1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
4a-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Manzili | Egallagan maydoni (ga) | Bino va inshoot maydoni (m2) |
1. | “Oʻzbekfilm” milliy kinokonserni binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy | 10,620 | 47 081 |
2. | Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1A-uy | 1,634 | 9 691 |
3. | “Doʻrmon” kinoijodkorlar uyi binosi | Toshkent viloyati Qibray tumani Argʻin shaharchasi “Yangi Argʻin” MFY Yozuvchilar uyi koʻchasi | 3,362 | 3 690 |
5-ILOVA
6-ILOVA
1. | Bosh prokuratura |
2. | Ichki ishlar vazirligi |
3. | Mudofaa vazirligi |
4. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
5. | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
6. | Energetika vazirligi |
7. | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
8. | Transport vazirligi |
9. | Madaniyat vazirligi |
10. | Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
11. | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
12. | Sport vazirligi |
13. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
14. | Suv xoʻjaligi vazirligi |
15. | Bojxona qoʻmitasi |
16. | Soliq qoʻmitasi |
17. | Turizm qoʻmitasi |
18. | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
19. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
20. | Yoshlar ishlari agentligi |
21. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
22. | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ |
23. | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ |
24. | “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ |
25. | “Navoiyuran” davlat korxonasi |
26. | “Oʻzbekneftgaz” AJ |
27. | “Oʻztransgaz” AJ |
28. | “Hududgaztaʼminot” AJ |
29. | “Oʻzbekgidroenergo” AJ |
30. | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
31. | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ |
32. | “Uzbekistan Airways” AJ |
33. | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
34. | “Oʻzbektelekom” AJ |
35. | “Oʻzmilliybank” AJ |
36. | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB |
37. | “Agrobank” ATB |
7-ILOVA
8-ILOVA
9-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Manzili | Egallagan maydoni (ga) | Bino va inshoot maydoni (m2) |
1. | “Gʻuncha” kinoteatri binosi | Toshkent shahri Shayxontohur tumani Bogʻ koʻcha mavzesi 1-uy | 0,1342 | 842,0 |
2. | Sobiq kinoteatr binosi* | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 2A-uy A-blok | 0,515 | 465,0 |
3. | Oʻzbekiston milliy kinofondining maʼmuriy binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 2-uy B-blok | 0,910 | 1690,0 |
4. | “Qoʻshrabot” kinoteatri binosi* | Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani “Mustaqillik” MFY 110-uy | 0,6793 | 760,0 |
5. | Kinematografiya agentligi Toshkent shahar hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi* | Toshkent shahri Chilonzor tumani Beshyogʻoch koʻchasi 1-berk koʻchasi 9-uy | 0,0915 | 815,0 |
6. | Kinematografiya agentligi Andijon viloyati hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi* | Andijon viloyati Andijon shahri Abdurauf Fitrat koʻchasi 230-uy | 0,1573 | 928,06 |
7. | Kinematografiya agentligi Navoiy viloyati hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi | Navoiy viloyati Navoiy shahri 4-daha Nurafshon koʻchasi 2-uy | 0,03987 0,01191 | 30,03 84,1 |
8. | Kinematografiya agentligi Buxoro viloyati hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi | Buxoro viloyati Buxoro shahri Mohitobon koʻchasi 1-uy | 0,2380 | 151,7 |
9. | Kinematografiya agentligi Namangan viloyati hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi | Namangan viloyati Namangan shahri A.Xoʻjayev koʻchasi 32A-uy | 0,0963 | 549,86 |
10. | Kinematografiya agentligi Xorazm viloyati hududiy boʻlimining maʼmuriy binosi | Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy koʻchasi 27-uy | 0,0169 | 169,42 |
11. | “Dinap” suratga olish maydoni | Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Nanay qishlogʻi | 5,200 | 412,12 |
12. | Sobiq kinoprokat korxonasi binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol koʻchasi 171-uy | 1,000 | 1436,89 |
10-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Obyekt manzili | Ish turi (loyiha) | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochi |
1. | “Oʻzbekfilm” hududidagi sobiq kinotasmalarni saqlash binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy | Kinofond va muzey fondini saqlash talablari asosida maxsus harorat va namlik nazorati tizimlarini oʻrnatgan holda rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash | 2027-yil | Tugatilayotgan Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, Davlat budjeti mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. | Dublyaj va ovozlashtirish markazi uchun quriladigan maxsus bino | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy | Milliy kinokompaniya tizimida xalqaro standartlarga javob beradigan, ilgʻor raqamli texnologiyalar hamda “Dolby Atmos” texnologiyasidagi ovoz yozish uskunalari bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlashtirish markazi uchun maxsus bino qurish va zamonaviy jihozlash | 2027-yil | Tugatilayotgan Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, Davlat budjeti mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
3. | “Oʻzbekfilm” hududidagi “A” va “B” bloklar birgalikda (sobiq Chilonzor tuman YHX binosi) | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy | “Oʻzbekfilm” kino shaharchasining tegishli qismini barpo etish (maʼqullanadigan loyiha asosida) | 2027-yil | Tugatilayotgan Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, Davlat budjeti mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
4. | Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi binosi | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1A-uy | Kapital taʼmirlash, zamonaviy jihozlash hamda hududini obodonlashtirish | 2027-yil | Tugatilayotgan Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, Davlat budjeti mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
5. | Bolalar kinoijodkorligi maktabi uchun quriladigan bino | Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy | Bolalar kinoijodkorligi maktabi binosini qurish va zamonaviy jihozlash | 2027-yil | Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
6. | “Oʻzbekfilm” milliy kinosaroyi binosi | Toshkent shahri Shayxontohur tumani Alisher Navoiy shohkoʻchasi 15-uy | Kapital taʼmirlash, zamonaviy jihozlash hamda hududini obodonlashtirish | 2027-yil | Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy kinokompaniya, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
11-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
1. | Kinoindustriyani rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) quyidagilarni kiritish: “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Milliy kinokompaniya) ustavini; loyiha ofislaridan iborat boshqaruv tuzilmasini; Milliy kinokompaniyaga Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi nizomni. Bunda: pitching oʻtkazishni; “Oʻzbekfilm” brendi ostidagi filmlarni qoʻllab-quvvatlashni; subsidiya hisobidan yaratilgan asarlarga nisbatan mutlaq va mulkiy huquqlar Milliy kinokompaniyaga tegishli boʻlishi kabi masalalarni inobatga olish. | Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori loyihasi | 2026-yil noyabr-dekabr | - | Milliy kinokompaniya, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. | Quyidagilarni Milliy kinokompaniya ustavida belgilash va ularga amal qilishni tashkil etish: Milliy kinokompaniyada Direktorlar kengashini joriy etish hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan Direktorlar kengashi raisini tayinlash va undan ozod etish tartibi; Direktorlar kengashi raisi tomonidan ijodiy jarayonlarni muvofiqlashtirish tashkil etilishi; Milliy kinokompaniyaning ijro etuvchi organini tuzish, ijrochi direktorni Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri tayinlash va uni Milliy kinokompaniyaning moliya-xoʻjalik va tashkiliy faoliyatiga masʼul etib belgilash; Milliy kinokompaniya xodimlarini ishga olish va ishdan boʻshatish Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshirilishi. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining Direktorlar kengashi raisi funksiyasini bir vaqtning oʻzida bajarishga tayinlanishiga ruxsat etiladi va u ushbu faoliyat uchun belgilangan barcha turdagi toʻlov hamda boshqa haqlarni toʻliq miqdorda oladi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr, kelgusida — muntazam | - | Madaniyat vazirligi, Milliy kinokompaniya |
3. | Quyidagilarni amaliyotga joriy etish: Milliy kinokompaniyaning Direktorlar kengashi tomonidan subsidiya hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha pitchinglar oʻtkazilishi; pitching natijalariga koʻra, Direktorlar kengashi qarori bilan loyihani amalga oshiruvchi ijodiy jamoalar va kinostudiyalarni belgilash; Milliy kinokompaniya loyihalar boʻyicha ekspert va mutaxassislarni haq toʻlanadigan shartnoma asosida jalb etishi mumkinligini nazarda tutish. | Amaliy chora-tadbirlar | Muntazam | - | Milliy kinokompaniya |
4. | Milliy kinokompaniya tomonidan loyihalarni amalga oshirishda kinostudiyalarning soʻrovnomasiga asosan zarur boʻlgan kinotexnika va qurilmalar, shuningdek, maxsus kinotransport vositalarini subsidiya hisobidan amalga oshiriladigan muayyan loyiha smetasida nazarda tutish hamda loyiha yakunlangandan soʻng ularning Milliy kinokompaniyaga topshirilishini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Muntazam | - | Milliy kinokompaniya |
5. | Ushbu Farmonda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2026-yil dekabr | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi |
6. | Kinostudiyalar ularga subsidiya hisobidan ajratilgan mablagʻlar maqsadli, oqilona va toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, smeta va qonunchilik talablariga muvofiq foydalanilishi uchun toʻliq masʼul va javobgar boʻlishini nazarda tutish. Mazkur talablarni Milliy kinokompaniya va kinostudiya oʻrtasida tuziladigan shartnomada majburiy shart sifatida nazarda tutish. Smetalarga Milliy kinokompaniya bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Muntazam | - | Milliy kinokompaniya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
7. | Madaniyat vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, istisno tariqasida, tugatilayotgan Kinematografiya agentligining boshqaruv shtat birliklari hisobidan qoʻshimcha ravishda 14 ta shtat birligidan iborat Kino sanʼati departamentini tashkil etish. Bunda: madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kino sanʼati departamenti boshligʻi lavozimi boʻyicha Milliy kinokompaniyaning Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladi va davlat ulushi boʻyicha ovoz berish vakolatiga ega boʻlgan davlat vakili hisoblanadi; departament faoliyatini qisqa muddatda samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida istisno tariqasida departamentga xodimlar toʻgʻridan-toʻgʻri suhbat asosida ishga qabul qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
8. | “Yangi Oʻzbekistonda duv-duv gap” badiiy filmini ishlab chiqarish. Bunda: filmning premyerasini 2027-yil Mustaqillik bayrami arafasida oʻtkazish; | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va boshqa manbalar | Milliy kinokompaniya |
filmni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Milliy kinokompaniyaga Davlat budjetidan alohida subsidiya ajratilishini taʼminlash. | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
9. | Kosmonavt ayol haqida badiiy film ishlab chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2028 — 2030-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va boshqa manbalar | Milliy kinokompaniya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
10. | Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida joylashgan “Koʻhinur” sanatoriyasi mulkiy majmuasini Milliy kinokompaniyaga begʻaraz asosda mulk huquqi bilan berish va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Milliy kinokompaniya, Toshkent viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi |
11. | Toshkent shahrida Milliy kinokompaniya va Toshkent shahar hokimligi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida bolalar kinoijodkorligi maktabini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Milliy kinokompaniya, Yoshlar ishlari agentligi, Kadastr agentligi |
Maktabni Toshkent shahri Mustaqillik shohkoʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Yoshlar ijod saroyiga maktab uchun yangi bino qurilib, foydalanishga topshirilgunga qadar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. Bunda: joylashtiriladigan maydon Milliy kinokompaniyaning soʻroviga asosan ajratiladi; Toshkent shahri mahalliy budjetidan mablagʻlar maktabga subsidiya shaklida ajratiladi. | 2027-yil yanvardan boshlab maktab uchun bino qurilib foydalanishga topshirilgunga qadar | ||||
12. | Sohaga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini Madaniyat vazirligining kelishuvisiz Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishga yoʻl qoʻymasligini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Muntazam | - | Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar |
13. | Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligini va uning tizimidagi tegishli tashkilotlarni, shu jumladan, “Oʻzbekfilm” milliy kinokonserni” davlat muassasasini va Kinematografiya agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — tugatilayotgan tashkilotlar) tugatish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish. Tugatilayotgan tashkilotlarning shartnomaviy munosabatlarini belgilangan tartibda hal etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr (ushbu muddat qonunchilikda belgilangan muddatgacha davom etishi mumkin) | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ |
14. | Tugatilayotgan tashkilotlar tomonidan buyurtmachi sifatida filmlar ishlab chiqarish uchun tuzilgan amaldagi tegishli shartnomalarni Milliy kinokompaniya bilan qayta rasmiylashtirish. Bunda ushbu loyihalar (shartnomalar) boʻyicha pitching oʻtkazmasdan, tegishli postanovkachi guruhning tavsiyasi asosida Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan Milliy kinokompaniya orqali moliyalashtirilishini davom ettirishni taʼminlash. Shuningdek, tugatilayotgan tashkilotlar bevosita oʻzi amalga oshirayotgan tegishli loyihalar (shartnomalar)ni 2026-yilda yakunlash choralarini koʻrish, yakunlash imkoni boʻlmaydigan ayrim loyihalar (shartnomalar) boʻyicha pitching oʻtkazmasdan tegishli postanovkachi guruhning tavsiyasi asosida kinostudiyalarni belgilash orqali Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan Milliy kinokompaniya orqali subsidiyalar berish yoʻli bilan moliyalashtirilishini davom ettirishni taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Milliy kinokompaniya, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
15. | Tugatilayotgan tashkilotlar, shu jumladan, “Oʻzbekfilm” milliy kinokonsernining mol-mulkidan, shu jumladan, bino va inshootlar, transport vositalari, kinotexnikalar hamda boshqa moddiy-texnika bazasidan ushbu Farmon kuchga kirgan paytdan boshlab Milliy kinokompaniya tekin foydalanish huquqi asosida foydalanishini taʼminlash. Bunda Milliy kinokompaniya ushbu mol-mulklarni mustaqil ravishda ikkilamchi ijaraga berishi mumkin. | Amaliy chora-tadbirlar | Milliy kinokompaniyaga ushbu Farmonda nazarda tutilgan mulklar rasmiylash-tirilgunga qadar | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi, Milliy kinokompaniya |
16. | Tugatilayotgan tashkilotlarga tegishli boʻlgan audiovizual asarlarga nisbatan mutlaq va mulkiy huquqlarni cheklanmagan muddatda va begʻaraz asosda Milliy kinokompaniyaga oʻtkazish. Bunda madaniy boylik hisoblangan audiovizual asarlarni “Oʻzbekfilm” milliy kinofondiga topshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Tugatish jarayonida | - | Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Milliy kinokompaniya, Adliya vazirligi |
17. | Oʻzbekiston Respublikasida 1924-yildan buyon davlat mablagʻlari va (yoki) davlat studiyalari tomonidan yaratilgan barcha filmlarga boʻlgan egalik huquqi holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. Xatlov natijalarida aniqlangan tegishli filmlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlari egaligidagi filmlar boʻyicha ularga boʻlgan mulkiy huquqlarni cheklanmagan muddatga Milliy kinokompaniyaga begʻaraz oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil mart | - | Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy kinokompaniya, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar |
Tugatilayotgan tashkilotlarning balansidagi foydalanishga yaroqli boʻlgan va foydalanish muddati oʻtmagan hamda ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilishiga ruxsat etilgan koʻchar mulklar, ushbu Farmonning 4a-ilovasida nazarda tutilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, transport vositalari Tegishli tugatish komissiyalari tomonidan tugatilayotgan tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, shu jumladan, mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini toʻliq tekshirish va ular bilan hisob-kitob amalga oshirilishini tashkil etish. Bunda tugatish jarayonlarida haqiqatda toʻlanishi qonuniy asoslangan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal toʻlovlar, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha hamda boshqa kreditorlik qarzdorliklarni ushbu Farmonda nazarda tutilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar, Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Tugatish jarayoni yakunida | - | Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Milliy kinokompaniya | |
19. | Tugatilayotgan tashkilotlarning ushbu Farmonda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoniga 3.14-ilovaning 10-pozitsiyasida nazarda tutilgan davlat mulki obyektlarini sotish jarayonida quyidagi tartibni joriy etish: obyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda toʻliq miqdorda Milliy kinokompaniyaga soliq solish obyekti va soliq bazasiga kiritilmagan holda maqsadli mablagʻlar shaklida yoʻnaltirilishini; | Amaliy chora-tadbirlar | Obyekt sotilib, mablagʻ tushgandan soʻng bir oy muddatda | Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
obyektlarning baholangan qiymati miqdoridagi pul mablagʻlari, ular sotilishini kutmasdan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi hisobidan Milliy kinokompaniyaga soliq solish obyekti va soliq bazasiga kiritilmagan holda maqsadli mablagʻlar shaklida ajratilishini; obyektlar sotilgandan soʻng Milliy kinokompaniyaga tushgan mablagʻlardan Jamgʻarma tomonidan oldin ajratilgan summa ushlanib qolinishi hamda hosil boʻlgan farq boʻyicha taraflar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilishini; | 2026-yil dekabr | ||||
Milliy kinokompaniyaga Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan jami mablagʻ miqdorini qoplashga obyektlar sotilgandan soʻng tushgan mablagʻlar yetmaganda, mablagʻning yetmagan qismi kelgusi moliya yilida Jamgʻarmaga Davlat budjeti hisobidan qoplanishini taʼminlash. Bunda Milliy kinokompaniya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, loyihalarni moliyalashtirish, kinoindustriya obyektlarida loyihalashtirish, qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirish kabilar obyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadlari hisoblanadi. | Obyekt sotilib, mablagʻ tushgandan soʻng bir oy muddatda | ||||
20. | Faoliyati tugatilayotgan Kinematografiya agentligining amaldagi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlaridagi davlat sherigini Madaniyat vazirligi sifatida qayta rasmiylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi |
21. | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi oliy organining Milliy kinokompaniyani Markazning yagona muassisi (taʼsischisi) etib belgilash toʻgʻrisidagi qarorini inobatga olib, Markazni qayta roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga koʻmaklashish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Adliya vazirligi, Milliy kinokompaniya, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi |
22. | Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazini tugatish boʻyicha Madaniyat vazirligi tomonidan tugatish komissiyasini tuzish va ushbu Markazni tugatish jarayonida barcha hisob-kitoblar yakuniga yetgach, Markazga tegishli boʻlgan tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar, pul mablagʻlarini Oʻzbekiston kino sohasi vakillari palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Palata) oʻtkazish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil aprel | - | Adliya vazirligi, Milliy kinokompaniya, Palata |
23. | Palatani Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy manzilidagi binoga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali ijara huquqi asosida joylashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoni bilan tasdiqlangan Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida tashkil etiladigan ijodiy birlashmalarning yoʻnalishlari roʻyxatidagi kino sanʼati yoʻnalishi boʻyicha vazifalar Palata tomonidan amalga oshirilishini hamda unga Iqtisodiyot va moliya vazirligi biriktirilganligini inobatga olish. Palata faoliyatini samarali tashkil etish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2026-yil yakuniga qadar 20 milliard soʻm, 2027-yildan boshlab har yili ushbu summadan kam boʻlmagan miqdorda Palataning hisob-kitobiga koʻra unga zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash. | Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari | 2026-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy kinokompaniya, Palata, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
24. | Quyidagilarni: Samarqand viloyati Samarqand shahri Alisher Navoiy koʻchasi 40-uy manzilida joylashgan “Sharq yulduzi” nomli kinoteatr binosini; Xorazm viloyati Urganch shahri Xonqa koʻchasi 62A-uy manzilda joylashgan Xudoybergan Devonov nomli kinoteatr binosini Madaniyat vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish. Kelgusida ushbu obyektlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida berilishini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-2028-yillar | - | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Samarqand viloyati hokimligi |
25. | Toshkent shahri Chilonzor tumani Chilonzor koʻchasining tegishli qismiga Oʻzbekfilm nomini berish masalasini belgilangan tartibda hal etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi |
26. | Amaliy chora-tadbirlar | Joylash-tirish — 2027-yil fevral | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toshkent shahar hokimligi | |
Zarur hollarda ushbu bino va inshootlarda qurilish-montaj va jihozlash ishlari amalga oshirilishini tashkil qilish. | Qurilish-montaj ishlarini yakunlash — 2027-yil sentabr | Davlat budjeti, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | |||
27. | S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali, “Oʻzbekfilm” davlat muzeyi, “Oʻzbekfilm” milliy kinosaroyi, “Oʻzbekfilm” milliy kinofondini Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
28. | “Oʻzbekfilm” davlat muzeyi, “Oʻzbekfilm” milliy kinosaroyi, “Oʻzbekfilm” milliy kinofondi boʻyicha Madaniyat vazirligining boshqaruv funksiyalarini cheklanmagan muddatga Milliy kinokompaniyaga haq toʻlash shartisiz berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Milliy kinokompaniya |
29. | “Oʻzbekfilm” milliy kinofondini Milliy kinokompaniyaga tegishli Toshkent shahri Chilonzor tumani Oʻzbekfilm koʻchasi 1-uy manzildagi binoga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali ijara huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Milliy kinokompaniya, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
“Oʻzbekfilm” davlat muzeyi va “Oʻzbekfilm” milliy kinofondini Milliy kinokompaniyaning sobiq kinotasmalarni saqlash binosida taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng ushbu binoga toʻgʻridan-toʻgʻri ijara huquqi asosida doimiy joylashtirish. | Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng | ||||
30. | Loyihalarni amalga oshirish jarayonlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish maqsadida: Milliy kinokompaniyaning murojaatiga asosan Milliy kinokompaniyaga, shuningdek, subsidiya asosida loyihalarni amalga oshirayotgan kinostudiyalar va ijodiy jamoalarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini belgilangan tartibda olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berish; Raqamli texnologiyalar vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi Milliy kinokompaniyaning murojaati asosida loyihalarni amalga oshirish jarayonlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalarni 10 ish kunidan oshmagan muddatda rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatish; Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati loyihalarni amalga oshirish belgilangan hududlarda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq qisqa muddatlarda kelishib berishni taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Murojaatga koʻra muntazam ravishda | - | Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy kinokompaniya |
31. | Milliy kinokompaniya tizimida xalqaro standartlarga javob beradigan, ilgʻor raqamli texnologiyalar hamda “Dolby Atmos” texnologiyasidagi ovoz yozish uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy Dublyaj va ovozlashtirish markazini tashkil etishda: kinofilmlar, seriallar va boshqa audiovizual mahsulotlarning ovozini yozish, qayta ishlash, aralashtirish va mastering qilish imkonini beruvchi “Dolby Atmos” texnologiyasi asosidagi zamonaviy ovoz postprodakshn studiyasini tashkil etish; vakolatli hamkorlarini jalb qilgan holda studiyaning texnik konsepsiyasi, loyiha-smeta hujjatlari va zarur uskunalar roʻyxatini ishlab chiqish; tegishli sertifikatini olish uchun belgilangan tartibda xalqaro sertifikatsiyadan oʻtkazish; milliy va xorijiy kinofilmlar uchun “Dolby Atmos” va boshqa zamonaviy formatlarda ovoz yozish, dublyaj, aralashtirish, qayta ishlash va mastering xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlish; Dublyaj va ovozlashtirish markazini tashkil etish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash va sertifikatlash kabi ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni ushbu Farmonda nazarda tutilgan tegishli qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladigan moliyalashtirish manbalarida hisobga olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil dekabr | - | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy kinokompaniya |
32. | “Qoraqalpoqfilm” davlat muassasasiga tegishli boʻlgan davlat koʻchmas mulki obyektini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirish. Ushbu obyektga “Qoraqalpoqfilm” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi |
33. | “RENESSANS TV” telekanalini Toshkent shahri Chilonzor tumani Chilonzor (Oʻzbekfilm) koʻchasi 1a-uy manzildagi binodan koʻchirib, boshqa binoga joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi | 2027-yil fevral | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi | |
34. | Tegishli tashkilotlar tugatilayotganligi munosabati bilan quyidagi maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning ishlatilmay qolgan qismini toʻliq miqdorda Milliy kinokompaniyaga subsidiya shaklida oʻtkazib berish: Kinematografiya agentligining saqlash xarajatlariga; avvalgi davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish xarajatlariga; “Tirik tarix” dasturi doirasida filmlar yaratish xarajatlariga; milliy seriallar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiyalarga; “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini oʻtkazish xarajatlariga; homiylik va boshqa mablagʻlar. Tugatilayotgan tashkilotlarning xodimlari bilan hisob-kitoblar bilan bogʻliq mablagʻlar bundan mustasno. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 15-dekabrga qadar | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Milliy kinokompaniya |
35. | Kino sohasi uchun subsidiyalarni 2027-yildan boshlab har yili respublika budjetidan Milliy kinokompaniya tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilgan soʻrovnoma asosida Davlat budjeti parametrlarida mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlash. Ushbu mablagʻlar toʻliq miqdorda Milliy kinokompaniyaning bank hisobvaragʻiga subsidiya shaklida har yili fevral oyida yoʻnaltirib borilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yildan boshlab har yili fevral oyida | Davlat budjeti mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Milliy kinokompaniya |
36. | “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyadan alohida holda (qoʻshimcha ravishda) Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlar nazarda tutilishini davom ettirish. Ushbu mablagʻlarni Milliy kinokompaniyaga subsidiya sifatida ajratish, shuningdek, “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali Milliy kinokompaniya tomonidan oʻtkazilishini taʼminlash. Bunda kinofestivalni oʻtkazish muddati Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyalashtirish 2027-yildan boshlab har yili fevral | Davlat budjeti mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy kinokompaniya |
37. | Umummilliy kinoloyihalar amalga oshirilishiga tegishli davlat organlari va tashkilotlarining imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish va ular tomonidan Milliy kinokompaniya murojaatiga asosan har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yildan boshlab loyihani amalga oshirish davomida | Davlat organlari va tashkilotlari | |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga kiritish orqali 2027-yildan boshlab mahalliy budjetlar hisobidan har uch yilda bittadan kinoloyiha uchun Milliy kinokompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Milliy kinokompaniyaga moliyalashtirish va subsidiyalar berish yoʻli bilan mablagʻlar ajratib borishni tashkil etish. Bunda Milliy kinokompaniya ushbu mablagʻlarni umumlashtirib, tegishli loyihalarga yoʻnaltirishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari qarorlari, amaliy chora-tadbirlar | Mablagʻ ajratish — 2027-yildan boshlab har uch yilda aprel oyida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
39. | Ushbu Farmonning 6-ilovasida belgilangan vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarning har biri tomonidan ularga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari va davlat maqsadli jamgʻarmalari, tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan har yili bittadan film ishlab chiqarish uchun Milliy kinokompaniyaga u tomonidan taqdim etilgan hisob-kitob asosida mablagʻlar ajratib borish. Bunda: Milliy kinokompaniya ushbu mablagʻlarni umumlashtirib, tegishli loyihalarga yoʻnaltirishi mumkin; filmlardan foydalanishga boʻlgan mutlaq va mulkiy huquqlar Milliy kinokompaniyaga tegishli boʻladi. | Amaliy chora-tadbirlar | Mablagʻ ajratish — 2027-yildan boshlab har yili mart oyida | Ushbu Farmonda belgilangan tegishli moliyalashtirish manbalari | Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar |
40. | Savdo-sanoat palatasi tomonidan har yili 10 tadan kinoloyiha uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Milliy kinokompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq unga moliyalashtirish, subsidiyalar berish va (yoki) homiylik xayriyalari yoʻli bilan mablagʻlar ajratib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Mablagʻ ajratish — 2027-yildan boshlab har yili aprel oyida | Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi |
41. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda boshqa davlat organlarining hujjatlarida filmlar ishlab chiqarishga oid topshiriqlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, filmlarni birlashtirish, toʻxtatish, bekor qilish yoki muddatlarini oʻzgartirish mumkinligini inobatga olish. | Amaliy chora-tadbirlar | Muntazam | - | Milliy kinokompaniya, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Jizzax viloyatining Zomin tumanida kino sohasi vakillari uchun zamonaviy sihatgoh qurish va uning faoliyatini samarali tashkil etishning barcha jihatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida taqdimot oʻtkazish. | Taqdimot | 2027-yil | Jizzax viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Milliy kinokompaniya |
12-ILOVA
“ | |||||
51. | “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun loyihasi | 2028-yil noyabr | - | Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi |
”. |
1. | X.M. Sultanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Milliy kengash raisi |
2. | Lavozimiga koʻra | — | “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasi direktorlar kengashi raisi |
3. | S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi |
4. | F.F. Abduxalikov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori |
5. | A.H. Ziyo | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik |
6. | N.G. Karimova | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori |
7. | A. Nuriddinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
8. | Sh.S. Sirojiddinov | — | Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik |
9. | Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston kino sohasi vakillari palatasi raisi |
10. | T.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti |
11. | Z.A. Gʻaniyeva | — | liboslar boʻyicha rassom |
12. | A.B. Saidov | — | sahnalashtiruvchi rassom |
13. | Sh.M. Xayitov | — | filologiya fanlari doktori (DSc), Milliy kengash kotibi |
1. | S.Sh. Mirziyoyeva | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari, Kengash raisi |
2. | D.M. Ziyamuxamedova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari kotibiyati mudiri, Kengash raisi oʻrinbosari |
3. | X.R. Salixov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat boʻyicha vakili |
4. | Lavozimiga koʻra | — | “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasi direktorlar kengashi raisi, Kengash ishchi organi rahbari |
5. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Oʻzbekiston kino sohasi vakillari palatasi hamrahbari |
6. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
7. | Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston kino sohasi vakillari palatasi raisi |
8. | Kelishuv asosida | — | xalqaro ekspert |
9. | Kelishuv asosida | — | mahalliy ekspert |
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar | Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasiga taqdim etadi | Har yili 1-dekabrga qadar | |||
2-bosqich | Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya | Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va xulosa qabul qiladi | Har yili 20-dekabrga qadar | |||
3-bosqich | “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasi | Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida “Oʻzbekfilm” milliy kinokompaniyasining buyrugʻini chiqaradi | Har yili 25-dekabrga qadar | |||
4-bosqich | Milliy kinokompaniya direktorlar kengashi raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) | Koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi | Har yili 28-dekabr — Xalqaro kino kuni arafasida | |||
”; |
13-ILOVA