18.07.2024 yildagi PQ-267-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoniga muvofiq hamda aholi tomonidan davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashi kafolatlangan tarzda olinishi, uning manzilliligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy karta” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy karta” AT) joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini, shuningdek, aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning ijtimoiy xususiyatga ega boshqa barcha choralarini bosqichma-bosqich toʻliq avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va toʻlovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yigʻish zaruratini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sugʻurtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-dekabrdan boshlab yangidan tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini 1 va 2-ilovalarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan vaucherlar qiymatida xarid qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, oʻquvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash. Bunda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qogʻoz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2026-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida, 2026-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning qolgan hududlarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini bir ish kunida qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash talab etilmaydi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda vazirlik va idoralar tizimida budjet mablagʻlari hisobidan faoliyat yurituvchi boshqa tuzilmalar tomonidan fuqarolarga budjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yoʻl, havo va daryo transporti, yoʻnalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish boʻyicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq toʻlash boʻyicha imtiyozlar.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2027-yil 1-yanvardan boshlab — qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish.
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya oluvchilarga oʻz xohishiga koʻra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganligi boʻyicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy karta Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi hamda fuqarolarning davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralariga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishi taʼminlanadigan hujjatlardan biri hisoblanadi va noyob, oʻzgartirib boʻlmaydigan shaxsiy raqamni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy karta boʻyicha alohida operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlash va cheklash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy karta” AT maʼlumotlar bazasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda fuqarolar va davlat organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, shu jumladan biometrik maʼlumotlar asosida Agentlikning serverlarida shakllantiriladi va yuritiladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining barcha rezident tijorat banklari tegishli texnik talablarga mos boʻlganda ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha moliyaviy agent (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy agent) vazifasini bajarishlari mumkin boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda “Ijtimoiy karta” ATni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoatda foydalanishga joriy etish va takomillashtirish (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) maqsadida qoʻshma korxona (keyingi oʻrinlarda — Korxona) tashkil etish uchun xususiy investorni aniqlashni nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin, shuningdek Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlikning takliflari asosida davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini ijtimoiy kartalarga oʻtkazadigan moliyaviy agentlarni, shuningdek, Loyihaning boshqa ishtirokchilarini belgilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2026-yil 1-iyulga qadar:
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada yashovchi aholining barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ijtimoiy kartalarni bosqichma-bosqich berish jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar, shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari va boshqa qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari hamda qonunchilikka muvofiq beriladigan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning yagona roʻyxatini va klassifikatorini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Agentlikka nisbatan oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun jalb etiladigan grantlar, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarga texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga moʻljallangan loyiha takliflarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-maydagi “Tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda ekspertlik koʻmagi samaradorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-198-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi dasturiy-apparat kompleksini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashiladigan davlat maʼlumotlari toʻplamlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Agentlik va Korxonaga Loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-texnik hujjatlari, shuningdek, loyiha doirasida joriy etiladigan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni attestatsiyadan, ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatlashtirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Korxona va toʻlov tashkilotiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida Korxona tomonidan berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qabul qiluvchi tomon uchun foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmasligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik talabnomalariga (buyurtmanomalariga) muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi — koʻp martalik vizalar berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — belgilangan tartibda Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy kartani joriy qilishning tajriba bosqichi natijalarini oʻrganish asosida ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi barcha shaxslarni, shu jumladan pensiya oluvchilarni ijtimoiy karta bilan qamrab olish va davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning barcha choralarini ijtimoiy karta orqali taqdim etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyulga qadar Loyihani amalga oshirish doirasida xususiy, jumladan, institutsional investorlarni jalb qilgan holda tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni;
(11-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-martga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash hamda davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtish toʻgʻrisidagi taklifni kiritsin;
(11-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy karta” axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasining toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyasini va maʼlumotlar almashinuvini taʼminlasin.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish doirasida Agentlikning murojaatiga koʻra oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar belgilangan tartibda berilishida koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ekvayer tijorat banklari bilan birgalikda ijtimoiy kartalarga xizmat koʻrsatishda savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining asosiy faoliyati boʻyicha toʻgʻri tasniflanishini taʼminlash maqsadida savdo nuqtalariga chiqarilgan barcha toʻlov terminallarining MSS kodlarini (sotuvchi toifasi kodi) xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrdan boshlab tijorat banklari xodimlari uchun toʻlov terminallarini berishda sotuvchilar toifalarini toʻgʻri kodlash boʻyicha majburiyat belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq qoʻmitasi Agentlikka alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek boshqa tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotish nuqtalarida mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlaridan foydalanish monitoringi asosida ijtimoiy karta, mobil ilova orqali amalga oshiriladigan xarajatlar tahlilini oʻtkazishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning maqsad va vazifalari hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ijtimoiy karta afzalliklari keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-267-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy toʻlovlarni ijtimoiy kartalar orqali toʻlashni bosqichma-bosqich joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nafaqa nomlanishi

Muddati

1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida

1.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi

2024-yil 1-dekabrdan

2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam

3.

Yoshga doir nafaqa

4.

Nogironlik nafaqasi

5.

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam

6.

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari

7.

Nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqa

8.

Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher

9.

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi

11.

“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan bir martalik moddiy yordamlar

2-bosqich. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilish doirasida

12.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi

2025-yil 1-oktabrdan

13.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam

14.

Yoshga doir nafaqa

15.

Nogironlik nafaqasi

16.

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam

17.

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari

18.

Parvarishlash nafaqasi

19.

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi

21.

Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher

22.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilinganlarga bir martalik moddiy yordam

221.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi

2026-yil 1-yanvardan

222.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

2026-yil 1-iyuldan

23.

Yoshga doir pensiya (xohishiga koʻra)

2026-yil 1-dekabrdan

24.

Nogironlik pensiyasi (xohishiga koʻra)

25.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi (xohishiga koʻra)

27.

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari yoki oliy taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun har oylik va bir martalik ijtimoiy toʻlovlar

28.

 Kambagʻal oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlar

 

2027 yil 1-yanvardan 

 

29.

 Talabalar uchun maxsus stipendiya toʻlovi

30.

 Oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, imtiyoz huquqidan xabardor qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning taqdim etilishini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlarning nomlanishi

Muddati

1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida

2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish

2026-yil 1-fevraldan

3.

Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish

2026-yil 1-iyuldan

4.

Bepul dori vositalari bilan taʼminlash

2-bosqich. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida

5.

Shahar yoʻlovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish

2026-yil 1-iyuldan

6.

Yashash joyi boʻyicha maʼmuriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yoʻl transportida va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish

2026-yil 1-iyuldan

7.

Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish

8.

Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini toʻlash

9.

Temir yoʻl transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yoʻl qatnovi mavjud boʻlmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish

11.

Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish

12.

Bepul dori vositalari bilan taʼminlash

13.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon taʼlim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul oʻqitish

14.

Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish

15.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozlari

16.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

2026-yil 1-iyuldan

17.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

18.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

19.

Bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi

20.

Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi

21.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz huquqi

22.

Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga imtiyoz huquqi

23.

Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bogʻlari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bogʻlari, botanika bogʻlari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish

2027-yil 1-yanvardan

3-bosqich. Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini kengaytirish

24.

Yashash joyi manziligacha yoʻl haqi xarajatlarini qoplash

2027 — 2030-yillar

25.

Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish

26.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda koʻrsatish

27.

Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga oʻrgatish, tayyorlov kurslari va hokazo)

28.

Oliy yoki oʻrta maxsus professional taʼlim olish uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash

29.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish

30.

Alohida toifadagi aholi (nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish xizmatlarini sotib olish

31.

Alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari xizmatlarini sotib olish

32.

Sogʻligʻi tufayli internatga joylashtirish imkoni boʻlmagan alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarni uyda oʻqitish xizmatlarini sotib olish

33.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga kvotali oʻrinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish

34.

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish

35.

Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi

36.

Tomorqadan va dehqon xoʻjaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashiladigan davlat maʼlumotlari toʻplamlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maʼlumotlar toʻplami nomi

T/r

Maʼlumotlar toʻplami tarkibi

Maʼlumotlarni olishdan kutilayotgan natija

Maʼlumotlar taqdim etishga masʼullar

I. Jismoniy shaxsga doir shaxsiy va boshqa maʼlumotlar

Shaxsga doir umumiy maʼlumotlar

1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa), tugʻilgan yili, oyi, sanasi va joyi, jinsi

Axborot tizimida shaxsni identifikatsiya qilish,

shaxsga doir ishonchli maʼlumotlar olish

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

(keyingi oʻrinlarda — Personallashtirish agentligi)

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtgan, yashash manzili)

2.

Viloyat, shahar, tuman, mahalla, koʻcha, mavze, shohkoʻcha, uy (imorat), berk koʻcha, yoʻlak, kvartira

Shaxs bilan telefon, pochta, shu jumladan, elektron tarzda muloqot qilish

Ichki ishlar vazirligi

3.

Abonent raqami, id.egov.uz dagi elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi

4.

Amaldagi elektron raqamli imzoning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

(keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi)

Pasport maʼlumotlari, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma maʼlumotlari (voyaga yetmaganlar uchun), oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari

5.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Axborot tizimida shaxsni identifikatsiya qilish

Personallashtirish agentligi

6.

Biometrik pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami, biometrik fotosurat, berilgan sanasi, qachon va kim tomonidan berilganligi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomasi maʼlumotlari

Ichki ishlar vazirligi

7.

Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma maʼlumotlari, berilgan sanasi, qachon va kim tomonidan berilganligi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari

(keyingi oʻrinlarda — FHDY)

8.

Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari

Shaxsning oʻlimini tasdiqlash va uning muomala layoqatini tugatish

Ijtimoiy holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

9.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi

Shaxsni muayyan aholi guruhiga kiritish

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

10.

Oʻquvchi (umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari)

11.

Talaba (kollej, texnikum, bakalavriat, magistratura, doktorantura)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

12.

Ishsiz

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

13.

Pensioner

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

(keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi)

14.

Yakka tartibdagi tadbirkor, oʻzini-oʻzi band qilgan

Soliq qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

15.

Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(keyingi oʻrinlarda — Agentlik)

16.

“Yoshlar daftari”ga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yoshlar ishlari agentligi

17.

“Ayollar daftari”ga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Agentlik

18.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yordam koʻrsatish uchun roʻyxatga olish maʼlumotlari

19.

“Onlayn mahalla” axborot tizimida roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(keyingi oʻrinlarda — Mahalla va tadbirkorlik agentligi)

20.

Ish qidirayotgan, ishsiz va jamoat ishlarida band boʻlgan shaxslar maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

21.

Mehnat organlari tomonidan arizachiga va uning oila aʼzolariga (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

22.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni bepul asosda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

Oilaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

23.

Boʻydoq, uylangan, uylanmagan, ajrashgan, beva

Shaxsning oilaviy holatni belgilash

Adliya vazirligi

24.

Farzandlar haqida maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa, ularning soni, yoshi)

Oilaning oʻzagini belgilash

FHDY

25.

Ota-onalar haqida maʼlumotlar

26.

Yaqin qarindoshlar va qarindoshlik darajasi toʻgʻrisida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)

27.

Vasiylik va homiylik ostidagi bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlikning vasiylik va homiylik organlari

28.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Bolalarning ijtimoiy holatini belgilash

Agentlik

29.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari qatoridan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

30.

Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ayrim toifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan darsliklar va qishki kiyim-bosh toʻplami bilan bepul taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

31.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, shuningdek, boshqa maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

32.

Oilaga tarbiyaga olingan har bir farzand uchun tayinlangan va toʻlangan nafaqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

33.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga tayinlangan va toʻlangan bir martalik pulli nafaqalar hamda uy-joy berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

34.

Shaxsni bir yoki bir nechta ijtimoiy ehtiyojmand toifaga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ijtimoiy huquqlar (imtiyozlar va boshqa ijtimoiy kafolatlar)ni belgilash

Agentlik

35.

Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek, koʻp bolali oilalardagi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) haqidagi maʼlumotlar

Shaxsni ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan toifaga kiritish

36.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

37.

“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

38.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar orasidan oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari yoki oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

39.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati

40.

Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

41.

Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

42.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ichki ishlar vazirligi

43.

Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalar

Mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

44.

Quyidagi koʻchmas mulk turlari va ularning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkning kadastr raqami, turar joy (noturar joy) maydoni, kadastr qiymati, ulushdorning hissali ishtiroki:

binolar, inshootlar, koʻp yillik daraxtlar;

yer uchastkasi.

Mol-mulk mavjudligini aniqlash

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

45.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar orasidan boʻlgan talabalarni uy-joy bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

46.

Koʻchar mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarilgan yili, markasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami, dvigatel quvvati, texnik holati (soz, nosoz);

Ichki ishlar vazirligi

47.

avtotransport vositasini boshqarish va sotish huquqi uchun ishonchnoma berilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, avtotransport vositasi turi (yengil, ogʻir, mototsikl, tirkama, traktor va boshqalar);

Adliya vazirligi,

notariuslar

48.

garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa koʻchar mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Markaziy bank,

Markaziy bank huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi

(keyin oʻrinlarda — “Garov reyestri” DUK)

49.

Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (miqdori, bozor va nominal qiymati, mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan olingan dividendlar)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

50.

Koʻchar va koʻchmas mulkning garovi (zakalati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Markaziy bank,

“Garov reyestri” DUK

Taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

51.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari nomi va ularda oʻqitish, taʼlim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy), oʻqitish turi (davlat granti, toʻlov-kontrakt) toʻgʻrisidagi, akademik taʼtilda boʻlish haqidagi maʼlumotlar

Taʼlim darajasini aniqlash

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

52.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, va boshqa maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqitish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

53.

Mutaxassislik (klassifikator boʻyicha), ilmiy daraja toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

54.

Oʻquv yurtini tugatganlik haqida davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar maʼlumotlari

55.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

56.

Kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularga toʻlanadigan stipendiyalar miqdori

57.

Kollej, texnikum va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan 18 yoshdan oshgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

58.

Chet tillarini bilish, IT va boshqa kurslarning sertifikatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

59.

Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot

Agentlik

60.

Bolalar uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Gʻamxoʻrlik” markazlarida joylashtirilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

Ish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

61.

Ish joyi, staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ishi, daromadi mavjudligini va ish haqi miqdorini aniqlash

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

62.

Rasmiy ish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

63.

Chet elda tashkil etilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

64.

Toʻlangan yoki toʻlashdan ozod qilingan daromad va mehnat faoliyati bilan bogʻliq boshqa soliqlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Soliq qoʻmitasi

Bank maʼlumotlari

65.

Quyidagilar haqida maʼlumotlar:

bank plastik kartasi mavjudligi;

toʻlovlar va qaydnomalar yuborilganligi.

Moliyaviy holatni aniqlash

Markaziy bank,

tijorat banklari

66.

Banklarda ochiq depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

67.

Quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

toʻlangan mablagʻlar, oila aʼzolari nomiga oʻtkazilgan pul oʻtkazmalari;

68.

bank plastik kartalaridagi mablagʻlar qoldigʻi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard),

Milliy banklararo protsessing markazi (NUMO)

Daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

69.

Mehnatga haq toʻlash, mulkiy daromad, deklaratsiyalangan daromad koʻrinishidagi rasmiy daromadlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Soliq qoʻmitasi

70.

Tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qoʻllanadigan soliq stavkasi turi

71.

Oʻzini oʻzi band qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summasi;

72.

oilaviy tadbirkor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish.

73.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi

74.

Korxonalar muassislari va ularning yuridik shaxs — tijorat tashkilotining ustav fondidagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

75.

Mehnat organlari tomonidan toʻlanadigan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

76.

Toʻlanadigan ishsizlik nafaqasining miqdori va davomiyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

77.

Shaxsni (oila aʼzolarini) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish va daromad miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

78.

Oliy oʻquv yurtlari talabalariga budjet va toʻlov-kontrakt mablagʻlaridan toʻlanadigan stipendiya miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

79.

Talabalar stipendiyalari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

80.

Qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarining hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Adliya vazirligi,

notarial idoralar

81.

Fuqarolarga uy-joy sotib olish, uy-joy ijarasi uchun taqdim etilgan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

82.

Tuman (shahar) mahalliy budjetida ijtimoiy toʻlovlarni toʻlashga rejalashtirilgan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jamgʻarma limitlari)

83.

Tayinlangan nafaqalar va moddiy yordamni toʻlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari uchun toʻlov topshiriqnomalari gʻaznachilik organlariga yuborilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

84.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi,

AT “Xalq banki”,

“Mikrokreditbank” ATB,

“Agrobank” ATB

85.

Kredit tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi

86.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarining ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bepul qishki kiyimlar, darsliklar toʻplami, ota-onalar uchun nafaqalarga chegirmalar va boshqalar)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

87.

Aliment toʻlovchilar va oluvchilar haqida hamda toʻlangan va olingan aliment miqdori toʻgʻrisida maʼlumotlar

Majburiy ijro byurosi

88.

Yoʻlovchi tashish (taksi) faoliyati bilan shugʻullanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Soliq qoʻmitasi

89.

Pensionerlar va pensiya toʻlovlari miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Pensiya jamgʻarmasi

90.

Moliyaviy yordam, yoshga doir pensiya yoki nogironlik pensiyasini oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Agentlik

91.

Shaxslar va ularga tayinlangan pensiya, nafaqa toʻlovlari va boshqa toʻlovlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

92.

Bolalarga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari sifatida koʻrsatilgan ijtimoiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

93.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan oila aʼzosini yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarishlayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

94.

Uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha oylik kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

95.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi uchun toʻlanadigan bir martalik nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot

Tomorqa xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

96.

Tomorqa yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mahsuldorlik darajasi (bonitet bali), maydoni)

Belgilangan daromad miqdorini aniqlash

Mahalla va tadbirkorlik agentligi

97.

Yirik va mayda shoxli qoramollar (shu jumladan, parrandalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Biometrik maʼlumotlar

98.

Aniq bir shaxsning biologik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlari (barmoq izlari, shaxsning yuz qiyofasi biometrik fotosurati)

Maʼlumotlarni identifikatsiyalashning bir necha usullari yordamida aniqlash va himoya qilish

Personallashtirish agentligi,

Ichki ishlar vazirligi

Tibbiy maʼlumotlar

99.

Shaxsning poliklinikada roʻyxatdan oʻtganligi, surunkali kasalliklari borligi, ayrim dori-darmonlarga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy xizmatlar, ixtisoslashtirilgan (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam olish uchun berilgan order toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

shaxsning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

onkologik kasalliklardan uzoq muddat davolanayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ushbu varaqalar berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

bepul davolanishga berilgan orderlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Tibbiy ehtiyojlarni aniqlash

Sogʻliqni saqlash vazirligi

100.

Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nogironlik guruhi va muddati)

Agentlik

101.

Bepul oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Sudlanganlik, maʼmuriy huquqbuzarlik va alimentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

102.

Sudlanganlik holati mavjudligi, maʼmuriy huquqbuzarliklardan qarzlar borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Qarzdorlik hamda aliment toʻlamaslik holatlarini aniqlash

Majburiy ijro byurosi

103.

Aliment toʻlovlarini toʻlashda kechikish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

104.

Jazoni oʻtash, ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ichki ishlar vazirligi

105.

Yoʻl harakati qoidalarini buzish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

106.

Avtotransport vositasi sugʻurtasi qoidalarini buzish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

107.

Chet elda jazoni oʻtash, ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Tashqi ishlar vazirligi

108.

Qarzdorlikka olib keladigan boshqa qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oliy sud

Davlat chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

109.

Mamlakatga kirish va chiqish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Ijtimoiy toʻlovlarni olishda qonuniylikni aniqlash uchun fuqaroning mamlakatda mavjudligini aniqlash

Personallashtirish agentligi

110.

Mamlakatdan tashqarida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

111.

“Labor migration” dasturiy majmuasi maʼlumotlari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Kommunal xizmatlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlari

112.

Elektr taʼminoti xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

Xizmatlardan foydalanish uchun xarajatlar miqdorini aniqlash

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

113.

Gaz taʼminoti xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

“Hududgaztaʼminot” AJ

114.

Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

“Veolia Energy Tashkent” MCHJ

115.

Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

“Oʻzsuvtaʼminot” Aj

116.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlar

“Maxsustrans” DUK

117.

Uy-joy kommunal xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

118.

Statsionar telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

119.

Mobil aloqa xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

120.

Internet xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlari

Pulli elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

121.

Toʻlangan davlat bojlari, gerb yigʻimlari, davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Tovar (ish, xizmat)ning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

122.

Qiymati (Agentlik tomonidan belgilanadigan) miqdoridan oshadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar importi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Moliyaviy holat darajasini aniqlash

Bojxona qoʻmitasi

123.

Qiymati (Agentlik tomonidan belgilanadigan) miqdoridan oshadigan xalqaro posilkalarni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Imtiyozli va boshqa ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

124.

Oliy oʻquv yurtlariga kirishda imtiyozlarga ega boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar koʻrinishidagi davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini aniqlash

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

125.

Koʻp bolali oilalar va ularga taqdim etilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

126.

Tayinlangan nafaqalar va moliyaviy yordam boʻyicha “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan elektron toʻlovlarning amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

AT “Xalq banki”

127.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kirishda ota-onalar toʻlovidan ozod etish boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

128.

Aholining ayrim imtiyozli toifalariga yoʻlovchilar tashish transporti (shahar, havo, temir yoʻl, daryo) xizmatlarini bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Transport vazirligi

Mahallalar toʻgʻrisidagi maʼmuriy maʼlumotlar

129.

Har bir oʻzini oʻzi boshqarish organiga berilgan alohida identifikatsiya raqami bilan oʻzini oʻzi boshqarish organlarining elektron maʼlumotnomasi maʼlumotlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

II. Fuqarolarning ayrim toifalariga nisbatan oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi amalga oshiriladigan ijtimoiy obyektlar

Tugʻuruq majmualari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

130.

Tugʻuruq majmualari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

131.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya;

umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;

professional taʼlim;

oliy taʼlim;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

maktabdan tashqari taʼlim.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nodavlat taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

132.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya;

umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;

professional taʼlim;

oliy taʼlim;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

maktabdan tashqari taʼlim.

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasa va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

133.

Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning tasnifiga koʻra maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Agentlik

Tegishli imtiyozlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

134.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar va ularga koʻrsatilgan elektron davlat xizmatlarining nomi va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

Shifoxona va boshqa sogʻliqni saqlash tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

135.

Oilaviy poliklinikalar, shifokor punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonalari, axloq tuzatish muassasalari va maxsus muassasalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

136.

Qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonalari, axloq tuzatish muassasalari va maxsus muassasalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Ichki ishlar vazirligi

Moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

137.

Moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Madaniyat va sanʼat sohasi obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

138.

Teatrlar, sirklar va boshqa ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni hisobga olish

Madaniyat vazirligi

Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi jamoat qabristonlari

139.

Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmalari) tasarrufidagi jamoat qabristonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Davlat tomonidan koʻrsatilgan kafolatlangan xizmatlarni hisobga olish

Tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organlari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 07/24/267/0538-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)