03.07.2023 yildagi PQ-200-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari ilgʻor xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim dasturlari yetakchi oliy taʼlim muassasalari bazasida xalqaro tashkilotlarning taʼlim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv laboratoriya bazasiga qoʻyilgan talablar taʼlim dasturlariga, ilmiy laboratoriyalar iqtisodiyot soha va tarmoqlaridagi texnologik jarayonlarga moslashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar yuklamasi oʻquv va ilmiy faoliyatga, oʻquv jarayonlari esa talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) tashqi baholashning quyidagi yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi roʻyxatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ikki baravarga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori salohiyatli akademik litseylar oʻquv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan vakolati doirasida nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini navbatdan tashqari davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda quyidagi tartib joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning mavjud muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi (tematik ilmiy mavzular roʻyxati) tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar tomonidan loyihalarning ilmiy ekspertizasi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlariga kiritiladigan loyihalarning yakuniy roʻyxati tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tematik ilmiy mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar oʻtkaziladi, shuningdek, ilmiy loyihalarning texnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalar boʻyicha shartnomalar rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy loyihalarning oraliq va yakuniy monitoringi yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat ilmiy dasturlariga kiritilgan loyihalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi qaroriga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, loyihalarni texnik, ilmiy va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlab olish jarayonlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik kengashlar “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Xirsh” indeksiga ega (bundan madaniyat, sanʼat, oʻzbek tili, tarix sohalari mustasno) hamda yangi ilmiy yoʻnalishlarda xalqaro darajada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan olimlar orasidan 21 nafar tarkibda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik kengashlar aʼzolarining yarmi har 6 oyda almashtiriladi va ilmiy-texnik kengashlar tarkibi bir yilda toʻliq yangilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi doirasida shakllantirilgan loyihalarning ilmiy-texnik kengashlardagi muhokamasiga xorijlik (vatandosh) olimlarni ekspert sifatida jalb etish hamda muhokamalarni onlayn tarzda oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat ilmiy dasturlari natijadorligini oshirish boʻyicha 2023-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fundamental loyihalar boʻyicha — xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan va loyiha mavzusi yoʻnalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan yetakchi olimlar hamrahbar sifatida jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yangi ishlanmalar asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish agentligi tarmoq tashkilotlarining innovatsiyalarga (yangi ishlanma va texnologiyalarga) boʻlgan ehtiyojlari asosida tijoratlashtirish loyihalarini va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasini tanlov asosida aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan tijoratlashtirish loyihalari va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarni kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida tanlov natijalariga koʻra moliyalashtirilgan har bir tijoratlashtirish loyihasi va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi hamda yakunlangan ilmiy loyihalar tegishli tarmoq korxonasiga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tezkor ilmiy yechimni taʼminlash talab etiladigan yoʻnalishlar (yuqumli kasalliklar, texnogen holatlar, iqlim oʻzgarishi va tabiat hodisalariga oid, mikroelektronika texnologiyalari) boʻyicha 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatli maqsadli amaliy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar oʻqishini koʻchirish va magistraturaga kirishda ruxsat etiladigan turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati hamda oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-200-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, oʻrta maxsus, professional taʼlim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro mezonlar asosida oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash, oʻquv jarayonini tashkil etish meʼyorlarini belgilash hamda taʼlim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi

Tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari

2.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi

Markaz ilmiy muassasa sifatida ish yuritadi va unda 7 ta ilmiy laboratoriya: Biotexnologiya, Eksperimental biofizika, Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari, Geofizika va nanominerologiya, Fudomiks, Hujayralar texnologiyasi va “BigData” laboratoriyalari tashkil etiladi.

Ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida Markazda “C.A.T. Sciene Accelerator” va inkubator faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

3.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisiga iqtisodiyotning real sektorida ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratishni qoʻllab-quvvatlash, ularni tijoratlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda respublika miqyosida forumlar, xalqaro yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etish vazifalari yuklatiladi.

4.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Jamgʻarma amaldagi moliyalashtirish tartibi va shartlarini saqlab qolgan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkaziladi.

5.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi

Markaz davlat muassasasi shaklida faoliyat olib boradi, uning asosiy faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

oliy taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar, malaka talablari va taʼlim dasturlarini tahlil qilish;

oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan taʼminlash;

taʼlim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish;

davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash;

oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

oliy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani tadqiq qilish va ularning natijalarini ommalashtirish.

6.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Bosh ilmiy-metodik markaz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlanadi.

Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

7.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi

Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi deb qayta nomlanadi.

Markaz oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari talaba (oʻquvchi)larining ijtimoiy loyihalarini ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi.

Markaz oʻz faoliyatini oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlar va tyutorlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.

Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

8.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi

Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi deb qayta nomlanadi.

Markaz faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

Markaz oliy va professional taʼlim muassasalarining jihoz, asbob-uskuna, transport vositalari, mebel va boshqa moddiy qimmatliklar bilan taʼminlanishi holatini monitoring qiladi.

Shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalari bino va inshootlarining qurilishi, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal taʼmirlanishi, ularning yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlanishi ustidan monitoring olib boradi.

9.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish instituti

Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkaziladi hamda Professional taʼlimni rivojlantirish instituti deb qayta nomlanadi.

Institut faoliyatini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tartibga solinadi.

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Innovatsion rivojlanish agentligi

Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

Kasbiy taʼlim agentligi

Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Oliy attestatsiya komissiyasi

Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Davlat oliy taʼlim tashkilotlari*

Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Innovatsion rivojlanish agentligi

Yashnobod innovatsiya texnoparki

Yoshlar texnoparklari

Ilmiy-texnik axborot markazi

Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazi

Ilmiy texnik kengashlar

(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bilim va malakalarni baholash agentligi

“Ilmiy-oʻquv amaliy markazi” davlat muassasasi

Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi*

Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlari*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish:

taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlari sonini qisqartirish hamda Vazirlar Mahkamasining ayrim vakolatlarini mazkur organlarga oʻtkazish;

taʼlim muassasasini boshqaruvchi institutsional tuzilmalar vakolatlarini aniq belgilash;

oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qoidalarini belgilash;

taʼlim sifatini monitoring qilish va taʼminlash boʻyicha huquqiy mexanizmlarni belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2.

Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini tanqidiy tahlil qilgan holda ilgʻor xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

Tanlov eʼlon qilish

2023-yil iyul

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori hamda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini ilmiy loyiha takliflari asosida qayta tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2024-yil fevral

4.

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash, oʻqishdan chetlashtirish hamda akademik mobilligini tashkil etish tartiblarini qayta koʻrib chiqish va belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy taʼlim kengashi

6.

Yetakchi oliy taʼlim muassasalari bazasida milliy oliy taʼlim dasturlarini xalqaro tashkilotlarning taʼlim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqish.

Reja-jadval asosida

Tasdiqlash — 2023-yil sentabr

Amalga oshirish — 2023 — 2030-yillar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy taʼlim tashkilotlarining reytingini yuritish tizimini xalqaro reyting tashkilotlarining baholash tizimi asosida qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy taʼlim kengashi

8.

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini “haq toʻlanadigan amaliyot” (internship) mexanizmi asosida tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Respublika oliy taʼlim kengashi

9.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Davlat oliy taʼlim muassasalari professorlarining oʻquv va ilmiy faoliyati samaradorligini hamda yosh kadrlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi rektoriga (direktoriga) oʻquv ishlari boʻyicha assistent va tadqiqot ishlari boʻyicha assistent lavozimlarini joriy etish vakolatini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

11.

Oliy taʼlim muassasalari rahbariyatining taʼlim va ilm-fan boʻyicha maʼruza oʻqishini tashkil etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari faxriy professor unvonini olishi, akademik saylovlarda faol ishtirokini taʼminlash orqali oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining akademik faolligini oshirib borishni ragʻbatlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

12.

Akademik litseylar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqish. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilash;

litsey bitiruvchilari uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan va QR-kod qoʻyiladigan elektron shakldagi diplomning davlat namunasini tasdiqlash;

taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish, pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

tizimida akademik litseylari mavjud vazirlik va idoralar

13.

Akademik litsey oʻquvchilarining xalqaro fan olimpiadalaridagi ijobiy natijalarini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan akademik litseyning oʻquv laboratoriya xonalarini xalqaro fan (kimyo, biologiya, fizika) olimpiadalarini oʻtkazishda foydalaniladigan zamonaviy oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet mablagʻlari doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

14.

Navoiy viloyatida robotlarning ehtiyot qismlarini yaratish uchun kichik kontrolyorlar, datchiklar va sensorlar ishlab chiqaradigan Yoshlar milliy laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi

15.

Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini yil davomida oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi katta sigʻimli pavilyonlar qurish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Toshkent shahri,

Toshkent, Fargʻona va Navoiy viloyatlari hokimliklari,

Bilim va malakalarni baholash agentligi

16.

OʻzASBO axborot tizimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimdagi taʼlim muassasalarining moliya yili uchun tasdiqlangan budjet hamda budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqini beruvchi tizimni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Faoliyati tugatilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish.

Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim sohalaridagi xalqaro loyihalar, jumladan Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida Inspeksiyaga berilgan moddiy qimmatliklar va jihozlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

18.

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda samarali faoliyat yuritishlarini tashkil qilish boʻyicha ularning assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini oshirish hamda amaldagi tarqoq axborot tizimlarini birlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Strategik islohotlar agentligi

20.

Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida:

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Vengriya va Belarus davlatlarining nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 130 ta xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar doirasida yaratilgan yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud muammolari yechimiga yoʻnaltirish;

-

jahon ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

Xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma tanlov eʼlon qilish

2023-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

21.

Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, bunda ilmiy etiket normalarini tatbiq qilish maqsadida ilmiy noshirlik faoliyatida koʻchirmachilikni aniqlash boʻyicha axborot tizimini joriy etish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:

respublikadagi barcha ilmiy jurnallar faoliyatini muvofiqlashtirishni yoʻlga qoʻyish, ularda chop etiladigan ilmiy maqolalar mazmuni va sifatiga boʻlgan umumiy texnik talablarni ishlab chiqib, joriy etish;

ilmiy noshirlik faoliyatida, jumladan magistrlik dissertatsiyalari, falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari hamda ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar tayyorlash, ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonida koʻchirmachilikni aniqlash tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Innovatsion loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23.

Ilm-fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga faol jalb qilish, ilmiy tashkilotlar xodimlarini oʻquv jarayoniga kengroq olib kirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

24.

Respublikadagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalaridagi barcha ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarining yagona markazlashgan bazasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

25.

Korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklida yil davomida oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

26.

Kasb-hunar maktablariga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini oldingi yillarda tamomlagan imkoniyati cheklangan shaxslarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

27.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kirgan idoraviy mansub tashkilotlar (davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalaridan tashqari) maʼmuriy-boshqaruv xodimlari tarkibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yuqori malakali, halol va tashabbuskor kadrlarni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy tarkibiy tuzilmalarini zarur shart-sharoitlari mavjud binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

29.

Magistr va bakalavrlarning mehnat maqomini belgilash yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

30.

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasini “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etish. Bunda:

“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatini “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilash;

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol koʻchasi, 5-uyda joylashgan bino-inshootlar va asosiy vositalarni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga muassisning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

31.

Professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv-meʼyoriy hujjatlari hamda pedagogik yuklamalarini qayta koʻrib chiqish.

Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

32.

Inklyuziv taʼlim oluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish hamda surdotarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

33.

Oliy taʼlim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalarning xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash maqsadida universitetlar reytingini belgilovchi “Times Nigher Education”, “Quacquarelli Symonds” hamda yirik ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega boʻlgan “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2026-yillar

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

35.

Texnikumlarda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarining qishloq xoʻjaligi, turizm, irrigatsiya va melioratsiya, xizmat koʻrsatish hamda veterinariya yoʻnalishlariga oid kasb va mutaxassisliklariga toʻliq davlat granti asosida oʻquvchilarni qabul qilish.

Shuningdek, muhandislik, ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishlariga oid kasb va mutaxassisliklar boʻyicha umumiy qabul koʻrsatkichlarining kamida 50 foizini davlat grantiga ajratish.

Qabul parametrlarini tasdiqlash

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

36.

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilariga kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat uchun ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida ustama haq toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Qoʻshma qaror

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

37.

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, Professional taʼlimni rivojlantirish instituti, Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasini Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha joylashtirish.

Bunda:

2-Chimboy koʻchasi, 96-uy manzili boʻyicha bino-inshootlarni saqlash xarajatlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda boshqa tashkilot va muassasalar tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi (Olmazor tumani, Shifonur koʻchasi, 75-uy) va Professional taʼlimni rivojlantirish institutining (Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 76-uy) bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga tegishli ravishda Toshkent davlat texnika universiteti va Oʻzbekiston milliy universitetiga talabalar turar joylarini tashkil etish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 07/23/200/0442-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)