1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda muvofiqligi tekshiriladigan standartlar roʻyxatini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ular asosida transport vositalarining texnik holati tekshiriladigan ishlab chiqarish-texnika bazasiga qoʻyiladigan talablarni hamda transport vositalarini texnik diagnostika vositalaridan foydalangan holda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari texnologiyasiga qoʻyiladigan talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarida transport vositalarining barcha egalariga, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yetkazishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni, shuningdek shahar elektr transportini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda matnda “DYHXX” deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda TXS deb ataladi) shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda Subyektlar deb ataladi) tomonidan ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar — M1 toifadagi transport vositalari egalari oʻz transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun oʻz tanloviga koʻra, DYHXX organlari, TXS yoki Subyektlarga murojaat qilishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar texnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarni aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar va tramvaylar (keyingi oʻrinlarda matnda “transport vositalari” deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga va ularning oila aʼzolariga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik koʻrikka taqdim etish muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida DYHXXning tegishli hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar (yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrnidan tashqari oʻtirish uchun sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega M1 toifadagi transport vositalari) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TXS va Subyektlar koʻrsatiladigan xizmatlar uchun qatʼiy belgilangan narxlarni belgilashlari va DYHXX organlari bilan hamkorlik qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, TXS va Subyektlar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan, transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik bazasiga ega boʻlishi zarur.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun Subyektlarning ishlab chiqarish-texnik bazasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarga muvofiq boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish va ularning ballonlarini tekshirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan i tabiiy gazda (keyingi oʻrinlarda STG deb ataladi), suyultirilgan neft gazida (keyingi oʻrinlarda SNG deb ataladi) yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqiga tushadigan maksimal ogʻirlik 3500 kg gacha boʻlgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroqlar yorugʻligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazanalizatori — uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutun oʻlchash pribori — siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oynalarning yorugʻlik oʻtkazishini tekshirish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qinchali manometrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur kompyuter texnikasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti asosida universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda boʻlishi, qonun hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari va TXSning ishlab chiqarish-texnik bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga koʻra (M1, M2, M3, №1, №2, №3) mazkur band talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik diagnostika vositalarining soni va tavsiflariga, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vositalarini tekshirishga tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qoʻllagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarni oʻrgangan shaxslar qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subyektlar jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirishni oʻtkazish boʻyicha faoliyatlarini boshlashdan oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda YHXB deb ataladi) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt ustavining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik baza Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan berilgan maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining avtotransport vositalariga oʻrnatiladigan ballonlarni texnik tekshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Hududiy YHXB Subyektning mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etilgan xati qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida uni oʻrganadi, Subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligini tekshiradi va ular mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Subyektni jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar hisobini yuritish reyestriga kiritadi hamda bu haqida ikki ish kuni ichida Subyektni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Subyekt xabardor qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan reyestrga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega Subyektlar haqida xabardor qilish uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Subyekt tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda hududiy YHXB 2 ish kuni ichida Subyektga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Subyekt oʻzi yoki uning filiali roʻyxatga olingan hududiy YHXB xizmat koʻrsatadigan hududda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy YHXB xizmat koʻrsatadigan hududda ikki yoki undan ortiq Subyektlar mavjud boʻlgan hollarda, Subyekt transport vositalari egalarining xohishiga koʻra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi roʻyxatdan oʻtgan transport vositalarining soni Subyektlar tomonidan tekshiriladigan transport vositalarining sonidan koʻp boʻlsa va buning natijasida transport vositasining texnik holati oʻz vaqtida tekshirilishini taʼminlash imkoni boʻlmaydigan hududlarda boshqa transport vositalarining texnik holatini tekshirish joylari DYHXX organi tomonidan mazkur Nizomning 28, 29 va 33-bandlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun texnik koʻrikdan oldin uning egasi — jismoniy shaxs yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs (keyingi oʻrinlarda arizachi ataladi) reyestrga kiritilgan Subyekt xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi, transport vositasini va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan transport vositaning turi uchun nazarda tutilgan, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yoqilgʻisida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga oʻrnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan taqdirda va u identifikatsiya qilingandan keyin mazkur transport vositasining texnik holatini tekshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Subyektning transport vositasi texnik holatini tekshirish xizmatlari uchun mazkur xizmatni koʻrsatadigan Subyekt tomonidan tasdiqlangan, biroq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan oshmaydigan tariflar boʻyicha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Transport vositasining texnik holati Subyekt xodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning VI boʻlimida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalariga oʻrnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari (opressovka) ulangan joylarning ishonchliligi Subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tekshiruvdan oʻtgan va texnik soz deb topilgan har bir transport vositasiga Subyekt va TXS tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda uning texnik holati haqida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etgan avtotransport egasi tomonidan qonun hujjatlari buzilgan (koʻrsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshq.) holatlar aniqlangan taqdirda, Subyekt vakili bu haqida darhol DYHXX organlariga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1310. Transport vositasining texnik holatini tekshirishda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan Subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1311. Subyekt qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda Subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni ichida hududiy YHXBni koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subyekt yoki TXS tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositasining texnik holati haqida berilgan maʼlumotnoma berilgan kundan boshlab oʻn kun ichida haqiqiy hisoblanadi va DYHXX organlarida transport vositalari texnik holatini tekshirmasdan, ularning texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik koʻrik transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalarida;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan oʻrnatilgan texnik nazorat postlarida oʻtkaziladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik koʻrikni tashkil etish jadval tuzish bilan rejalashtiriladi, jadvalda texnik koʻrik oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda DYHXX hududiy organlari tomonidan tuziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir kunda texnik koʻrikka qoʻyiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik koʻrikni oʻtkazish jadvali va uni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi har yili 15-fevralgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumani (shahari) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, tramvay-trolleybus parklari, boshqa davlat organlari, shuningdek nodavlat, notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX hududiy organining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) vakili (keyingi oʻrinlarda matnda — DYHXX xodimi) komissiya raisi hisoblanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxsga texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi, unga transport vositalari guruhlari (3-ilova) yoki alohida transport vositasi (4-ilova) texnik koʻrik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi. Texnik koʻrik dalolatnomalari blanklari talab etiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda (texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari) transport vositalari roʻyxatiga muvofiq toʻldiriladi. Transport vositalari guruhining texnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxs DYHXXning hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) texnik koʻrik dalolatnomasining bir nusxasi;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qoʻyilgan transport vositalari sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilar malaka oshirgani toʻgʻrisida sertifikatining (sertifikatlari) nusxasi.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Trolleybuslar va tramvaylarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Trolleybuslar va tramvaylar texnik holatining Tramvay va trolleybusdan texnik foydalanish qoidalari, normativlar va standartlarning yoʻl harakati xavfsizligi va texnika xavfsizligini taʼminlashga tegishli qismi talablariga muvofiqligi trolleybuslar va tramvaylarni davlat texnik koʻrigidan oʻtkazishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hech boʻlmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik koʻrikka qoʻyilgan, biroq texnik nosozlik tufayli koʻrikdan oʻtmagan tramvaylar va trolleybuslar foydalanish uchun qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy koʻzdan kechirish paytida DYHXX organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va 1-yanvardan 31-avgustgacha boʻlgan davrda transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishning aniq sanalari (oylari)ni belgilashi mumkin.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikka DYHXX organlari tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik koʻrik transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazadigan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadigan) joydagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXSda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holati mazkur Nizomning 134-bandi talablariga rioya etilgan holda baholanishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻxtash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar tomonidan (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari) oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Transport vositalarining texnik koʻrigi oʻtkaziladigan joy DYHXX organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarining texnik koʻrigi ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlarining birida oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasi egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan quyidagi hujjatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnoma; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari – tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar – ichki ishlar organlarida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazishga berilgan transport vositasiga muvofiq toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga haydovchi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS va Subyektning transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi — shunday maʼlumotnoma boʻlganda.
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish mumkin boʻlmagan taqdirda uning egasi belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga yozma ariza va ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat va tibbiy maʼlumotnoma bundan mustasno). Bunda DYHXXning hududiy organi xodimi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonga nosozlik toʻgʻrisida “NOSOZ” yozuvini qayd qiladi va shaxsiy imzo va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni, ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrsatgan holda texnik koʻrikka qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Egasining yoʻqligi yoki kasalligi oqibatida texnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan transport vositalari egasi qaytib kelgandan yoki sogʻaygandan keyin 10 kun mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Texnik koʻrikni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazishga DYHXX organlari tomonidan koʻrsatilgan joyga qoʻyilishi lozim (Subyektlar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini baholash hollari bundan mustasno).
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har qaysi transport vositasining texnik koʻrigi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan maʼlumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati ham avtopoyezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi (3, 4 yoki 4a-ilovalar).
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonga DYHXX organining xodimi belgilangan namunada shtamp qoʻyadi, sozligi toʻgʻrisida “SOZ” soʻzini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon beradi (5-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisidagi talon navbatdagi texnik koʻrik oʻtkazilgungacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs — transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning roʻyxatdan (vaqtinchalik roʻyxatdan) oʻtkazilgan joydagi organi koʻrikdan oʻtkazilganlik faktini tekshiradi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar koʻrsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega boʻlgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus va tezkor xizmatlar transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang–grafik boʻyash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Konservatsiyaga qoʻyilgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tugʻdiradigan sabablar mavjud boʻlganda transport vositasini gʻildiraklarini chiqarish uchun tagliklardan qoʻzgʻatmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik koʻrik natijalari transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jismoniy shaxs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish imkoniyati boʻlmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning hududiy organi xodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik holati va jihozlari yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi;
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday transport vositasini takroriy koʻrikdan oʻtkazish oldingi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyichagina oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi oldingi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda texnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash, shuningdek ular bilan DYHXXning hududiy organlarini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga tegishli texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (laboratoriyalar) (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish-texnik baza deb ataladi) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga doir texnik normalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarish-texnik baza hududining oʻlchamlari quyidagi majburiy elementlarning joylashtirilishi imkoniyatini nazarda tutgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona va maydonlarga kirish va oʻtish yoʻllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy yoritish chiroqlari, shu jumladan kunning qorongʻi vaqtida hamda kirish yoʻli va hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfaltbetonli yoki sementbetonli) boʻlgan kirish yoʻli, maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnik bazaning ish rejimi va texnik holati, baholashdan oʻtkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi koʻrsatilgan axborotli stend oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish-texnik baza binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi, davlat tilida “Texnik koʻrik” yozuvi boʻlgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish yoʻllari boʻylab transport vositalarining harakatini tashkil etish quyidagi talablar asosida bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini tegishli yoʻl chiziqlari bilan belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi maydonining yuzasi tekis, suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqarish-texnik bazaga kirish hamda uning hududi boʻylab transport vositalarining harakatlanishi, barcha mavjud inshootlar, yoʻl belgilari va chiziqlari koʻrsatilgan holdagi sxemasi hududida ishlab chiqarish-texnik baza joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlning kengligi yengil avtomobillar uchun — 3 metrdan, yuk avtomobilari va avtobuslar uchun — 4,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning oʻlchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va texnik koʻrik liniyasining bir soatdan kam boʻlmagan vaqtdagi ishlab chiqarish quvvatiga teng boʻlgan transport vositalarining aynan bir vaqtda maydonda boʻlishi eʼtiborga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydonning kengligi ishlab chiqarish xonasi kengligi bilan teng boʻlishi, uzunligi esa — 20 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yoqilgʻisida ishlaydigan transport vositalarini baholashga moʻljallangan xonalarning yertoʻlada, aholi yashash uylariga va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishlab chiqarish-texnik baza tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholash natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena xonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari va sinov jihozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi oʻlchamlari mazkur Talablarning ilovasiga muvofiq texnik koʻrik liniyalarining texnologik postlari soni va baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish korpusi xonasining boʻrtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 7,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xonada barcha texnologik jarayonlarni mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlarga toʻliq muvofiq holda xavfsiz va ratsional bajarilishi taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan, ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xona va ish joylarining tabiiy va sunʼiy yoritilishi ishlarning xavsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz boʻlishi va ularning harakatlanishini taʼminlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya (favqulodda) holatlar uchun yoritilishi ish yuzasining umumiy yoritilishi uchun belgilangan normalarning 5 foizdan kam boʻlmasligi, lekin kamida 2 lk boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Transport vositalarining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati oʻtkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar normalariga muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish-texnik bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15 °C dan 25 °C gacha, issiq davrida — 22 °C dan 30 °C gacha oraliqda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yoʻllarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorongʻi paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yoʻli ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorugʻlik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yoʻl belgilari joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish-texnik baza xonasining mijozlar uchun qulay boʻlgan joyida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnik bazaning tegishliligi (kimning tasarrufidaligi), joylashgan joyi, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va eʼtirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini baholash uchun tekshirishdan oʻtish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari toʻgʻrisidagi hujjatni berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun qonunchilikka muvofiq taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtish uchun toʻlov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish xonasi elektr taʼminoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi taʼminoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjat talablariga muvofiq jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasining ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsion chiqish joylari mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Evakuatsion chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, oʻtish yoʻlagining kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishlab chiqarish-texnik bazaning yongʻindan himoyasi, yongʻinning oldini olish tizimi va yongʻin xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Transport vositalari egalarini (keyingi oʻrinlarda transport egalari deb ataladi) qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda boʻlishi kerak. Ushbu xonalarga kirish tegishli koʻrsatgichlar bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xonalarning oʻlchamlarini aniqlashda ularda ishlab chiqarish-texnik bazaning xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylarining hamda transport egalarining kutib turishi uchun joylar nazarda tutilishi kerak. Transport egalarining kutib turishi uchun joylar soni har bir texnik koʻrik liniyasiga beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqarish-texnik bazaning diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasining texnik holatini baholash dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi koʻrsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Transport vositalarining ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasiga kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik koʻrik liniyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 va N1 toifasidagi transport vositalarini tekshirish boʻyicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik koʻrik liniyalarida transport vositalarining texnik holatini baholash koʻrikdan oʻtkazish xandagʻidan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonasidagi koʻrikdan oʻtkazish xandaklari soni texnik koʻrikdan oʻtkazish liniyalari soniga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yoʻlning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan oʻtishi imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi xulosalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik koʻrik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qoʻllanadigan jihozlar, oʻlchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Transport vositalarining texnik holatini baholash boʻyicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilishning majburiyligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari boʻyicha amalda boʻlgan tavsiyalar koʻrsatilgan texnologik kartalar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishlab chiqarish-texnik bazada texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qoʻllanmalar (yoʻriqnomalar), avtomobil maʼlumotnomalari va boshqa zarur maʼlumotnomalar mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishlab chiqarish-texnik bazada birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot dori vositalari va anjomlari tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq jamlangan tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablarga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun texnik koʻrik liniyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻLChAMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik holati baholanadigan transport vositalarining toifalari
Texnologik postlar soni
1
2
3
Texnik koʻrik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas
1.
M1, M2, N1, O1
12
18
24
2.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1
18
30
42
3.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2
21
36
51
4.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3
24
42
60
5.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4
27
45
66
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsga tegishli transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami ______________________________________ boʻlgan
____________________________________________________________________ manzili
transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan manzil
boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositasining texnik holati tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotnoma berilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini DYHXX organlarida ularning texnik holatini tekshirmasdan rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari guruhini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi: 20____ yil “____”_______________
20____ yil “____”______________dan 20___ yil “___”____________gacha __________________
(yuridik shaxsning nomi)
_________________________________________ga qarashli transport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazildi
T/r
Transport vositasining turi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami
Markasi
Ishlab chiqarilgan yili
Agregatlar raqami
Texnik holati, nosoz transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olib qoʻyilganligi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinganligi toʻgʻrisidagi belgi
Izoh. Benzin, dizel yonilgʻisi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan neft gazida ishlaydi
dvigatel
kuzov
shassi (rama)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
......
Yuridik shaxs hisobidagi (balansidagi) transport vositalari sonini tasdiqlaymiz:
Roʻyxatda koʻrsatilgan transport vositalari YHX REO (MREO, REP) hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslangan
Korxona rahbari ___________________________
REO (MREO, REP) xodimi __________________
__________________________________________
_________________________________________
(imzo, F.I.O)
(lavozimi, DYHXX organi nomi, unvoni, F.I.O)
Bosh buxgalter (buxgalter yoki hisobni yurituvchi shaxs)______________________________________
m.oʻ.
______________________________________
______________________________________
(imzo, FIO)
m.oʻ.
Tashkilot hisobida hammasi boʻlib ___ avtomobil, ___ tirkama, yarim tirkama va ___ mototransport vositalari mavjud, ulardan ___ avtomobil, ___ tirkama, ___ yarim tirkama va ____ mototransport vositalari texnik koʻrikka qoʻyilgan.
___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama, yarim tirkama mukammal taʼmirlashdaligi va ___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama va yarim tirkama xizmat safaridaligi tufayli ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik koʻrikdan oʻtmadi.
Tekshirilgan avtomobillardan ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik jihatdan nosoz deb topildi.
Shu jumladan:
__ ta transport vositasining tormoz sistemasida;
__ ta transport vositasining rul boshqaruvida;
__ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi;
__ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi;
__ ta transport vositasining ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqchaligi aniqlandi.
Hisobdagi avtomobillardan ___ tasi benzin yonilgʻisi bilan, __ tasi dizel yonilgʻisi, ___ta suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gaz bilan ishlaydi.
Benzinda ishlaydigan tekshirilgan __ ta avtomobildan ___tasi, dizel yonilgʻisida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___si va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __dan __ tasi nosoz deb topildi.
Dalolatnoma nusxasini oldim: Yuridik shaxs rahbari ________________________________________________________
(F.I.O. imzo)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi 20 ____ yil “____” _______________
Texnik koʻrik ___________________________________________________________________________________________ (DYHXX organining nomi, ________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazildi mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O.)
1. Transport vositasining markasi, modeli _____
6. Shassi (rama) raqami _______________________
2. Turi ______________________________________
7. Dvigatel raqami __________________________
3. Rangi _____________________________________
8. Kuzov raqami ______________________________
4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________
9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (texnik pasport) seriyasi, raqami ______________
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami __________
_____________________________________________
10. Transport vositasi ______________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi, ___________________________________________________________________________ga qarashli yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)
11. Joylashgan joyi (turar joyi)___________________________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi talon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)