1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI TEXNIKA NAZORATI BO‘YIChA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 30-iyunda 1252-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 26-iyundagi 213-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-5, 07.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi IIV Bosh boshqarma, boshqarma va mustaqil bo‘limlari, o‘quv yurtlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va transport IIB boshliqlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnoma” Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati shaxsiy tarkibi tomonidan o‘rganib chiqilishi va bajarilishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va o‘quv yurtlar tinglovchilari bilan mazkur Yo‘riqnomani o‘rganish tashkillashtirilsin.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 209-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-4, 13.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1252-4/3545-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i (S.A. Abdurasulov) ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Hududiy YHXB idoralari tomonidan texnika nazorati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sifati va mazkur Yo‘riqnoma talablariga muvofiqligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilsin hamda joylarga amaliy yordam ko‘rsatib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. O‘rnatib qo‘yilsinki, davlat buyurtmasi asosida sotib olinayotgan namunalari mazkur Yo‘riqnoma bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi standartlari talablariga mosligi qabul qilish sinovlaridan o‘tkazilmagan chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotish uchun hisob-ma’lumotnomalari berilmaydi va foydalanishga qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1992-yil 25-dekabrdagi 474-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari militsiya polkovnigi A.T. Usmonovga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir, ichki xizmat general-polkovnigi Z. ALMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2003-yil 2-maydagi 137-sonli buyrug‘i bilan “TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO‘RIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yo‘riqnoma texnika nazoratini tartibga solish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX)ning barcha bo‘linmalarida texnika nazorati bo‘yicha vazifalar doirasini va ularni bajarish tartibini o‘rnatadi, korxona, muassasa, tashkilot va alohida fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslarining faoliyati qonunchilikka asoslanadi. Ular o‘z vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga, shu jumladan mazkur Yo‘riqnoma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalariga rioya etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Transport vazirligi, davlat idoralari hamda faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmasliklari yoki o‘zlariga berilgan huquqlarni suiiste’mol qilganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning har bir xodimi ishda yuqori madaniyat namoyon etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va hurmatni saqlashi, yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan e’tiborli va ziyrak bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. DYHXXning texnika nazorati bo‘yicha vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda IIV YHXBB) texnika nazorati bo‘yicha boshqaruv funksiyasini, nazorat qilishni va boshqa vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi IIVning boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositalarining konstruksiyalarini, shu jumladan tayyorlash va qayta jihozlash uchun loyiha hujjatlari talab etilmaydigan transport vositalarining konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq transport vositalarining majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport vositalarining texnik holatini harakat xavfsizligini ta’minlashga tegishli qismi bo‘yicha hamda atrof-muhitni ularning zararli ta’siridan himoya qilish talablarining bajarilishini nazorat qiladi va transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, ularda radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DYHXX diagnostika stansiyalari (keyingi o‘rinlarda “Diagnostika stansiyalari”) texnika nazorati bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandi “g”) bandchasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha transport vositalarining texnik holatini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar yo‘llanmasi bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazadi va texnik holatini tekshiradi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq IIV YHXBB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqilayotgan shu sohaga oid me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoida, me’yor va standartlarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Standartlarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasining OzDSt 1.1-92, OzDSt 1.2-92, OzDSt 1.3-92, OzDSt 1.9-95 davlat standartlari talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. IIV YHXBB tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar tarkibiga (bunday holatlarda YHXBB bosh tashkilot hisoblanadi) quyidagilarni belgilovchi qoida, me’yor va standartlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlar ko‘rsatkichlari (1–ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tezkor xizmatlar transport vositalariga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha transport vositalari va qo‘shimcha jihozlarning konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarida transport vositalarini soz holatda saqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX texnika nazorati bo‘yicha ish hisobi va hisobotlarni topshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. IIV YHXBB vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan quyidagi hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlariga yo‘l harakati xavfsizligi talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari namunalari va qo‘shimcha jihozlarining xavfsizlik talablariga mosligini qabul qilish sinov usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan texnik foydalanish me’yorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining diagnostika uskunalari, nazorat-o‘lchov asboblariga qo‘yiladigan texnik talablar va ulardan transport vositalarining texnik holatini tekshirishda foydalanish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan chiqadigan gazlarning tutunlilik va zaharlilik miqdorining, shuningdek, transport vositalari tomonidan hosil qilinadigan tashqi va ichki shovqinlarning me’yorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor xizmatlar transport vositalaridagi maxsus chiroq va ovozli signallarga yo‘l harakati xavfsizligi talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bo‘yicha standart talablariga mosligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtotransport vositalari, tramvay, trolleybuslarga, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlariga va qo‘shimcha uskunalariga yo‘l harakati xavfsizligi talablari hamda atrof muhitni transport vositalarining zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini belgilaydigan standartlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari, ularning butlovchi qismlari va qo‘shimcha uskunalarining (maxsus bolalar o‘rindig‘i, mototransport vositalari uchun shlemlar, bosh suyanchig‘i va shunga o‘xshash mahsulotlar) tashkilot standartlari.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida foydalanish uchun mo‘ljallangan transport vositalari hamda xorijda ishlab chiqarilib foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalari standartlashtirishga doir normativ hujjatlar mosligi DYHXX tomonidan nazorat qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Transport vositalari konstruksiyalari va qo‘shimcha uskunalari ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarida xulosalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mamlakatimizda ishlab chiqiladigan avtotransport vositalari uchun texnik topshiriq (TT), texnik loyiha (TL), texnik shartlarni (TSh) kelishuv, namunalar sinovi va ularni ishlab chiqarish uchun qabul qilish bosqichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijda ishlab chiqilgan umumiy foydalanishdagi avtomototransport vositalari, trolleybus va tramvaylar uchun namunalar sinovi bosqichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qo‘shimcha uskunalarga texnik shartlarni kelishish va xorijda ishlab chiqarilgan qo‘shimcha uskunalardan esa O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transport vositalarida foydalanish masalasini hal etish bosqichida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar mamlakatimizda yangi transport vositalarini ishlab chiqish va qayta jihozlash ishlari gabarit va og‘irlik o‘lchamlarining o‘zgarishi, tormoz tizimi, o‘rindiqlar soni, ko‘rish burchagini o‘rnatish, chiroq va yoritish rangi jihozlarining tavsifi, yorug‘lik ishoralari, rul boshqaruvi, yurish qurilmalari, shuningdek, ko‘rishni ta’minlovchi konstruksiyaning tarkibiy qismlari, ko‘rinishni oshirish, passiv va falokatdan so‘nggi havfsizlikni ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan holatlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. IIV YHXBB hududiy YHXBlarini zarur hollarda transport vositalari konstruksiyalarni ko‘rib chiqishga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. IIV YHXBB ayrim holatlarda namunalar sinovida ishtirok etish va ularni ishlab chiqarishga qabul qilish bo‘yicha hududiy YHXB ish faoliyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo‘lim)larining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim (bo‘linmasi, guruh)lari quyidagi o‘rganishlarni amalga oshiradi:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va qayta jihozlash ishlari loyiha hujjatlarisiz amalga oshiriladigan avtomototransport vositalari konstruksiyalarini (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik sanoatiga tegishli bo‘lmagan korxonalarda ishlab chiqilayotgan avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma mavjudligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. IIV YHXBB xodimlari nazoratni amalga oshirayotganda standartlarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga taalluqli qismi talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanmaslik va qo‘shimcha uskunalarni ishlatmaslik choralarini ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar talablari buzilgan holda loyiha hujjatlarisiz yoki loyiha hujjatlari IIV YHXBB bilan kelishilmagan holda tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan foydalanish va qo‘shimcha uskunalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi (2-ilovada ko‘rsatilgan oddiy qayta jihozlashlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar talablari buzilib, transport vositalari va qo‘shimcha uskunalarni tayyorlash, qayta jihozlash holatlari haqida IIV YHXBB zarurat bo‘lganda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga mahsulotlarni talab darajasiga keltirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yoki nostandart mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlash haqida ma’lumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan transport vositasining turi va rusumi yoki qo‘shimcha uskunaning nomi va rusumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyada talablari hisobga olinmagan standartlar ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik topshiriqni ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik topshiriq yuzasidan xulosa berishda, unga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq quyidagi ma’lumotlar kiritilganligi tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotdan foydalanish haqidagi qisqacha tavsif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari uchun mo‘ljallangan yo‘l sharoiti va foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezligi, quvvati, solishtirma quvvati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘irlik o‘lchamlari (yuk bilan vazni, to‘liq vazni, yuk ko‘tarish qobiliyati, yo‘lovchilar soni, tirkamaning to‘liq vazni, o‘qlar bo‘yicha to‘la vaznning taqsimlanishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l sathi bilan oraliq masofa, burilish radiusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘ildiraklar soni, shinalar o‘lchami va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tormoz konstruksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart talablaridan past bo‘lmagan yo‘l harakati xavfsizligining boshqa talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik topshiriq loyihalarini ko‘rib chiqish, u tushgan kunidan boshlab 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddat ichida amalga oshiriladi;
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnik topshiriq loyihalari bo‘yicha ikki nusxada yozma xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriq loyihasi bo‘yicha kamchiliklar bo‘lmasa tuzilgan xulosada: “Texnik topshiriq loyihasi bo‘yicha e’tirozlar yo‘q” deb ko‘rsatiladi. Agarda loyihada standartlar talablari hisobga olinmagan bo‘lsa yoki transport vositasi konstruksiyasi haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmasa, xulosada: loyihadagi kamchiliklar qaysi standart va me’yorlarning talablariga mos kelmasligi asoslantirilib, ko‘rsatib o‘tiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning bir nusxasi texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqqan korxonaga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi nazorat qilish uchun loyiha bilan birgalikda IIV YHXBBda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar texnik topshiriqni ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan kamchiliklar bartaraf etilmaganda ishlab chiqaruvchi korxonaga bajarilishi shart bo‘lgan transport vositalari konstruksiyalarida standart talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma (3-ilova) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) texnik topshiriq loyihalari yuzasidan ijobiy xulosa berilsa, loyiha muqovasiga kelishuv haqidagi yozuvni kiritish bilan rasmiylashtiriladi (4-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik loyihani ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik loyihani ekspertiza qilishda texnik topshiriqda ko‘rsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi va uning tasdiqlanganligi, texnik topshiriqda ko‘rsatilgan standartlar talablarining to‘liq tatbiq etilganligi ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik loyihaga transport vositasi umumiy ko‘rinishi va konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlari chizmasi, shuningdek, texnik topshiriq bo‘yicha bajarilmagan talablar, ularning bajarilmaslik sabablari asoslangan tushuntirish yozuvlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik loyihani ko‘rib chiqish va kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish mazkur Yo‘riqnomaning 22-bandi “b)” – “g)” bandchalarida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) IIV YHXBB avtomobilsozlik tarmog‘iga aloqasi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriq bilan bir qatorda namunalarni sinovidan o‘tkazish uslublar dasturini ham ko‘rib chiqadi. Agar mahsulotlarda ommaviy (seriyali) ishlab chiqariladigan transport vositalarining tarkibiy qismlari qo‘llanilgan bo‘lsa, sinovdan o‘tkazish uslublar dasturida faqat o‘zgargan ko‘rsatkichlarni tekshirishdan o‘tkazish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovdan o‘tkazish uslublar dasturini ko‘rib chiqish, texnik topshiriqni ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Transport vositalarini ishlab chiqarish uchun namunalarni sinovdan o‘tkazish va qabul qilish bosqichida ko‘rib chiqish hamda xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qabul qilish sinovlari mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa, tashkilot, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovni o‘tkazish joyi komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga, ushbu mahsulot loyiha hujjatlariga xulosalar berish bosqichlarida qatnashgan IIV YHXBB xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) IIV YHXBB xodimlari komissiyadagi ishini transport vositalari namunasi va hujjatlarini o‘rganishdan boshlaydi. Ular quyidagilarni aniqlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovga yetarli miqdordagi namunalar qo‘yilayotganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki sinov natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq va texnik loyiha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya e’tiboriga dastlabki sinov natijalari texnik hisobotlari, sinovdan o‘tkazish uslublar dasturi loyihasi va boshqa zaruriy hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasi bajarilmasa IIV YHXBB xodimi tomonidan qabul sinovlari boshlanishi boshqa muddatga ko‘chirilishi to‘g‘risida taklif beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qabul qilish sinovidan o‘tkazish uslublar dasturida namunalar standartlarning barcha talablariga muvofiqligini tekshirish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dastlabki sinovlardagi ijobiy natijalar qabul qilish sinovlarining natijalari ham deb qabul qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) IIV YHXBB xodimlari namunalarning standartlar talablariga mosligini tekshirishni sinovlarda bevosita ishtirok etish yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahsulotni ishlab chiqqan korxonalar konstruktorlik bo‘limlarining texnik hisobotlarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari bo‘yicha bayonnoma va qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Agar namuna sinovdan o‘tmagan bo‘lsa, dalolatnoma imzolangunga qadar konstruksiyaga ishlov berish haqidagi takliflar yoziladi. Konstruksiyaning qayta ishlangan tarkibiy qismlari takroriy sinovdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovdan o‘tmagan namunalarni ishlab chiqarishga taklif etish haqidagi dalolatnoma IIV YHXBB xodimlari tomonidan imzolanmaydi. Bunday holatlarda ishlab chiqaruvchi korxonaga ko‘rsatma yuboriladi (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik shartlarini ko‘rib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport vositalari texnik shartlarining loyihalarini ko‘rib chiqish uchun faqat qabul qilish sinovlari hujjatlari bilan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik shartlar loyihalarini ekspertiza qilishda, ularda transport vositalarining konstruksiyalari standartlar talablariga mosligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnik shartlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ular kelib tushgan kundan boshlab 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
(22-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar loyihalarini ko‘rib chiqish mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar o‘zgarganligi haqidagi xabar texnik topshiriqlar uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) texnik shartlar loyihalari kelishilganda, ishlab chiquvchi korxonaga avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma (5-ilova) beriladi va u ushbu transport vositasini foydalanishga va hududiy YHXBda qayta ro‘yxatga olishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalarining konstruksiyalari ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar, yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlarning yon tirkama aravachalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy turda qayta jihozlangan transport vositalari (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar konstruksiyalari texnik talablarga (6-ilova) mosligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil o‘rnatilgan talablarga mos kelganda IIV YHXBB tomonidan erkin shakldagi dalolatnoma beriladi, ushbu dalolatnoma transport vositasidan foydalanishga va hududiy YHXBga ro‘yxatga olishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlar yon tirkama aravachalari konstruksiyalarining tegishli texnik talablarga mosligi IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan transport vositalari o‘rnatilgan talablarga mos kelganda, ulardan foydalanish bo‘yicha xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oddiy turdagi qayta jihozlashga kiradigan avtotransport vositalarining ustidan nazoratni amalga oshirishda, ularning konstruksiyalari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi tekshiriladi (2-ilova). Ushbu transport vositalari belgilangan talablarga javob bergan taqdirda DYXXX tomonidan belgilangan tartibda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Murakkab bo‘lgan qayta jihozlash va konstruksiyasiga o‘zgarish kiritish (boshqa rusumdagi dvigatel o‘rnatish, yo‘lovchi tashuvchi va maxsus avtomobillarni qayta jihozlash va boshqa shu kabi) masalalari IIV YHXBB texnika nazorati bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi va bunday qayta jihozlangan, konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilgan transport vositalarining texnik holati bo‘yicha xulosalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xorijda ishlab chiqarilgan va sotib olinayotgan transport vositalari konstruksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini buyurtmalar asosida sotib olish maqsadida mazkur avtotransport vositalarini qabul sinovlaridan o‘tkazish va standartlarga mosligini tekshirish uchun komissiyalar tuzilganda IIV YHXBB xodimlari mazkur komissiyalar tarkibida va uning faoliyatida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘tkazilgan tekshirish va qabul qilish sinovlari natijalari yuzasidan DYHXX xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan imzolangan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan dalolatnoma nusxalari esa ushbu avtotransport vositasini sotib oluvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga hamda IIV YHXBBga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sinovlar natijalari ijobiy bo‘lganda, IIV YHXBB hududiy YHXBlariga ushbu transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligi to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijdan yakka tartibda keltirilgan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi qoida, me’yor va standartlariga mosligi DYHXX xodimlari tomonidan ro‘yxatga olish vaqtida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qo‘shimcha uskunalar konstruksiyalarini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) IIV YHXBB qo‘shimcha uskunalar konstruksiyalarini, ularning yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sirini, standartlar yoki boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga mosligini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha uskunalar namunalarining sinovlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ushbu mahsulot uchun standartlarda yoki me’yoriy hujjatlarda belgilangan uslublar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari namunalarning xavfsizlik talablariga mosligini tekshirishni bevosita sinovlarda ishtirok etish yoki ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik hisobotlarini ko‘rib chiqish orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlar ijobiy natija bilan tugaganda, IIV YHXBB tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida, me’yor va standartlar talablariga mosligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. DYHXX diagnostika stansiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Diagnostika stansiyalari transport vositalarining texnik holatini majburiy texnik ko‘rik va ko‘rik oralig‘i davrida agregatlari, qismlari va tizimlarining ishlashini diagnostika qilish metodi bilan tekshirishga mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi va tergovchining qarori bo‘yicha yo‘l transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika stansiyalarida tekshiriladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Diagnostika stansiyalarida transport vositalarining texnik holatini tekshirish ish kunlari va dam olish kunlarining birida o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda ish ikki smenada tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Transport vositalarining tekshiruvga diagnostika texnologiyasi, diagnostika uskunalarining tuzilishi va ishlash tamoyillarini hamda nazorat-o‘lchov asboblarining, texnik holatni diagnostika vositalari yordamida diagnostika qilish usullari, mehnat muhofazasi talablarini o‘rgangan va o‘rnatilgan tartibda mazkur fanlardan sinov topshirgan xodimlar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Diagnostika stansiyalari o‘z ishini hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan chorak rejalari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejalarga transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvallari hamda ularning texnik holatini tekshirishlar va quyidagi tadbirlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatining nazoratini tashkillashtirish shakllarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diagnostika texnologiyasi va usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy diagnostika vositalarini tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralari tomonidan diagnostika uskunalari va nazorat-o‘lchov asboblarini tekshirish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejaga stansiya ishini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Transport vositalarining texnik holatini tekshirish va majburiy texnik ko‘rik o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish hamda natijalarini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Diagnostika stansiyalarida fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Har bir diagnostika postida transport vositalarining texnik holatini tekshirish shu postda amalga oshiriladigan ishlar kartasiga (8-ilova) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holatini tekshirish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, tergovchi yoki surishtiruvchi va ular tomonidan taklif etilgan xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda transport vositasining texnik holati o‘zgarishiga ta’sir qiladigan qismlarga ajratish yoki boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Diagnostika stansiyasiga kelgan har bir transport vositasi uchun davlat avtomobil inspektori diagnostika kartasini (9-ilova) to‘ldiradi va unda diagnostika operatorlari tomonidan texnik holatni tekshirish natijalari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika kartadan tashqari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, tergovchi yoki surishtiruvchi tomonidan transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish bayonnomasida qayd etiladi va tekshiruv o‘tkazgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-sonli (ro‘yxat raqami 1252-2, 10.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshiruv natijalari maxsus tasma yoki kartaga qayd etilgan bo‘lsa, ular bayonnomaga ilova etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Majburiy texnik ko‘riklar oralig‘idagi davrda transport vositalarining texnik holatini tekshirilganda transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashga asos bo‘ladigan texnik nosozlik aniqlangan holatda, ular kimga tegishliligidan qat’i nazar, natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nosoz transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash va uni saqlash yoki ta’mirlash joyigacha borish tartibi haqidagi qarorni davlat avtomobil inspektori qabul qiladi, shu bilan birga qayta tekshirish sanasi va vaqtini belgilaydi, ikki nusxada transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini tuzadi va unda harakat sharoiti, tartibi haqidagi yozuvni qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili yoki shaxsiy transport vositasi egasiga imzo bilan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Rasmiylashtirilgan diagnostika kartalari diagnostika stansiyasi kartotekasida ikki yil davomida saqlanadi va ishlar hisobotini yuritishda hamda transport vositalarining texnik holatini tahlil qilishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Diagnostika uskunalari va nazorat-o‘lchov asboblarini saqlash va ulardan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) diagnostika stansiyasining har bir asbob-uskunasi va ularning saqlanishi, butligi, sozligi va ulardan foydalanish uchun mas’ul hisoblangan aniq bir xodimga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asbob va uskunalarni soz saqlash bosh mexanik guruhining vazifasi hisoblanadi va u shu maqsadda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar soni, ishlatilishi, ta’miri, berilishi va hisobdan chiqarilishini qayd etish jurnalini yuritadi (10-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stansiya xodimlariga asbob-uskunalarning saqlash va foydalanish qoidalarini o‘rgatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yillik jadvalini ishlab chiqadi (11-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulardan foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha nazoratni yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish rejasiga asosan asbob-uskunalarni tekshirish uchun O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bosh mexanik guruhi o‘z ishini diagnostika stansiyasining chorak ish rejasiga asosan bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asbob-uskunalarning yuqori texnik tayyorgarligini ta’minlash uchun diagnostika stansiyasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish, joriy va kapital ta’mirlash ishlarining rejali tizimi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ushbu ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish ishlari boshqa korxona yoki tashkilotda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun to‘lovlar shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) diagnostika stansiyalariga yangi asbob-uskunalarni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari tomonidan tasdiqlangan yangi texnikani sotib olish va ishga kiritish rejasiga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuzatish yoki ta’mirlashdan chiqqan asbob-uskunani foydalanishga kiritish dalolatnoma (12-ilova) bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asbob-uskuna va jihozlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(8-9-boblar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlarining tuzilishi hamda xavfsizlikning asosiy omil va ko‘rsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari konstruksiyasining yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlari
Xavfsizlikning asosiy omil va ko‘rsatkichlari
I. Faol (aktiv) xavfsizlik.
Avtotransport vositalari konstruksiyasining tarkibiy qismlari va qo‘shimcha jihozlarining yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etishga mo‘ljallangan omil va ko‘rsatkichlari yig‘indisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda.
Standart bo‘yicha gabarit o‘lchamlar, to‘la vazn va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi. Tashqi g‘ildirak izi bo‘ylab minimal burilish radiusi, burilish radiusining minimal gabarit o‘lchami, aylanada belgilangan minimal radius bo‘yicha harakatlanishda harakat yo‘lagining gabarit eni, yo‘lning harakat qismida harakatga xalaqit bermasdan burilish va qayrilib olishni ta’minlashi.
2. Dvigatel.
Yuqori va quyi uzatmalarda maksimal tezlikni, tezlanishni, maksimal ko‘tarilishni (shatakka olish sharoitda) ta’minlaydigan nisbiy quvvat va dvigatel quvvati.
3. Rul boshqaruvi.
Rul boshqaruvining kinematik uzatish nisbati boshqariladigan g‘ildiraklarning burilish burchagi nol bo‘lgan paytidagi eng katta konstruktiv lyuft (eyilish), avtotransport vositalarini yengil boshqarishni va belgilangan sharoitda belgilangan yo‘nalishdan chiqmasdan harakatlanishni, haydovchining me’yordan ortiq toliqmaslikni ta’minlovchi, rul g‘ildiragiga qo‘yiladigan eng katta kuch.
4. Tormoz tizimlari. Ishchi, zaxira (avariynaya), to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan. Ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganligi haqida signal beruvchi qurilma.
Tormozlanishning samaradorligi, mavjudligi, tormoz kuchlarining o‘qlar bo‘yicha va bir o‘qdagi g‘ildiraklar bo‘yicha taqsimlanishi. To‘liq og‘irligini hisobga olgan holda ba’zi turdagi tirkamalarda tormoz tizimi bo‘lishi shart emas deb topilgan. Mavjudligi, sozligi.
5. G‘ildiraklar va shinalar
G‘ildiraklarning ishonchli mahkamlanganligi. Avtotransport vositasining turi, rusumi va vazniga mosligi. Qatnov qismining holati va har qanday qoplama turidan qat’i nazar, shinalar bilan maksimal ishqalanish koeffitsenti.
6. Tashqi yoritish anjomlari va yorug‘lik qaytaruvchilar
Chiroqlar soni, rangi, o‘lcham ko‘rsatkichlari va avtotransport vositasida joylashuvi, belgilangan burchaklarda ko‘rishni ta’minlash, transport vositasi harakatlanayotganda yo‘lning old qismini yetarli darajada yoritishi va ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri mavjud emasligi.
7. Bog‘lovchi qurilmalar
Tirkama va yarim tirkamalarni shatakka olish uchun qurilma, tirkamaning avtomobil-tyagach orqasidan belgilangan dinamik yo‘lak sharoitida harakatlanishini ta’minlash, tirkamaning o‘z-o‘zidan chiqib ketishining oldini olish.
8. Oynalar
Narsalarning hech qanday to‘siqlarsiz, o‘zgartirmasdan aniq ko‘rinishini ta’minlash.
9. Oyna tozalagichlar, oyna yuvgichlar hamda oynaga havo jo‘natuvchi va qizdiruvchi moslamalar
Har qanday ob-havo, iqlim va foydalanish sharoitlarida ko‘rinish yaxshi ko‘rishni ta’minlash.
10. Boshqaruv tarmoqlari va nazorat-o‘lchov asboblari
Boshqaruvning asosiy tarmoqlari, nazorat-o‘lchov, signal beruvchi va yoquvchi uskunalarning joylashuvi, shuningdek, ularning shartli belgilanishi va markirovkasi. Nazorat-o‘lchov asboblarining intensiv yoritilishini va sutkaning har qanday vaqtida ularning aniq ko‘rinishi. Bunda shamoldan to‘suvchi oynada yoritilgan nazorat-o‘lchov asboblarining aksi ko‘rinmasligining ta’minlanishi.
11. Haydovchi o‘rindig‘i
Boshqaruv tarmoqlariga yetgan holda, o‘tirish va avtomobilni boshqarish uchun qo‘laylilik. Sozlovchi mexanizmning mavjudligi va yaxshi ko‘rinishini ta’minlash.
12. Tovush signali
Chastota, ovoz kuchi va yo‘nalishini transport qatnovini tig‘iz oqimida eshitilishini ta’minlanishi.
II. Passiv xavfsizlik
Avtotranspot vositalari va ulardagi qo‘shimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining haydovchi, yo‘lovchi va boshqa harakat qatnashchilarining yo‘l-transport hodisasi jarayonida jarohat olmasliklari yoki tan jarohatini og‘irligini kamaytiruvchi ko‘rsatkich va xususiyatlarining yig‘indisi.
1. Yengil avtomobil va avtobuslarning kuzovi, yuk avtomobilining kabinasi
To‘qnashuv va ag‘darilib ketish vaqtida haydovchi va yo‘lovchilar hayotiga xavf soluvchi yo‘lochilar salonining deformatsiya qiluvchi zarbaga bardoshlik va mustahkamlik xususiyati. Yukning ishonchli mahkamlanganligi va yuk avtomobillari qarama-qarshi to‘qnashganda yuklarni siljishdan saqlovchi moslamalarning mavjudligi. Tashqi tomonida o‘tkir burchak va chiqib turuvchi bo‘laklarning mavjud emasligi.
2. Manzarali detallar va qo‘shimcha jihozlarning chiqib turishi, orqani ko‘rish oynasi.
Kuchli ta’sir paytida pachoqlanish, egilish yoki yulinib uzilishda o‘tkir burchaklar hosil qilmay, piyodalarning jiddiy jarohat olishlaridan saqlovchi holatga qobiliyati.
3. Bufyerlar
Uncha katta bo‘lmagan tezlikdagi to‘qnashuvda va to‘xtab turish joyiga qo‘yish paytda kuzovni jarohatlanishdan saqlash. Piyodalar va boshqa harakat qatnashchilarini ilinib qolishining oldini oladi. To‘qnashuv paytida balandlik bo‘yicha yengil avtomobillarni bufyerlar ishonchli himoyalashi. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalarning orqa qismiga yengil avtomobillarning old qismining kirib ketishidan saqlovchi, energiyani so‘ndiruvchi qurilmalarning mavjudligi.
4. Dvigatel
Qarama-qarshi zarba vaqtida dvigatelning salonga (kabinaga) kirishining oldini olish.
5. Eshiklarning yopiladigan mexanizmlari, dastak va osmalari.
To‘qnashuv va surilib ketish, og‘irlik ta’sirida eshiklarning o‘z-o‘zidan ochilib ketishining, ishlamay qolishining oldini olish. Yengil avtomobillarning eshik dastaklari eshik yuzasidan chuqurlikda joylashuvi. Avtobuslar eshigi yoki moslamasini ochiq ekanligini bildiruvchi signal, eshik ochiq vaqtida joyidan qo‘zg‘alishining oldini olish.
6. Old, orqa va yon oynalar
Zarb bilan urilganda haydovchi va yo‘lovchilarga jiddiy jarohat yetkazuvchi o‘tkir qirralar va siniqlar paydo bo‘lishining oldini olish.
7. Rul g‘ildiragi va rul kolonkasi
Rul kolonkasining salonga xavfli kirishini oldi olingan, to‘qnashuv paytida haydovchining jarohatlanishining oldini olish maqsadida zarba quvvatini so‘ndirish.
8. Asboblar (paneli) qoplamasi.
Zarba quvvatini so‘ndirish qobiliyati. O‘tkir burchakli bo‘lak va qirralarning yo‘qligi.
9. Ichki jihozlar detallari.
Jarohatlanish xavfsizligi.
a) orqani ko‘rish oynasi, quyosh nurlariga qarshi ayvon, dastaklar, richaglar, tugmachalar va boshqalar
Odam tanasi bilan zarba ta’sirida urilganda, o‘tkir burchakli bo‘lak va qirralar hosil qilmasdan deformatsiyalanish, pachoqlanish va sinish qobiliyati yoki ularni zarba zonasidan tashqarida joylashuvi.
b) kuzov shipi (kabina, salon), eshiklarning ichki qoplamasi va yon ustunlar
Qoplangan materiallar ostida quvvat so‘diruvchi tagliklarning mavjudligi.
v) o‘rindiqlar va ularni sozlash mexanizmlari
Qarama-qarshi to‘qnashuvlar va ag‘darilish paytida yuzaga keluvchi og‘irlik ostida buzilish ehtimolligidan holi. O‘rindiq suyanchig‘ining jarohat xavfsizligi (orqa o‘rindiqlardan boshqa). Yengil avtomobillarning barcha o‘rindiqlarida xavfsizlik yostiqlarining mavjudligi.
III. Avtofalokatdan keyingi xavfsizlik
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi va yo‘lovchilarni tezda evakuatsiyasini ta’minlovchi, avtotranspot vositalari va ulardagi qo‘shimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining ko‘rsatkichlari va xususiyatlarining yig‘indisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda
Har qanday yo‘l-transport hodisasi yoki yong‘in sodir bo‘lganda shikstlangan transport vositasidan haydovchi va yo‘lovchilarni tezda evakuatsiya qilish imkoniyati. O‘t o‘chiruvchi moslama, tibbiy quticha va avariya holati belgilarini joylashtirish hamda olish uchun qulay joy mavjudligi.
2. Eshiklarning yopiluvchi mexanizmlari, dastagi va osmalari
Har handay yo‘l-transport hodisasidan keyin eshiklarning ichkari va tashqaridan ochish imkoniyati.
3. Falokatdagi (eshiklar, oynalar, lyuklar)
Falokat paytida chiqish yo‘llarining soni, o‘lchamlari va joylashuvi har qanday yo‘l-transport hodisasi yoki yong‘in sodir bo‘lganda ichki va tashqi tomondan ochish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
IV. Yong‘in xavfsizligi
Yo‘l-transport hodisasida yong‘inning oldini olish, to‘xtatish uchun av�otransport vositalari va ulardagi qo‘shimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining ko‘rsatkich va xususiyatlarining yig‘indisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda
Haydovchi joyidan elektroenergiya manbaini o‘chirish moslamasining mavjudligi. Kabina va yo‘lovchi salonida akkumulyator batareyasining joylanmasligi. O‘t o‘chiruvchi moslamaning olish uchun qulay joyga ishonchli mahkamlangan tarzda o‘rnatilishi.
2. Ichki pardoz
Yong‘in chiqqanda qiyin yonadigan, yonganda va kuyayotganda o‘zidan zaharli gaz chiqarmaydigan materiallarni qo‘llash.
3. Yoqilg‘i baki va yoqilg‘i uzatuvchilar
Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda bo‘laklanib ketishdan, mexanik jarohatlanishdan himoyalangan va germetik holati ta’minlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan va kelishilmasdan faqat DYHXX ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladigan avtotransport vositalarini qayta jihozlashning oddiy turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuzov turini o‘zgartirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bortli va o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rniga sisternalar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sisterna va o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rniga standart bortli kuzovlar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sisterna va bortli kuzovlar o‘rniga o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi kuzov yoki sisterna o‘rnatilgan avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eni bo‘yicha gabarit o‘lchamlari, umumiy vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobilning texnik tavsiflarida ko‘rsatilgan darajadan oshib ketmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzov yoki sisterna standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bortli va o‘ziag‘darar kuzovli yoki sisternali avtomobillarni shu rusumdagi shatakka oluvchi avtomobil turiga standart egarli moslama o‘rnatib qayta jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egar moslamali shatakchi avtomobil quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egarli moslama standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egarli moslamani orqa o‘qqa nisbatan joylashuvi ommaviy ishlab chiqarilgan shu turdagi shatakka oluvchi avtomobildagi joylashuviga mos kelishi hamda avtomobil va yarim tirkamaning egar (shkvoren) o‘qi atrofida har ikki tomonga 90 gradusdan kam bo‘lmagan burchakka burilishini ta’minlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumfoydalanishga mo‘ljallangan furgon avtomobillarni mikroavtobuslarga qayta jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumfoydalanishga mo‘ljallangan furgon–avtomobillarni qayta jihozlash korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan tegishli turdagi mikroavtobuslarga monand ravishda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: UAZ-451M va UAZ-452 rusumli avtomobillar UAZ-452V rusumli mikroavtobus darajasida, YERAZ-762A rusumli avtomobillar RAF-977 DM mikroavtobus darajasida qayta jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir o‘qli TAPZ-755 shassili tirkama (tormoz tizimi yo‘q) va uning turlariga sisterna, furgon va har xil maqsadlarda foydalaniladigan agregatlar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu turdagi qayta jihozlashda quyidagi xavfsizlik talablari bajarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sisterna, furgon yoki agregat tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkama-shassi yo‘l harakati qoidalari talablari asosida ehtiyot trosi (zanjiri) va nur qaytaruvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ommaviy ishlab chiqariladigan ikki o‘qli tirkamaga sisterna, furgon yoki yechilmaydigan (tushirilmaydigan) maxsus moslamalar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furgon-tirkama, sisternali va boshqa moslamali qayta jihozlangan tirkamalar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamaning to‘la vazni asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan me’yorlardan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon, sisterna yoki moslama tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamaga yo‘l harakati qoidalarida belgilangan nur qaytaruvchi moslamalar o‘rnatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkama enining gabarit o‘lchamlari asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan o‘lchamlardan oshib ketmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuk avtomobillariga o‘zi yuk ko‘taruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk ko‘taruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar avtomobilga ishonchli mustahkam qilib o‘rnatilishi shart. Bundan tashqari, gidrokranning ko‘tarkich moslamasi harakatlanish paytida surilmaydigan qilib mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk ko‘taruvchi bort avtomobilning tashqi yoritish chiroqlarini va davlat raqam belgisini to‘sib qo‘ymasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bortli yuk avtomobillari va ikki o‘qli bortli tirkamalarning borti o‘rniga yon tirgaklar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qayta jihozlash quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yon tirgaklar o‘rnatilgan avtomobil va tirkama enining gabarit o‘lchamlari asosiy avtomobil va tirkama texnik tavsifida belgilangan o‘lchamlardan oshib ketmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yon tirgaklar mustahkam qilib mahkamlangan bo‘lishi va shovqinni kamaytiruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha turdagi avtomobillar dvigatellarini, yuk avtomobillarining kabinalarini shu rusumli keyingi modeldagi avtomobillarning dvigatel va kabinalariga almashtirish (ko‘rsatilgan agregatlarni almashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan belgilanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu turdagi qayta jihozlash ishlari faqat avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuk, yengil (O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ruxsati bor taqdirda) avtomobillar yoki avtobuslar kuzovi o‘zgartirilmagan holda ularga olinmaydigan maxsus jihozlar o‘rnatish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta jihozlangan avtomobil va avtobuslar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘la vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobil yoki avtobus tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus jihozlar ishonchli mahkamlangan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtomobil yoki avtobusga o‘rnatilgan maxsus jihozlar shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralarga ega bo‘lmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtomobillarga maxsus qurilmalar, avtomobilning boshqaruv tizimi joylariga o‘rnatilmasligi hamda orqa oynani to‘sib qo‘ymasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuk avtomobillari shassisiga ustaxona, mebel, oziq-ovqatlar, sanoat mollari va boshqa yuklarni tashish uchun furgon-kuzovlar o‘rnatish (odam tashish uchun mo‘ljallangan furgonlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzov enining gabarit o‘lchamlari, to‘la vazni va uning o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon eshigi orqada yoki o‘ng tomonda bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustaxonaning jihozlari ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonning tashqi yon tomonlari shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralarga ega bo‘lmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon-kuzovli avtomobil kabinasining ikki tarafida orqani ko‘rish uchun mo‘ljallangan standart ko‘zgular o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jihozlar yoki yuk bilan birga odam tashish (yukchilar, soqchilar, ta’mirlovchilar brigadasi va h.k.) uchun mo‘ljallangan furgon-kuzovli avtomobillarga quyidagi qo‘shimcha xavfsizlik talablari qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir odam uchun o‘rindiq mo‘ljallanib, ushbu o‘rindiqlar odam o‘tirganda harakat yo‘nalishiga qaragan holatda o‘rnatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonga o‘rnatilgan jihozlarda shikaslantiruvchi o‘tkir yoki uchli qirralar bo‘lmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonda odamlarni yuk surilishidan himoya qiluvchi moslama o‘rnatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon eshigi ichki va tashqi tomondan ochilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonga havo almashtirish, yoritkich asboblari va haydovchi bilan aloqa vositasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon-ustaxonada bulardan tashqari alohida avtomobilga mo‘ljallangan isitish moslamasi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuk avtomobillari shassisiga odam tashish mo‘ljallangan furgon-kuzovlar o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam tashishga maxsus mo‘ljallangan furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi asosiy xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furgon-kuzovli avtomobilning gabarit balandligi 3,8 metrdan oshmasligi, enining gabarit o‘lchamli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan o‘lchamdan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Furgon-kuzovli avtomobil to‘la vaznining o‘qlar bo‘yicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan ko‘rsatkichlarga mos kelishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon-kuzov ramaga yoki yuk avtomobil kuzoviga ishonchli mahkamlangan bo‘lishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzovning balandligi yo‘lovchilarni faqat o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. O‘rindiqlar shunday o‘rnatilishi kerakki, odam o‘tirganda harakat yo‘nalishiga qaragan holatda bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonga kirish eshigi orqa tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib tashqariga ochilishi (kuzovning orqa bortlari olinishi lozim), avtomobil turidagi qulf o‘rnatilishi, zinapoya va ushlagich bilan jihozlangan bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgonning yon tomonlarida o‘lchamlari 600x800 mm bo‘lgan avariya holatida chiqadigan derazalar o‘rnatilib, ular ichkaridan va tashqaridan (asbob-uskunalar ishlatmasdan) faqat tashqi tarafga ochiladigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari furgon havo almashtirish, yoritkich asboblari, lozim bo‘lgan taqdirda isitish moslamasi hamda haydovchi kabinasi bilan tovushli yoki yorituvchi aloqa, yong‘in o‘chirish moslamasi va tibbiyot qutichasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furgon kuzovli avtomobil standart (GOST 8769-75) talablari bo‘yicha tashqi yoritish asboblari bilan jihozlanishi lozim (furgonning yuqori chekkalariga oldiga oq rangli, orqa tomondan qizil rangli chiroqlar o‘rnatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzovning orqa tomoniga tezlikni 70 km/soatgacha cheklaydigan belgining rangli tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqa barcha turdagi konstruksiyaga yuqorida ko‘rsatilganidan murakkab bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan qayta jihozlashlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHXBB burchak shtampi
Manzil uchun joy
Transport vositalarining konstruksiyalarida yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida, me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi to‘g‘risida KO‘RSATMA
____________________________________________________________________ (qoida, me’yor va standartlarning bajarilmaganligi,
____________________________________________________________________ ularning nomlari hamda bajarilmagan
__________________________________________________________ aniqlandi. aniq ko‘rsatkichlar sanab o‘tiladi)
____Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagilarni taklif etaman: _______________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
Mazkur ko‘rsatma bajarish uchun majburiy hisoblanadi. Ko‘rilgan choralar haqida 200 __ “___”________ da xabar qilishingiz so‘raladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik shartlar loyihalarining muqovasiga kelishuv haqidagi kiritiladigan yozuv namunasi “K E L I Sh I L G A N”
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i ___________________________ (unvoni, F.I.Sh. imzosi)
200__ yil “___”_____________ Imzo gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____Guvohnomaning raqamlangan kseronusxasi ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan har bir transport vositasiga beriladi va u yo‘l harakati xavfsizligi idoralari tomonidan ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlardan biri sifatida qabul qilinadi.
Avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqida G U V O H N O M A № _______
____Konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqqan tashkilotning nomi va manzili ___________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi va manzili ____________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Transport vositasining turi va rusumi ____________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Ushbu transport vositasini ishlab chiqarish uchun texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bilan 200__ yil “___” ___________ da kelishilgan.
____Amal qilish muddati 200__ “___” ____________ gacha ____O‘zbekiston Respublikasi
____IIV YHXBB boshlig‘i
________________________________
(imzosi, F.I.Sh.)
200__ yil “____” ___________
____M.O‘.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda tayyorlanadigan yengil avtomobillarga qo‘yiladigan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu texnik talablar, shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda konstruksiyalashtirilgan va tayyorlangan yengil avtomobillarga qo‘llaniladi, bunday avtomobillarning konstruktiv va foydalanish-texnik ko‘rsatkichlarini tartibga solish va texnikaviy yaratuvchanlikni, ayniqsa yoshlarni ajoyib (original), texnik va estetik takomillashtirilgan hamda xavfsiz konstruksiyalarni yaratishga yo‘naltirish uchun, shuningdek, yakka tartibdagi avtomobilsozlarning ilmiy texnikaviy bilimlarini oshirishni rag‘batlantirish hamda hunarmandchilik mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy ma’lumotlar, yig‘ma-tuzilishi (kompanovka) va asosiy o‘lchamlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faqat ikki o‘qli, to‘rt g‘ildirakli, o‘rindiqlari soni 5 tadan oshmaydigan hamda dvigatelining ishchi hajmi 1200 kub santimetrdan oshmaydigan avtomobillarni tayyorlashga ruxsat etiladi. Bunda sanoatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (kuzovdan tashqari), mototsikl va motorollyerlarning alohida agregat, uzel va detallaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi, MDH va boshqa xorijiy davlatlarda ommaviy ishlab chiqarilgan turdagi yengil avtomobillarni ehtiyot qismlardan yig‘ish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har qanday ko‘rinishdagi yig‘ma-tuzilish(kompanovka) chizmalariga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomobilning asosiy o‘lchamlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzunligi — 4200 mm.dan ortiq bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eni — 1650 mm.dan ortiq bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap va o‘ng g‘ildiraklar bo‘ylama o‘qlari oralig‘i (koleya) — 1100 mm.dan kam bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
old va orqa g‘ildiraklar o‘qlari oralig‘i masofasi (kolesnaya baza) — 1000 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanish-texnikaviy sifatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobil shahar va umumfoydalanish yo‘llarida to‘la vazni bilan boshqa turdagi transport vositalariga xalaqit bermasdan to‘xtovsiz va xavfsiz harakatlanadigan dinamik sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunda dvigatelining quvvati to‘la vaznining har bir tonnasiga 45 ot kuchidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘la vazn — aslahalangan avtomobilning haydovchi va yo‘lovchilari hamda yuki bilan birgalikdagi vazniga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kishining og‘irligi 70 kilogrammga teng deb qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashqi g‘ildirak o‘qining izi bo‘yicha avtomobil burilishining eng kichik radiusi 5,5 m.dan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomobil quruq asfaltli maydonda diametri 50 metr bo‘lgan doira bo‘ylab 30 km/s tezlikda muvozanatini yo‘qotmasdan harakatlana olishi kerak. Bunda surilish holati bo‘lmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘la vazndagi avtomobilning eng quyi qismi bilan yo‘l sathi yuzasi o‘rtasidagi masofa 150 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuzovning yig‘ma tuzilishi (kompanovkasi), uning konstruksiyasi, o‘rindiqlarning joylashuvi hamda tuzilishi avtomobilni boshqarish uchun qulay bo‘lishi, haydovchi o‘tirgan joyidan yo‘lning ko‘rinmaydigan qismi 6 metrdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alohida agregatlarga qo‘yiladigan talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobillar tormoz, rul boshqaruvi bilan shuningdek, baholi qudrat O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlari sanoatida ishlab chiqarilgan mos sinfdagi guruhga mansub avtmobillarnikidek old osma o‘qlar (podveska) bilan jihozlanishi kerak. To‘la vazni 800 kg.dan va tezligi 75 km/s.dan ortiq bo‘lgan avtomobillarga uzatish soni 10:1 dan kam bo‘lgan rul mexanizmini o‘rnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quruq asfalt qoplamasida to‘la vaznli turgan avtomobil g‘ildiraklarini burilishida rul gardishiga nisbatan tushadigan kuch miqdori 15 kg.s.dan oshmasligi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobilda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki tormoz tizimi bo‘lishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi — pedaldan o‘qlarga alohida bo‘lingan o‘tkazgichli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un — zaxiradagi vazifasini bajaruvchi — richag orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Old g‘ildiraklarga ta’sir etuvchi turg‘un tormoz tizimiga ham ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tormoz tizimi va ular ta’sirining samaradorligi shu turdagi va toifadagi avtotransport vositalariga qo‘yiladigan OST 37.001.016-70 “Avtomobil transporti tormozlarining xususiyatlari. Texnik talablar va sinov o‘tkazilishi shartlari” talablariga javob berishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomobillarga to‘liq vazniga va texnik tavsifnomasi bo‘yicha ruxsat etilgan eng yuqori tezligiga mos keladigan avtomobil, mototsikl yoki motorollyerlar shinalari o‘rnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilning bir o‘qiga turli o‘lchamdagi va modeldagi shinalarni o‘rnatish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aslahalangan holatda vazni 450 kg.dan ortiq bo‘lgan avtomobillar orqaga yurish uzatmasiga ega bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuzovning xar qanday konstruktiv turiga ruxsat beriladi: yopiq, usti ochiladigan, sport va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzov, uning mustahkamligini va ishonchliligini ta’minlovchi materiallardan tayyorlanishi kerak. Uning nometall qismlari issiq-qiziydigan mexanizmlar (dvigatel, gaz chiqarish tizimi)dan kamida 100 mm. oraliqda yoki undan yaqin bo‘lsa, asbest yoki metall qoplama bilan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Kuzov bejirim tashqi ko‘rinishga ega va yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Panellarning tashqi chiqib turuvchi qismlari, kuzov detallari va ularning birikkan joylari kamida 2,5 mm. radiusli yumaloqlikka ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzov panellari yuzasidagi o‘rnatilgan detallarning bo‘rtib chiqib turishiga quyidagi holatlarda ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekorativ panjaralar, yopishib turuvchi bezaklar(nakladkalar) uchun 10 mm.gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapot va yukxona qopqog‘i oshiq-moshiqlari uchun 30 mm. gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshiklarning tashqi dastaklari va qulf tugmalari uchun 40 mm.gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroq soyabonchalari va gardishlari uchun, shu jumladan nur sochuvchi chiroq qoplamasi yuzasiga nisbatan bo‘rtib chiqib turuvchi detallar uchun 30 mm.gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bufyerlarning o‘rnatilishi GOST 1902-74 “Yengil avtomobillar bufyerlari. O‘lchamlar”ga muvofiq bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bufyerlar detallarining yumaloqlik radiusi 5 mm.dan kam bo‘lmasligi, bufyerlar uchlari kuzovning tashqi yuzasi tomon yo‘nalishda qayrilgan va 2 mm.dan kam bo‘lmagan uzoqlikda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar paneli qoplamasi quyi qismining bo‘rtib chiqib turuvchi chetlari radiusi 10 mm.dan kam bo‘lmagan yumaloqlikka ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Richaglar, yoqib-o‘chirgichlar va boshqaruv organlari tugmalari OST 37.001.017-70 “Yengil avtomobillarning boshqaruv organlari. Konstruksiya xavfsizligi va joylashuvi. Texnik talablar” ning 2.2, 2.3, 2.5 jarohatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzov quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabon hamda orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zguga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshiklar, kapot va yukxona qopqog‘i avtomobil harakatlanayotgan paytda ularni mustahkam, zich va ochilib ketmaydigan holatda ushlab turuvchi qulflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzov oynalari xavfsiz, toblangan o‘chkir bo‘lak (oskolka) hosil qilmaydigan (stalinit) yoki “tripleks” turidagi oyna bo‘lishi kerak. Peshoynadan tashqari boshqa joylarga organik oyna o‘rnatishga ruxsat etiladi. Haydovchining chap yonidagi oyna tushiriladigan yoki suriladigan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida yonilg‘i idishi avtomobil ichida, yo‘lovchilar joyidan ajratilgan alohida joyga o‘rnatilishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilmalar va uskunalarga qo‘yiladigan talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobil GOST 8769-75 “Avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, traktorlar, tirkamalar va yarim tirkamalarning tashqi yoritish qurilmalari. Miqdori, joylashuvi, ranglari, ko‘rinish burchaklari”ga muvofiq tashqi yoritish qurilmalari va ishoralovchi yoritgich bilan jihozlanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobil sanoatda ishlab chiqarilgan tovush moslamasi hamda oyna tozalagichga ega bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomobil kamida spidometr, o‘t oldirish qulfi, yoritish uskunasi, yoritish va burilish yoritkichlarini o‘chirib-yoqish moslamasi hamda burilishni ko‘rsatuvchi indikatorlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boshqa talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomobilda RS O‘zR 640-2001 standarti bo‘yicha davlat raqam belgilarini o‘rnatish uchun joy ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning egasi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga raqamli agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: ulgurji va komission savdo do‘konlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi va boshqa savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hisob-ma’lumotnoma, tovarlar cheki, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomalari va h. k.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Postning tadbir (operatsiya) kartasi № ____
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№№ t/r
Tadbirlarning nomi
Ish hajmi (kishi/min)
Jihoz va uskunalar
Me’yoriy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Postdagi umumiy ish hajmi _______________________________ kishi/min.
____Karta to‘ldirilayotganda ko‘rsatkichlar natijasi raqamli belgilar bilan ko‘rsatiladi, talabga javob bermaydigan ko‘rsatkich, nosoz yoki umuman yo‘q konstruksiya qismi yoki qo‘shimcha uskuna raqami chizib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifr
Parametrlar nomi, konstruksiya tarkibiy qismi yoki qo‘shimcha uskunalar
Raqamli belgilar
1.
Tormoz kuchining old o‘q g‘ildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
2.
Tormoz kuchining o‘rta o‘q g‘ildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
3.
Tormoz kuchining orqa o‘q g‘ildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
4.
Umumiy tormoz kuchi
5.
To‘xtab turish tormozining samaradorligi
6.
Tormoz tizimining germetiklik holati buzilgan
7.
Tormoz tizimi detallarining mexanik jarohati
8.
Havo monometri ishlamaydi
9.
Rul g‘ildiragidagi umumiy lyuft oshgan
10.
Rul kuchaytirgichi ishlamaydi
11.
Rul boshqaruvi detallari mexanik jarohatlangan yoki ishonchsiz mahkamlangan
12.
G‘ildiraklar mexanik jarohatlangan yoki ishonchsiz mahkamlangan
13.
Shinalar o‘lchami va maksimal og‘irligi bo‘yicha transport vositasi rusumiga mos kelmaydi, protektor rasmlari ortiqcha yedirilgan yoki mexanik jarohatlangan
14.
Chiroqlarning sozlanishi buzilgan, ularning (shuningdek tumanga qarshi) o‘rnatilishi standart talablariga mos kelmaydi. Faralarni muvofiqlashtirish buzilgan
15.
Tashqi yoritish chiroqlari ishlamaydi, ularning o‘rnatilishi va yorug‘lik uzatishi standart talablariga mos kelmaydi
16.
Oyna tozalash, yuvish va qizdirish tizimi ishlamaydi
17.
Ishlab chiqarilgan gazlarning zararlilik darajasi oshgan
18.
Ishlab chiqarilgan gazlarning tutash darajasi oshgan
19.
Tashqi shovqin darajasi oshgan
20.
Kardan vali ishonchsiz mahkamlangan yoki mexanik jarohatlangan
21.
Yoqilg‘i tizimining germetiklik holati buzilgan
22.
Spidometri nosoz
23.
Eshik qulflari o‘rnatilishi, tovush signali, avariya chiqish joylari, haydovchi o‘rindiqlarini sozlash mexanizmlari, tortish-bog‘lanish qurilmalari nosoz
24.
Orqani ko‘rish oynasi, himoyalovchi fartuklar, favqulotda to‘xtash belgisi, o‘t o‘chirgich, tibbiy qutichasi yo‘q)
25.
Radioqabulga halaqit beruvchi shovqinni pasaytiruvchi moslama yo‘q
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa: ________________________________________________________ (soz, nosoz, foydalanish taqiqlandi va h.k.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillar
Ishlatilgan soatlar
yanvar
fevral
mart
aprel
may
iyun
iyul
avgust
sentyabr
oktyabr
noyabr
dekabr
Jami yil bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining hisobi va ishini qayd etish jurnali qat’iy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining har biri diagnostika stansiyasi tasarrufiga o‘tgan vaqtdan boshlab uch kun ichida jurnalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarining har biri haqidagi yozuv jurnalning alohida sahifasiga yozib boriladi. Sahifa tartib raqami bir vaqtning o‘zida jihoz yoki asbobning inventar raqami hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta mustaqil tarmoqlardan iborat jihozlar jurnalga bitta raqam ostida yozib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 11 -ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval jihozlardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-bandlar hisob jurnali bo‘yicha to‘ldiriladi. 4—15-bandlarda shartli asosida to‘ldiriladi. Suratda shartli belgilar bilan bajarilgan ish va sana (0-ko‘rik, M-kichik ta’mir, S-o‘rtacha ta’mir, K-kapital ta’mir), maxrajda esa bajarilgan ishning davomiyligi soatlarda ko‘rsatiladi. (S 25.03./1soat)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga 12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
DYHXX diagnostika stansiyasi boshlig‘i
_______________________________________
(hududiy YHXXB nomi)
_______________________________________
(hududiy YHXXB nomi)
200___ yil “___” ______________________
diagnostika jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarini foydalanishga topshirish DALOLATNOMASI № ________ __________________________________________________________________ (lavozimi, unvoni, F.I.Sh.)
(13 — 18-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1252-3, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 350-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son; 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son, 13.08.2019-y., 10/19/1252-4/3545-son)