03.08.2026 yildagi PQ-289-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida nazarda tutilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, togʻ-kon, metallurgiya va kimyo sanoati, neft-gaz va elektr energetika sohalari hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻlayotgan radioaktiv va kimyoviy xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) togʻ-kon, metallurgiya va kimyo sanoati, neft-gaz va elektr energetika sohalari va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻlayotgan radioaktiv chiqindilar hamda Chiqindilarning tasnif katalogiga muvofiq I — IV xavflilik sinfiga mansub kimyoviy xavfli chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda — xavfli chiqindilar) qayta ishlash darajasini 20 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qayta ishlash imkoni boʻlmagan xavfli chiqindilarni xavfsiz va minimal hajmda joylashtirish mexanizmlarini amaliyotga toʻliq tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maxsus inshootlar va ochiq maydonlarda saqlanayotgan (joylashtirilgan) xavfli chiqindilarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xavfli chiqindilarning hosil boʻlish manbalari, ularning hajmi, tarkibi va joylashtirish joylari boʻyicha tasniflangan davlat hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xavfli chiqindilar hajmi va ularning xavfli xususiyatlarini kamaytirish (ishlab chiqarishda foydalaniladigan xavfli moddalarni xavfsizlariga almashtirish va texnologiyalarni modernizatsiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) xavfli chiqindilarning tashilishi, saqlanishi va joylashtirilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash, ularning noqonuniy muomalasining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) hosil boʻlgan xavfli chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda ekologik va xavfsizlik talablariga rioya etish hamda ushbu ishlarni belgilangan tartibda moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2027-yil 1-yanvardan boshlab xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar (xavfli chiqindilarning egalari boʻlgan yuridik shaxslar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ekologik ekspertiza xulosasiga muvofiq xavfli chiqindilarni boshqarish boʻyicha yillik rejalarni (keyingi oʻrinlarda — yillik rejalar) ishlab chiqadi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yillik rejalarda quyidagi koʻrsatkichlarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xavfli chiqindilar hosil boʻlish hajmini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xavfli chiqindilarni qayta ishlash ulushini oshirish, ularni xavfsiz joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) xavfli chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki koʻmishga tegishli vakolat, infratuzilma hamda ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasiga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan tashkilotlar) qayta ishlash yoki koʻmish uchun topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xavfli chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy muhandislik yechimlari va texnologiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan holda bosqichma-bosqich joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xavfli chiqindilarni (tarkibida qimmatbaho, rangli, noyob, qora metallar va sanoat uchun muhim minerallar mavjud boʻlgan chiqindilar bundan mustasno) hosil qiluvchi tashkilotlarning (xavfli chiqindilarning egalari boʻlgan yuridik shaxslar) xavfli chiqindilar bilan bogʻliq investitsiya loyihalari Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda amalga oshiriladi, bunda Agentlik davlat ishtirokchisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik huzurida davlat muassasasi shaklida Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan, amaldagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini saqlab qolgan holda Agentlik tizimiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki granti doirasida uran konlarida rekultivatsiya ishlarini amalga oshiruvchi Loyihani boshqarish guruhining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan shtat birliklari hamda xarid qilingan asosiy vositalar va jihozlar Direksiyaga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki granti doirasida uran konlarida rekultivatsiya ishlarini amalga oshiruvchi Loyihani boshqarish guruhining vazifalari Direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi va Loyihani boshqarish guruhining amalda budjet mablagʻlari hisobidan saqlanayotgan hamda Agentlik va Direksiyaga oʻtkazilayotgan shtat birliklarini moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Direksiya xodimlariga noqulay mehnat sharoitlari uchun har oylik ish haqiga nisbatan 40 foiz ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar statistika hisobotlarini yil yakuniga koʻra shakllantirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) shakllantirilgan statistika hisobotlari Agentlikning hududiy boshqarmalariga taqdim etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlari tomonidan xavfli chiqindilarning hajmi hamda ularning keyingi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda Yagona hisobotlar tizimi orqali kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasiga qadar yillik rejalarda nazarda tutilgan hosil boʻlgan xavfli chiqindilarning hajmi hamda ularning keyingi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shaklda Agentlik axborot tizimiga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) yillik rejalarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarning bajarilishi ustidan nazorat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) barcha foydalanishdan chiqarilgan xavfli chiqindilar (tarkibida qimmatbaho, rangli, noyob, qora metallar va sanoat uchun muhim minerallar mavjud boʻlgan chiqindilar bundan mustasno) saqlanayotgan (joylashtirilgan) maxsus inshootlar va ochiq maydonlar (keyingi oʻrinlarda — maxsus obyektlar) ularni ekologik qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar bilan birgalikda bepul asosda Agentlikka oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Agentlik tasarrufiga oʻtkazilayotgan maxsus obyektlarni ekologik qayta tiklash (rekultivatsiya qilish) uchun zarur boʻlgan mablagʻlar miqdori maxsus obyektlarni foydalanishdan chiqarayotgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) zarur boʻlgan mablagʻlarni toʻliq va oʻz vaqtida ajratish majburiyatining bajarilishini taʼminlaydigan qonunchilikda nazarda tutilgan kafolat turlaridan biri taqdim etilganda, ushbu mablagʻlar Agentlik bilan kelishilgan reja-jadval asosida ajratilishiga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar faoliyati natijasida hosil boʻlgan xavfli chiqindilarni shartnoma asosida faqat ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlarga qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki koʻmish uchun topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning oʻzlarida tegishli vakolat, infratuzilma va ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda xavfli chiqindilarni oʻzlari qonunchilikka muvofiq qayta ishlashi, zararsizlantirishi, utilizatsiya qilishi yoki koʻmishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy-institutsional isloh qilish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan muomalada boʻlish xavfsizligi toʻgʻrisidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiya hamda “Markaziy Osiyo uchun ekologik qayta tiklash hisobi” doirasida ishlarni amalga oshirishga oid hadli bitim talablariga muvofiq uran merosi obyektlarini ekologik qayta tiklash va ularda barqaror radioekologik holatni taʼminlash uchun masʼul organlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maxsus vakolatli organ (regulator) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) operator — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uran merosi obyektlarini ekologik qayta tiklash va ularda barqaror radioekologik holatni taʼminlash uchun masʼul organlarning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, quyidagi mablagʻlarning hisobi Agentlikning alohida budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisob raqamida yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Direksiyaning xavfli chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha xoʻjalik faoliyatidan tushadigan sof daromadning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlikka foydalanishdan chiqarilgan maxsus obyektni topshirayotgan tashkilotlar tomonidan ekologik qayta tiklash uchun ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xavfli chiqindilar joylashtirilgan maxsus obyektlarni ekologik qayta tiklash va ularni barqaror saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xavfli chiqindilarning uzoq muddatli monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xavfli chiqindilardan samarali foydalanish hamda xavfli chiqindilar joylashgan hududlardagi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xavfli chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki koʻmish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar ikki oy muddatda foydalanishdan chiqarilgan maxsus obyektlarni xatlovdan oʻtkazib, Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxati va ulardagi chiqindilar pasportlarini Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — faoliyati tugatilgan uran konlari (uran merosi obyektlari) hamda foydalanishdan chiqarilgan konchilik faoliyatining xavfli chiqindilarini saqlash obyektlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Energetika vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ — tizim tashkilotlaridagi foydalanishdan chiqarilgan maxsus obyektlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi — barcha uran merosi obyektlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — tegishli hududdagi boshqa tashkilotlarning foydalanishdan chiqarilgan maxsus obyektlari boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorning 11-bandiga asosan taqdim etilgan roʻyxatlarga muvofiq maxsus obyektlar (yer uchastkalari) va ulardagi xavfli chiqindilar, ekologik qayta tiklash uchun rejalashtirilgan mablagʻlari bilan birgalikda belgilangan tartibda bepul asosda Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik tasarrufidagi sobiq uran konlari (uran merosi obyektlari) va xavfli sanoat chiqindilarini saqlash obyektlari joylashgan yer uchastkalari soliq solinmaydigan yer uchastkalari toifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi uran merosi obyektlari Agentlik tomonidan toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda ularda uzoq muddatli monitoring oʻtkazish dasturini ishlab chiqib, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uran merosi obyektlari va ularning sanitariya muhofaza zonasida radioekologik monitoring oʻtkazishga — Direksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uran merosi obyektlari bilan bogʻliq suv obyektlarining radioaktiv ifloslanish darajasining davriy laboratoriya tahlillarini oʻtkazishga — Gidrometeorologiya xizmati agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uran merosi obyektlariga yaqin joylashgan aholi yashash joylarida radiatsiyaviy kuzatuv oʻtkazishga — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi masʼul etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Direksiyaning tuzilmasi va nizomini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda Direksiyaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Direksiyani tegishli faoliyat yoʻnalishi boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan jamlash, shuningdek, zarur moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun maxsus va yengil avtotransport vositalari, mebel, tashkiliy texnika va boshqa asosiy vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Direksiya faoliyatining moliyaviy taʼminotini belgilangan tartibda amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlik va Direksiyani Toshkent shahridagi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan maʼmuriy binoga operativ boshqarish huquqi asosida bepul joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi 2027-yil 1-yanvarga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar oʻrtasida xavfli chiqindilar boʻyicha axborot almashish va ular monitoringini amalga oshirishga qaratilgan axborot tizimini ishlab chiqsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik axborot tizimini yaratish va joriy etishda buyurtmachi hisoblanadi hamda uni yaratish va keyinchalik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) axborot tizimida xavfli chiqindilarning raqamli pasporti hamda I — III xavflilik sinfiga mansub chiqindilarning har bir tonnasini hosil boʻlish obyektidan boshlab utilizatsiya qilish joyigacha real vaqt rejimida monitoring qilib borish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) axborot tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning axborot platformalari hamda Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilinib, “push” xabarnoma berish tizimidagi maʼlumotlar avtomatik yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu qarorning 12-bandi “b” kichik bandidan kelib chiqib Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov, togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sh.Sh. Hasanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-289-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PQ-289-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xavfli chiqindilar hosil qiluvchi korxona va tashkilotlarning ushbu chiqindilarni boshqarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xavfli chiqindilar harakati hamda ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻyicha tezkor elektron reyestr (maʼlumotlar bazasi)ni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy investorlar mablagʻlarini jalb etgan holda zamonaviy, ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish orqali xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qayta ishlash texnik jihatdan imkoni boʻlmagan yoki iqtisodiy samarasiz boʻlgan xavfli chiqindilarni, shuningdek, ularning qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan qoldiqlarini belgilangan tartibda koʻmishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining operator sifatidagi vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tasarrufidagi maxsus obyektlarda barqaror ekologik, sanoat va radiatsiyaviy xavfsiz holatni taʼminlash chora-tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) xavfli chiqindilar bilan bogʻliq ishlarda qoʻllaniladigan texnik yechimlar va tashkiliy tadbirlar boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ularni joriy etishda tashkilotlarga koʻmaklashish hamda vakolatli organlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) aholi va xodimlar oʻrtasida xavfli chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish masalalari boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish va joylashtirish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) xavfli chiqindilar bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot hamda laboratoriya tahlillarini amalga oshirish va tegishli ekspert xulosalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) moddiy-texnika va kadrlar resurslaridan samarali foydalanish hamda unga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida xoʻjalik hisobidagi (budjetdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan tuzilmasida boʻlinma va laboratoriyalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PQ-289-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uran merosi obyektlarini ekologik qayta tiklash va ularda barqaror radioekologik holatni taʼminlash uchun masʼul organlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxsus vakolatli organ (regulator) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishni tartibga soluvchi milliy qonunchilik, meʼyor va standartlarni ishlab chiqish hamda ularning Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — AEXA) tavsiyalari va standartlariga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) radioaktiv chiqindilar, shu jumladan, uran merosi obyektlari bilan bogʻliq atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini litsenziyalash hamda litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uran merosi obyektlarini rekultivatsiya qilish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va kelishish, ularning bajarilishini nazorat qilish, obyektlar holatini baholash hamda ularni uzoq muddatli monitoring bosqichiga oʻtkazish toʻgʻrisida xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) uran merosi obyektlarida radiatsiyaviy xavfsizlik talablari bajarilishini yiliga kamida bir marta qonunchilikka muvofiq oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mamlakat hududidagi sobiq uran konlarini (uran merosi obyektlari va faoliyati tugatilgan uran konlarini) roʻyxatga olish hamda ularning radiatsiyaviy xavfsizligi boʻyicha tasniflangan reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) vazirlik va idoralarning radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish obyektlarini ekologik qayta tiklash va ularda barqaror radioekologik holatni taʼminlashga qaratilgan AEXAning texnik hamkorlik milliy loyihalar konsepsiyalarini tayyorlash, AEXA tomonidan koʻrib chiqish va kelishish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Operator — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uran merosi obyektlarining radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) obyektlarning texnik barqarorligini taʼminlash, muhandislik inshootlari, konstruksiyalari va kommunikatsiyalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maxsus vakolatli organ hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda obyektlar holatini davriy baholash, rekultivatsiya (remediatsiya) ishlari boʻyicha dasturlar va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda uzoq muddatli monitoring dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda belgilangan davriylikda qayta koʻrib chiqish va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda obyektlarda radiatsiyaviy monitoringni tashkil etish va oʻz vakolati doirasida oʻlchovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) obyektlarni xavfsiz saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) obyektlarda avariyaviy holatlarda harakat qilish rejalarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish uchun zarur kuch va vositalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) obyektlar holati, amalga oshirilgan ishlar va monitoring natijalari boʻyicha tezkor maʼlumotlar bazasini (reyestr) yuritish hamda davriy hisobotlarni maxsus vakolatli organga taqdim etib borish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 07/26/289/0814-son)