29.09.2025 yildagi 610-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tizimini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 18iyuldagi PQ-267-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir ish kunida qaytarilishi, bunda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash talab etilmasligi belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan ayrim tovarlar (xizmatlar) uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish yoki qaytarishni rad etish tartibi va asoslari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarning ijtimoiy kartalariga o‘tkazish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy karta orqali xarid qilingan va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qaytarib olingan tovarlar (xizmatlar)ning fiskal belgili chekiga tuzatishlar kiritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu vaqtinchalik nizom talablari 2025-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Ijtimoiy karta” axborot tizimini soliq organlari ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilgan holda, ijtimoiy karta berilgan fuqarolar va ijtimoiy karta to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zaro axborot tizimi orqali doimiy ravishda taqdim etib borilishi hamda uning yangilanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy karta orqali ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) xaridi bo‘yicha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish jarayonlarini avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun ma’lumot almashish bo‘yicha moliyaviy agentlar, to‘lov tizimlari operatorlari va Agentlik bilan birgalikda ijtimoiy karta orqali tovar (xizmat)lar xarid qilinganda, tegishli xarid chekida ijtimoiy karta va tranzaksiyaning unikal raqamini axborot xavfsizligi qoidalariga muvofiq taqdim etish amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik, Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov natijalarini hisobga olgan holda, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tizimini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga muvofiq “Ijtimoiy karta” axborot tizimini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, sanoat ekspluatatsiyasiga tushirish va takomillashtirib borish bo‘yicha loyiha hamkori tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
610-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 610-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — jismoniy shaxslar) tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda — soliq) summasini qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan dastur — jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan soliq summasini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshirish imkoniyatini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilinganda, soliq summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatida nazarda tutilgan tovar va xizmatlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning identifikatsiya kodlari (MXIK) — mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi mahsulotning identifikatsiya kodlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy karta orqali ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) xarid qilinganda, ushbu xarid bo‘yicha xarid chekining fiskal belgisini soliq organlarining maxsus mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) xaridi bo‘yicha to‘langan soliq summasi ularning ijtimoiy kartalariga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxslarga xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) xarid summasining 1 foizi miqdorida qaytariladigan mablag‘ o‘rniga xarid summasida to‘langan soliq summasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Respublika budjeti hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) uchun ijtimoiy karta orqali xarid qilishda to‘langan soliq summasini qaytarish va qaytarishni rad etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxslar ijtimoiy karta orqali ayrim turdagi tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilganda to‘langan soliq summasi xarid qilingan tovarlar (xizmatlar)ning MXIK kodlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq summasi qaytarib beriladigan tovarlar (xizmatlar) MXIK kodlariga mos kelgan taqdirda, avtomatlashtirilgan dastur orqali qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) quyidagi hollarda jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) xarid qilinganda, soliq summasini qaytarishni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan hisob-kitoblar to‘g‘risida onlayn rejimda kelib tushadigan ma’lumotlar va soliq organlarida mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlar asosida tovarlarni sotish va xarid qilishda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olishga qaratilgan huquqbuzarlik belgilari aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda soliq summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ro‘yxatiga kirmaganda yoki sotilgan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) soni xarid qilingan ushbu ro‘yxatdagi tovarlar sonidan ko‘p bo‘lganda;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal modul operatorlari orqali yuborilgan ma’lumotlarga asosan xaridni amalga oshirgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishda xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn nazorat-kassa texnikalari cheklarida identifikatsiya kodlari va shtrix-kodlari noto‘g‘ri aks ettirilishi aniqlanganda yoki ularda soliq organlari ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan identifikatsiya kodlari va shtrix-kodlari bilan aks ettirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliq summasini qaytarish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq qo‘mitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlangan soliq summasi bo‘yicha buyurtmani real vaqt rejimida ijtimoiy kartadan to‘lovlar amalga oshirilgan kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo‘mitasining buyurtmasiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga (keyingi o‘rinda — G‘aznachilik) Soliq qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘iga buyurtma olgan kunda to‘langan soliq summasini qaytarib berish uchun mablag‘larni o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazilgandan keyin bir ish kunidan kechiktirmay ularni G‘aznachilikdagi maxsus hisobvarag‘idan vakolatli bankda ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq qo‘mitasi soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning reyestrini vakolatli bankka bir ish kunida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq qo‘mitasi topshirig‘iga asosan vakolatli bank tegishli pul mablag‘larini bir ish kunida soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning ijtimoiy kartalariga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklariga tuzatish kiritilishining bajarilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasi qaytarib olingan tovarlarning (xizmatlarning) fiskal belgili chekiga ushbu tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan tuzatish kiritish mumkin emas, bunda faqat Soliq qo‘mitasining xulosasi asosida ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) qiymatining soliq summasi Davlat budjetiga qaytarib berilgandan so‘ng tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasi qaytarib olingan tovarlarning (xizmatlarning) fiskal belgili chekiga tuzatish kiritish uchun tadbirkorlik subyekti shaxsiy kabineti orqali Soliq qo‘mitasiga tegishli ariza yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq qo‘mitasi ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasi qaytarib olingan tovarlarning (xizmatlarning) fiskal belgili onlayn-kassa cheklariga maxsus mobil ilova orqali tuzatish kiritish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida tadbirkorlik subyektiga xulosa yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomni qo‘llashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jismoniy shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I. Ayrim turdagi tovarlarni (xizmatlarni) ijtimoiy karta orqali xarid qilish

1-bosqich

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar

Qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar)ni ijtimoiy karta orqali xarid qiladi.

Ehtiyojga ko‘ra

2-bosqich

Soliq qo‘mitasi

Avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot orqali belgilangan mezonlar asosida aniqlangan soliq summasi bo‘yicha buyurtmani real vaqt rejimida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Ijtimoiy kartadan to‘lovlar amalga oshirilgan kunda

II. To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Soliq qo‘mitasining buyurtmasiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga Soliq qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘iga buyurtma olgan kunda to‘langan soliq summasini qaytarib berish uchun zarur mablag‘larni o‘tkazadi.

Buyurtma olingan kunda

4-bosqich

Soliq qo‘mitasi

G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvaraqdan vakolatli bankda ochilgan hisobvaraqqa tegishli mablag‘larni o‘tkazadi.

1 ish kunida

5-bosqich

Soliq qo‘mitasi

Soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning reyestrini vakolatli bankka taqdim etadi.

1 ish kunida

6-bosqich

Vakolatli bank

Soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning ijtimoiy bank kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazadi.

To‘lov topshiriqnomasiga asosan 1 ish kunida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 610-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bank kartasi turi (korporativ, shaxsiy yoki ijtimoiy)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kuyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ijtimoiy karta raqami (birinchi va oxirgi to‘rtta raqam);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiyaning unikal raqami”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘ninchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 09/25/610/0882-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)