20.12.2024 yildagi PF-223-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni kompleks rivojlantirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish, biznes muhitini yanada yaxshilash, o‘sish nuqtalarini ishga solish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar mas’uliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va o‘zgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizimni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy o‘sish, ishsizlik hamda kambag‘allik darajasini pasaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar kengashlari tomonidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) mahalliy budjet parametrlari bilan birga belgilangan muddatlarda tasdiqlanadi. Bunda 2025-yil uchun dasturlar, istisno tariqasida, 2025-yil 1-fevralgacha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur asosida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 6-7 foiz miqdorda o‘sishini ta’minlashga qaratilgan hududning tabiiy geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi, mehnat resurslari hamda infratuzilmaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda sanoat, qishloq xo‘jaligi, eksport, investitsiyalar, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlar bo‘yicha kichik dasturlar ishlab chiqiladi va 2-ilovadagi yo‘nalishlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturida nazarda tutiladigan kichik dasturlarni ishlab chiqish uslubiyotini mahalliy hokimliklarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hududlarning tabiiy geografik joylashuvi, demografik ko‘rsatkichlari, xomashyo bazasi, ixtisoslashuvi, infratuzilmaviy imkoniyatlari, urbanizatsiya va aglomeratsiya jarayonlari, zaxiralari, yirik investitsiya loyihalari, resurslardan samarali foydalanishning asosiy yo‘nalishlari hamda tadbirkorlarning tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar) mahalliy budjetlarining xarajatlarini bosqichma-bosqich to‘liq o‘z daromadlari va ichki manbalar hisobidan qoplashga erishish maqsadida Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasining mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni to‘liq hajmda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar budjetlariga o‘tkazish (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar hamda daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)lar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablag‘larning (qonunchilikka muvofiq chegiriladigan xarajatlardan tashqari) 90 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetiga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet daromadlarining qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash va undirish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish maqsadida 2025-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng kam va eng yuqori qat’iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsiyentni yer solig‘i kabi zonalar kesimida qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash (qishloq xo‘jaligi, elektr stansiyalari, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to‘lovchilar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari bo‘yicha (sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning qat’iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolatlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini drayver loyihalarni amalga oshirish hamda yangi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish uchun ularni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashga yo‘naltirishga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklariga tadbirkorlik subyektlari uchun shart-sharoitlar yaratish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishida quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-martdan boshlab hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini (Toshkent shahri tumanlari va viloyat markazlari bundan mustasno) ikki yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o‘rinlari yaratish sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to‘lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to‘lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda mahalliy hokimliklarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish va sotish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganda, ushbu yer uchastkalarini davlat mulkidagi bo‘sh turgan yer sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda 3-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda har bir tuman va shaharda hududning iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan kamida 5 tadan drayver loyihalarning manzilli ro‘yxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dasturlar va drayver loyihalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun Davlat budjeti parametrlarida mablag‘lar alohida satrda aks ettiriladi hamda tuman (shahar) kengashlari qarorlari asosida ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yo‘nalishlarda ma’muriy vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarini mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas’ullarga rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman (shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘linmalari amaldagi shtat birliklari hisobiga hokimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot beradigan va loyihani boshlab, yakuniga yetkazadigan malakali xodimlardan iborat loyiha ofislari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofislarini tuzish va shtat birliklarini taqsimlash masalalari Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bir hafta muddatda xulosasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofislari tomonidan amaliyotga joriy etilgan loyihalar natijadorligidan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan loyiha ofislariga jalb qilingan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n barobarigacha miqdorda bir martalik rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining tegishli kompleksiga kiruvchi tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlarini har yili kvota doirasida tajriba almashish, zamonaviy ish uslublarini o‘rgatish maqsadida vazirlik (idora)larning markaziy apparatiga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora)larning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan salohiyatli kadrlari (bo‘lim boshlig‘i va undan yuqori lavozimlar)ni rotatsiya asosida mas’ul lavozimlarga vaqtinchalik o‘tkazish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu tartibni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar)lar hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida mahalliy hokimliklar faoliyatini 10 ta asosiy yo‘nalishlarda hisobdorligini oshirish bo‘yicha “samaradorlik.uz” elektron platformasida baholash amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-223-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy o‘sish, ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(foizda)

T/r

Hudud nomi

Yalpi ichki mahsulot/yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’ati

Ishsizlik darajasi

Kambag‘allik darajasi

O‘zbekiston Respublikasi

6,0

5,0

6,0

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

6,0

5,4

7,6

2.

Andijon viloyati

5,5

5,0

6,6

3.

Buxoro viloyati

6,1

4,7

5,4

4.

Jizzax viloyati

5,8

5,4

7,2

5.

Qashqadaryo viloyati

6,1

5,3

6,4

6.

Navoiy viloyati

6,1

2,5

3,4

7.

Namangan viloyati

6,4

4,7

5,3

8.

Samarqand viloyati

6,3

4,8

5,4

9.

Surxondaryo viloyati

6,1

5,6

4,9

10.

Sirdaryo viloyati

5,8

5,4

7,4

11.

Toshkent viloyati

6,8

5,1

4,5

12.

Farg‘ona viloyati

6,3

4,5

5,0

13.

Xorazm viloyati

6,0

4,9

5,9

14.

Toshkent shahri

8,1

4,2

4,4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida nazarda tutiladigan kichik dasturlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kichik dasturlar

Kichik dasturning asosiy mazmuni

Kichik dasturlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralar

1.

Hududiy sanoatni rivojlantirish kichik dasturi

Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini yiliga o‘rtacha 8 — 10 foizga va mehnat unumdorligini 5-6 foizga oshirish uchun hududning tabiiy xomashyo, mehnat resurslarini va “solishtirma ustunliklarini” inobatga olgan holda xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjirini tashkil qilish, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish orqali oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kichik dasturi

Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni uzluksiz oshirish, suv tejovchi hamda ilm-fan va seleksiya yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan samarali foydalanish, hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alla yer maydonlarida, shuningdek, ijaraga berilgan yer maydonlari va aholi tomorqalarida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli eksportbop mahsulotlarni innovatsion yechimlar asosida yetishtirishni tashkil etish.

Dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil etish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

3.

Qurilishni rivojlantirish kichik dasturi

Yangi bino, inshoot hamda shahar markazlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, amalga oshirish hamda qurilishda energiya tejamkor va yashil texnologiyalarga ustuvorlik berish, bosh reja va master rejalar asosida kompleks tarzda muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan ta’minlash hamda urbanizatsiya jarayonlarini inobatga olgan holda ko‘p qavatli uy-joylar qurish.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

4.

Xizmatlarni rivojlantirish kichik dasturi

Bozor xizmatlari hajmini o‘rtacha yillik 14-15 foizga, shu jumladan, IT xizmatlari hajmini kamida 15 — 20 foizga oshirish, bozorlarni zamonaviy shaklga keltirish, sayilgohlar, istirohat bog‘lari, sohil va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, transport va aloqa xizmatlarini yaxshilash, hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqib, tog‘li va tog‘oldi hududlarda rekreatsion turizmni rivojlantirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Transport vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

5.

Hududiy eksport va investitsiyalar hajmini oshirish kichik dasturi

Eksport hajmini yillik 15 — 20 foizga, shundan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksportini 25 foizga oshirish uchun hududlarda xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va hududning rivojlanishiga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tegishli vazirlik va idoralar

6.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kichik dasturi

Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay biznes infratuzilmasini yaratib, bo‘sh turgan bino-inshootlar va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini sotish, aholi va tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, faoliyatini to‘xtatgan hamda kam quvvatda ishlayotgan tadbirkorlik subyektlarini sog‘lomlashtirish, aholini biznesga jalb qilish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi,

tegishli vazirlik va idoralar

7.

Aholi bandligini va daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish kichik dasturi

Ishsizlik darajasini 5 foizgacha pasaytirish va kambag‘allik darajasini yiliga kamida 2-3 foizdan kamaytirib borish uchun aholini xorijiy tillarga, xalqaro tan olingan dasturlarga asosan yuqori daromadli kasblarga o‘qitish, ishsiz va kambag‘al aholining hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish, norasmiy band aholini qo‘llab-quvvatlash bilan ular faoliyatini legallashtirish.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

8.

Yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish kichik dasturi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ulushini har yili 5 — 10 foizga oshirishni ta’minlashda yangi quriladigan va mavjud bino-inshootlar hamda xonadonlarda energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslarini o‘rnatish, “yashil makon” va boshqa yashil loyihalar doirasidagi tadbirlarni sifatli amalga oshirish.

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

9.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi

2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasini oshirish, maktablarda zamonaviy ta’lim olish uchun sharoit yaratish va yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish uchun ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy obyektlarda keng joriy etish, sog‘liqni saqlash sohasida kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalari ishlab chiqiladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qo‘ng‘irot tumani

2.

Chimboy tumani

3.

Andijon viloyati

Asaka tumani

4.

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

5.

Jizzax viloyati

G‘allaorol tumani

6.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabog‘ tumani

7.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

8.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

9.

Samarqand viloyati

Bulung‘ur tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

11.

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

12.

Toshkent viloyati

Yangiyo‘l shahri

13.

Farg‘ona viloyati

Quva tumani

14.

Marg‘ilon shahri

15.

Xorazm viloyati

Shovot tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarlari tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bo‘limlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bo‘limlar nomi

1.

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi

2.

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi

3.

Tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi

4.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi

5.

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi

6.

Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi

7.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

8.

Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari bir vaqtning o‘zida tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari lavozimini egallagan hollarda ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Tuman (shahar)ni jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Tuman (shahar) jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish uslubiy yo‘riqnomasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Dastur loyihasini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalish va masalalarini mahalliy hokimlik rahbarlari va mas’ullariga tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etish.

2025-yil mart

3. Qabul qilingan respublika, tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirish dasturlari bilan uyg‘unlikda tuman (shahar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihasini keng jamoatchilik va biznes vakillari fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish.

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4. Tuman (shahar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihasini Xalq deputatlari tuman va shaharlar mahalliy kengashlariga mahalliy budjet parametrlari bilan birga tasdiqlash uchun kiritish.

belgilangan muddatda

2.

Davlat ko‘chmas mulk obyektlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

1. Tuman (shahar)dagi davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufidagi bo‘sh turgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, ko‘p qavatli turarjoylarning foydalanilmayotgan yerto‘la qismi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida belgilangan tartibda obyekt va yerlarni tadbirkorlarga ijaraga berish yoki mulk huquqi asosida sotish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har chorakda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

3.

106 ta tuman va shaharda 136 ta master reja ishlab chiqishni yakunlash va tasdiqlash.

Bunda:

38 ta urbanizatsiya yo‘nalishidagi master reja;

20 ta turizm maskanlarini tashkil qilishga qaratilgan master reja;

10 ta kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master reja;

68 ta yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan master rejani ishlab chiqish.

1. Master rejalarni tasdiqlangan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan texnik topshiriqlarga muvofiq tayyorlash.

2025-yil fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

2. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachiligida ishlab chiqilgan master reja loyihalarini Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tomonidan ma’qullangandan so‘ng ko‘rib chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2025-yil mart

3. Tasdiqlangan master rejalarga muvofiq, master-rejalar hududidagi bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga va “K-savdo” platformalariga chiqarish.

2025-yil davomida

4. Master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni doimiy monitoring qilib borish.

doimiy

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashkiliy tuzilmasidagi Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofislari) faoliyatini takomillashtirish

1. Loyiha ofislari rahbarlari va xodimlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishga qabul qilish va lavozimidan ozod etish, rag‘batlantirish va jazo choralarini ko‘rib borish.

2. Loyiha ofislariga master rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachilik vazifasini bajarishga ruxsat berish.

3. Loyiha ofislariga tasdiqlangan master rejalarga muvofiq master reja hududlaridagi bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish maqsadida “Yerelektron” AATga yer tanlash materiallarini kiritish va vakolatli organlarga kelishish uchun yuborish vakolatini berish.

4. Har chorakda bir marta Loyiha ofislari rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirib borish.

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kadastr agentligi

5.

Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda iqtisodiy faollik holatini real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash imkonini beruvchi “Raqamli ofis” axborot tizimini ishga tushirish.

1. “Raqamli ofis” axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2025-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga mahalla hududida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan interaktiv davlat xizmatlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish.

2025-yil fevral

3. “Raqamli ofis” axborot tizimini yaratish va ishga tushirish choralarini ko‘rish.

2025-yil may

6.

Hududlarda shakllangan yangi avlod tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash.

1. Har bir tuman (shahar)larda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha takliflari ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Har bir tuman (shahar)larda kamida 5 tadan startap va innovatsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

2025-yil mart

3. O‘sish va rivojlanish salohiyatiga ega tadbirkorlik subyektlari loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

doimiy

7.

Kichik biznes subyektlari loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

1. O‘sish va rivojlanish salohiyatiga ega kichik biznes subyektlarining istiqbolli loyihalari ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

tijorat banklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. “Biznesga birinchi qadam”, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida istiqbolli loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

3. Har chorakda moliyalashtirilgan loyihalar monitoringini yuritish.

4. Mentorlar ko‘magida har bir hududda kamida 10 tadan yangi biznes loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish.

doimiy

8.

Ijtimoiy sohalar, shu jumladan, maktab va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat obyektlari hamda istirohat bog‘larini rivojlantirishda xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.

1. Tuman (shahar)lardagi obyektlar va yer maydonlari negizida xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lgan birlamchi loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

tarmoq vazirlik va idoralari

2. Sohalarda belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli ko‘rsatkichlar hamda loyihalarni iqtisodiy asoslantirilganligidan kelib chiqib, loyihalarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

3. Loyihalarni xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish yuzasidan takliflarni shakllantirish va loyiha konsepsiyalari bilan birgalikda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritish.

2025-yil fevral

9.

Tashabbuskor hokimliklar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu hududlarga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini keng jalb qilish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

10.

Urbanizatsiya — 2040” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

45 ta mintaqaviy, mahalliy va shahar aglomeratsiya hududlarini belgilash, tabiiy ravishda tez o‘suvchi rivojlanish nuqtalarini aniqlash, shahar aholi punktlarining vertikal o‘sishini ta’minlash va hududlarning institutsional asosini mustahkamlashni nazarda tutuvchi “Urbanizatsiya — 2040” konsepsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Sanoatni solishtirma ustunlikka ega bo‘lgan sohalarida yuqori va o‘rta texnologiyali mahsulotlarga bo‘lgan talab va hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Jahon savdo tashkiloti qoidalariga to‘liq mos keluvchi sanoat siyosati konsepsiyasi asosida rivojlantirish.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda 2030-yilgacha respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasining “Sanoat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hokim

Yordamchi

1

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i

Hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Hokimning o‘rinbosari — viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i

Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i*

Hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari

Hokimning o‘rinbosari — Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshlig‘i**

Hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi

Hokimning sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari va kotibiyati**

2

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2-3

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 0-1;

Energiya menedjeri 1

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 5

Kotibiyat

Mudir 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

1-2

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 5

Kotibiyat

Mudir 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

1 — 3

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 4

Kotibiyat

Mudir 1.

1

Kotibiyat

Mudir 1.

1

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2-3

Tashkiliy — kadrlar guruhi

4-5

Hokimning madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi ********

1

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 1.

1-2

Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi

Rahbar 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

3-4

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha sho‘basi *******

Bosh mutaxassis 1.

1

Hokimning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi *****

1

Hokimning raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi ****

1

Hokimning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samara- dorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

1

Hokimning harbiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi***

1

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi

Rahbar 1.

1

Protokol bo‘lim ******

Bosh mutaxassis 1.

1

Ilm-fan va innovatsiyalar sho‘basi **********

Mudir 1.

1

Ichki audit xizmati

Bosh mutaxassis 1.

1

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1 — 3

Hokimning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

1-2

Bolalarni himoya qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

0-1

Yer uchastkalarini olish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 0-1;

0 — 2

Yuridik xizmat

Rahbar 1;

Yuriskonsult 1.

2

Ijro intizomi nazorati bo‘limi

Boshliq 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi

mutaxassis 0-1.

2-3

Axborot — tahlil guruhi

Rahbar 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1-toifali mutaxassis 0-1.

3 — 5

Umumiy bo‘lim

(Devonxona)

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1 — 3

Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

0 — 4

Ishlar boshqarmasi

Rahbar 1;

Bosh hisobchi 1;

Bosh mutaxassis 0-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

2 — 4

Maxsus bo‘lim ******

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 0-1.

2

Hokimning jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi *****

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 61 — 70 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami boshqaruv xodimlari soni — 763 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklarining budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida hokimning “birinchi” o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi, Samarqand viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Surxondaryo va Andijon viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlarida tasdiqlangan shtat birligi doirasida, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi va jamoatchilik asosida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***** Qashqadaryo viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
****** Toshkent viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
******* Xorazm viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
******** Namangan viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
********* Navoiy viloyatiga tegishli” .
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 06/24/223/1043-son)