Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001 16.07.1993 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REsPUBLIKADA IJTIMOIY TAʼMINOTNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-son “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida aholini ijtimoiy taʼminlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq hamda uning xodimlarining chegaralangan sonni tegishli mehnatga haq toʻlash fondi bilan birgalikda 60 nafar etib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot vazirligiga vazirning ikki nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosariga, 7 kishidan iborat hayʼatga (uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi) ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Ijtimoiy taʼminot vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy taʼminot va Mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy yordam berish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarga pensiya ishini rivojlantirish va mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllanayotgan yaʼni iqtisodiy munosabatlar va mulkchilikning turli xil shakllari sharoitida keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va nafaqalar toʻlashga sarflanadigan ijtimoiy sugʻurta mablagʻlaridan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy taʼminlash ishiga oid chet el tajribasini oʻrganish va undan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy taʼminot organlari faoliyatida bir-birini takrorlashga barham berish va quyi boʻlinmalarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — pensiyalar va nafaqalarni hisoblash va toʻlash boʻyicha respublika markazini, “Gʻamxoʻrlik” respublika markazini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarda va Toshkent shahrida — pensiyalar va nafaqalarni hisoblash va toʻlash boʻyicha viloyat (shahar) markazlarini, “Gʻamxoʻrlik” viloyat (shahar) markazlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarda va shaharlarda — ijtimoiy yordam tuman (shahar) boʻlimlarini tugatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot hududiy boshqarmalari va ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni 2, 3, 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2—4 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot vazirligi butun tizimi boshqaruv organlari xodimlarining chegaralangan soni 9515 nafardan iborat etib tasdiqlansin. Shu yilning iyul-avgust oylarida respublika ijtimoiy taʼminot organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish zarur deb hisoblansin, bunda yuqori malakali mutaxassislarni tanlashga, oʻz nomiga isnod keltirgan xodimlarni vazifasidan ozod qilishga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy taʼminot hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligiga hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlariga boʻysunadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar ijtimoiy taʼminot boshqarmasi rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini tayinlash tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar ijtimoiy taʼminot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda nogironlar va nogiron bolalar uchun internet uylarning huquqiy va funksional maqomini, tibbiy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning shtatlar sonini, Mehnatga haq toʻlash fondini qayta koʻrib chiqsin, ularni haqiqiy moddiy va mehnat xarajatlariga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 kun muddatda Ijtimoiy taʼminot vazirligi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini, ijtimoiy taʼminot hududiy boshqarmalari va ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimi toʻgʻpicidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligiga oylik “Saxovat” jurnalini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qizil Yarim oy jamiyati, mehr-muruvvat va salomatlik jamiyatlari, boshqa jamoat tashkilotlari hamda korxonalar, Davlat xoʻjaliklari, jamoa xoʻjaliklari Mehnat jamoalari bilan birgalikda 1993-yilda va undan keyingi yillarda keksalar va nogironlar uchun internat uylarga, nogiron bolalar, yolgʻiz keksalar va Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda tibbiy, maishiy, savdo va madaniy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat vazirligi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 10 kun muddatda respublikada bolali oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni oʻrganib chiqsin hamda ularni tartibga solish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 18-oktabrdagi 2098-son farmoyishi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari respublika kengashining 1987-yil 31-martdagi 35–son qarori Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 3-noyabrdagi 361-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi majmuining majlisida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-son