OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI hUZURIDAGI QIMMATLI QOgʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
BUYRUgʻI
BOSHQARUVCHI KOMPANIYALAR OʻZ MABLAGʻLARI MIQDORINING HISOBI VA INVESTITSIYA AKTIVLARINING OʻRTACHA YILLIK QIYMATINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 5-martda 1322-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq buyuraman:
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor M.S. YUNUSMATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-dekabr,
2003-19-son
Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 63-modda) muvofiq oʻz mablagʻlari miqdorini (bundan buyon matnda oʻz mablagʻlari deb yuritiladi) va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining ishonchli boshqaruvida boʻlgan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi tijorat banklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investitsiya aktivlari — qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb eʼtirof etiladigan boshqa mol-mulk;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi (bundan buyon ishonchli boshqaruvchi) — investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
ishonchli boshqarishning taʼsischisi — ishonchli boshqarish shartnomasiga binoan investitsiya aktivlarini maʼlum muddatga boshqarish uchun topshiradigan ishonchli boshqarish shartnomasining tarafi;
naf oluvchi — ishonchli boshqaruvning taʼsischisi yoki ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan ishonchli boshqaruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
2. Ishonchli boshqaruvchi boshqaradigan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatidan kamida 5 foiz miqdorida oʻz mablagʻlariga ega boʻlishi kerak.
Ishonchli boshqaruvchilar oʻz mablagʻlarining belgilangan talablarga muvofiqligi har chorakda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan mazkur Nizomga muvofiq ishonchli boshqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarga asosan nazorat qilinadi.
3. Investitsiya aktivlarni qiymatini baholash va hisoblash quyidagilar uchun amalga oshiriladi:
ishonchli boshqaruvchining oʻz mablagʻlari miqdorining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
ishonchli boshqaruvdagi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash;
ishonchli boshqaruvchining faoliyati natijalarini baholash;
amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda.
4. Mazkur Nizom maqsadlari uchun oʻz mablagʻlarining miqdori quyidagi summalardan belgilanadi:
ustav kapitali (aksiyadorlardan (ishtirokchilar) olingan va (yoki) sotib olingan oʻzining aksiyalari (ulushlari, hissalari) bundan mustasno);
qoʻshilgan kapital;
zaxira kapital;
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararni);
maqsadli tushumlar;
kelgusi xarajatlar va toʻlovlar zaxiralari.
5. Oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi pul birligi — soʻmda ifodalanadi.
6. Agar ishonchli boshqaruvchi oʻz mablagʻlari miqdori mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga javob bermasa, ishonchli boshqaruvchi uni bir oydan kechiktirmay belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi kerak.
Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchi amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-§. Investitsiya aktivlarini qiymatini aniqlash, baholash va qayta baholash
7. Ishonchli boshqaruvchining investitsiya aktivlarining qiymatini muntazam baholash har chorakda hisobot davridan keyingi birinchi kunidan amalga oshiriladi.
Muntazam baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining investitsiya aktivlarini shakllantirish boʻyicha hisobotda aks ettiriladi.
8. Ishonchli boshqarmaning taʼsischisi va/yoki naf oluvchisi ishonchli boshqaruvchidan investitsiya aktivlarini qiymatini ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan muddatlarda va shartlarda qoʻshimcha baholashni oʻz ihtiyori bilan talab qilishga haqlidir.
Baholash natijalari ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilangan muddatlarda ishonchli boshqaruv taʼsischisi va/yoki naf oluvchining eʼtiboriga yetkaziladi.
9. Investitsiya aktivlarining tarkibi Ularning qiymatini aniqlashda hisobga olingan investitsiya aktivlarining tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlari, shu jumladan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzolash vaqtida davlat mulkchiligida boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
davlat mulkida boʻlgan va ularni ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnoma tuzish vaqtida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushi (hissasi);
qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishga moʻljallangan pul mablagʻlari;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarish natijasida olgan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar.
10. Investitsiya aktivlarini sotib olish va ularni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda qayd etiladi.
11. Hisobot davrining oxirida listinga kiritilgan hamda birja va birjadan tashqari savdo tashkilotlarining savdo maydonchalarida kotirovka qilingan emitentlar qimmatli qogʻozlari, ushbu qimmatli qogʻozlar hisobot davrida sotilgan oʻrtacha narx asosida qayta baxolanishi kerak.
Agar hisobot davrida ushbu qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzilmagan boʻlsa, avvalgi oʻrtacha narx qayta baholash uchun qoʻllaniladi.
12. Birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining listingiga kiritilmagan, lekin ikkilamchi birja va birjadan tashqari bozorda sotilgan emitentlarning qimmatli qogʻozlari, agar ular kamida ikkita yuridik shaxs tomonidan sotilgan boʻlsa va bitimlar hajmi ushbu emitent tomonidan chiqarilgan bir turdagi qimmatli qogʻozlarning umumiy miqdoridan kamida 5 foizini tashkil etgan boʻlsa hisobot davri uchun bitimlarning oʻrtacha narxida baholanadi.
13. Agar hisobot davrida 11 va 12-bandlarda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida tuzilmagan boʻlsa, unda qayta baholash maqsadida oldingi oʻrtacha narx qoʻllaniladi.
Oʻtkazilgan bitimlarning oʻrtacha bahosi va hajmi birja tashkilotlari va birjadan tashqari savdo tashkilotchilari tomonidan belgilanadi va ishonchli boshqaruvchining soʻroviga asosan taqdim etiladi.
14. Qisqa muddatli davlat obligatsiyalarni (QMDO) har bir chiqarish uchun alohida baholanadi, bunda obligatsiyalar investitsiya aktivlarini oxirgi baholash sanasidan boshlab ikkilamchi savdolarda sotilgan oʻrtacha narx hisobga olinadi.
Investitsiya aktivlarini baholash vaqtida QMDOning muayyan masalasi boʻyicha ikkilamchi savdolar oʻtkazilmagan taqdirda, unda ushbu obligatsiyalar dastlabki joylashtirish boʻyicha kim oshdi savdosida sotilgan oʻrtacha narxda baholanadi.
15. Muayyan diller orqali savdo qilish tartibi belgilangan boshqa davlat qimmatli qogʻozlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyat organlarining qimmatli qogʻozlarini baholash diler tomonidan eʼlon qilingan oxirgi kotirovkaning qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Agar investitsiya aktivlarining qiymatini aniqlidigan kuni bir xil qimmatli qogʻozlarning kotirovkasi ikki yoki undan ortiq dilerlar tomonidan eʼlon qilingan boʻlsa unda qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlarning taxminiy qiymati dilerlar tomonidan eʼlon qilingan barcha kotirovkalarning oʻrtacha narxi asosida belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Agar kuponli daromad bilan chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlari va mahalliy davlat hokimiyat organlari qimmatli qogʻozlarining kotirovkalari toʻplangan daromad summasini oʻz ichiga olmasa, unda oxirgi qiymat investitsiya aktivlarining qiymatini aniqlashda ushbu qimmatli qogʻozlarni olishda toʻlangan toʻplangan daromad summasi chegirib tashlangan holda, baholash oʻtkazish sanasida toʻplangan daromad summasi sifatida qabul qilinadi.
16. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan ishonchli boshqaruvchiga berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushini (ulushlarini) baholash nominal qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizomning 11 — 15-bandlariga muvofiq investitsiya aktivlarini baholash imkonsiz boʻlgan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining investitsiya aktivlarini qiymati nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
3-§. Investitsiya aktivlarinning oʻrtacha yillik qiymati
18. Ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruvida boʻlgan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati har chorakda hisobot choragi uchun investitsiya aktivlarining qiymati va ushbu Nizomda oʻrnatilgan tartibda belgilangan oldingi uch chorak asosida aniqlanadi.
19. Aktivlarni oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
SAoʻrtacha yillik = (A1 + A2 + A3 + A4)/4, bunda:
SAoʻrtacha yillik — investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati;
A1 — hisobot choragidagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
A2 — oʻtgan chorakdagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
A3 — avvalgi ikki chorakdagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
A4 — avvalgi uch chorakdagi investitsiya aktivlarining baholangan qiymati;
A1, A2, A3, A4 — ushbu Nizomning 11 — 15-bandlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Hisobot davri uchun maʼlumotlar boʻlmaganda 19-bandda koʻrsatilgan oʻrtacha yillik qiymatini hisoblash uchun formulaning surati va maxraji qiymatlari tegishli chorak uchun hisobga olinmaydi, mahraj qiymati esa maʼlumotlar mavjud boʻlmagan davrlar soniga kamayadi.
20. Ishonchli boshqaruvchining bir nechta muassislaridan ishonchli boshqaruviga olingan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati ushbu Nizomda belgilangan tartibda investitsiya aktivlarining qiymatini jamlash yoʻli bilan belgilanadi.
21. Ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarish faoliyatini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqarish faoliyati bilan birlashtirganda investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati investitsiya aktivlarining chorak smetalari yordamida hisoblanadi hamda investitsiya fondlarining sof aktivlari qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4-§. Hisobotlarni taqdim etish shakli va muddatlariga qoʻyilgan talablar
22. Investitsiya aktivlarini shakllantirish va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobotlar ishonchli boshqaruvchining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi oldidagi hisobot hujjatlari hisoblanadi.
Ishonchli boshqaruvchilar chorak hisobot tarkibida investitsiya aktivlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi va uni har chorakda moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Investitsiya aktivlarini shakllantirish va investitsiya aktivlarini oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek ishonchli boshqaruvchi shartnomasiga muvofiq ishonch boshqaruvchining taʼsischisi va/yoki naf oluvchining talabiga binoan ishonchli vakil tomonidan taqdim etiladi.
23. Ishonchli boshqaruvchi chorak hisobotlar bilan bir qatorda buxgalteriya balansining nusʼhasini 1-son shaklini taqdim etadi.
Ishonchli boshqaruvchining 4-chorak uchun hisobotiga yillik buxgalteriya balansining 1-son shakli ilova qilinadi.
24. Hisobotlar qogʻoz va elektron shaklda taqdim etiladi. Hisobot sahifalari bogʻlanadi, raqamlanadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 20-yanvardagi 2020-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1322-3, 05.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1322-3/0128-son)
Elektron shakldagi hisobot formatiga qoʻyiladigan talablar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Elektron shakldagi hisobotlar mazmuni qogʻoz shaklidagi hisobotlarning mazmuniga mos kelishi kerak.
25. Hisobotni imzolagan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobotlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgardirlar.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlarini baholashning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javobgardir.
26. Koʻrsatilgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchli boshqaruvchilar tomonidan taqdim etilmasligi, qonunchilik hujjatlari va qimmatli qogʻozlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talablarini buzish, ishonchli boshqaruvchi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun taqdim etilgan litsenziyaning amal qilishini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish uchun asos hisoblanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5-§. Yakuniy qoida
27. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 111-modda; 2009-y., 26-son, 302-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 10/19/1322-2/2768-son; 05.02.2020-y., 10/20/1322-3/0128-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)