1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, to‘xtatiladi, to‘xtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim bo‘lgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi”ning III-bo‘limi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday ko‘rinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar bo‘lishi, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat tili bo‘lib o‘zbek tili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma subyektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan bo‘lsa, u ushbu shartnoma matnida ko‘rsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xalqaro shartnoma obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining obyekti bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh VA ULARNI KUChGA KIRITISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar esa — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish Tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat bo‘lganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni o‘z ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki ko‘rib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish Tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari belgilangan yozma shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi va xalqaro huquqiy normalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri ham maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshlig‘i diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib borishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir yoki idora rahbari o‘z vakolati doirasida maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalari; davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risidagi shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha shartnomalar; kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan o‘zaro voz kechish to‘g‘risidagi shartnomalar; tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi shartnomalar; O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlarda, xalqaro tashkilotlarda va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi shartnomalar; ijrosi amaldagi qonunlarning o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini taqozo etadigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzish vaqtida tomonlar kelgusida uni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ham xuddi shunday ratifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini ham ratifikatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki u vakolat bergan organlar tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zayom va kafolatli shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish to‘g‘risidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor bo‘lsa, ular bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida Oliy Majlisning qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Oliy Majlisning to‘xtami — qaror shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Ratifikatsiya yorlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorlig‘i — Oliy Majlis xalqaro shartnomani ko‘rib chiqqanligidan guvohlik beruvchi va xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun majburiyligiga rozi ekanligini ifodalovchi maxsus hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorlig‘ining shakli Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Ratifikatsiya yorlig‘ini imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorlig‘i Oliy Majlisning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va Tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlashga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorliqlarini almashish, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilganligi to‘g‘risidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yohud uning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash (qabul qilish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin ularning tasdiqlanishini (qabul qilinishini) nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalarni tasdiqlash (qabul qilish):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oliy Majlis tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qo‘shilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning vaqtincha qo‘llanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini u kuchga kirgunga qadar vaqtincha qo‘llashi mumkin, agar shartnomada bu hol nazarda tutilgan bo‘lsa yoki shartnomani imzolagan tomonlar bilan shunday shartlashuvga erishilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qo‘llash to‘g‘risidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror chiqargan organ tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qo‘shimcha shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki shartnomalarga qo‘shilish vaqtida shartnoma shartlari va xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilingan holda shartnomalarga doir qo‘shimcha shartlar qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha shartlar qanday qo‘yilgan bo‘lsa, shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI E’LON QILISh VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini e’lon qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 17-bandida idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini nashr qilish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ularning autentik matnlari chet tillarda tuzilgan bo‘lsa, davlat tilida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham e’lon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘plami O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari e’lon qilinadigan rasmiy manbadir.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI BAJARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qat’iy va majburiy ravishda rioya etmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun mas’uliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining o‘z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibi”ning II bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 9, 10 va 11-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlarini saqlash va depozitariy vazifalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) saqlash uchun ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi, bu hujjatlarning nusxalarini esa ular kuchga kirgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalarini saqlash tartibini tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida saqlanadi, bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 16-bandiga muvofiq bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari mazkur idoralararo shartnomalar kelishilgan organlarga ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar depozitariysi vazifalarini, agar mazkur shartnomalarning shartlariga muvofiq bunday vazifa O‘zbekiston Respublikasiga yuklatilgan bo‘lsa, Tashqi ishlar vazirligi bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifasini bajaruvchi xorijiy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar yoki ularning bosh ijrochi mansabdor shaxslari bilan yozishmalar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda qo‘llaniladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining majburiyatlarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida takliflar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari jiddiy buzgan taqdirda, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bunday shartnoma ushbu Qonunning 38 — 43-moddalarida belgilangan tartibda to‘xtatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, to‘xtatish va tugatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ShARTNOMALARINING HAQIQIY EMASLIGI, ULARNI TO‘XTATISh, DENONSATSIYA QILISh VA AMAL QILIShINI TO‘XTATIB TURISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining haqiqiy emasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Xalqaro shartnomani to‘xtatish yoki undan chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomani to‘xtatish yoki O‘zbekiston Respublikasining undan chiqishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi qoidalari bo‘lmagan shartnomadan chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni to‘xtatish to‘g‘risida qoida bo‘lmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida bo‘lganlari belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida o‘n ikki oy oldin xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Xalqaro shartnomaning amal qilishini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan shartnomaning hamma ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan to‘xtatib turish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Keyingi shartnomaning tuzilishidan kelib chiqib xalqaro shartnomaning amal qilishini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan to‘xtatish yoki to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala bo‘yicha keyingi shartnomani tuzgan bo‘lsalar va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu masalaning keyingi shartnoma bilan tartibga solinishi shu shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari oldingi shartnoma qoidalariga zid bo‘lsa va ikkala shartnomani bir vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lmasa, bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishi faqat to‘xtatib turilgan hisoblanadi, agar uning ishtirokchilari shunday niyatda ekanliklari keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining buzilishi oqibatida uni to‘xtatish yoki to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ushbu shartnoma ishtirokchilaridan birontasi tomonidan jiddiy buzilishi shartnomani butunlay yoki qisman amal qilishini to‘xtatish yoki to‘xtatib turish uchun O‘zbekiston Respublikasiga bu buzishni asos qilib ko‘rsatish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xalqaro huquq normalarida zid tarzda shartnomadan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qoidaning buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflar tegishli tarzda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilinishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflarni Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritib, ayni bir paytning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishga haqlidir. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oliy Majlis tomonidan to‘xtatish, denonsatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan shartnomalar esa, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilib, ratifikatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining to‘xtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga ta’sir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan to‘xtatish, denonsatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan va ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni, shuningdek Hukumatning qaroriga asosan qo‘shilingan shartnomalarni to‘xtatish, denonsatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish shartnomaning o‘zidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining to‘xtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning o‘zga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini shartnoma to‘xtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. O‘zbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish tartibi”ning 14 va 15-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi rasmiy axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 262-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)