29.12.2025 yildagi PQ-394-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-201-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) (keyingi o‘rinlarda — Raqamli platforma) orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maqsadli ko‘rsatkichlarga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni (chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, rejalar va boshqalar) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar vazirlik va idoralar tomonidan Raqamli platformaning tegishli modulidagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Strategik rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni yangicha yondashuvlar asosida ishlab chiqish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish aholi, tadbirkorlik subyektlari va jamoatchilik vakillari ishtirokini ta’minlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida tuzilgan “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir hududning tabiiy, iqtisodiy va inson resurslariga ko‘ra ixtisoslashuvini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir hudud uchun ishonchli va to‘liq ma’lumotlar asosida soha va tarmoqlar kesimida rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish, bunda og‘ir toifadagi tuman va shaharlar uchun alohida soliq, moliyaviy va infratuzilmaviy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) hududlararo hamkorlik va kooperatsiyani rivojlantirish, yirik shaharlar va atrofidagi hududlar o‘rtasida iqtisodiy va infratuzilmaviy aloqalarni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) hududlarda boshqaruvni to‘liq raqamlashtirish, shu jumladan, geoaxborot tizimlari (GIS), ochiq ma’lumotlar platformalari va interaktiv onlayn kuzatuv vositalarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari har oyda tegishli davlatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyoti to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni Agentlikka taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik diplomatik vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspertlik muassasalari hamda mutaxassislarning axborot va hisobotlari asosida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ma’lumotlar bazasi asosida Agentlik tegishli loyiha ofislari hamda tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bilan birgalikda taklif va tashabbuslar bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotnomani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga muntazam kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish sohasida Agentlikka yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalardan kelib chiqib, 2026-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Agentlikka qo‘shimcha 10 ta boshqaruv xodimi shtat birligi ajratilsin va talab etiladigan qo‘shimcha xarajatlar Agentlikka 2026-yilda ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, tahliliy va tadqiqot tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari, boshqa vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy va chet ellik ekspertlarni jalb etgan holda 2026-yil 1-dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida mamlakatning uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy maqsadlarini belgilovchi konsepsiya va boshqa strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin. Bunda uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyalari chuqur o‘rganilishi hamda aholi o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish orqali yangi tashabbuslar ishlab chiqilishi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni o‘z mablag‘lari yoki budjet mablag‘lari hisobidan jalb qilish ishlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik va uning tuzilmasidagi loyiha ofislari beg‘araz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 43-uydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va uni yo‘lga qo‘yishning boshqa tashkiliy masalalari 4-ilovadagi tartib-taomillarga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qo‘yilsinki, 2026-yildan boshlab har yili ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, gumanitar, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda zamonaviy chaqiriqlarga bag‘ishlab tahlil markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirokida Toshkent global taraqqiyot forumini o‘tkazib borish amaliyoti joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent global taraqqiyot forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-394-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida strategik rejalashtirish hujjatlari, ularning iyerarxiyasi va o‘zaro nisbatini, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan strategik rejalashtirish hujjatlarini yagona, kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqish, hisobot berish va amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotlarni o‘rganish, strategik rejalashtirish hujjatining bajarilishini baholash, shuningdek, mazkur jarayonlarni tashkil qilishni muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish — davlat organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilashga, shu jumladan, ularga erishish va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan prinsiplar, maqsadlar va harakatlarni belgilash hamda strategik rejalashtirish hujjati sifatida qabul qilishga qaratilgan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari — qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, davlat ko‘rsatmalari sifatida strategik rejalashtirishni amalga oshirishga qaratilgan huquqiy normalar va zarur tashkiliy choralarni belgilaydigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatini tayyorlash va qabul qilish — strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini tashabbus qilish, rejalashtirish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni qamrab oladigan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobot berish — qabul qilingan strategik rejalashtirish hujjatining samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va unga mutanosib holatda bo‘layotgan o‘zgarishlar muntazam monitoring qilinib, natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlanadigan va hisobotlar o‘rganib boriladigan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatining bajarilishini baholash — belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish darajasi va dinamikasini, ularga erishish jarayonida resurslardan foydalanish samaradorligini, qo‘yilgan maqsadlarning strategik ahamiyati hamda ular orqali erishilgan natijalarning samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, baholash natijalari asosida hisobot tayyorlash va zaruratga ko‘ra rejalashtirilgan tadbirlarga tuzatishlar kiritiladigan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorlik ko‘rsatkichlari — strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan maqsadlarga erishish darajasini aniqlash uchun ishlatiladigan o‘lchovli indikator bo‘lib, strategik maqsadlarning bajarilishi, aniq vazifalarning amalga oshirilishi va chora-tadbirlarning ijrosi darajasini baholab, maqsadlarga erishilganligi yoki erishilmaganligini hamda amalga oshirilgan tadbirlar doirasida qanday natijalar qo‘lga kiritilganini aniqlash uchun xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita faoliyat natijasi (output) ko‘rsatkichlari — strategik rejalashtirish hujjati doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va foydalanilgan resurslarning bevosita va aniq natijalarini o‘lchaydigan ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natija (outcome) ko‘rsatkichlari — strategik rejalashtirish hujjati doirasidagi faoliyat natijasida yuzaga kelgan qisqa va o‘rta muddatli ta’sirlarni ifodalovchi hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, harakatlar tufayli yuzaga kelgan o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’sir (impact) ko‘rsatkichlari — strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish doirasida erishiladigan natijalarning uzoq muddatli va barqaror ta’sirini aks ettiruvchi o‘lchovli ko‘rsatkich.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategik rejalashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson manfaatlarini ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish jarayonining asosiy ustuvor maqsadi bo‘lib, strategik rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilishida inson manfaatlari, xalq farovonligi va aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan vazifalar aks ettirilishi hamda fuqarolarning strategik rejalashtirish hujjatlarini shakllantirish, amalga oshirish va natijalarini baholashda faol ishtirok etishini nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik (uyg‘unlik) prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatida uni qabul qilish zarurati yetarlicha asoslangan bo‘lishi, strategik rejalashtirish hujjatlari iyerarxiyasiga rioya etgan holda yuqori darajadagi strategik rejalashtirish hujjatlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi, tarmoq/soha va hududiy strategiyalar bilan muvofiqlikni ta’minlashi hamda ularning maqsad va vazifalari jihatidan bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro mos kelishi va ziddiyatga yo‘l qo‘ymasligi lozimligini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy samaradorlik prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatlarida davlat siyosati sifatida chora-tadbirlarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan foyda qilingan xarajatlarni oqlashi lozimligi ularni tanlashda hisobga olinishini nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy barqarorlik prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatlari budjetlashtirish jarayoni bilan sinxron holda yetarli moliyaviy resurslarga bog‘liq ishlab chiqilishi, undagi maqsad va vazifalar, samaradorlik ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlar moliyaviy, iqtisodiy, moddiy-texnik va inson resurslarini inobatga olgan holda belgilanishi lozimligini nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdorlik prinsipi — barcha strategik rejalashtirish hujjatlarida ularni amalga oshirish, monitoring qilish va hisobot berish uchun mas’ul (tashkilot yoki shaxslar) belgilanganligini nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffoflik prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoringini olib borishda keng jamoatchilik va ekspertlarni jalb qilgan holda shaffof jarayonni (davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir bo‘lgan boshqa hujjatlar bundan mustasno) ta’minlashni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz rejalashtirish prinsipi — rejalashtirish, monitoring va samaradorlikni baholash jarayonlarida har bir yangi strategik rejalashtirish hujjati oldingi strategik rejalashtirish hujjatlariga va amalga oshirilgan davlat siyosatining samaradorligini baholash natijalariga asoslanganligini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazmunga qo‘yilgan muhim talablarning to‘liqligi prinsipi — strategik rejalashtirish hujjatlari mazmunida mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha masalalar va mexanizmlarning qamrab olinishi zarurligi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari birinchi navbatda strategik rejalashtirish hujjatlarida belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish hujjatini ishlab chiqish, ma’lumotlarni to‘plash, uning amalga oshirilishini monitoring qilish va geoxaritada aks ettirish, hisobot tayyorlash, hisobotni o‘rganish va baholash, strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) (keyingi o‘rinlarda — Raqamli platforma) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqamli platformaning tarkibiy modullari, uning funksiyalarini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarining vazifalari ro‘yxati mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platformadan foydalanish uchun har bir vazirlik va idoraga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan alohida login va parol beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idora rahbari Raqamli platformadan foydalanish va tegishli ma’lumotlarni kiritib borish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli platformada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari maqsadlariga mas’ul bo‘lgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan har bir samaradorlik ko‘rsatkichi, shu jumladan, bevosita faoliyat natijasi (output), natija (outcome) va ta’sir (impact) ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha haqiqiy ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan mamlakat miqyosida tarmoqlarni rivojlantirishda talab etiladigan davlat mablag‘lari yuzasidan demografiya, atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi, migratsiya, urbanizatsiya va boshqa omillar bilan bog‘liq aniqlik kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar strategik rejalashtirish va davlat investitsiyalarini boshqarishning yagona axborot ekotizimini shakllantirish maqsadida barcha tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari bilan “Elektron hukumat” tizimi doirasida integratsiya qilish orqali, shuningdek, keng jamoatchilikni jalb qilgan holda to‘planadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va keyingi strategik rejalashtirish hujjatlarida belgilangan maqsadlar, vazifalar va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari Raqamli platformada geoaxborot shaklida vizual aks ettiriladi hamda davlat investitsiyalarining maqsadli sarflanishi monitoring qilinadi va baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanish bilan bog‘liq dasturlar (chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, rejalar va boshqalar) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi (shu jumladan, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalaridagi) mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar Raqamli platformaning “Geoportal” modulidagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantiriladi hamda mazkur jarayonda loyiha tashabbuskoriga asoslantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar Agentlik so‘roviga asosan Raqamli platformaga kiritish orqali taqdim etilishi shart bo‘lib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingi shakllantiriladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar tomonidan Raqamli platformaning “Geoportal” moduliga joylashtiriladigan barcha ma’lumotlar, ularning metama’lumotlari, atributlar ro‘yxati, format, yangilanish davriyligi va axborot tuzilmasi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqamli platforma va uning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan qoplab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Raqamli platformani “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirish va saqlash bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Raqamli platformaning yagona ishlab chiquvchisi va operatori bo‘lib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Strategik rejalashtirish bosqichlari va subyektlari, strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etish mazkur Nizom hamda qonunchilik hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishga oid belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Strategik rejalashtirish jarayonlari quyidagi 4 bosqichdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda joriy vaziyat tahlili asosida strategik rejalashtirish hujjati loyihasi tayyorlanadi va qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishi monitoring qilinadi, hisobot beriladi va hisobotlar o‘rganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi bosqichda strategik rejalashtirish hujjatining bajarilishi samaradorligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, gumanitar, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan to‘liq bog‘liqligi va uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Strategik rejalashtirish subyektlari hisoblanadigan vazirlik va idoralar (milliy darajadagi, respublika darajasidagi (vazirliklar, alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari) va hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari) ro‘yxati Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini tashkil etish, uni samarali joriy qilishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini tayyorlashni tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organ hisoblanadi hamda uning bu boradagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralarni uslubiy qo‘llab-quvvatlash, strategik rejalashtirish tizimi bo‘yicha tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xalqaro tajriba va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining strategik rejalashtirish va rivojlanish hujjatlarini qonunchilik hujjatlari talablari va iyerarxiyaga muvofiq ishlab chiqish, amalga oshirish va ijrosini monitoring qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarni tekshirish yo‘li bilan xulosa berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsadlariga erishilishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlari vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari (keyingi o‘rinlarda — Tarkibiy bo‘linmalar) tomonidan muvofiqlashtiriladi va ular bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy bo‘linmalarning strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari iyerarxiya va qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqilayotganligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda strategik rejalashtirishning asosiy prinsiplari va talablariga muvofiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlarining amalga oshirilishi monitoring qilinishini muvofiqlashtirish, tayyorlangan hisobotlarni dastlabki tarzda o‘rganish hamda Agentlikka taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot natijalari asosida strategik rejalashtirish hujjatlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari va hisobotlar to‘g‘risidagi axborotlarni tizimli ravishda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy bo‘linmalar vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish hujjati hisoblanmaydigan strategiyasi va ish rejalarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish funksiyalarini ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari mamlakatni, uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishda davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarni, boshqaruvning konseptual yondashuvlarini belgilovchi konsepsiyalar shaklida qabul qilinadi. Bunda konsepsiya muvofiqlashtirish, resurslar bilan ta’minlash va ularni amalga oshirish samaradorligini baholashning umumiy mexanizmlarini o‘z ichiga olgan muayyan strategiyalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakat, hudud, tarmoq yoki davlat va jamiyat hayotining boshqa sohasini rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan hamda ularni amalga oshirishning aniq belgilangan mexanizmlari va resurslarini o‘z ichiga olgan strategiyalar shaklida qabul qilinadi va quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda keyingi yillar uchun qabul qilinadigan mamlakatni keng qamrovli rivojlantirish strategiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror rivojlanish sohasidagi keng qamrovli milliy maqsad va vazifalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq, soha va (yoki) hududlarni rivojlantirish strategiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining fiskal strategiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsad va vazifalariga erishishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq batafsil chora-tadbirlar majmuini belgilovchi dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi va quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda keyingi yillar uchun qabul qilinadigan mamlakatni rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish tadbirlari va mexanizmlari tizimini belgilaydigan Davlat dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir nechta hudud, tarmoq yoki sohani rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va mexanizmlar tizimini belgilaydigan davlat dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturlari, “yo‘l xaritalari” yoki chora-tadbirlar rejalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Bunda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlari nisbati bo‘yicha muayyan yoki bir necha soha, tarmoq yoki hudud bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlaridan yuqori bo‘lib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali boshqa strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Strategik rejalashtirish hujjatini ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini qabul qilish normativ-huquqiy hujjatlarni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga hamda mazkur Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Strategik rejalashtirish hujjatining loyihasini tayyorlashda qonunchilik hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasini tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, strategik rejalashtirish hujjati loyihasini tayyorlovchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda — Ishlab chiquvchi) tomonidan quyidagi qo‘shimcha tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjat loyihasini ishlab chiqishda Ishlab chiquvchi tomonidan kelishuvga ko‘ra tarkibiga Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, shuningdek, ilmiy tadqiqot institutlari, tahlil markazlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, xorijiy konsultant va ekspertlar hamda Tarkibiy bo‘linmalar vakillari kiritilgan ishchi guruhi tuziladi va bu haqida mazkur vazirlik va idoraning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari ishchi guruh tayyorlagan loyiha tegishli materiallar bilan birgalikda mazkur Nizomning 3-ilovasidagi Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilganligini o‘rganish bo‘yicha nazorat varaqasiga asosan dastlabki sifat tekshiruvidan o‘tkazish uchun Agentlikka yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlari loyihasini yakuniy sifat tekshiruvidan o‘tkazish uchun Agentlikka yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning dastlabki va yakuniy sifat tekshiruvi xulosasiga muvofiq strategik rejalashtirish hujjati loyihasi qayta ishlanadi hamda loyiha sifat tekshiruvi bo‘yicha Agentlikning ijobiy xulosasidan keyin kelishish uchun boshqa tashkilotlarga yuboriladi yoki tegishli vakolatli organga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatini ishlab chiqishda Ishchi guruh tomonidan qonunchilik hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasini tayyorlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud muammolar va ularning asosiy sabablari aniqlashtiriladi, ichki va tashqi omillarni baholash hamda ilgari amalga oshirilgan islohotlar, qabul qilingan strategiyalar va boshqa hujjatlarning tahlili samaradorligi natijalariga (shu jumladan, monitoring va baholash hisobotlariga) asoslangan holda ishlarning joriy holati tahlili amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ustuvor maqsadlar va mavjud resurslarga muvofiq dolzarbligi, ahamiyati yoki hajmiga ko‘ra hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohadagi tahdid va kutilmalar tahlil qilinadi, ichki va tashqi omillar inobatga olingan holda prognoz va ssenariylashtirish amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan va hal etilishi lozim deb topilgan muammolar bo‘yicha joriy holatdagi vaziyatdan kelib chiqib, erishilishi ko‘zlanayotgan natijalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan muammolar va ularning sabablaridan kelib chiqqan holda strategik rejalashtirish hujjatining asosiy maqsad va vazifalari belgilanadi va shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘zlangan maqsadlarga erishish darajasini o‘lchash usullari va samaradorlik darajasini aks ettiruvchi natija (outcome) va ta’sir (impact) ko‘rsatkichlari belgilab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqishda belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan mexanizmlar va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar (usul va vositalar), bajarish muddatlari, talab etiladigan inson va moliyaviy resurslar, moliyalashtirish manbalari, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar (mansabdor shaxslar), samaradorlikning bevosita faoliyat natijasi (output), natija (outcome) va ta’sir (impact) ko‘rsatkichlari aks ettiriladigan reja tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqishda rejalashtirilgan tadbirlarni (islohotlarni) amalga oshirish va kutilayotgan o‘zgarishlarga erishish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy xarajatlar hisob-kitob qilinadi va moliyalashtirish manbalari aniqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqishda monitoring va hisobot berish mexanizmi belgilanadi, bunda ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, nazorat qilish va hisobot uchun mas’ullar, shuningdek, monitoring davriyligi va muddatlari hamda umumlashgan hisobotni tayyorlash uchun mas’ullar aniq ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqishda strategik rejalashtirish hujjatlarini baholash mexanizmi va muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazmuni strategik rejalashtirishning asosiy prinsiplariga mos bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari iyerarxiyaga muvofiq ishlab chiqilishi, o‘zaro zid bo‘lmasligi va zaruriyatga ko‘ra bir-birini to‘ldirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konseptual g‘oya, maqsad va vazifalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalar, samaradorlik ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlarni monitoring qilish mexanizmlari belgilangan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuzilmasida quyidagilar alohida bob sifatida ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy holat tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konseptual g‘oya, maqsad va vazifalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamoyillar va yondashuvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yo‘nalishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va hisobot berish mexanizmlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazmuni strategik rejalashtirishning asosiy prinsiplariga mos bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari iyerarxiyaga muvofiq ishlab chiqilishi, o‘zaro zid bo‘lmasligi va zaruriyatga ko‘ra bir-birini to‘ldirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalarni, samaradorlik ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlarni hamda ularning qiymatini baholagan holda amalga oshirish imkoniyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatining o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish mexanizmlari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir maqsad va vazifalarning o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lgan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar belgilangan maqsad va vazifalar, samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun real muddatlar belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalar hamda chora-tadbirlar moliyaviy, moddiy-texnik, inson va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalar, samaradorlik ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlarni monitoring qilish va baholash mexanizmlari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuzilmasida quyidagilar alohida bob sifatida ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy holat tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsad va vazifalar, samaradorlik ko‘rsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va hisobot berish mexanizmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash mexanizmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chora-tadbirlar rejasi bobi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi namunaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi va unda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’sir (impact) va natija (outcome) ko‘rsatkichlarining o‘lchov birligi, hisoblash formulasi, boshlang‘ich ko‘rsatkich, yillar kesimida oraliq ko‘rsatkichlar, yakuniy ko‘rsatkich, ma’lumotlar manbasi va uni taqdim etilishiga mas’ul bo‘lgan vazirlik/idora, ma’lumotlarni taqdim etish davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita faoliyat natijasi (output) ko‘rsatkichi bo‘yicha chora-tadbir nomi, mazkur chora-tadbirni amalga oshirish natijasi, o‘lchov birligi, boshlang‘ich ko‘rsatkich, yakuniy ko‘rsatkich, moliyalashtirish hajmi va uning manbasi, chora-tadbir ijrosiga mas’ul tashkilot/idora, ijro etilganligini aniqlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar manbasi va uni taqdim etilishiga mas’ul bo‘lgan vazirlik/idora, bajarish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlari doirasiga kiruvchi loyihalarda joriy holat tahlili va chora-tadbirlar rejasining aks ettirilishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar uchun belgilangan jadval shaklida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda amalga oshirilayotgan strategiya doirasida har bir maqsad, ushbu maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar, ularni amalga oshirish bo‘yicha batafsil chora-tadbirlar hamda mazkur chora-tadbirlarning bevosita faoliyat natijasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (output) o‘zaro taalluqliligiga muvofiq ravishda ketma-ketlikda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini tayyorlashda monitoring qilish va hisobot berish bobida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni yig‘ish, ularning to‘g‘riligi va haqqoniyligini o‘rganish, hisobot berish uchun mas’ul tashkilot(lar), shuningdek, bir nechta tashkilot bo‘lganda umumlashgan hisobotni taqdim etish uchun mas’ul tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot berish va monitoringni amalga oshirishning davriyligi va muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bevosita faoliyat natijasi ko‘rsatkichlari (output) bo‘yicha hisobot kamida har oy yoki har chorakda, natija ko‘rsatkichlari (outcome) bo‘yicha hisobot kamida har chorak yoki yarim yilda, ta’sir ko‘rsatkichlari (impact) bo‘yicha hisobot kamida har yilda bir marta topshirilishi belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida Agentlikdan tashqari quyidagi vazirlik va idoralar bilan majburiy tartibda kelishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalarga rejalashtirilayotgan mablag‘larning iqtisodiy parametrlari bilan muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hudud, tarmoq va sohadagi iqtisodiy tahdid va kutilmalar, prognoz va turli ssenariylar asosida tahlilning amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq va to‘g‘ri baholanganligi, moliyalashtirish manbalarining aniq belgilanganligi hamda barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unligi masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha strategik rejalashtirishning iqtisodiy samaradorlik prinsipiga muvofiq ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan O‘zbekiston Respublikasining ichki xavfsizligi, barqaror taraqqiyotini ta’minlashning dolzarb masalalari hamda mintaqa, xalqaro va global xavfsizlikning bugungi tendensiyalarining strategik maqsadlarni amalga oshirishga bo‘lgan ta’sirini tahlil qilish orqali prognoz va ssenariylar ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan maqsad va vazifalar hamda samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi hamda atrof-muhit va ekologik holatga ta’siri masalalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha Adliya vazirligining tavsiyalari asosida loyiha Agentlikka yakuniy sifat tekshiruvi xulosasini olish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning loyiha bo‘yicha yakuniy sifat tekshiruvi xulosasida nazarda tutilgan masalalar inobatga olinmagan taqdirda strategik rejalashtirish hujjati loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot tayyorlash, hisobotni o‘rganish va monitoring qilish hamda baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot tayyorlash, hisobotni o‘rganish va monitoring qilish hamda baholash quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik — strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishini monitoring qilish va baholashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
betaraflik — monitoring va baholash faoliyatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar xodimlari o‘z vakolat va vazifalarini har qanday davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan qat’i nazar, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik — monitoring qilish va baholashni subyektiv fikrlarning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik — monitoring va baholash faoliyati haqidagi ma’lumot va axborotlardan to‘liq, o‘z vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda, ularni belgilangan axborot resurslariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikni ta’minlash — davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat, shuningdek, oshkor etilishi natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat yoxud davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotni e’lon qilishda qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchlilik — strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishini monitoring qilish yoki baholash uchun tegishli vazirlik va idora tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallarning talab qilib olinishi, ularning haqqoniyligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda mustaqil manbalar orqali o‘rganishning amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Strategik rejalashtirish hujjatidagi bevosita faoliyat natijasi (output), natija (outcome) va ta’sir (impact) ko‘rsatkichlari “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga tegishli muddatlar o‘rnatilgan holda nazoratga olinadi. Bunda har bir samaradorlik ko‘rsatkichining topshirig‘i tegishli strategik rejalashtirish hujjati bo‘yicha umumlashtirilgan hisobotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan tashkilotning roziligi bilan nazoratdan yechilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobot berishda tegishli hujjat yoki undagi muayyan maqsadni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolar aniqlanadi va ularni hal etish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul ijrochilarning Raqamli platformaga kiritgan ma’lumotlarini tahlil qilish (shu jumladan, ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini integratsiya qilish) orqali strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan muddatlarda va umumlashgan hisobot uchun mas’ul davlat organi yoki tashkiloti tomonidan hisobot tayyorlanadi hamda strategik rejalashtirish hujjatining bevosita faoliyat natijasi (output) va natija (outcome) ko‘rsatkichlari bo‘yicha dastlabki monitoring amalga oshiriladi hamda Raqamli platformaga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlik tomonidan hisobot va dastlabki monitoring hujjatlariga asosan strategik rejalashtirish hujjatining bevosita faoliyat natijasi (output) va natija (outcome) ko‘rsatkichlariga erishish darajasi to‘liq monitoring o‘tkazish orqali o‘rganiladi hamda topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashga umumlashtirilgan axborot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga aybdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishini baholashda strategiyaning maqsadlari yoki undagi muayyan maqsadlarga erishilganlik darajasi, rivojlanish dinamikasi va samaradorligi, ta’siri va barqarorligiga mazkur hujjatda belgilangan muddatlardan kelib chiqib baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Baholash Agentlik tomonidan strategik rejalashtirish hujjati yakunlangunga qadar oraliq baholashdan (zaruratga ko‘ra) hamda strategik rejalashtirish hujjati yakunlangandan so‘ng yakuniy baholashdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va yakuniy baholash tartibi, muddatlari va baholash uchun Agentlik bilan bir qatorda qo‘shimcha mas’ul tashkilot(lar), ularning vazifalari, shuningdek, baholash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari tegishli strategik rejalashtirish hujjatida belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan baholash muddatlarida, zaruratga ko‘ra hisobot va boshqa ma’lumotlar baholovchi tashkilot so‘roviga ko‘ra ijro uchun mas’ul vazirlik va idora tomonidan taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oraliq baholashda strategik rejalashtirish hujjatining yoki undagi muayyan maqsadlarga erishilayotganlik darajasi, rivojlanish samaradorligi, ta’siri va barqarorligiga baho beriladi hamda muayyan maqsadlarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki ularga erishish mexanizmlarini takomillashtirish, samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq baholash natijalariga asosan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish usul va vositalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar, shuningdek, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashga umumiy axborot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga tegishli strategik rejalashtirish hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda aybdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yakuniy baholashda strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasi, rivojlanish samaradorligi, ta’siri va barqarorligiga baho beriladi hamda kelgusidagi muayyan strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy baholash natijalariga asosan ishlab chiqilgan takliflar Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oraliq yoki yakuniy baholashga mas’ul tashkilot vakillari zarur hollarda, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda baholash jarayonida taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini uch kun ichida joyiga chiqib o‘rganishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijasida ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa, bu haqda kamchilik aniqlangan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran bir kun ichida ogohlantiriladi hamda baholash xulosasida ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladi. Bunda qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar, Agentlikning asoslantirilgan taklifiga ko‘ra Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan mazkur Nizom predmeti doirasidagi masalalarni tartibga soluvchi qoidalardan boshqacha yoki qo‘shimcha tartib-qoidalar belgilanishi, shu jumladan, davlat organlari, vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vazirlik va idoralar tomonidan Raqamli platformaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard)ning tarkibiy modullari, uning funksiyalarini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Modul nomi

Asosiy vazifalar (funksiyalar)

Mas’ullar

(vazirlik, idora va boshqalar)

Muddatlar

1.

“Ma’muriy boshqaruv paneli”

Raqamli platforma ma’murlari va foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, ularning foydalanishi va ma’lumot olish uchun ruxsat darajasini o‘rnatish

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, vazirlik va idoralar

Vazirlik va idoralar so‘roviga ko‘ra

2.

“Geoportal”

Strategik rejalashtirish hujjatini ishlab chiqishda, monitoringini amalga oshirishda, hisobot va baholashda foydalanish uchun barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlari ma’lumotlarini yagona geoportal orqali yuritish (ma’lumotlarning yuklanishi, yangilanishi, tahlil qilinishi va monitoring qilinishining markazlashtirilgan tizimda ta’minlanishi)

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

axborot tizimlariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

Muntazam ravishda

“Strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishni metodologik qo‘llab-quvvatlash va ma’lumotlarni muvofiqlashtirish” kichik moduli

Vazirlik va idoralar tomonidan Geoportalga joylashtiriladigan barcha ma’lumotlar, ularning metama’lumotlari, atributlar ro‘yxati, format, yangilanish davriyligi va axborot tuzilmasini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan kelishish va tasdiqlash;

ma’lumotlarni standartlashtirish, yagona normativ va texnik talablar asosida yuritish;

kelishilgan va taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan holda samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) shakllantirish.

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Muntazam ravishda

“Loyihalarni asoslantirish” kichik moduli

Rivojlanish bilan bog‘liq dasturlarni (chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, rejalar va boshqalar) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi (shu jumladan, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalaridagi) mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalarni mazkur moduldagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantirish (normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kelishish uchun yuborilgunga qadar)

Loyiha tashabbuskori bo‘lgan vazirlik yoki idora

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan muddat doirasida

“Asoslantirilgan loyihalarni tasdiqlash” kichik moduli

Rivojlanish bilan bog‘liq dasturlarni (chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, rejalar va boshqalar) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi (shu jumladan, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalaridagi) mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalarni mazkur moduldagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantirilganligini tasdiqlash

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ma’lumotlar kelib tushgandan boshlab 3 ish kuni ichida

3.

“Moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash”

Rivojlanish bilan bog‘liq dasturlarni (chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari”, rejalar va boshqalar) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi (shu jumladan, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalaridagi) mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish (budjet, investitsiya loyihalari, grantlar va boshqa manbalar) hamda tasdiqlash

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan muddat doirasida

4.

“Strategik rejalashtirish hujjatlarining loyihalari”

Birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini shakllantirish, dastlabki va yakuniy sifat tekshiruvidan o‘tkazish

Loyiha tashabbuskori bo‘lgan vazirlik yoki idora,

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan muddat doirasida

5.

“Strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) shakllantirish”

Qabul qilingan strategik rejalashtirish hujjatlarining ko‘rsatkichlarini real vaqtda kuzatish uchun bazaga kiritish

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

(birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha),

vazirlik va idora

(monitoringiga mas’ul bo‘lgan uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha)

Hujjat qabul qilingandan so‘ng 3 ish kuni ichida

6.

“Monitoring, hisobot va oraliq baholash”

Qabul qilingan strategik rejalashtirish hujjatlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobotlarni tasdiqlash, natijalarni geoportalda aks ettirish

Monitoring, hisobot va oraliq baholash uchun mas’ul tashkilotlar

Hujjatda belgilangan muddatlarda

7.

“Davlat organlari reytingi”

Milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingini shakllantirish

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

Har yil yakunlari bo‘yicha

8.

“Yakuniy baholash (Impact)”

Strategik rejalashtirish hujjatida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasi, rivojlanish samaradorligi, ta’siri va barqarorligiga baho berish

Yakuniy baholash uchun mas’ul tashkilot

Hujjatda belgilangan muddatlarda

9.

“Masofaviy nazorat”

Raqamli platformani integratsiya qilish orqali strategik rejalashtirish hujjatining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotdagi tegishli ma’lumotni ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida aks ettirish

Hisob palatasi,

Adliya vazirligi

Muntazam ravishda

10.

“Jamoatchilik nazorati”

Keng jamoatchilikni jalb etish va jamoatchilik nazorati vositalari orqali ma’lumotlarning haqqoniyligini baholash

“Yuksalish” harakati,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar,

keng aholi qatlami

Muntazam ravishda

11.

“Ma’lumotlar integratsiyasi”

Barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlari ma’lumotlarini “Elektron hukumat” orqali yagona ekotizimga ulash

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Muntazam ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini kelishish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va bu haqida rasmiy veb-saytida e’lon berish

Ishchi guruhini tuzish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Ishchi guruh

Strategik rejalashtirish hujjatining loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik yoki idoraning mas’ul tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishish

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish, bunda ekspert so‘rovlari, fokus guruhlar va mutaxassis fikrlari orqali asosiy muammolar va yechimlarga e’tibor qaratish hamda tahlil qilish

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Loyihada belgilangan mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalarni Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) “Geoportal” modulidagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantirish va moliyalashtirish manbalarini kiritish

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Loyihada belgilangan mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalarni Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) “Geoportal” modulidagi ma’lumotlarga bog‘lash orqali asoslantirilganligini tasdiqlash

5 ish kunida

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Loyihada belgilangan tadbirlarni (islohotlarni) amalga oshirish va kutilayotgan o‘zgarishlarga erishish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy xarajatlar va moliyalashtirish manbalarini Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) orqali tasdiqlash

5 ish kunida

7-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Dastlabki sifat tekshiruvidan o‘tkazish maqsadida loyihani Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yuborish

Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarda belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Loyihani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda dastlabki sifat tekshiruvidan o‘tkazish, zaruratga ko‘ra mazkur jarayonga ilmiy-tadqiqot va tahlil tuzilmalarini jalb etish hamda inobatga olinishi majburiy bo‘lgan xulosa berish

Loyiha kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

9-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Dastlabki sifat tekshiruvi xulosasiga asosan loyihaga tegishli o‘zgartirish kiritish hamda qonunchilik hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq zarur bosqichlarni (loyihani kelishish, tartibga solish ta’sirini baholash, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va boshqalar) amalga oshirish

Loyiha Agentlikdan qaytganidan so‘ng 3 ish kunida

10-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng yakuniy sifat tekshiruvidan o‘tkazish uchun loyihani Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga kiritish

Adliya vazirligi xulosasi olinganidan so‘ng 5 ish kuni ichida

11-bosqich

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Loyihani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy sifat tekshiruvidan o‘tkazish, zaruratga ko‘ra mazkur jarayonga ilmiy-tadqiqot va tahlil tuzilmalarini jalb etish hamda inobatga olinishi majburiy bo‘lgan xulosa berish

3 ish kunida

12-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihasining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilganligini o‘rganish bo‘yicha nazorat varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining nomi

Amal qilish muddati

(Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining sifati bo‘yicha umumiy sharhlar va tavsiyalar)

T/r

Hujjat mazmuni va tuzilishiga qo‘yiladigan talablar

Baholash shakli

Ha

Yo‘q

2. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining iyerarxiyaga muvofiqligi

2.1.

Loyihaning boshqa 1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:

Konsepsiya loyihasining amaldagi 1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlarida belgilangan ustuvor maqsadlar va vazifalar bilan uyg‘unligi)

2.2.

Loyihaning amaldagi 2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi va ularni shakllantirishdagi roli

(Izoh/Taklif/Tavsiya:

Konsepsiya loyihasida amaldagi mamlakat, tarmoq, soha va hududiy strategiyalar bilan ziddiyatlar mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, ular bilan o‘zaro uyg‘unlashgan ta’sirni ta’minlash imkoniyatlari hamda kelgusi yillarga mo‘ljallangan 2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish uchun yaratilgan metodologik va strategik asoslar bayon etilgani)

2.3.

Loyihaning amaldagi 3-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi va ularni shakllantirishdagi ahamiyati

(Izoh/Taklif/Tavsiya:

 “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari, mexanizmlari tizimi hamda kelgusi yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun yaratilgan metodologik va strategik asoslar bayon etilgani)

3. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining belgilangan minimal talablarga muvofiqligi

3.1. Mavjud vaziyat va muammolarni tahlil qilish

3.1.1.

Tayanch atamalar va tushunchalar ta’riflarining mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.2.

Joriy holat tahlili to‘liq, asoslangan va ishonchli statistik ma’lumotlar hamda faktlarga tayangan holda bayon etilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.3.

Loyihada joriy tizimda mavjud muammolar, xavf-xatarlar va to‘siqlar ochib berilgani

(Tizimli muammolar, institutsional cheklovlar, tashqi va ichki xavf-xatarlar va amalga oshirishdagi potensial to‘siqlar obyektiv va to‘liq aniqlangani baholanadi)

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.4.

Muammolar, xavf-xatarlar va to‘siqlarni keltirib chiqargan sabablar va omillar o‘rganilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.5.

Tashqi muhit (ijtimoiy, siyosiy, texnologik, xalqaro va boshqalar) hisobga olingani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.6.

Tahlil asosida konsepsiyani qabul qilishning zarurati asoslantirilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.2. Konseptual g‘oya, maqsadlar va vazifalar bo‘yicha
3.2.1.

Muammolar va konseptual g‘oya o‘rtasidagi bog‘liqlik mantiqan to‘g‘ri bayon etilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.2.

Konseptual (asosiy) g‘oya va uning falsafiy mazmuni aniq ifodalangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.3.

Konseptual g‘oya qisqa, aniq va ravshan bayon etilgani hamda jamiyatni muayyan taraqqiyot sari yo‘naltirishga qaratilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.4.

Loyihaning asosiy maqsad va vazifalari e’lon qilingan qarashlarga hamda xalqaro majburiyatlarga mosligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.5.

Loyihaning vazifalari maqsadga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlashga hamda faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.3. Prinsiplar, yondashuvlar va asosiy yo‘nalishlar
3.3.1.

Prinsiplarni shakllantirishda jamiyat va davlatning eng muhim qadriyatlari inobatga olingani va aks ettirilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.2.

Prinsiplarning konseptual g‘oya, maqsad va vazifalarga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.3.

Prinsiplarning tushunarli bayon etilgani va amalda qo‘llash imkoniyati mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.4.

Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.5.

Kutilayotgan ta’sirlar va amalga oshirishning umumiy yo‘nalishlari tavsifi mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.6.

Yo‘nalishlarni joriy etishda mantiqiy asoslangan ketma-ketlik va bosqichma-bosqichlik ta’minlangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.4. Kutilayotgan natijalar
3.4.1.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan natijalar ifoda etilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.5. Monitoring va hisobot berish
3.5.1.

Konsepsiya ijrosi bo‘yicha hisobot berish, umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash va monitoring uchun mas’ul tashkilotlarning belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.2.

Hisobot berish va monitoring muddatlari va davriyligi belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.3.

Hisobot berish shakllari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining nomi

Amal qilish muddati

(Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining sifatiga umumiy sharhlar, rejalashtirish tamoyillari va sikli bo‘yicha asosiy tavsiyalar)

T/r

Hujjat mazmuni va tuzilishiga qo‘yiladigan talablar

Baholash shakli

Ha

Yo‘q

2. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining iyerarxiyaga muvofiqligi

2.1.

1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:

strategik rejalashtirish hujjati loyihasida 1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsad va vazifalariga erishishga qanday hissa qo‘shishi ochib beriladi)

2.2.

2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:

boshqa 2-darajali strategiyalar bilan ziddiyatlar, shuningdek, ular bilan birlashtirilgan ta’sir mavjudligi yoki mavjud emasligi ochib beriladi)

2.3.

3-darajali hujjatlarga, xususan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari va mexanizmlari tizimini va mamlakatni keyingi yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini belgilovchi davlat dasturlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining belgilangan minimal talablarga muvofiqligi

  1. 3.1. Mavjud vaziyat va muammolarni tahlil qilish
3.1.1.

Joriy holat tahlili to‘liq, asoslangan va ishonchli statistik ma’lumotlar hamda faktlarga tayangan holda bayon etilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.2.

Loyihada joriy tizimda mavjud muammolar ochib berilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.3.

Muammolarni keltirib chiqargan sabablar va omillar o‘rganilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.4.

Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha loyihani ishlab chiqishdan oldingi davrda ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlilining mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.5.

Muammolarning xavflilik darajasi va ulardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar o‘rganilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.2. Ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar bo‘yicha
3.2.1.

Tanlangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar mavjud vaziyatni tahlil qilish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.2.

Tanlangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar strategik rejalashtirish hujjatlarida belgilangan talablarga, shuningdek, amaldagi davlat siyosatining maqsad va vazifalariga mos kelishi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.3.

Har bir tanlangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalar har bir darajadagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga egaligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.3. Samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
3.3.1.

Strategik maqsadning ta’sir (impact) ko‘rsatkichiga egaligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.2.

Har bir aniq vazifa kamida bitta aniq natija (outcome) ko‘rsatkichiga egaligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.3.

Ta’sir (impact) ko‘rsatkichlari va natija (outcome) ko‘rsatkichlarining aniq, o‘lchanadigan bo‘lishi va maqsadlarga erishish uchun mosligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.3.4.

Har bir samaradorlik ko‘rsatkichi uchun amaldagi, oraliq va yakuniy ko‘rsatkichlar mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.4. Ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar (chora-tadbirlar)ni rejalashtirish bo‘yicha
3.4.1.

Harakatlar (chora-tadbirlar) rejalarida ko‘rsatilgan tadbirlarning loyihada ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalarga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.4.2.

Tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul ijrochining belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.4.3.

Tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq muddat belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.4.4.

Har bir chora-tadbir (faoliyat) uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari (bevosita faoliyat natijasi (output) ishlab chiqilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.4.5.

Natija (outcome) ko‘rsatkichlari va aniq vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita faoliyat natijasi (output) ko‘rsatkichlari o‘rtasida aniq mantiqiy bog‘liqlik mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.4.6.

Har bir faoliyat (tadbir) uchun zarur mablag‘lar va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.5. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini tayyorlashdagi moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha
3.5.1.

Moliyalashtirish miqdori va manbalarining ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.2.

Moliyalashtirishda resurslarning taqsimlangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.3.

Moliyalashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati o‘rganilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.4.

Moliyalashtirish jarayonida davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari o‘rganilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.5.5.

Moliyalashtirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan choralar mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.6. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasida monitoring va hisobot mexanizmlarining nazarda tutilganligi bo‘yicha
3.6.1.

Loyihada samaradorlik ko‘rsatkichlarining amalga oshirilishi va ijrosini muvofiqlashtirish, ularni tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlarni to‘plash mexanizmlari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.6.2.

Hujjat ijrosi bo‘yicha hisobot berish, umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash va monitoring uchun mas’ul tashkilotlarning belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.6.3.

Hisobot berish muddatlari va davriyligi belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.6.4.

Hisobot berish shakllari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.7. Baholash bo‘yicha
3.7.1.

Loyihada natijalarni baholash mexanizmlari nazarda tutilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.7.2.

Baholash tashqi tashkilot (mustaqil baholovchi) tomonidan amalga oshirilsa, moliyalashtirish miqdori va manbalari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.7.3.

Loyihada natijalarni baholash va hisobdorlikni ta’minlash jarayonlarini raqamlashtirish choralari ko‘rilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining nomi

Amal qilish muddati

(Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining sifatiga umumiy sharhlar va tavsiyalar)

T/r

Hujjat mazmuni va tuzilishiga qo‘yiladigan talablar

Baholash shakli

Ha

Yo‘q

2. Strategik rejalashtirish hujjatining iyerarxiyaga muvofiqligi

2.1.

1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

(strategik rejalashtirish hujjati loyihasida 1-darajali strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsadlar va vazifalariga erishishga qanday hissa qo‘shishi ochib beriladi)

2.2.

2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

(boshqa 2-darajali strategiyalar bilan ziddiyatlar, shuningdek, ular bilan birlashtirilgan ta’sir mavjudligi yoki mavjud emasligi ochib beriladi)

2.3.

3-darajali hujjatlarga, xususan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari va mexanizmlari tizimini va mamlakatni keyingi yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini belgilovchi davlat dasturlariga muvofiqligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasining belgilangan minimal talablarga muvofiqligi

  1. 3.1. Chora-tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha
3.1.1.

2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlaridagi maqsad va vazifalar, ularga tegishli samaradorlik ko‘rsatkichlarining ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.2.

2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlaridagi chora-tadbirlarning batafsil yoritib berilganligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.3.

Tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul ijrochining belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.4.

Tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatning belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.5.

Har bir chora-tadbir (faoliyat) uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari mavjudligi

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.1.6.

Har bir chora-tadbir uchun zarur mablag‘lar va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

  1. 3.2. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihasi monitoringi va hisoboti bo‘yicha
3.2.1.

Loyihada samaradorlik ko‘rsatkichlarining amalga oshirilishi va ijrosini muvofiqlashtirish, ularni tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlarni to‘plash mexanizmlari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.2.

Hujjat ijrosi bo‘yicha hisobot berish, umumlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash va monitoring uchun mas’ul tashkilotlarning belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.3.

Hisobot berish muddatlari va davriyligi belgilangani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

3.2.4.

Hisobot berish shakllari ko‘rsatilgani

(Izoh/Taklif/Tavsiya:)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu talablar Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan strategik rejalashtirish hujjati loyihasining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadi va samaradorlik ko‘rsatkichi:

Strategik rejalashtirish hujjatining umumlashgan hisoboti uchun mas’ul tashkilot:

Strategik rejalashtirish hujjatining maqsadi:

Strategik rejalashtirish hujjatining ta’sir (impact) ko‘rsatkichi

O‘lchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi ko‘rsatkich

(eng oxirgi dolzarb ko‘rsatkich)

Oraliq ko‘rsatkichlar

(yillar kesimida)

Strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish yakunidagi maqsadli ko‘rsatkich

Ma’lumot manbasi va taqdim etishga mas’ul tashkilot

Ma’lumot taqdim etish davriyligi

Strategik rejalashtirish hujjatining vazifasi

Strategik rejalashtirish hujjatining natija (outcome) ko‘rsatkichi

O‘lchov birligi

Hisoblash formulasi

Amaldagi ko‘rsatkich

(eng oxirgi dolzarb ko‘rsatkich)

Oraliq ko‘rsatkichlar

(yillar kesimida)

Strategik rejalashtirish hujjatini amalga oshirish yakunidagi maqsadli ko‘rsatkich

Ma’lumot manbasi va taqdim etishga mas’ul tashkilot

Ma’lumot taqdim etish davriyligi

Chora-tadbirlar va byevosita faoliyat natijasi ko‘rsatkichlari (output)

Chora-tadbirlar nomi

Mazkur chora-tadbirni amalga oshirishning bevosita faoliyat natijasi ko‘rsatkichi

(output)

O‘lchov birligi

Amaldagi ko‘rsatkich

(eng oxirgi dolzarb ko‘rsatkich)

Yakuniy ko‘rsatkich

Moliyalashtirish hajmi va manbasi

Chora-tadbirlar ijrosiga mas’ul tashkilot/idora

Ma’lumot manbasi va taqdim etishga mas’ul tashkilot

Bajarish muddati

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: jadvalda strategik rejalashtirish hujjatining har bir maqsadi bo‘yicha tegishli ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatkichlari (impact), vazifalar va ularning ushbu maqsadga erishishni ta’minlaydigan natija (outcome) ko‘rsatkichlari, shuningdek, bevosita faoliyat natijasi (output) ko‘rsatkichlari ularning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga ajratilayotgan shtat birliklari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik va idora nomi

Agentlikka o‘tkaziladigan shtat birliklari soni

1.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

5

2.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

1

3.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

1

4.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

1

5.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

1

6.

Soliq qo‘mitasi

1

Jami

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

Direktor

Maslahatchi

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish sho‘basi

Soha va tarmoqlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish sho‘basi

Hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish sho‘basi

Ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-tadqiqot va amaliyot natijalarini o‘rganish sho‘basi

Islohotlar samaradorligini monitoring qilish va baholash sho‘basi

Axborot-tahlil va tashkiliy masalalar sho‘basi

 kadrlar bilan ishlash guruhi

Tahlil va tadqiqotlar sho‘basi

Strategik rivojlanish bo‘yicha vazifalar ijrosini nazorat qilish sho‘basi

Xorijiy ekspertlar, konsultant va maslahatchilarni jalb etish jarayonlarini muvofiqlashtirish sho‘basi

Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil qilish sho‘basi

Moliya-xo‘jalik sho‘basi

 Bosh buxgalter

 moddiy ta’minot va xo‘jalik ishlari guruhi

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertiza qilish sho‘basi

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari

Tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari

Komplayens xizmati

  Birinchi bo‘lim

Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan umumiy cheklangan soni — 30 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtiruvchi kengash Agentlik tuzilmasiga budjetdan tashqari manbalar hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik direktori Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishilgan holda tuzilmaga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sho‘ba mudiri va bosh inspektor tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh inspektori va yetakchi inspektoriga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik direktori o‘rinbosarlari va maslahatchisining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Agentlik direktori stavkasidan 3 foizgacha kam miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va uni yo‘lga qo‘yishning boshqa tashkiliy masalalariga oid tartib-taomillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari (keyingi o‘rinlarda — Tarkibiy bo‘linmalar) tegishli tashkilotga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan strategik rejalashtirish tizimini tashkil etish, uning hujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilishga mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib-taomillar tatbiq etiladigan vazirlik va idoralar (milliy darajadagi, respublika darajasidagi (vazirliklar, alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari) va hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida Tarkibiy bo‘linmalar Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘linmasi (departamenti, boshqarmasi, bo‘limi) etib tashkil etiladi hamda mustaqil bo‘linma sifatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida strategik rejalashtirish faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga ularning tuzilmasidagi axborot-tahlil guruhlari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Tarkibiy bo‘linmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha vazirlik va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida strategik rejalashtirish tizimining joriy qilinishi va amalga oshirilishini hamda ularning axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ularning strategik rejalashtirishning asosiy prinsiplari va talablariga, shu jumladan, strategik rejalashtirish hujjatlari iyerarxiyasiga muvofiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari ijrosini monitoring qilish va hisobotlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish, tayyorlangan hisobotlarni o‘rganib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari ijrosini monitoring qilish natijalari asosida ularning maqsad va vazifalariga zarur tuzatishlar kiritish hamda hujjatlarni yangilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida tegishli tashkilot mas’ul bo‘lgan maqsadlarga erishish holatini doimiy baholab borish, samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalarni tahlil qilish, joriy holatdan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan asoslangan takliflarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaviy ustuvor yo‘nalishlar, maqsadli ko‘rsatkichlar va kutilayotgan natijalarni inobatga olgan holda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid qabul qilinadigan har yilgi davlat dasturlari loyihalariga kiritilishi zarur bo‘lgan tashabbuslar yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tarkibiy islohotlarni samarali amalga oshirish uchun malakali xorijiy konsultant va ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini hamda konsalting kompaniyalarni o‘z mablag‘lari yoki budjet mablag‘lari, grantlar va boshqa manbalar hisobidan jalb etish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor tashabbuslar, sohaviy muammolar va istiqboldagi maqsadlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llanadigan Murojaatnoma loyihasiga kiritish uchun tegishli takliflarni shakllantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish hujjatlari va hisobotlarni tizimli ravishda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralardagi Tarkibiy bo‘linmalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning uch yilga mo‘ljallangan ish rejalarini strategik maqsadlar hamda moliyaviy imkoniyatlarga muvofiqligini ta’minlagan holda ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)da dastlabki sifat tekshiruvidan o‘tkazishda taklif va mulohazalarini bildirish vazifalari ham yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridagi Tarkibiy bo‘linmalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobot tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larni rivojlantirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan kompleks dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha yoki tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va Agentlikda dastlabki sifat tekshiruvidan o‘tkazishda taklif va mulohazalar bildirish vazifalari ham yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Tarkibiy bo‘linmalarga ularning faoliyat yo‘nalishlariga kirmaydigan topshiriqlarni berish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifa va funksiyalarni yuklatishga, shuningdek, ularning zimmasidagi vazifa va funksiyalarni hamda vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni to‘liq yoki qisman boshqa tarkibiy tuzilmalarga, loyiha ofislariga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vazirlar, alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish hamda kunlik (joriy) ish yuklamasini maqbullashtirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan rahbar kotibiyati yoki ijro apparati tarkibiy bo‘linma tashkil qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini tartibga soluvchi, ularning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan namunaviy nizom Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tarkibiy bo‘linmalar xodimlari lavozimlarini egallash uchun kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan va xorijiy tillarda erkin so‘zlasha oladigan nomzodlarga ustuvorlik beriladi, shuningdek, nomzodlardan quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil va prognozlashtirish — sohaviy rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish va baholash, ssenariy hisob-kitoblarini amalga oshirish, ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash — aniq va mantiqiy asoslangan tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va takliflar ishlab chiqish, strategik rejalashtirish va strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oid axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tahlil instrumentlaridan foydalanish — “SWOT”, “PESTEL”, “GAP” va boshqa tahlil instrumentlaridan foydalangan holda vaziyatni tizimli tahlil qilish, muammolar va imkoniyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy ma’lumotlar bilan ishlash, raqamli instrumentlardan foydalanish — Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari, rasmiy statistika ma’lumotlari bazalari, vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajriba va xalqaro reytinglar metodologiyasini bilish — sohaviy va global tendensiyalarni o‘rganish, tegishli reytinglar va indekslar bo‘yicha tahlil tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik rejalashtirish bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli vazirlik va idora rahbariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga bo‘ysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra tegishli davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch yilda Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda Agentlikda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Tarkibiy bo‘linmalar xodimlari yiliga kamida bir marta Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tarkibiy bo‘linmalar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, ularning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, statistik ma’lumotlar va axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbariyat tomonidan strategik rejalashtirish masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarni o‘tkazish taklifini kiritish hamda bu kabi yig‘ilishlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini strategik rejalashtirish hujjatlari va strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, shuningdek, strategik rejalashtirish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tizimiga kiradigan tuzilmalarda Tarkibiy bo‘linma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoraning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, shuningdek, ularning tizimiga kiradigan tuzilmalarning strategik rejalashtirish masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqa tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan strategik rejalashtirish hujjatlari va strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Tarkibiy bo‘linmalar bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar hamda alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Tarkibiy bo‘linmalari xodimlari lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tegishli tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan malaka oshiradi va Agentlikda stajirovka o‘taydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka oshirish va stajirovka o‘tash tartibi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tarkibiy bo‘linmalarning xodimlari bo‘yicha ma’lumotlar Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasiga (dashboard) Boshqaruv samaradorligi agentligining “hrm.gov.uz” platformasini integratsiya qilish orqali Agentlikka bepul asosda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida har yil yakunlari bo‘yicha Tarkibiy bo‘linmalarning tegishli tashkilot faoliyatida strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvofiqlashtiruvchi kengashga tashabbuskorlik ko‘rsatib, xizmat vazifalarini namunali va sifatli bajargan Tarkibiy bo‘linmalar va Agentlik xodimlarini tegishli tashkilot yoki idora xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi yoki budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ikki oylik ish haqi fondi miqdoriga rag‘batlantirish yoki lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) 50 foizidan oshmagan miqdorlarda ustama tayinlash haqida qaror qabul qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent global taraqqiyot forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi, Tashkiliy qo‘mita rahbari

2.

S.I. Xamidov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari

3.

E.T. Aripov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

4.

B.B. Raxmatov

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori

5.

U.Sh. Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

6.

M.X. Raxmankulov

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

B.I. A’loyev

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

A.T. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

B.R. Mamatkarimov

energetika vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

M.A. Omarov

transport vazirining birinchi o‘rinbosari

12.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

13.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

14.

S.Yo. Malikov

“InterForum” DUK direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkiliy qo‘mita rahbariga zarur hollarda Tashkiliy qo‘mita ishiga vazirlik va idoralarni jalb etish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

2017 — 2025-yillar davomida vazirlik va idoralar tashabbusi asosida ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda qabul qilingan konsepsiya va strategiyalarni qayta ko‘rib chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish orqali 2017 — 2025-yillarda qabul qilingan konsepsiya va strategiyalar ro‘yxatini shakllantirish va Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga kiritish.

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) qaroriga asosan 2017 — 2025 yillarda qabul qilingan konsepsiya va strategiyalarni faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, vazirlik va idoralar kesimida taqsimlash.

2026-yil fevral

Muvofiqlashtiruvchi kengash

3. Vazirlik va idoralar tomonidan:

o‘z sohalari bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va strategiyalarning dolzarbligi, maqsadli ko‘rsatkichlarning zamonaviy tahdid va vazifalarga mosligi hamda mazkur qaror talablariga muvofiqligini baholash hamda uning natijalarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga kiritish;

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi xulosasi asosida konsepsiya va strategiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil fevral-mart

Vazirlik va idoralar

4. Baholash natijalarini ko‘rib chiqish asosida konsepsiya va strategiyalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish.

2026-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

vazirlik va idoralar

2.

Strategik rejalashtirish tizimini joriy qilish bo‘yicha vazirlik va idoralarni uslubiy ta’minlash.

1. Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ishlab chiqish, kyelishish, amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

2. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va natijaga yo‘naltirilgan dasturiy budjetlashtirish talablariga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 3 yilga mo‘ljallangan ish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma yaratish.

2026 yil fevral

3.

Zamonaviy va innovatsion yechimlarni joriy etgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini raqamlashtirish.

1. Strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ma’lumotlarni to‘plash, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va geoxaritada aks ettirish, muammolarni aniqlash, prognozli tahlil o‘tkazish va strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish bo‘yicha Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi (dashboard) (keyingi o‘rinlarda — Raqamli platforma)ni ishlab chiqish.

2026 yil may

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

2. Muvofiqlashtiruvchi kyengash huzuridagi Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningden, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Raqamli platforma va uning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish hamda ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab borish.

Doimiy

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

3. Axborot xavfsizligi tamoyillarini hisobga olgan holda Raqamli platformada joylashtiriladigan ma’lumotlarni taqdim etish va bazaga kiritish tartibini tasdiqlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorini qabul qilish.

2026-yil mart

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar

4. Raqamli platformani “Elektron hukumat”  tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirish.

2026-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

5. Raqamli platformaning “Geoportal” va “Moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash” modullari funksiyalarini 2026-yildan boshlab Toshkent shahri va viloyatida ijtimoiy infratuzilmani rejalashtirish va boshqarishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha pilot dasturi sifatida yo‘lga qo‘yish hamda 2027-yildan barcha sohalar kesimida respublika bo‘yicha to‘liq tatbiq etish.

2026-2027-yillar davomida

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

6. Raqamli platformaning “Geoportal” modulida jamlanadigan vazirlik va idoralardagi mavjud tizimlar va ma’lumotlar (ma’lumotlar attributlari, metama’lumotlar, foydalaniladigan axborotnomalar), shuningdek, ularning funksional vazifalaridan kelib chiqib yig‘iladigan (shu jumladan, mavjud bo‘lmagan axborot tizimlari bo‘yicha) boshqa ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish va quyidagilarni amalga oshirish:

mavjud axborot tizimlari va ma’lumotlar inventarizatsiyasi;

ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi, yangilanish davriyligi va texnik sifatini baholash;

bir-birini takrorlovchi, qaytariluvchi, turli formatlardagi ma’lumotlarni aniqlash;

yagona axborotnoma (ma’lumotnoma) tizimini shakllantirish, bir xil shaklga keltirilishi kerak bo‘lgan yagona identifikatorlar, umumiy atributlar, kodlar va tasniflarni belgilash hamda vazirliklar bilan kelishilgan holda yagona milliy dolzarb axborotnomalar ro‘yxatini ishlab chiqish;

ma’lumotlarni yig‘ish va yuritish tartibini belgilash, shu jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish, yangilash va almashishning yagona reglamentini ishlab chiqish hamda texnik talablar va metodologiyani belgilash;

ma’lumotlar standartlarini joriy etish, metama’lumotlar, yagona normativ va texnik talablar asosida ma’lumotlarni yuritish bo‘yicha standartlar ishlab chiqish;

har bir vazirlikka tegishli ma’lumotlar toifasini tasniflash va ularni yuritishni belgilash, kelishuvlar asosida ma’lumotlarni bir xil tarzda takdim etish tartibini belgilash;

ma’lumotlar ekotizimini shakllantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini takomillashtirish, talab etiladigan yangi ma’lumotlar turlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2026-yil davomida

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar

4.

Amaldagi strategiyalarni tanqidiy tahlil qilgan holda, mamlakatning uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish.

Fuqarolik jamiyati institutlari, taxliliy va tadqiqot tuzilmalari, vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va boshqa davlatlar tajribasidan keng foydalangan holda mamlakatning uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy maqsadlarni belgilovchi konsepsiya va boshqa strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, 
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 
Adliya vazirligi, 
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

5.

Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini joriy etish.

Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tegishli davlatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga tandim etib borish tartibini nazarda tutuvchi Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori loyihasini kiritish.

2026-yil fevral

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining tashkiliy-tuzilmaviy va kadrlar masalalarini hal etish.

1. Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish, hududiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorini qabul qilish:

loyiha ofislarining faoliyat muddati;

loyiha ofislariga jalb etiladigan mutaxassislar soni;

loyiha ofislarining vazifalari va funksiyalari, samaradorligini baholash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI);

loyiha ofislari xodimlari tomonidan bajarilgan ishlarni (xizmatlar) qabul qilish, haq to‘lash va moliyalashtirish tartibi hamda miqdorlari.

2026-yil yanvar

Muvofiqlashtiruvchi kengash

2. Loyiha ofislarini yuqori malakali va muayyan tajribaga ega, yuklatilgan vazifalarni samarali bajara oladigan mutaxassislar bilan to‘ldirib borish, shu jumladan, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mas’ul xodimlarini asosiy ishdan ajralmagan holda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etib borish.

Doimiy

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

7.

“Strategik tahlil a’lochisi” ko‘krak nishonini joriy etish.

“Strategik tahlil a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil mart

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

8.

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi va uning tuzilmasidagi loyixd ofislarini beg‘araz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri, Islom Karimov no‘chasi, 43-uydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosiga joylashtirish.

2. Strategik rivojlanish va islohotlar agentlikning yangi yuklatilgan vazifalarini samarali bajarilishini ta’minlash uchun moddiy-texnika jihozlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va zarur kompyuter texnikasi va server qurilmalari (aloqa tarmoqlari, axborot tizimlari, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish), kanselyariya vositalari, boshqa orgtexnina jihozlari hamda avtotransport vositalarini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilish (ajratish).

3. Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga oltita avtotransport vositasini, shu jumladan, direktor, direktor o‘rinbosarlari va maslahatchisiga shaxsan biriitiriladigan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash bo‘yicha limit ajratish hamda autsorsing orqali xizmat safarlari va xorijiy mehmonlar tashriflari uchun bitta mikroavtobus (miniven)ni jalb qilib borish choralarini no‘rish.

Bunda, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga tegishli xizmat avtotransport vositalariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillii kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.

2026-yil fevral

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Transport qismi

9.

Tahlil va ilmiy-tadqiqot sohalarida xalqaro hamkorlinni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, xorijiy “aql markazlari” va yetakchi tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish.

1. Har yilgi Toshkent global taraqqiyot forumini tashkil etish, moliyalashtirish va o‘tkazish tartibi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorini qabul qilish.

2026-yil mart

Muvofiqlashtiruvchi kengash,

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

davlat tahliliy marnazlari va ilmiy tadqiqot muassasalari

2. Ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, gumanitar, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarga bag‘ishlangan tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining Toshkent global taraqqiyot forumini o‘tkazish.

2026-yildan boshlab har yili

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 07/25/394/1249-son)