26.03.2025 yildagi PF-61-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 14-fevral kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, sifatli taʼlim olishlari uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ilm-fanni ommalashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoshlar bilan muloqotda bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida, ularni roʻyobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan 2025-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan birgalikda ikki oy muddatda kreativ industriya parkini (keyingi oʻrinlarda — kreativ park), hududlarda uning filiallarini hamda ularda kreativ soha vakillarini oʻqitadigan biznes maktablar faoliyatini tashkil etish hamda zarur sharoit yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ park faoliyatini boshqarish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Kreativ industriya parklari direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining kreativ park rezidentlariga 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50 foiz kamaytirilgan stavkada toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreativ industriya subyektlarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda tegishli rezidentlarga mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash shartlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan shaxslarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ssudani ajratish tartibini hamda olis va borish qiyin boʻlgan hududlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2025-yildan boshlab “El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal oilalar farzandlarini xorijda oʻqitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishga yuborish, oʻqish va yashash xarajatlarini qoplab berish. Bunda tayyorgarlik kurslarida oʻqitish xarajatlari “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining tegishli hisob-kitoblariga asosan joriy yilda “Yorqin isteʼdod” loyihasi natijalaridan kelib chiqib 300 milliard soʻm ajratsin, kelgusi yillardan mazkur maqsadlar uchun mablagʻlarni budjet parametrlarida nazarda tutsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, oʻn yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan foizsiz ssudani ajratish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda foizsiz ssudani ajratish boʻyicha arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi tasarrufida oliy harbiy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasini tayinlash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻquvchilar oʻrtasida muhandislik-ixtirochilik yoʻnalishida olimpiadalar oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi va gʻolib boʻlgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy taʼlim muassasalarining olimpiada yoʻnalishiga mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga imtihonlarsiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu olimpiadani tashkil etish hamda uning gʻoliblari qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadigan oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million soʻmgacha grantlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uygʻotish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bunda “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobidan 10 milliard soʻmgacha miqdorda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari balansidagi bino va inshootlarni ularda yoshlarni sport, ilm-fan, xorijiy tillar va kasblarga oʻqitish, kreativ loyihalarni amalga oshirish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish uchun ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar tegishli bino va inshootning balansda saqlovchisiga toʻliq miqdorda (bundan auksion xarajatlari mustasno) oʻtkaziladi hamda uning faoliyatini rivojlantirish maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilm-fan va taʼlim yoʻnalishidagi foydali milliy internet resurslari reyestrini shakllantirsin, Raqamli texnologiyalar vazirligi ulardan bepul internet tarmogʻi orqali foydalanishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahri hokimligi 2025-yil 1-oktabrga qadar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent shahrida Robototexnika markazini barpo etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Madaniyat vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Yoshlar eksperimental teatr studiyasini tashkil etish va uni zarur jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Samarqand viloyati hokimligi Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2026-yilda Samarqand shahrida xalqaro “Texnofest” festivali doirasidagi “Take Off” startap sammitini yuqori saviyada tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmon ijrosi boʻyicha masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-61-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan 2025-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

1. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijda oʻqiyotgan har bir talaba bilan doimiy muloqotda boʻlib, ularning ehtiyojlarini aniqlash, Vatanga qaytib, oʻz oʻrnini topishi, muvaffaqiyatli karyera qilishiga koʻmaklashish. Bunda Jamgʻarma orqali xorijda oʻqib qaytgan yoshlar hamda ularning ota-onalari hamjamiyatlarini tashkil etish.

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yoʻnalishlaridagi kvotalari sonini yanada oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(Bekmurodov),

Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

2.

1. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangi stipendiya yoʻnalishi sifatida “Yorqin isteʼdod” loyihasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

iqtidorli, bilimga chanqoq, ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal oilalar farzandlarini xorijda oʻqitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash tartibi;

yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida oʻqitish tartibi;

tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishga yuborish, oʻqish va yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi.

2. “Yorqin isteʼdod” loyihasi doirasida yoshlarni saralab olish jarayonlariga Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini jalb etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2025-yil may

2025-yilda Davlat budjetidan 300 mlrd soʻm hamda kelgusi yillardan hisob-kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

(Mirzayev),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(Bekmurodov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

3.

“Yorqin isteʼdod” loyihasi doirasida xorijda yoshlarni oʻqitish uchun nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borish hamda loyiha doirasida oʻqishga yuboriladigan yoshlarning imtiyozli shartlar asosida taʼlim olishiga shart-sharoit yaratish boʻyicha kelishuvga erishish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil II — IV choraklar

-

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(Bekmurodov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(Musayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

4.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlarni milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olish amaliyotini joriy etish.

Qonun loyihasi,

amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

-

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(Bekmurodov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(Musayev)

5.

Milliy qahramon obrazini yaratish, Vatanga muhabbat, tabiatni asrash tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan “Bek va Lola”, “Al-Xorazmiy”, “Yashil makon” kabi milliy video kontentlarni, shuningdek, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI” loyihalarini maktabgacha va maktab taʼlimi jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

-

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

6.

Kreativ parklar bazasida tashkil etiladigan biznes maktablarda yoshlarga yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat koʻrsatishning innovatsion usullarini oʻrgatish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

Kreativ parklar tashkil etilgandan soʻng bir oy ichida

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(Umerova)

7.

Ilgari ajratilgan yerga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekib, kamida 100 million soʻm daromad olgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-18-son Farmoniga asosan joriy etilgan yangicha tartib asosida qoʻshimcha yer maydonlari ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil oktabr

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

8.

“Surxondaryo tajribasi” asosida yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini ajratish bilan birgalikda zarur uskunalar xaridi uchun yosh tadbirkorlarga Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorisiz toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklari orqali 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil aprel

Tijorat banklari kreditlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(Qosimov)

9.

Kreativ park, uning hududlardagi filiallarini, shuningdek, ularda kreativ soha vakillari oʻqitiladigan biznes maktablar faoliyatini tashkil etish hamda zarur sharoit yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(Umerova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Kreativ soha vakillarini kreativ park rezidentligiga qabul qilish hamda rezidentlarga soliq imtiyozlarini qoʻllash shartlarini belgilab berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil may

-

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

(Umerova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

11.

Xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga oʻquv xarajatlarini “2+6” shaklida toʻlab berish orqali 100 ming nafar yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitishga qaratilgan dastur ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

12.

1. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming yoshlarni oʻqitishni tashkil etish.

2. 50 ming nafar xotin-qizlarni axborot texnologiyalari boʻyicha bepul oʻqitish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

3. “Kursera” platformasida bosqichma-bosqich 3 mingdan ortiq kursda sunʼiy intellekt yordamida yoshlar uchun oʻzbek tilida taʼlim olish imkoniyatini yaratib borish.

2025-yil sentabrdan boshlab

4. “Bir million dasturchi” va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihalarini hamda yoshlar uchun moʻljallangan boshqa raqamli taʼlim loyihalarini (shu bilan birga xalqaro olimpiada hamda tanlovlar ishtirokchilarini) monitoring qiluvchi “Raqamli yoshlar” platformasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

13.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt foydalanuvchilari” loyihasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil 1-iyundan boshlab

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

14.

1. Xorazm viloyatida amalga oshirilgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish.

2. “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichini barcha hududlarda joriy qilishda eng yuqori natijaga erishgan oʻquvchi-talabalar va ularning oʻqituvchilari, shuningdek, taʼlim muassasalarini qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil iyun

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

15.

IT sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli tugatgan ming nafar qizlar orasidan saralangan iqtidorli qizlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

16.

Yoshlarni birlashtirish, yosh avlodda milliy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida ularning qiziqish va ehtiyojlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida barvaqt aniqlash, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish boʻyicha raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2025-yil iyun

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

(Davletov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(Xasanov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

17.

Toshkent shahridagi 1 ta taʼlim muassasasida oʻquvchi-talabalarni dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-10 talik roʻyxatiga kiruvchi oliygohlarga puxta tayyorlash guruhini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjet tashqari mablagʻlari,

Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov)

18.

Dunyoning eng nufuzli TOP-10 talik roʻyxatiga kiruvchi oliygohlarida oʻqish istagidagi oʻquvchi-talabalar uchun kvotalar sonini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

19.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi milliy va foydali mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million soʻmgacha grantlar ajratish tartibini, shu jumladan, talabgorlar va loyihalarni tanlab olish mexanizmlarini koʻzda tutgan holda ishlab chiqish.

Bunda grant mablagʻlarini ajratish boʻyicha arizalarni taqdim etish va koʻrib chiqish jarayonlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Djurabayev)

20.

Yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uygʻotish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(Abduxakimov)

21.

Olmazor tumani tajribasi asosida respublikaning har bir tumanida (shaharda) kamida 1 tadan maktabda muhandislik laboratoriyalarini tashkil etib, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

22.

Ilm-fan va taʼlim yoʻnalishidagi foydali milliy internet resurslari (“Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “UzChess” va boshqa) reyestrini shakllantirib, ulardan internet tarmogʻi orqali bepul foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

23.

Har bir mahallada yoshlar oʻrtasida mahalla — tuman — viloyat — respublika darajasida “Shijoat va gʻayrat” sport oʻyinlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish hamda gʻolib mahallalarga sport inshootini qurib berish va zarur anjomlar bilan taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi,

amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, ijrochilarning oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Kuranbayev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Joʻrayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

24.

1. Yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoalari oʻrtasida maktab — tuman — viloyat — respublika bosqichlarida sport va ijodiy musobaqalar tashkil etish.

2. “Vatan tayanchi” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalari gʻoliblariga harbiy oliygohlarga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi,

amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Respublika budjetidan ajratiladigan 50 mlrd soʻm mablagʻ

Mudofaa vazirligi

(Qarshiyev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Boqiyev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Buzrukxonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov)

25.

1. Hududiy va mahalliy boʻlinma rahbarlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda oʻz harakat dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka murojaat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. “Mutolaa” loyihasi doirasida yoshlarimizda kitobga mehrni oshirish, buyuk sohibqiron Amir Temurning bolalik davri haqida bolalar uchun kitob, “Ildiz” toʻplami hamda animatsion multfilmlar tayyorlab, ommalashtirish.

3. Xotin-qizlarni psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Koll-markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

26.

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi “Axmad klub” nodavlat taʼlim muassasasi namunasi asosida respublikaning boshqa tuman (shahar)larida sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari,

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov)

27.

“Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligini munosib nishonlash, Davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotida ishtirok etgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning erishgan yutuqlari hamda ularning faoliyatini gazetada keng yoritish, gazeta tahririyati bilan birgalikda ularning faoliyati aks etgan “Yoshlar — xalqimiz, Vatanimizning oltin fondi” nomli maxsus kitob-albom tayyorlash va chop etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2025-y., 06/25/61/0282-son; 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)