oshirish maqsadida yoʻl olgan yoki ushbu ziyoratdan qaytayotgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida xizmat koʻrsatayotgan sayyohlar Oʻzbekiston Respublikasida uch kecha yashagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya olish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ariza va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganib chiqiladi hamda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq subsidiya ajratish toʻgʻrisida yoki mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qabul qilingan qaror vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun mazkur Nizomning 5-bandi va 2-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan shartlarga javob bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, turistlar soni, subsidiya olayotgan turoperator — yuridik shaxsning toʻliq nomi va STIR, joylashgan joyi (pochta manzili, tijorat bankidagi hisobvaragʻi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng tegishli mablagʻlarni besh ish kunida turoperatorning tegishli tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tegishli mablagʻlar turoperatorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlari oʻtkazilayotgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan AQSH dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi boʻyicha milliy valyutada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorga subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ajratilgan subsidiyalarning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turoperatorlarga berilgan subsidiyalarning hisobi vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiya ajratish natijalari haqidagi maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ mazkur Nizom doirasida oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ajratilgan mablagʻlarning oʻtkazib berilishini taʼminlash yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organning qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Subsidiyani olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali ariza taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Arizani oʻrganib chiqadi hamda subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 10 ish kunida

2. Qaror nusxasini Davlat xizmatlari markaziga yoki talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

2. Qaror qabul qilingan kuni

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Qaror nusxasini talabgorga taqdim etadi.

10 daqiqa ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda talabgorning tegishli tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

5 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya olish maqsadida toʻldiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasiga muvofiq toʻliq nomi.

2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), manzili, bank hisobvaragʻi, bank rekvizitlari.

3. Aloqa maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili).

II. Ilova qilinadigan hujjatlar

1. “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan sayyohlar roʻyxati (ism-familiyasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (ID raqami), umra ziyoratiga borish yoki qaytish uchun olingan chipta nusxalari, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish sanalari koʻrsatilgan holda).

2. Hamkor taraf bilan tuzilgan shartnoma nusxasi hamda shartnoma asosida toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

3. Ariza davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan talabgor vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma (talabgor nomidan ish yuritishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Turizm qoʻmitasi

№ _________________________

Hujjat berilgan: __________________

Hujjat yaratilgan sana: ___________

(kim uchun berilgani)

Ariza raqami: __________

STIR: _________________

Turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 6-son “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq, turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratish maqsadida budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining ___________-son burugʻiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:

1. ____________________________________________________________________.

(subsidiya olish uchun berilgan arizaning qanoatlantirilganligi)

2. ____________________________________________________________________.

(ajratiladigan subsidiya miqdori)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi boʻlib, davlat organlari tomonidan ushbu hujjatni qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi. Hujjat haqiqiyligini repo.gov.uz veb-saytida hujjatning noyob raqamini kiritib yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali tekshirish mumkin.

QR kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Turizm qoʻmitasi

№ ___________________________

Hujjat berilgan:__________________

Hujjat yaratilgan sana: ___________

(kim uchun berilgani)

Ariza raqami: __________

STIR: _________________

Turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 6-son “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq, turoperatorlar tomonidan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir sayyoh uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining ___________-son burugʻiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:

1. ____________________________________________________________________.

(subsidiya ajratishni rad etish sabablari)

2. Mazkur qaror nusxasini olgan kuningizdan boshlab, bir oy ichida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Qoʻmitaga belgilangan tartibda qayta ariza topshirish orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi boʻlib, davlat organlari tomonidan ushbu hujjatni qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi. Hujjat haqiqiyligini repo.gov.uz veb-saytida hujjatning noyob raqamini kiritib yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali tekshirish mumkin.

QR kod

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026 y., 10/26/3784/0198-son)