1-ILOVA
1. | S.Sh. Mirziyoyeva | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
2. | D.M. Ziyamuxamedova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
3. | E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
4. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
5. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
7. | S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
8. | M.S. Matchonov | — | Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi |
9. | X.I. Ibragimov | — | Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori |
10. | Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston bolalar ijodkorlari uyushmasi raisi |
11. | J.A. Axmedov | — | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. | Bosh prokuratura |
3. | Ichki ishlar vazirligi |
4. | Mudofaa vazirligi |
5. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
6. | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Energetika vazirligi |
8. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
9. | Transport vazirligi |
10. | Madaniyat vazirligi |
11. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
12. | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
13. | Sport vazirligi |
14. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
15. | Suv xoʻjaligi vazirligi |
16. | Bojxona qoʻmitasi |
17. | Soliq qoʻmitasi |
18. | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
19. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
20. | Yoshlar ishlari agentligi |
21. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish. | 1. Markazni kerakli jihozlar, texnika va materiallar, ehtiyot qismlari, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlar bilan taʼminlash. | 2025-yil iyul | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, |
2. Markaz faoliyatini samarali olib borish uchun unga har jihatdan koʻmaklash. | Doimiy | ||||
2. | Markaz buyurtmalariga asosan yaratiladigan kontentlarning gʻoyasi, mazmun-mohiyati, ijodiy-badiiy saviyasini koʻrib chiqish, loyiha va ssenariylarni saralash hamda ishlab chiqarishga tavsiya etib borish. | 1. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, Markaz vakillari va malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar kengashini tuzish, zaruratga koʻra, uning tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritib borish. | 2025-yil iyun | Markaz | Markaz, |
2. Ekspertlar kengashi faoliyatiga oid hujjatlarni qabul qilish. | 2025-yil iyun | ||||
3. Ekspertlar kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | ||||
4. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar boʻyicha bolalar, ularning ota-onalari va ekspertlarning fikr-mulohazalarini ekspertlar kengashi tomonidan muntazam oʻrganib, inobatga olib borish. | Har yili | Markaz | |||
3. | Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishni muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash. | 1. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishning buyurtmalar rejasini ishlab chiqish. | Kelgusi yillar uchun har yili | Vazirlik va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Vazirlik, idora, korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
2. Buyurtmalar rejasini tasdiqlash uchun Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratishni muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritish. | |||||
3. Buyurtmalar rejasiga muvofiq kontentlarni yuqori badiiy saviyada ishlab chiqishni tashkil qilish, taqdimotlarini oʻtkazish va keng ommalashtirish choralarini koʻrish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
4. | Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishni qoʻshimcha moliyalashtirish. | 1. Vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa davlat boshqaruv organlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz hamda undan ortiq boʻlgan korxonalar bilan Markaz oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish hamda boʻnak toʻlovlarini 30 foizdan yuqori boʻlgan miqdorda toʻlash. | Kelgusi yillar uchun har yili | Vazirlik va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Vazirlik, idora, korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
2. Ushbu vazirlik, idora va korxonalar tomonidan shartnomalarda koʻrsatilgan mablagʻlarni Markazga oʻtkazish. | Har yili | ||||
3. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishni tashkil etish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
5. | Markaz buyurtmalariga asosan ishlab chiqilgan kontentlar boʻyicha mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid munosabatlarni oqilona yoʻlga qoʻyish hamda kontentlardan samarali foydalanish. | 1. Markaz buyurtmalariga, shu jumladan, vazirlik, idora va korxonalar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ishlab chiqiladigan kontentlarda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid munosabatlarni shartnomalarda aniq belgilash. Bunda qoida tariqasida, kontentlardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlarni Markazga tegishli boʻlishini inobatga olish. | Shartnomalar tuzish davomida | Markaz, | |
2. Markaz buyurtmasi asosida kontent yaratgan subyektlar 2030-yil 1-yanvarga qadar shartnomada nazarda tutgan holda ushbu kontentlarni bevosita oʻzlari tomonidan realizatsiya, shu jumladan, prokat qilishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizini oʻz tasarrufiga olib qolish, ular ushbu mablagʻlarni Markaz bilan kelishgan holda oʻz faoliyatlarini rivojlantirishga sarflashini yoʻlga qoʻyish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
6. | Respublikada bolalar uchun ixtisoslashgan teleradiokanallar faoliyatini takomillashtirish hamda qoʻllab-quvvatlash. | 2. “Bolajon” va “Aqlvoy” telekanallarining teleradio-eshittirishlarni uzatish va tarqatish, shuningdek, “Oʻzbektelekom” AJ tomonidan koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish. | 2025-yil | Davlat budjeti mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, |
3. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hududida markaz uchun ofis binosi, studiyalar hamda pavilyonlarni tashkil etish masalasini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. | 2026-yil iyun | 2026-2027-yillar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
7. | Bolalar uchun moʻljallangan eng yaxshi tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatishni ragʻbatlantirib borish. | 1. Markaz tomonidan bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun tanlovini eʼlon qilish. Bunda har bir tanlov qiymatini bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda belgilash. | Har yili | Davlat budjeti mablagʻlari | Markaz |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-294-son qarori bilan ushbu maqsad uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlarni Markazga yoʻnaltirish. | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, | ||||
8. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bosqichma-bosqich iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularning iqtidorini yanada rivojlantirish boʻyicha kreativ industriya yoʻnalishida toʻgaraklar (keyingi oʻrinlarda — toʻgaraklar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabida xonalarni taʼmirlash, jihozlash va toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil sentabr | Mahalliy budjet mablagʻlari, | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
2. Viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bosqichma-bosqich toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yildan boshlab bosqichma- bosqich | ||||
3. Toʻgaraklarga jalb etilgan mutaxassislarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 30 baravari miqdorida lavozim maoshi toʻlash. Bunda: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan toʻgaraklarga jalb etiladigan mutaxassislarga zarur mablagʻlarni ajratish uchun moliya yili boʻyicha tegishli hisob-kitoblar Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritiladi; Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu taqdim etilgan hisob-kitoblarda koʻrsatilgan jami mablagʻlarni oʻn kun muddatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazib beradi. | Har yili | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, | ||
9. | “Raqamli avlod” loyihasi doirasida har yili “Raqamli avlod IT oromgohi”, “Raqamli avlod qizlari”, “Raqamli avlod IT haftaligi” va boshqa sayyor tadbir va tanlovlar, shuningdek, IT musobaqa va xakatonlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | 1. “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tadbir va tanlovlarda ishtirok etishni tashkil qilish, oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining kreativ gʻoyalarini, loyihalarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy bino bilan taʼminlash. | 2025-yil 31-dekabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tadbir va tanlovlarning respublika bosqichini oʻtkazish. | Har yili reja-jadval asosida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlari, | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, | ||
3. “Raqamli avlod” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir va tanlovlar gʻoliblarini rivojlangan davlatlarga taʼlim sayohatiga yuborish. Bunda “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkilotiga “Raqamli avlod” loyihasini amalga oshirishga hamda “Renessans” oromgohida oʻquv-seminar treninglarni tashkil etishga ruxsat berish. | Har yili reja-jadval asosida | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | ||
10. | Zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish yoʻnalishida kadrlar tayyorlash. | 1. Ushbu yoʻnalishda kadrlar tayyorlash boʻyicha har yili: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan jahondagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun 5 ta kvota; Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida jahondagi yetakchi kompaniyalarda amaliyot (stajirovka) oʻtash uchun 10 ta kvota ajratish. | Har yili | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, |
2. Markaz tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tanlov asosida aniqlangan shaxslarga ushbu taʼlim grantlari va imkoniyatlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. | |||||
11. | Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish boʻyicha soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarorida nazarda tutilgan: | |||
soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish; | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, | |||
soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni qoʻllash tartibiga oid Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, |