1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada strategik rejalashtirish va rivojlanishning yagona va kompleks tizimini shakllantirish, strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning barqaror va samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada vazirliklar, idoralar, barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining kelishilgan holda faoliyatini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsad va vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab “maqsad — harakat — natija” zanjiri asosida strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni oʻz ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning barqaror va samarali mexanizmini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) strategik rejalashtirish va rivojlanish hujjatlarining yagona iyerarxiyasi va oʻzaro muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligi tartibi, vakolatlari, funksional vazifalari va javobgarlik chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) chuqur ilmiy tadqiqotlar, tendensiyalar va prognozlarni xolisona tahlil qilish asosida davlat siyosatining strategik ustuvorliklarini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aniq, shaffof va oʻlchanadigan koʻrsatkichlarga asoslangan strategik maqsadlarga erishish samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) sohalar, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish, zamonaviy formatlar va innovatsion usullar asosida ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) strategik tahlil va rejalashtirish sohasida yuqori malakali kadrlar yangi avlodini tayyorlashning integratsiyalashgan tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagi tartibda belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari mamlakatni, uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishda davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalishlarni, boshqaruvning konseptual yondashuvlarini belgilovchi konsepsiyalar shaklida qabul qilinadi. Bunda konsepsiya muvofiqlashtirish, resurslar bilan taʼminlash va ularni amalga oshirish samaradorligini baholashning umumiy mexanizmlarini oʻz ichiga olgan muayyan strategiyalarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakat, hudud, tarmoq yoki davlat va jamiyat hayotining boshqa sohasini rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, maqsadli koʻrsatkichlariga erishishga qaratilgan hamda ularni amalga oshirishning aniq belgilangan mexanizmlari va resurslarini oʻz ichiga olgan strategiyalar shaklida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari strategiyaning maqsad va vazifalariga erishishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq batafsil chora-tadbirlar majmuini belgilovchi dasturlar (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 4 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddatga ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Bunda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlari nisbati boʻyicha muayyan yoki bir necha soha, tarmoq yoki hudud boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlaridan yuqori hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan muddatga ishlab chiqiladi va quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi darajali boshqa strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) etib;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, gumanitar, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish boʻyicha gʻoya va tashabbuslarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini taʼminlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan toʻliq bogʻliqligi va uygʻunligini taʼminlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tegishli sohalarda kompleks islohotlarni chuqurlashtirish va liberallashtirish borasidagi strategik masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Muvofiqlashtiruvchi kengash birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi. Bunda maʼqullangan loyihalar koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlik, shuningdek, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxatdagi tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari nizomlari (ustavlari) va yillik ish rejalari, xorijiy tadbirlarda ishtirok etish dasturlari hamda tuzilmalari Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Muvofiqlashtiruvchi kengash Agentlik, shuningdek, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxatdagi tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish, shu jumladan, Muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqiga ega;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qonunchilik hujjatlarida hamda ularning yillik ish rejalarida nazarda tutilmagan boshqa vazifalar, funksiyalar va topshiriqlar yuklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini tashkil etish, uni samarali joriy qilishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini tayyorlashni tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlikka 3-ilovaga muvofiq qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtiruvchi kengashga Agentlik huzurida quyidagilarni tashkil etish boʻyicha qarorlar qabul qilish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, shuningdek, alohida sohalar va yoʻnalishlarda joriy holatni oʻrganish hamda ularni modernizatsiya qilish, innovatsion va barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar, takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish uchun sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha loyiha ofislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha joriy holatni oʻrganish hamda strategiyalar, takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning hududiy rejalashtirish bilan muvofiqligini taʼminlash uchun hududiy rivojlanish masalalari boʻyicha loyiha ofislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻzbekiston Respublikasining tashqi aloqalari va eksport salohiyatini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasidagi joriy holatni oʻrganish hamda takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish uchun xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha loyiha ofislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tizimda, sohada yoki tarmoqda mavjud modelni tubdan oʻzgartirish, institutsional, tarkibiy, huquqiy va funksional yangilash orqali kompleks va barqaror rivojlanishni taʼminlashga, boshqaruvning, bozor mexanizmlarining yoki ijtimoiy xizmatlarning sifat jihatidan yangi modelini shakllantirishga qaratilgan, strategik rejalashtirish hujjati hisoblanmaydigan hujjatlar loyihalari mazkur Farmonning 4-ilovasida belgilangan mezonlarga muvofiq strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilguniga qadar Agentlik bilan kelishiladi, bunda ushbu tartibga rioya etmagan holda kiritilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Agentlik bilan kelishish toʻgʻrisida Adliya vazirligi tomonidan tavsiyalar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Agentlik tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va natijalarga koʻra quyidagilar boʻyicha xulosa beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) loyihani qabul qilishning asoslantirilganligi, belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilganligi, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, shuningdek, boshqa tarmoq va hududiy strategiyalarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maqsadlarning va ular bilan bogʻliq vazifalar, chora-tadbirlar, amalga oshirish mexanizmlari va vositalari, amaldagi va oʻlchanadigan maqsadli koʻrsatkichlar, shuningdek, muddatlar va ularga erishish uchun masʼullarning belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) belgilangan vazifalar, koʻrsatkichlar va chora-tadbirlarni amalga oshirishda moliyaviy-iqtisodiy, moddiy-texnik va boshqa resurslarning koʻzda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) raqamlashtirish, korrupsiyaning oldini olish va byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, gender tenglik, xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar qamrab olinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash, hisobdorlik mexanizmlari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan va kadrlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirish va rivojlanishning ilmiy-uslubiy va siyosiy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan strategik rejalashtirish va rivojlanishning ilmiy-uslubiy va siyosiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida oʻtkaziladigan ilmiy va tahliliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) strategik rejalashtirish va rivojlanishning siyosiy-huquqiy asoslari sohasida yuqori malakali tahlilchi-mutaxassislar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari rahbarlariga tegishli idora rahbari maslahatchisi maqomi beriladi, ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Agentlik bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, axborot-tahlil guruhlari xodimlari yiliga kamida bir marta Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil va natijadorlikni boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yildan boshlab “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid qabul qilinadigan har yilgi davlat dasturiga ishlab chiqiladigan strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati kiritiladi. Bunda Agentlik mazkur roʻyxatdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) rejalashtirish, maʼlumotlarni toʻplash, asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) monitoring qilish, muammolarni aniqlash, prognozli tahlil oʻtkazish va strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi raqamli platformani (dashboard) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vazirlik va idoralar tomonidan yagona, kompleks va tizimli yondashuv asosida strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, hisobotlarni taqdim etish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, ushbu hujjatlarning bajarilishini baholash tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yuklatilayotgan qoʻshimcha vazifalarni inobatga olgan holda Agentlik va Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) davlat boshqaruvida strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Adliya vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-201-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼullar
1.
Mamlakatda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini muvofiqlashtirish hamda ushbu tizimning samarador mexanizmlarini taʼminlashga qaratilgan huquqiy asoslarini yaratish.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilgani munosabati bilan birinchi navbatdagi vazifalarni amalga oshirish choralari boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritish:
strategik rejalashtirish tizimini tashkil etish tartibi, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
rejalashtirish jarayonini avtomatlashtirish, maʼlumotlarni toʻplash, asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishishni kuzatish, muammolarni aniqlash, prognozli tahlil va strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi raqamli platformani (dashboard) ishlab chiqish;
vazirlik va idoralar tomonidan strategik rejalashtirish hujjatlarini yagona, kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqish, hisobotlarni taqdim etish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatining bajarilishini baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
Agentlikka yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni inobatga olgan holda va uning faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan Agentlikning va uni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatining huquqiy asoslari, tuzilmasi va lavozimlar roʻyxati;
davlat boshqaruvida strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2025-yil noyabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
2.
Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini yaratish.
Strategik rejalashtirish tizimini joriy etish boʻyicha quyidagi choralarni amalga oshirish:
vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarining xodimlari boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan xodimlar soni, sohaviy hisobdorligi, malakasi, ish haqi miqdori va vakant joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
2025-yil dekabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,
vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Axborot-tahlil guruhlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini majburiy tartibda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan kelishishtartibini belgilash;
2025-yil dekabr
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan strategik rejalashtirish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar, axborot-tahlil guruhlari xodimlarining yiliga kamida bir marta Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil hamda natijadorlikni boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olishlarini tashkil etib borish.
Doimiy
3.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida kadrlarning malakasi va kasbiy kompetensiyasini oshirib borish choralarini koʻrish.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi mutaxassislarning kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar xodimlarini oʻqitish;
strategik rejalashtirish boʻyicha masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish;
strategik rejalashtirish sohasida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini joriy etish.
2026-yil mart
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Boshqaruv samaradorligi agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
4.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida pedagog kadrlarning professional korpusini yaratish.
1. Strategik rejalashtirish va rivojlanishga ixtisoslashgan ilgʻor xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2. Strategik rejalashtirish boʻyicha oʻquv dasturlarni shakllantirish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni va mutaxassislarni jalb etish.
3. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash.
2026-yil noyabr
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
5.
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish jarayonlarini raqamlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida strategik islohotlarni nazarda tutuvchi masalalar aks etgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan majburiy kelishishni taʼminlash imkoniyatini yaratish.
2026-yil fevral
Adliya vazirligi
6.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy qilish bilan bogʻliq vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Agentlikning yangi yuklatilgan vazifalarini samarali bajarilishini taʼminlash uchun moddiy-texnika jihozlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va zarur kompyuter texnikasi, server qurilmalari, kanselyariya vositalari, boshqa orgtexnika jihozlari hamda avtotransport vositalarini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilish (ajratish).
2025-yil dekabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan faoliyati tashkillashtiriladigan tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
4.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
6.
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
7.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi
9.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yuklatiladigan qoʻshimcha vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tarmoqlar va hududlar rivojlanishining joriy holati, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan hamkorligi samaradorligi toʻgʻrisida axborot toʻplash va tizimli tahlil qilish, shuningdek, mamlakatning kompleks va proaktiv rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralarni uslubiy qoʻllab-quvvatlash, strategik rejalashtirish tizimi boʻyicha tavsiyalar va uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilgʻor xalqaro tajriba va davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining strategik rejalashtirish va rivojlanish hujjatlarini qonunchilik hujjatlari talablari va iyerarxiyaga muvofiq ishlab chiqish, amalga oshirish va ijrosini monitoring qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha taqdim etilgan hisobotlarni tekshirish yoʻli bilan xulosalar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsadlariga erishilishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini farqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mezon
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar
1.
Tushunchasi
Amaldagi tizim, soha yoki tarmoqdagi modelni tubdan oʻzgartirish, yaʼni institutsional, tarkibiy, huquqiy va funksionalyangilanish orqali boshqaruvning, bozor mexanizmlarining yoki ijtimoiy xizmatlarning sifat jihatdan yangi modelini shakllantirishni nazarda tutuvchi, keng qamrovli va barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan hujjatlar
2.
Mazmuni
Tubdan oʻzgartirish, yaʼni institutsional (tuzilma oʻzgarishi), tarkibiy (yangi organlar yaratish), huquqiy va funksional (yangi modellarni joriy etish) oʻzgarishlar orqali sifat jihatdan yangi tizim yaratish
3.
Maqsadi
Umummilliy strategik maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan tub oʻzgarishlarni amalga oshirish
4.
Qamrovi
Tarmoq yoki sohaviy
5.
Hujjat turi
Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini farqlash mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6264-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandda “Strategik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2 — 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 5-bandning birinchi xatboshisida “Strategik rivojlanish agentligini” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 7 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-216-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-banddagi “Strategik islohotlar agentligi” soʻzlari “Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarkibiy oʻzgarishlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) oʻrganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, mazkur masalalar boʻyicha forumlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda ochiq muloqotlar doirasida aholining, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining bildirgan fikr va mulohazalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish choralari yuzasidan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun malakali xorijiy konsultant va ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini hamda konsalting kompaniyalarini jalb etish jarayonini muvofiqlashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 3, 5 — 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik direktori maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshidagi “Prezidentining yordamchisi” soʻzlari “Prezidenti Administratsiyasi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) toʻrtinchi xatboshidagi “Departament rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) beshinchi xatboshida “Departament” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1 — 3 bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan joriy masalalarni muhokama qilish va hal qilishning maqbul yoʻllarini aniqlash uchun muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qiladi va tegishli takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jalb qilingan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning ular faoliyati masalalariga oid rasmiy xulosa va hisobotlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni isloh qilish boʻyicha tashkil qilinayotgan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning dasturlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari har oyda tegishli davlatlarning ilgʻor tajribasi va amaliyoti toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-467-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandda “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, insonparvarlik, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish boʻyicha gʻoya va tashabbuslar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini taʼminlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yoʻl xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan toʻliq bogʻliqligi va uygʻunligini taʼminlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan idoralararo-kollegial organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan asosiy vazirlik va idoralar tahliliy boʻlinmalarining (departament, boshqarmalar) faoliyati muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani rivojlantirish boʻyicha strategik tashabbuslar loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilingan asosiy vazirlik va idoralar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari tadqiqot markazlarini axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlik qilishga masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishlari har chorakda oraliq majlislar shaklida tashkil etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi, Kengash raisi
2.
E.T. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
M.M. Kamilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori
4.
J.A. Vahobov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari — Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori
5.
M.X. Raxmankulov
—
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori
7.
B.B. Raxmatov
—
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori
8.
K.K. Mardonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari
9.
R.R. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻining oʻrinbosari
10.
M.R. Abdullayev
—
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
11.
Sh.A. Ayupov
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
12.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
13.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
14.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
15.
I.Yu. Abdurahmonov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
16.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
17.
J.T. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
18.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
19.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
20.
Sh.A. Vafayev
—
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori
21.
N.N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
22.
U.K. Abidxadjayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori
23.
S.A. Valiyev
—
Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori
24.
S.S. Safoyev
—
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori
25.
B.S. Mirzayev
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori
26.
Sh.A. Nurulloyev
—
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) rektori
27.
E.S. Tulyakov
—
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
28.
B.M. Bekmurodov
—
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi
29.
F.F. Kaimbayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri, Kengash kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash raisiga zarur hollarda Kengash ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
U.K. Abidxadjayev
—
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori, Ishchi guruh rahbari
2.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
M.A. Omarov
—
transport vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
B.R. Mamatkarimov
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
F.R.Xamidova
—
togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
O.A. Pekos
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
8.
A.M. Qosimov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
9.
Lavozimi boʻyicha
—
suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
M.Sh. Istamov
—
adliya vaziri oʻrinbosari
11.
N.D. Xusanov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
12.
F.J. Pulatov
—
Kadastr agentligi direktori
13.
A.X. Suvankulov
—
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisi v.b.
14.
D.A. Vaxobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
15.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruh faoliyatiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-son Farmonining 21-bandi va 22-bandining “a”kichik bandidagi “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-fevraldagi “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son qarorining 1-bandidagi “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)