20.06.1994 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY VALYUTASINI JORIY ETISHGA OID TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF—870-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “Soʻm” muomalaga chiqarilishini va 1994-yilning 1-avgustiga qadar soʻm-kuponlarning muomaladan toʻliq yigʻishtirib olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab mahsulotlar (ishlar)ga soʻm-kuponlarda boʻlgan amaldagi narxlarning barcha turlari va xizmatlarning tariflari belgilangan yaxlitlash qoidalarini hisobga olgan holda 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbati bilan qaytadan hisoblab chiqiladi. Bunda tovarlarning qayta hisoblab chiqilgan chakana narxlari va xizmatlarning tariflari narxnomalarda albatta aks ettirilishi hamda xaridorlarga koʻrinadigan joyga qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikaning bank muassasalari 1994-yilning 1-avgustigacha mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning schyotlariga soʻm-kuponlarni qabul qilish va qoʻshib qoʻyishni 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” qilib belgilangan kurs boʻyicha “Soʻm” hisobida amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha yuridik shaxslar mazkur Tartib talablariga koʻra narxlarni qaytadan belgilasinlar hamda buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo hisob-kitoblar savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan hukumatlararo Bitimga muvofiq yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻm-kupon hisobida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega boʻlgan kontraktlar (shartnomalar), savdo, moliya, kredit hamda boshqa bitimlar yuzasidan majburiyat va talablar 1994-yilning 1-iyulidagi holatiga koʻra 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbatida qaytadan hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi navbatdagi savdoga qadar “Soʻm”ning xorijiy valyutalarga nisbatan almashish kursi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra tasdiqlangan va 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbat bilan qaytadan hisoblab chiqilgan soʻm-kuponning almashish kursiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik “Soʻm”ning almashish kursini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida oʻtkaziladigan navbatdagi savdo natijalariga qarab belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aloqa muassasalari 1994-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy shaxslarga ichki va tashqi pul oʻtkazish boʻyicha pul mablagʻlarini “Soʻm” bilan toʻlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 307-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq xoʻjaligida buxgalteriya hisobi, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi barcha kredit mablagʻlar, naqd pulsiz hisob-kitoblar “Soʻm” bilan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar 1994-yil 1-iyuldagi holati boʻyicha 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbati bilan soʻmlarda qaytadan hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy schyotlarida boʻlgan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning barcha asosiy va muomaladagi fondlarining balans qiymati, pul mablagʻlari va boshqa moddiy boyliklari, debitorlik va kreditorlik qarzi, budjetga, bank muassasalariga qarzlari, shuningdek, ular balansi aktivi va passivining qolgan barcha moddalari inventarizatsiya yoki buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlarining, shuningdek, hosil boʻlish manbalaridan qatʼi nazar, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarining qoldiqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va ishlarning ulgurji, hisob-kitob va chakana narxlari, xizmatlarning tariflari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining xarid va topshirish narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi tarif stavkalari, ishbay miqdorlari, okladlari, pul taʼminoti, gonorarlar, mukofotlarning miqdorlari, shuningdek, mehnatga haq toʻlashning boshqa barcha turlari miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari, jarimalar boʻyicha toʻlovlar va boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilgi respublika davlat zayomi obligatsiyalarining qiymati va ular boʻyicha belgilangan yutuqlarning miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslarga va aholiga beriladigan sugʻurta toʻlovi mablagʻlari, 1994-yilning 1-iyuligacha tuzilgan shartnomalarga binoan shaxsiy sugʻurta boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli sugʻurta mablagʻlari va boshqa mablagʻlar, shuningdek, mazkur shartnomalar boʻyicha sugʻurtachilarning toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining aholiga, korxonalar va tashkilotlarga berilgan chek daftarchalari va hisob-kitob cheklari ularni bergan bank muassasalari tomonidan 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbatida foydalanilmay qolgan pul miqdorida almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki pul oʻtkazishlar, akkreditivlar va deponent schyotlar boʻyicha pul mablagʻlari tegishli muassasalarga “Soʻm” muomalaga chiqarilgunga qadar tushgan boʻlsa, ular boʻyicha jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari 1000 soʻm-kuponga 1 “Soʻm” nisbatida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Soʻm” hisobidagi qiymat bahosi qayta hisoblanganida va balans moddalarida ifodalanganida butun “Tiyin”da koʻrsatiladi, “Tiyin”ning 0,5 gacha boʻlgan qismi hisoblanmaydi, 0,5 “Tiyin” va undan koʻp boʻlsa toʻliq “Tiyin” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 “Tiyin”dan kam miqdordagi “Soʻm” bilan narx belgilanadigan tovar-moddiy boyliklarni balans moddalarida ifodalashda hisob normasi juft, oʻn va shu singari tarzda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta hisoblash chogʻida hosil boʻlgan tafovutni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlar — xoʻjalik-moliya faoliyati natijalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar — mablagʻ bilan taʼminlashni koʻpaytirish yoki kamaytirish hisobiga kiritsinlar.