1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
I. Taʼlimda sifatni taʼminlashning tashkiliy masalalari | |||||
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Agentlikning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2. Agentlikni joylashtirish uchun maʼmuriy binoni operativ boshqaruv huquqi asosida ajratish. | 2025-yil 2025-yil | — | Agentlik, Adliya vazirligi Toshkent shahri hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | |
Agentlikni zarur mebel, jihoz, kompyuter va boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlash. | 1. Agentlikni zarur mebel, jihoz, kompyuter va boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblarga asosan Agentlikni zarur vositalar bilan taʼminlash. | 2025-yil | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Agentlik | |
Agentlikka xizmat va navbatchi avtotransport vositalari uchun limit ajratish. | 1. Agentlik uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan, 3 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini belgilangan tartibda xarid qilish. 2. Agentlikka avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish. | 2025-yil iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik | |
II. Taʼlim sifatni taʼminlash jarayonlarini takomillashtirish | |||||
Taʼlim tizimi samaradorligini baholash va taʼlim sifatini monitoring qilish boʻyicha axborot tizimlarini ishlab chiqish. | 1. Taʼlim jarayonida sifatni taʼminlashga qaratilgan barcha statistik va tahliliy maʼlumotlarni ochiq va shaffof tarzda aks ettiruvchi Agentlikning rasmiy veb-sayti va tegishli platformalarning konsepsiya va texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan takliflar asosida Agentlik veb-sayti va tegishli platformalarni yaratish uchun zarur mablagʻlarni ajratish. 3. Agentlik veb-sayti va tegishli platformalarni ishlab chiqish va ishga tushirish. Bunda: davlat akkreditatsiyasi va reyting tizimini qoʻllab-quvvatlovchi elektron platformalarni subdomen shaklida ishga tushirish; tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarining platformalari va taʼlimni boshqarish axborot tizimlari bilan maʼlumotlar almashish uchun integratsiya qilish; tegishli reyestrlarni yuritish va jamoatchilik uchun ochiq maʼlumotlarni olishda qulayliklar yaratish; saytning samaradorligini oshirish va undagi maʼlumotlarni uzluksiz yangilab borishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil 2025-yil 2026-yil | Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat budjeti, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari | |
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari (taʼlim tashkilotlari)da sifat madaniyatini shakllantirish. | Har bir taʼlim tashkiloti tarkibida umumiy shtatlar doirasida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimi yoki shtatini joriy etish. | 2025-yil | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar | |
Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini oshirish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Agentlik bilan kelishish majburiy etib belgilanishini taʼminlash. | 2025-yil | – | Adliya vazirligi, Agentlik | |
Taʼlim tashkilotlarida sifatni ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish. | 1. Sifatni ichki taʼminlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va taʼlim tashkilotlariga elektron shaklda tarqatish. 2. Taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatiga masʼul xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etish. | 2025-yil 2025-yil | Taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar | |
Taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning ekspertlar korpusini shakllantirish. | 1. Taʼlim turlari boʻyicha ekspertlar bazasini shakllantirish. 2. Ekspertlarni tayyorlash va kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish. 3. Kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasiga jalb qilinadigan ekspertlarni tashqi baholash boʻyicha malakasini oshirish. 4. Malaka oshirish kurslari yakuniy natijalari boʻyicha ekspertlar korpusini shakllantirish. | Belgilangan reja-grafikka muvofiq | Taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini aniqlash. | 1. Milliy reytingda ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlari tomonidan reytingni aniqlash uchun Agentlikning maxsus axborot tizimiga yuklangan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish va qabul qilish. 2. Barcha taʼlim tashkilotlari tomonidan yuklangan maʼlumotlarni mezonlarga muvofiq tahlil qilish va baholash. 3. Baholash natijalari asosida taʼlim tashkilotlari reytingini Agentlik saytida eʼlon qilish, reyting natijalarini asoslash boʻyicha izohlar va yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berish. 4. Milliy reytingni aniqlash mezonlari va baholash metodikasini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining baholash indikatorlari bilan muvofiqlashtirib borish. | Reja boʻyicha muntazam ravishda | — | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini oʻrganish. 2. Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil fevral 2026 — 2028-yillar | Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari, Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | |
Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan akkreditatsiya tashkilotlarining reyestrini yuritish. | 1. Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlarini reyestrga kiritish uchun asosiy shartlarni belgilash. 2. Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. 3. Reyestrga kiritilgan tashkilotlar faoliyatini muntazam audit va monitoring qilib borish. | Reja boʻyicha muntazam ravishda | — | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish choralarini koʻrish. | 1. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar faoliyatini oʻrganish. 2. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish maqsadida ular bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2026 — 2028-yillar | Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari, Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | |
Kvalifikatsiya va diplomlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi xalqaro bitim va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Xalqaro bitim va konvensiyalarning shartlari va majburiyatlarini oʻrganish. 2. Xalqaro bitim va konvensiyalar shartlaridan kelib chiqib taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Xalqaro bitim va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni vakolatli organga berish. | 2026 — 2028-yillar | — | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | |
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan omillarni oʻrganish. 2. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr 2025-yil dekabr | Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatiga qoʻyilgan talablarga muvofiq ravishda baholash va monitoringni amalga oshirish uchun taʼlim sifatini taʼminlashga doir sifat indikatorlarini ishlab chiqish. | 1. Taʼlim sifatini baholash indikatorlarini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ishchi guruhni shakllantirish. 2. Sifat indikatorlarini ishlab chiqish jarayonida ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar (ESG, EQAVET, ISO va boshqalar)ni oʻrganish va tahlil qilish. 3. Sifat indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil iyun 2025-yil sentabr 2025-yil dekabr | Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari | |
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllariga qabul qilish tartibi boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish. 2. Taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan mavjud ilmiy kengashlar faoliyatini ilgʻor xorijiy tajriba asosida tahlil qilish. | 2025-yil dekabr | — | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi | |
III. Sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan reglamentga muvofiq manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul 2025-yil noyabr | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Agentlik, manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari | |
Taʼlim sohalari kesimida maxsus akkreditatsiyalash mezonlarini ishlab chiqish. | 1. Turli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Akkreditatsiya mezonlarini belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 3. Taʼlim sohalari kesimida akkreditatsiya mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-2026-yillarda | Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari, Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari | |
Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun toʻlovlar miqdorlarini belgilash. | 1. Toʻlovlar miqdorlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqish. 2. Toʻlov miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi meʼyoriy hujjatni belgilangan tartibda Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazish. | 2025-yil Iyun-iyul | — | Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |
Oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish. | 1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish. 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun 2025-yil iyul 2025-yil avgust | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Agentlik, manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari | |