2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 652-son qaroriga
ILOVA
QOIDALARI
flikerlar — miltillash, elektr tarmogʻida yuklamaning tez yoki tez-tez oʻzgarishi yoxud boshqa sabablarga koʻra kuchlanishning tebranishi natijasida yuzaga keladigan holat. Bu holat yorugʻlikning miltillashiga olib keladi yoki sezgir uskunalarning ishlashiga taʼsir qiladi;
2-bob. Elektr taʼminoti ishonchliligi koʻrsatkichlari
Baholash hujjatlari va umumlashtirilgan hisobotda Taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi va boshqa faktlar koʻrsatib oʻtilishi kerak.
|
SAIFI |
= |
∑ni = 1Ni |
|
Nf |
|
SAIDI |
= |
∑ni = 1(Ni × ti) |
|
Nf |
Nf — taqsimlash tizimidagi jami Foydalanuvchilar soni.
|
CAIDI |
= |
SAIDI |
|
SAIFI |
|
MAIFI |
= |
Di |
|
Nf |
Taqsimlash tizimi operatorining xizmat koʻrsatish hududida favqulodda holat eʼlon qilingandagi yoki shunday holat eʼlon qilinishiga olib keladigan fors-major holatlari natijasida yuzaga kelgan uzilishlar;
Kunlik SAIDI indeksi muhim hodisa kunidan oshib ketgan kunlar taqsimlash tizimi odatdagidan (kutilganidan) koʻproq yuklamalar bilan ishlaydigan kunlar hisoblanadi.
elektr energetika tizimida Energetika vazirligi yoki Energetika bozori regulatori tomonidan eʼlon qilingan fors-major holatlarning alohida vaziyatlari;
41. Texnik boʻlmagan (iqtisodiy) yoʻqotishlar oʻgʻirlik, elektr energiyasi hisoblagichlari koʻrsatkichlarini yozib olishdagi xatoliklar, elektr energiyasi hisoblagichlarini ulash sxemasi oʻzgartirish, elektr energiyasi hisoblagichlariga tashqi aralashuv (taʼsir), shuningdek, elektr energetika tizimining jismoniy xususiyatlari va funksiyalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa yoʻqotishlar natijasida yoʻqotilgan elektr energiyasining yigʻindisini anglatadi.
Bunda Energetika vazirligi mazkur texnik yoʻqotish meʼyorlarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilganligini hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol balansiga muvofiqligini tekshiradi.
Energetika vazirligi Taqsimlash tizimi operatori buyurtmasi asosida, taqsimlash tizimining strukturasi va yuklanganlik darajasidan kelib chiqib uning oʻz ehtiyoji uchun sarflanishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi miqdorini belgilaydi.
50. Foydalanuvchilarga belgilangan maqsadli darajadan past boʻlgan quvvat koeffitsiyenti uchun, shuningdek, maqsadli darajadan oshib ketgan quvvat koeffitsiyenti uchun belgilangan tartibda choralar qoʻllanadi.
4-bob. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish talablari va meʼyorlari
53. Isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishda kafolatlangan talablar koʻrsatkichlariga rioya etilmaganligi yoki ularning belgilangan maqsadli qiymatlariga erishilmaganligi uchun Taqsimlash tizimi operatori yoki taʼminotchilarga jarimalar qoʻllaniladigan talablardir. Bunday talablarni buzilishi natijasida jabrlangan isteʼmolchining zarari Taqsimlash tizimi operatorlari yoki Taʼminotchilar tomonidan qoplab beriladi.
Taqsimlash tizimi operatori va Taʼminotchilar ushbu maqsadli koʻrsatkichlarni Energetika vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
taqsimlash tizimiga ulanish barcha Foydalanuvchilar uchun adolatli boʻlishi va kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
72. Foydalanuvchi oʻz tizimini taqsimlash tizimida garmonik buzilishlar va flikerlar intensivligining belgilangan chegaralardan oshib ketishiga olib kelmasligini taʼminlash uchun javobgardir.
80. Taqsimlash tizimi operatori Foydalanuvchilarni taqsimlash tizimining ulanish nuqtasida qisqa tutashuv tokining loyihaviy va haqiqiy qiymatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
83. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi monitoring qilish va boshqaruv rejimini kelishib oladilar.
3-bob. Ulanish va mavjud ulanishni oʻzgartirish tartibi
86. Foydalanuvchilarga texnik shartlar berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari yoki “ELEKTR” dasturiy taʼminoti orqali amalga oshiriladi.
elektr energiyasini hisobga olishga qoʻyiladigan talablar;
isteʼmolchining elektr tarmogʻiga ulangan subisteʼmolchilarning roʻyxati, ularning yuklamalari va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha asosiy dastlabki maʼlumotlar;
loyihaning ulanishdan keyingi rejalashtirish maʼlumotlari — prognozlarning yangilangan, kelajak uchun hisob-kitoblari va maʼlumotlari.
98. Taqsimlash tizimi operatori tomonidan taklif etilayotgan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish boʻyicha kelishuvga erishilmasa, tomonlardan biri ushbu masalani koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga yuborishi mumkin.
himoya tizimini (rele himoyasi va avariyaga qarshi avtomatika) belgilash va muvofiqlashtirish;
Ulanishga muayyan shartlar yoki maxsus talablar asosida ruxsat berilsa, Tizim operatori obyekt ishga tushirish vaqtida ushbu shartlar va talablarning bajarilishini tekshirishga haqli.
ulanishi koʻrib chiqilayotgan kichik yoki oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullarning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, oʻrta kuchlanishli fider ulangan podstansiyaga ulangan boshqa generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati podstansiyadagi transformatorning oʻrtacha minimal yuklamasidan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻrtacha minimal yuklama avvalgi yillar davomida qayd etilgan kunlik minimal yuklamalarning oʻrtacha arifmetik qiymati boʻlib, bunday minimal yuklama uchun belgilangan qiymatlar qayd etilmagan boʻlmasa, uning qiymati transformator maksimal quvvatining 25 foizi miqdorida qabul qilinadi.
buyurtma qilingan kichik quvvatli generatsiyalovchi modulning umumiy oʻrnatilgan quvvati, shuningdek, podstansiyaning bitta shinasiga ulangan barcha generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati transformatorning maksimal quvvatining uchdan bir qismidan oshmasligi;
past kuchlanishli fiderga ulangan mikro generatsiyalovchi modullarning umumiy quvvati past kuchlanishli fiderning ruxsat etilgan yuklamasidan oshmasligi.
tavsiya etilgan texnik xizmat koʻrsatish dasturini;
111. Foydalanuvchi Taqsimlash tizimi operatoriga texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomani hamda sinov natijalari va ekspluatatsiyaga kiritishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyurtmani taqdim etadi.
4-bob. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun ulanish shartlari
115. Ulanish nuqtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan maksimal qisqa tutashuv tokini oʻchirish imkoniyatiga ega avtomatik oʻchirgich ulanish nuqtasida oʻrnatilishi shart.
pogʻonaviy oʻzgarishlaridan tashqari tasodifiy tebranishlar uchun kuchlanish tebranishlari chegarasi 3 foizni tashkil etadi.
Bunda chastotaning bir lahzada 48,0 Nz dan pasayishida oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modullar kamida 5 soniya davomida tarmoqqa ulangan holatda qolishi sharti bajarilishi talab etiladi.
51,5 < f < 52,0 Nz — 5 daqiqa davomida tarmoqda qolishi;
5-§. Aktiv va reaktiv quvvatni boshqarishga talablar
|
∆P |
= |
45 • Pm • |
( |
51.0 – fn |
) |
|
50 |
Aktiv quvvatni kamaytirish oʻrta quvvatli generatsiyalovchi modulning ishlab chiqaruvchi zavodi tomonidan belgilangan texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng yuqori gradiyent bilan amalga oshiriladi.
133. Oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modul operatori Taqsimlash tizimi operatori bilan ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida boshqa koʻrsatkichlarni kelishmagan boʻlsa, ulanish nuqtasida quvvat koeffitsiyenti induktiv xarakterda 0,95 hamda sigʻim xarakterda 0,95 gacha saqlab turish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining operatori va (yoki) uning “tayyor holda topshirish” tamoyili asosida ishlarni bajaruvchi pudratchisi (YERS-pudratchi) tomonidan oʻrta va kichik quvvatli generatsiyalovchi modullar toʻplamining oʻrnatilgan himoya tizimi va uning sozlamalari muvofiqligini koʻrsatib beruvchi hujjat.
1,1 Unom < U < 1,2 Unom 1 soniya;
139. Generatsiyalovchi modullar operatorlari ularning generatsiyalovchi modullari ish jarayonida yoki tarmoqqa ulangan holda turganligidan qatʼiy nazar taqsimlash tizimida ekspluatatsiyaning barcha sharoitlarida (bir fazali taʼminot, nosozliklar, qisqa tutashuvlar, noodatiy kuchlanish va chastotalar, chaqmoq va kommutatsiya impulslari kuzatilganda) oʻz obyektini tegishli himoyasini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
maksimal kuchlanish farqi — ∆U = 10%;
143. Generatsiyalovchi modullar operatorlari Taqsimlash tizimi operatoriga koʻrib chiqish va kelishish uchun taklif etilayotgan saqlagichlar turi va (yoki) relelarning sozlamalarini taqdim etishi kerak.
Ajratish qurilmasi blokirovka qiluvchi kontakt holatining vizual koʻrsatkichiga ega boʻlishi hamda har doim Taqsimlash tizimi operatori xodimlari uchun foydalanishga qulay boʻlishi taʼminlanadi.
147. Taqsimlash tizimi operatori oʻz tizimi uchun transformatorni ulash va yerga ulash tartibini belgilaydi va barchani ushbu tartib bilan xabardor qiladi.
151. Aloqa, masofadan monitoring qilish va boshqarish tizimlariga talablar texnik shartda koʻrsatilishi lozim.
155. Oʻrta kuchlanishli tarmoqqa ulanish uchun ulanish nuqtasining joylashuvi Foydalanuvchi tomonidagi hisobga olish uskunasining klemmasida boʻlishi shart.
Foydalanuvchining soʻroviga binoan Taqsimlash tizimi operatori uning himoya tizimini loyihalashi uchun zarur boʻlgan ulanish nuqtasidagi himoya tizimining texnik maʼlumotlarini taqdim etadi.
ishlash pogʻonalari — kamida ikki pogʻonali ishlash rejimi;
ishonchlilik — yuklamaning har qanday maʼlum nuqtaga tushishida oʻchirishning imkonsizligi funksiyaning (sxemaning) umumiy ishiga zarar yetkazmasligi kerak. Funksiyaning umumiy ishonchliligi kamida 96 foiz boʻlishi kerak;
165. Aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatlar ulanish nuqtasini toʻgʻri aks ettirishi va quyidagilarni koʻrsatishi shart:
texnik xizmat koʻrsatish talablari va texnik xizmat koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan tomonni;
169. Taqsimlash tizimi operatori ulanish nuqtasi uchun aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatni ulanish sanasidan kamida ikki hafta oldin tayyorlaydi.
174. Foydalanuvchi aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatga oʻzgartirishlar kiritish kerakligini aniqlasa, u Taqsimlash tizimi operatorini xabardor qiladi.
Taqsimlash tizimi operatori yoki Foydalanuvchi aktivlarni belgilash toʻgʻrisidagi hujjatga kiritilishi lozim boʻlgan oʻzgarishlarni muhokama qilish va oʻzgarish vaqtinchalik yoki doimiy xarakterga ega ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida muhokama oʻtkazishi mumkin.
180. Elektr sxemalari sxemani biriktiruvchi va joylashuv nuqtalari, uskunalarning nomlanishi hamda texnik tavsiflari, shuningdek, ulanish nuqtasidagi tegishli uskuna va qurilmalar haqida aniq maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.
185. Oʻzgartirish mavjud uskunani almashtirishni nazarda tutsa, qayta koʻrib chiqilgan elektr sxemasi mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida koʻrsatilgan jadvalga muvofiq boshqa tomonga taqdim etilishi shart.
192. Ulanish nuqtasi chizmasida uskunaning joylashishi, umumiy himoya tizimini, shuningdek, boshqaruv va yordamchi qurilmalar koʻrsatib beriladi.
198. Taqsimlash tizimi operatori va Foydalanuvchi bularni yozma ravishda amalga oshirishga kelishsa, ulanish yoki mavjud ulanishni oʻzgartirish shartnomasida belgilangan jadvalga muvofiq kelishilgan oʻzgarishlarni aks ettirish uchun ulanish nuqtasi chizmalarining tegishli nusxalariga oʻzgartirishlar kiritadi.
roʻyxatga olingan rejalashtirish maʼlumotlari;
208. Uskunaning hisoblangan maʼlumotlari ulanishdan keyingi rejalashtirish maʼlumotlari sifatida qabul qilinganidan soʻng, tekshirilishi, yangilanishi va ulanish vaqtida tasdiqlangan haqiqiy parametr qiymatlari va uskuna maʼlumotlari bilan almashtirilishi kerak.
taqsimlash tizimidagi elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlari, yoʻqotishlar va tizimning ishonchliligi bilan bogʻliq muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish.
Ushbu maʼlumotlar bevosita taqsimlash tizimiga ulangan yoki unga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zanjirlar, kommutatsiya qurilmalari ularning va himoya tizimlari parametrlaridan tashkil topadi.
217. Rejalashtirish maʼlumotlaridagi har qanday oʻzgarishlar Foydalanuvchi tomonidan bir ish kuni ichida Taqsimlash tizimi operatorini ushbu oʻzgarish haqida xabardor qilinishi shart. Xabarnomada oʻzgartirish amalga oshiriladigan yoki vaziyatdan kelib chiqib oʻzgartirilishi kutilayotgan vaqt va sana koʻrsatiladi.
Taqsimlash tizimiga taʼsirni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida Foydalanuvchini xabardor qilish shart.
taqsimlash tizimini mustahkamlash boʻyicha boshqa rejalar;
1-ILOVA
|
Isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar |
Samaradorlik koʻrsatkichlari |
|
1. Xarajatlar smetasini hisobga olgan holda buyurtma (ariza)larni koʻrib chiqish. |
Hujjatlar toʻliq taqdim etilganidan keyin ____ kun ichida. |
|
2. Ulanish. |
Vakolatli tomonlar va Taqsimlash tizimi operatorining barcha talablari bajarilgandan keyin ____ kun ichida. |
|
3. Ikkilamchi tomonda elektr taʼminoti uzilishidan keyin xizmat koʻrsatishni tiklash, shu jumladan xizmat koʻrsatishning toʻxtatilishi / ikki tomonlama oʻchishi (uzilish) |
100% tiklanishgacha boʻlgan soatlar soni. |
|
4. Elektr energiyasi sifati boʻyicha shikoyatlar. |
a) shikoyatni olgandan keyin ____ ish kuni ichida joyiga chiqish yoki ____ kun ichida asosli javob berish; |
|
b) ____ oy ichida elektr energiyasi sifati boʻyicha muammolarni bartaraf etish. |
|
|
5. Isteʼmolchilarni elektr taʼminotidan uzilishlar jadvali haqida xabardor qilish. |
Rejalashtirilgan uzilishlardan ____ kun oldin xabarnoma berish (xabardor qilish). |
|
6. Favqulodda qoʻngʻiroqlarga javob berish. |
Qoʻngʻiroqdan keyin ____ soat ichida. |
|
7. Hisob-kitoblarga oid savollar va shikoyatlar. |
a) savollarga ____ soat ichida javob berish; |
|
b) Hisob-kitoblardagi xatolarni ____ soat (yoki kun) ichida tuzatish. |
|
|
8. Toʻlovlar boʻyicha savollar va shikoyatlar. |
a) ____ soat ichida savollarga javob berish; |
|
b) ____ soat (yoki kun) ichida toʻlovlardagi xatolarni tuzatish. |
|
|
9. Hisoblagichlarning ishlashi yuzasidan shikoyatlar. |
a) shikoyatni olgandan keyin 3 ish kuni ichida joyiga chiqish yoki 10 kun ichida asosli javob berish; |
|
b) ____ hafta ichida hisoblagichlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish. |
|
|
10. Elektr taʼminotini tiklash. |
Belgilangan toʻlov muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilgan, qarz toʻliq toʻlanganidan keyin soat ichida. |
|
11. Isteʼmolchilarni qabul qilish vaqtini belgilash va qabul qilish. |
a) isteʼmolchini qabul qilishning aniq vaqti belgilanadi; |
|
b) belgilangan vaqtda isteʼmolchini qabul qilish. |
|
|
12. Foydalanuvchilarning murojaatlariga javob berish |
____ ish kuni ichida. |
2-ILOVA
|
Isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar |
Samaradorlik koʻrsatkichlari |
|
1. Elektr energiyasini sotish va hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. |
Elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgandan keyin ____ kun ichida. |
|
2. Hisob-kitoblarga oid savollar va shikoyatlar. |
a) ____ soat ichida savollarga javob berish; |
|
b) hisob-kitoblardagi xatolarni ____ soat (yoki kun) ichida tuzatish. |
|
|
3. Toʻlovlar boʻyicha savollar va shikoyatlar. |
a) ____ soat ichida savollarga javob berish; |
|
b) ____ soat (yoki kun) ichida toʻlov tizimidagi xatolarni tuzatish. |
|
|
4. Hisoblagichlarning ishlashi yuzasidan shikoyatlar. |
a) shikoyatni olgandan keyin ____ ish kuni ichida joyiga chiqish yoki ____ kun ichida asosli javob berish; |
|
b) ____ hafta ichida hisoblagichlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish. |
|
|
5. Elektr taʼminotini tiklash. |
Belgilangan toʻlov muddati tugagunga qadar toʻlov amalga oshirilgan, qarz toʻliq toʻlanganidan keyin ____ soat ichida qayta ulanish. |
|
6. Isteʼmolchilarni qabul qilish vaqtini belgilash va qabul qilish. |
a) isteʼmolchini qabul qilishning aniq vaqti belgilanadi; |
|
b) belgilangan vaqtda isteʼmolchini qabul qilish. |
|
|
7. Isteʼmolchilarning murojaatlariga javob berish. |
____ ish kuni ichida. |
3-ILOVA

4-ILOVA
|
Himoya uskunasi |
Qurilma |
Generatsiyalovchi modul quvvati |
|
|
<20 kVt |
>20 kVt |
||
|
Asinxron generatorlar uchun |
|||
|
Kuchlanish pasayishi relesi |
27 |
+ |
+ |
|
Kuchlanishni boshqarish relesi |
27 Gen |
+ |
+ |
|
Oʻta kuchlanish relesi |
59 |
+ |
|
|
Chastota relesi |
81/O — 81/U |
+ |
|
|
Seksiyalanishdan (ixotalanishdan) himoya relesi (faza siljishi yoki RoCoF) |
+ |
+ |
|
|
Sinxron generatorlar uchun |
|||
|
Sinxronizatsiyani boshqarish relesi |
25 |
+ |
+ |
|
Kuchlanish pasayishi relesi |
27 |
+ |
+ |
|
Maksimal tok relesi |
51B |
+ |
|
|
Oʻta kuchlanish relesi |
59 |
+ |
|
|
Chastota relesi |
81/O — 81/U |
+ |
|
|
Invertorlar uchun |
|||
|
Kuchlanish pasayishi relesi |
27 |
+ |
+ |
|
Oʻta kuchlanish relesi |
59 |
+ |
+ |
|
Chastota relesi |
81/O — 81/U |
+ |
+ |
|
Seksiyalanishdan (ixotalanishdan) himoya relesi (faza siljishi yoki RoCoF) |
+ |
+ |
|