Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019 12.01.1998 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDORALARARO TUSDAGI XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh, BAJARISh, TO‘XTATIB TURISh, TO‘XTATISh VA BEKOR QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilishning ilova qilinayotgan Tartibi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni bajarishga qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 12-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiruvchi hamda buning uchun zarur huquqqa ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan xorijiy davlatlarning tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar va ularning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda quyidagi tartibda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy masalalar — Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, texnikaviy yordam ko‘rsatish masalalari — Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiya sohasidaga hamkorlik masalalari bo‘yicha — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta-moliyaviy hamkorlik masalalari — Moliya vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq masalalari — Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona masalalari — Davlat bojxona qo‘mitasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini uning ixtiyoridan olish va undan foydalanish, mulkchilik huquqini e’tirof etish va mulkchilik munosabatlarini tartibga solish masalalari — Davlat mulki qo‘mitasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza hamda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari (ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari, integral sxemalar topologiyasi, “nou-xau”) masalalari — Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi bilan;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “Davavianazorat” inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 506-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi masalalar — O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “O‘zavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan;
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 506-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan;
(3-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilarning konsert faoliyati, shuningdek tasviriy, dekorativ-amaliy san’at asarlarini respublikadan chetga chiqarish, tarix va madaniyat yodgorliklarini chet ellarda vaqtinchalik namoyish qilish masalalari — Madaniyat ishlari vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan;
(3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash masalalari — Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlash, metrologiya, sertifikatlash va mahsulot sifatini boshqarish masalalari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifda shartnoma loyihasi bo‘lishi, uni tuzishning maqsadga muvofiqligi asoslanishi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, shartnomani tuzishning moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xaboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo shartnomalar bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari vazirliklar va idoralar to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan vakolatlar doirasida, maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradilar va idoralararo shartnomalarni imzolaydilar, Vazirlik yoki idora rahbari muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomani imzolash vakolatini yozma shaklda o‘z o‘rinbosariga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini ularning tasdiqlangandan (qabul qilingandan) keyin kuchga kirishini nazarda tutuvchi tasdiqlash (qabul qilish) O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan imzolangan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror ushbu Tartib 5-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalariga vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq so‘zsiz rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston tomoni qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston tomoniga tegishli huquqlarining amalga oshirilishini hamda shartnomalarning boshqa qatnashchilari tomonidan ular majburiyatlarining bajarilishini kuzatib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari idoralararo shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning qanday bajarilayotgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini har yili kamida bir marta xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan tegishli vazirliklari va idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida takliflar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasining ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi e’tirof etilgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli xalqaro tashkilotlarda, ushbu tashkilotlarning amaldagi qoidalariga muvofiq, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarining amalda bo‘lishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan, shuningdek, ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda hamda shartnomani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarning amalda bo‘lishini to‘xtatish, ushbu shartnomalar qoidalariga muvofiq, boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar va idoralarning arxivlarida saqlanadi, ushbu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari esa ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan boshlab ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va ushbu Tartibning 3-bandiga binoan kelishilgan organlarga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalarni tuzgan vazirliklari va idoralari qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda idora nashrlarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomani imzolash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning taqdimnomasi bo‘yicha ushbu shartnoma belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin.