1-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Dasturni amalga oshirishida tashkiliy va birinchi darajali chora-tadbirlar | ||||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining har biriga 5 tadan eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalarni biriktirish. | 1. Tuman (shahar), mahalla kesimida rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari biriktiriladigan kambagʻal oilalar roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil 1-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Kambagʻal oilalarning kambagʻallikka tushish sabablaridan kelib chiqib, rahbarlar va ularning oʻrinbosarlarini 5 tadan oilaga biriktirish. | Bir hafta muddatda | |||
3. Mazkur rahbarlarga 6 oydan soʻng yana 5 tadan oilani biriktirish. | Har 6 oyda | |||
2. | Eng ogʻir ahvoldagi mahallalarga respublika darajasidagi davlat idoralari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini biriktirish. | 1. Kam taʼminlangan oilalarning ulushi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda infratuzilma bilan taʼminlanish darajasi past boʻlgan eng ogʻir ahvoldagi 1000 ta mahallalar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. | 2024-yil 5-oktabr | Vazirlar Mahkamasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev) |
2. Eng ogʻir ahvoldagi mahallalarga biriktiriladigan respublika darajasidagi rahbarlar va ularning oʻrinbosarlar roʻyxatini shakllantirish va ularga mahallalarni biriktirish. | Bir hafta muddatda | |||
3. | Kambagʻallikdan chiqqan oilalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish, ularning ijtimoiylashuviga, bandligiga, shuningdek, moliyaviy mustaqilligiga koʻmaklashishga oʻz hissasini qoʻshgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish. | 1. Kambagʻal oilalarning ijtimoiylashuviga, bandligiga, shuningdek, moliyaviy mustaqilligiga koʻmaklashishga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat va boshqa mukofotlar bilan taqdirlash, ular orasida “Inson uchun” koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | Bir oy muddatda | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradio-kompaniyasi (A. Joʻraboyev) |
2. Kambagʻallikdan chiqqan oilalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish, ular toʻgʻrisida filmlar ishlab chiqish, davriy nashrlar va boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish, koʻrsatuvlar, radioeshittirishlarni tashkil etish. | Doimiy | |||
3. Davlat buyurtmasi boʻyicha yaratiladigan kinofilmlarda kambagʻal oilani mehnat orqali kambagʻallikdan chiqarish, ularga davlat tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy yordam va imtiyozlarni aks ettirish. | Doimiy | |||
4. | “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida nazarda tutilgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan barcha darajadagi idoralar va tashkilotlarning, shuningdek, kambagʻal oilalarga va mahallalarga biriktirilgan rahbarlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash. | 1. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda indikatorlarni ishlab chiqish. 2. Ushbu indikatorlar asosida mahallalarga va kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbarlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqib tasdiqlash uchun “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | Bir oy muddatda | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev) |
II. Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish, yer maydonlarini kambagʻal oilalarga ijaraga berish, tadbirkorlikka jalb qilish | ||||
5. | 2024-yil yakuniga qadar 500 ming, 2025-yil davomida 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish choralarini koʻrish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. 2024-2025-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarni “viloyat — tuman (shahar) — mahalla” darajasida belgilash. 2. Mavjud iqtisodiy instrumentlar asosida aholi bandligini taʼminlash, yoshlarning taʼlim olishi va kasb-hunar oʻrganishi, aholining tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish choralarini koʻrish. 3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik maʼlumotlarni Prezident Administratsiyasiga kiritib borish. | 2024-2025-yillar davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
6. | Kambagʻal oilalarga koʻmak choralarini ijtimoiy shartnoma asosida koʻrsatish tartibini joriy etish. | 1. Ijtimoiy shartnoma tizimini joriy qilish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. 2. Davlat tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni tahlil qilish. 3. Ijtimoiy shartnomani amaliyotga joriy etish tartibini tasdiqlash uchun “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. 4. Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan bandlikni talab qilgan holda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
7. | 2024-2025-yillarda 100 mingta kambagʻal oilaga paxta-gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga “kompaniya — kooperativ — dehqon xoʻjaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil etish uchun 50 ming gektar yer maydonlarini 30 yilgacha ijaraga berish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: | 2024-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2024-2025-yillarda tuman hokimliklari zaxirasidagi 50 ming gektar yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyish; yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolarini “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan kambagʻal oilalar oʻrtasida oʻtkazish; yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etish; garov pulini bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilash. | 2024-2025-yillar davomida | |||
8. | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot (ish beruvchi) tomonidan zaxiralangan ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (ish.mehnat.uz) real vaqt rejimida yangilab boriladigan platformani ishga tushirish. Bunda, hokim yordamchisi tomonidan zaxiralangan ish oʻrinlariga kambagʻal oila aʼzolarini toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchiga yuborish tizimini joriy etish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: 1. Tashkilot (ish beruvchi) tomonidan zaxiralangan ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilab boriladigan platformani ishga tushirish; 2. Ish beruvchilar oʻrtasida oʻzlarida mavjud kvotalangan ish oʻrinlarini platformaga kiritish, kambagʻal oilalar aʼzolariga kvotalangan ish oʻrinlarini taklif etish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish; 3. Hokim yordamchisi tomonidan zaxiralangan ish oʻrinlariga kambagʻal oila aʼzolarini toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchiga yuborish tizimini joriy etish. | 2025-yil iyul | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
9. | Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga qabul qilingan kambagʻal oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliqni uch yil davomida 1 foiz stavkada belgilash. | 1. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga qabul qilingan kambagʻal oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlash boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
III. Taʼlim olish va kasb-hunarga oʻrganish imkoniyatini yaratish, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni oshirish, xorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaxassislikka oʻqitish, oliy maʼlumot olishga koʻmaklashish | ||||
10. | Kambagʻal oilalarning farzandlarini maktabdan tashqari taʼlim va sport toʻgaraklariga qamrab olish darajasini oshirish. | 1. Respublika boʻyicha har bir umumtaʼlim maktabida mavjud boʻsh bino-inshoot va yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2024-yil 1-noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining boʻsh turgan yer va bino-inshootlarida xorijiy tillar, kasbga oʻqitish va axborot texnologiyalari va dasturlashtirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish yuzasidan dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Ikki oy muddatda | |||
3. Har bir umumtaʼlim maktabida, “Barkamol avlod” maktablarida, shu jumladan xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabdan tashqari taʼlim va sport toʻgaraklarini tashkil etish. | 2024-yil 31-dekabr | |||
4. Xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilishini moliyaviy ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Ikki oy muddatda | |||
11. | 2025-yil yakuniga qadar respublikadagi 3 — 7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish. | 1. Mahallalar kesimida 3 — 7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi darajasini oʻrganib chiqish. | 2024-yil 1-oktabr | Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. 2025-yil yakuniga qadar 3 — 7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish dasturini ishlab chiqish va bunda quyidagilarni nazarda tutish: aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish; oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini faqatgina olis va chekka mahallalarda tashkil etish; aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) va demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish; ijtimoiy soha muassasalarining boʻsh binolarida qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish. | 2024-yil 1-noyabr | |||
3. 2025-2026-yillarda maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini oshirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritish. | 2024-yil 15-noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova) | ||
12. | Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilishni ragʻbatlantirish. | 1. Davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini (oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tashkil etish va faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan tadbirkorlarni moliyaviy ragʻbatlantirishning (past foizli kredit ajratish) yangi mexanizmini ishlab chiqish. 2. Ragʻbatlantirishning yangi mexanizmi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova) |
13. | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash. | 1. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarining yashash xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-iyun | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan qaror loyihasini kelishish. | 2025-yil 15-iyun | |||
3. Qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 20-iyun | |||
14. | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun alohida grantlar ajratish choralarini koʻrish. | 1. Jamgʻarmaning har yilgi kvotalarini ishlab chiqishda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun alohida grantlar ajratish boʻyicha parametrlarni shakllantirish. 2. Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun alohida grantlarni tasdiqlash hamda talabgorlarni saralab olish choralarini koʻrish. | Har yili Jamgʻarma stipendiyalarini eʼlon qilish muddatidan kelib chiqib | Vazirlar Mahkamasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
15. | Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti boʻyicha qabul kvotasini bosqichma-bosqich oshirib borish orqali Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari taʼlim olishlari uchun imkoniyatni kengaytirish choralarini koʻrish. | Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari taʼlim olishlari uchun imkoniyatni kengaytirish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqish, bunda: a) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida oʻzlashtirish koʻrsatkichi: 80 foizidan yuqori boʻlgan talabalarga keyingi oʻquv yili uchun davlat grantini taqdim etish; 70 foizidan yuqori boʻlgan talabalarga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratish; b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab davlat grantiga qabul qilish uchun zarur boʻlgan ballning 90 foizini toʻplagan talabalarga davlat grantini berish. Bunda tegishli yoʻnalish boʻyicha ajratilgan davlat granti kvotasining 10 foizgacha boʻlgan qismi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yoʻnaltirish; v) moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan har yili kamida 1 mlrd soʻmgacha miqdoridagi taʼlim grantlari ajratish amaliyotini joriy etishni koʻzda tutish. | 2024-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
IV. Kambagʻal oilalar aʼzolarining kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirishiga koʻmaklashish | ||||
16. | Kambagʻal oilalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ularning oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Kambagʻal oilalarning har bir aʼzosini yilda bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazish grafigini ishlab chiqish va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. 2. Kambagʻal oilalarning oʻz sogʻligʻi uchun ijtimoiy masʼuliyatini oshirish (kundalik turmush tarzi va isteʼmolda zararli odatlardan voz kechish) boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish. 3. Kambagʻal oilalar farzandlarining har biri sport toʻgaraklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy xizmatlarga oʻz hisobidan sarflaydigan xarajatlarini qisqartirish choralarini koʻrish. | Doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari |
17. | Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish. | 1. Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) |
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan qaror loyihasi kelishish. | 2024-yil 15-noyabr | |||
3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 30-noyabr | |||
18. | Oilaning davlat tomonidan taqdim etiladigan tibbiy xizmatlardan toʻliq foydalanishi, xususan, ayollar va bolalarning tizimli ravishda skriningdan oʻtkazilishini taʼminlash, xonadonda sanitariya holatini yaxshilash, oila aʼzolarini zararli odatlardan voz kechishga, yoshidan qatʼiy nazar har bir oila aʼzosining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga erishish, qariyalarni piyoda yurishga oʻrgatish. | 1. Aholini profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazish grafigini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbar xodimlari |
2. Tasdiqlangan grafik asosida tibbiy koʻriklar tashkil etish. 3. Sogʻlom turmush tarzini targʻibot va tashviqot qilish ishlarini amalga oshirish. | Doimiy | |||
V. Ijtimoiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini roʻyobga chiqarish choralarini amalga oshirish | ||||
19. | Kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish hamda oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqish tartibini belgilash. | 1. Oilalarni Kambagʻal oilalar reyestriga kiritish va chiqarish mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | 2024-yil 10-noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqish tartibini tasdiqlash uchun “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | |||
3. Kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish hamda yuritishni yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil 1-dekabr | |||
20. | Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan bandlik talab qilgan holda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini tasdiqlash. | 1. Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini ishlab chiqish; 2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan qaror loyihasi kelishish; 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Ikki oy muddatda | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
21. | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini Samarqand va Toshkent shahrida eksperiment tariqasida autsorsing asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Bunda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli shaxs boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogironligi boʻlgan shaxs mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatlari amalga oshirilishini nazarda tutish. | 2024-yil 1-noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Tashxodjayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | |
22. | Ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida xizmat koʻrsatish uchun mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli ? bolalar uylari tashkil etish. | 1. Toshkent shahrida eksperiment tariqasida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylarini tashkil etish. | 2024-yil 31-dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev) |
2. Eksperiment natijalaridan kelib chiqib, mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylarini tashkil etish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 31-mart | |||
VI. Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, mahallani elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, uning tuman markazi bilan transport jihatidan bogʻlanganligini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash va tomorqalarni sugʻorish suvi bilan taʼminlash imkoniyatini yaxshilash, hududlarni jadal kompleks rivojlantirish | ||||
23. | Eng ogʻir ahvoldagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash dasturini amalga oshirish. | 1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha eng ogʻir ahvoldagi 1000 ta mahallaning infratuzilmasi holatini (elektr energiyasi, suv, gaz, sugʻorish tizimi, internet, ichki yoʻllar va boshqa) oʻrganish. | 2024-yil 15-oktabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Mahallalarga biriktirilgan respublika darajasidagi davlat idoralarining rahbar xodimlari |
2. Mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash yoki ularga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 20-oktabr | |||
3. Mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash yoki ularga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash dasturi uchun 3,2 trillion soʻm mablagʻ ajratish. | 2024-2025-yillar | |||
24. | Tuman va shaharlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish. | Har bir tuman uchun sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki beruvchi 5 tadan “drayver” loyihalar roʻyxatini tasdiqlash. | Oʻn kun muddatda | Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), tegishli vazirlik va idoralar |
Mazkur loyihalarning zarur infratuzilmasini yaratish uchun Davlat budjetidan 1 trillion soʻm mablagʻlar ajratish. | 2024-2025-yillar | |||
25. | 2024-2025-yillarda jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan 15 ta tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash choralarini koʻrish. | 1. 2024-2025-yillarda jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan 15 ta tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi. | 2024-yil 1-dekabr | Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Tasdiqlangan dastur doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish. | Dasturda nazarda tutilgan muddatlarda | |||
26. | 2025-2026-yillarda qoʻshimcha 30 ta tuman (shahar)ni jadal kompleks rivojlantirish. | 1. Hududlarni oʻrgangan holda 30 ta tuman (shahar) roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida 30 ta tuman (shahar)ni 2025-2026-yillarga moʻljallangan jadal kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan dastur doirasida ishlarni manzilli olib borish. | 2025-yil 1-iyul | Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), tegishli vazirlik va idoralar |
VII. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, mahallani muntazam internet aloqasi bilan taʼminlash | ||||
27. | Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish. | 1. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Dasturda mahallani muntazam internet aloqasi bilan taʼminlash, har bir kambagʻal oilaga imtiyozli tarzda noutbuk olib berish, kambagʻal oilalarning aʼzolarining axborot texnologiyalari va dasturlash boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqishi uchun sharoit yaratish, shu jumladan, maktablarda toʻgaraklar tashkil etishni nazarda tutish. 2. Tasdiqlangan dastur doirasida ishlarni sifatli tashkil etish va doimiy monitoring oʻrnatib borish choralarini koʻrish. | 2024-yil 1-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
28. | Internet tarmoqlari sifatini oshirish, maktablar bilan birga kambagʻal oila aʼzolari uchun axborot texnologiyalari toʻgaraklarini tashkil etishda yuzaga kelgan muammolarni hal etishga koʻmaklashish. | 1. Internet tarmoqlari holatini manzilli oʻrganish va internet bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlgan mahallalar roʻyxatini shakllantirish va Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etish. 2. Kambagʻal oilalar farzandlari uchun axborot texnologiyalari toʻgaraklarini tashkil etish va aniqlangan muammolarni masʼullar tomonidan joylarda hal etishga koʻmaklashish. | Doimiy | Mahallalarga biriktirilgan respublika darajasidagi davlat idoralarining rahbar xodimlari |
29. | Yoshlarning tafakkurini kengaytirishga, xorijiy tillarni va matn, jadval hamda grafiklarni tayyorlash va tahrirlash dasturlarini (microsoft office va shu kabi boshqalar), dasturlash koʻnikmalarini oʻrganishga asoslangan oʻquv kurslar majmuini ishlab chiqish hamda har bir noutbuklarga oʻrnatish. | 1. Dasturlash koʻnikmalarini oʻrganishga asoslangan oʻquv kurslar majmuini ishlab chiqish. 2. Kambagʻal oila aʼzolarining farzandlariga beriladigan noutbuklarga zaruriy ishlash dasturlarini oʻrnatish. 3. Dasturlar bilan ishlash boʻyicha qoʻllanmalarni noutbukka joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha zaruriy koʻnikmalarni berish. | 2024-yil 1-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlar agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova) |
30. | Yoshlarga tafakkurini kengaytirish, xorijiy tillarni va dasturlash asoslarini oʻrganishga qaratilgan masofaviy oʻquv kurslarida bepul oʻqish imkoniyatini yaratish hamda undan erkin foydalanishni taʼminlash. | 1. Masofaviy oʻquv kurslarida bepul oʻqish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Yoshlarning tafakkurini kengaytirish, xorijiy tillarni va dasturlash asoslarini oʻrganish boʻyicha yillik buyurtmalarni ishlab chiqish. 3. Masofaviy oʻquv kurslarini tashkillashtirish hamda monitoring ishlarini olib borish. | Uch oy muddatda | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlar agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (X. Umarova) |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Qamrab olinadigan kambagʻal oilalar soni |
Aholi soni |
Hududlar kesimida: |
|||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Andijon viloyati |
Buxoro viloyati |
Jizzax viloyati |
Qashqadaryo viloyati |
Navoiy viloyati |
Namangan viloyati |
Samarqand viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Toshkent viloyati |
Fargʻona viloyati |
Xorazm viloyati |
Toshkent shahri |
||||
|
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar orqali kambagʻallikdan chiqarish |
106 436 |
503 040 |
34 346 |
50 375 |
30 275 |
26 714 |
51 138 |
10 177 |
39 817 |
55 209 |
15 647 |
37 781 |
39 054 |
51 265 |
35 110 |
26 132 |
|
|
1. |
Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish |
87 636 |
385 600 |
26 378 |
38 690 |
23 253 |
20 517 |
39 276 |
7 816 |
30 581 |
42 403 |
12 018 |
29 017 |
29 995 |
39 374 |
26 966 |
19 316 |
|
1.1 |
Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali, shu jumladan, tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik oʻrnatish asosida |
49 495 |
217 780 |
15 372 |
22 119 |
13 060 |
10 854 |
22 922 |
3 602 |
17 256 |
24 415 |
6 490 |
16 439 |
16 069 |
21 705 |
15 429 |
12 048 |
|
1.2 |
Tadbirkorlikka jalb etish orqali aholi bandligini taʼminlash (OT, BRB, Biznesga birinchi qadam, mikroqarz, subsidiya va ssuda) |
21 000 |
92 400 |
6 268 |
9 194 |
5 525 |
4 875 |
9 333 |
1 857 |
7 267 |
10 076 |
2 856 |
6 895 |
7 127 |
9 356 |
6 408 |
5 363 |
|
1.3 |
Hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradigan “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali (5 ta “drayver” loyiha) |
5 141 |
22 620 |
936 |
1 800 |
1 316 |
1 830 |
1 359 |
1 230 |
1 650 |
1 800 |
940 |
1 500 |
2 475 |
2 637 |
1 242 |
1 905 |
|
1.4 |
50 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini ijara asosida ajratish |
12 000 |
52 800 |
3 802 |
5 577 |
3 352 |
2 958 |
5 662 |
1 127 |
4 408 |
6 112 |
1 732 |
4 183 |
4 324 |
5 676 |
3 887 |
0 |
|
2. |
Taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish |
58 220 |
104 058 |
7 063 |
10 353 |
6 222 |
5 490 |
10 510 |
2 091 |
8 184 |
11 346 |
3 215 |
7 765 |
8 027 |
10 536 |
7 216 |
6 040 |
|
2.1 |
Kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qoʻshimcha qamrab olish |
14 700 |
22 050 |
1 497 |
2 194 |
1 319 |
1 163 |
2 227 |
443 |
1 734 |
2 404 |
681 |
1 645 |
1 701 |
2 233 |
1 529 |
1 280 |
|
2.2 |
IT texnologiyalaridan foydalanish (noutbuk berish, IT kurslarida oʻqitish) |
3 200 |
3 200 |
217 |
318 |
191 |
169 |
323 |
64 |
252 |
349 |
99 |
239 |
247 |
324 |
222 |
186 |
|
2.3 |
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imkoniyatlarni kengaytirish |
||||||||||||||||
|
2.4 |
Kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash |
29 000 |
29 000 |
1 969 |
2 885 |
1 734 |
1 530 |
2 929 |
583 |
2 281 |
3 162 |
896 |
2 164 |
2 237 |
2 936 |
2 011 |
1 683 |
|
2.5 |
Xorijiy tillarga oʻrgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish |
11 320 |
49 808 |
3 380 |
4 956 |
2 978 |
2 628 |
5 031 |
1 001 |
3 917 |
5 431 |
1 539 |
3 717 |
3 842 |
5 043 |
3 454 |
2 891 |
|
3. |
Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish |
49 280 |
216 832 |
14 708 |
21 575 |
12 966 |
11 441 |
21 901 |
4 359 |
17 052 |
23 645 |
6 701 |
16 180 |
16 726 |
21 956 |
15 037 |
12 585 |
|
3.1 |
Imtiyoz asosida davolash va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish |
4 280 |
18 832 |
1 276 |
1 874 |
1 126 |
994 |
1 902 |
379 |
1 481 |
2 054 |
582 |
1 405 |
1 453 |
1 907 |
1 306 |
1 093 |
|
3.2 |
Birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish (skrining) |
45 000 |
198 000 |
13 432 |
19 701 |
11 840 |
10 447 |
19 999 |
3 980 |
15 571 |
21 591 |
6 119 |
14 775 |
15 273 |
20 049 |
13 731 |
11 492 |
|
4. |
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish |
22 800 |
100 320 |
6 807 |
9 982 |
5 999 |
5 293 |
10 133 |
2 016 |
7 889 |
10 939 |
3 100 |
7 486 |
7 738 |
10 158 |
6 957 |
5 823 |
|
4.1 |
Yangi tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar |
22 800 |
100 320 |
6 807 |
9 982 |
5 999 |
5 293 |
10 133 |
2 016 |
7 889 |
10 939 |
3 100 |
7 486 |
7 738 |
10 158 |
6 957 |
5 823 |
|
5. |
Yashash sharoitlarini yaxshilash (uy-joy uchun subsidiya, “yashil” uy-joylar qurish, quyosh panellari va geliokollektorlar oʻrnatish) |
3 000 |
13 200 |
898 |
1 313 |
789 |
696 |
1 333 |
265 |
1 038 |
1 439 |
408 |
985 |
1 018 |
1 337 |
915 |
766 |
|
6. |
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish |
12 000 |
52 800 |
3 585 |
5 253 |
3 157 |
2 786 |
5 333 |
1 061 |
4 152 |
5 757 |
1 632 |
3 941 |
4 072 |
5 346 |
3 661 |
3 064 |
|
6.1 |
Mahallalarda tomorqa va ijaraga olingan yerlarda sugʻorish tizimi taʼminotini yaxshilash |
4 500 |
19 800 |
1 343 |
1 970 |
1 184 |
1 045 |
2 000 |
398 |
1 557 |
2 159 |
612 |
1 478 |
1 527 |
2 005 |
1 373 |
1 149 |
|
6.2 |
Kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash (elektr, ichimlik suv, yoʻl, aloqa internet) |
7 500 |
33 000 |
2 242 |
3 283 |
1 973 |
1 741 |
3 333 |
663 |
2 595 |
3 598 |
1 020 |
2 463 |
2 545 |
3 341 |
2 288 |
1 915 |
|
7. |
Davlat organlarining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi (rahbarlarni 5 tadan kambagʻal oilalarga biriktirish) |
70 000 |
308 000 |
20 894 |
30 645 |
18 418 |
16 251 |
31 110 |
6 191 |
24 222 |
33 586 |
9 519 |
22 984 |
23 758 |
31 187 |
21 359 |
17 876 |
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Qamrab olinadigan kambagʻal oilalar soni |
Aholi soni |
Hududlar kesimida: |
|||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Andijon viloyati |
Buxoro viloyati |
Jizzax viloyati |
Qashqadaryo viloyati |
Navoiy viloyati |
Namangan viloyati |
Samarqand viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Toshkent viloyati |
Fargʻona viloyati |
Xorazm viloyati |
Toshkent shahri |
||||
|
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar orqali kambagʻallikdan chiqarish |
218 292 |
1 000 000 |
67 593 |
99 435 |
59 716 |
52 649 |
100 386 |
20 056 |
78 376 |
108 921 |
30 779 |
74 693 |
77 120 |
101 370 |
69 309 |
59 597 |
|
|
1. |
Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish |
187 690 |
835 093 |
57 726 |
81 695 |
50 087 |
44 618 |
83 795 |
16 098 |
64 989 |
90 556 |
25 901 |
61 387 |
64 043 |
84 189 |
58 810 |
51 199 |
|
1.1 |
Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali, shu jumladan, tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik oʻrnatish asosida |
85 475 |
393 848 |
19 926 |
41 087 |
19 887 |
9 062 |
46 895 |
5 226 |
37 169 |
47 137 |
7 453 |
21 536 |
27 495 |
45 088 |
29 186 |
36 701 |
|
1.2 |
Tadbirkorlikka jalb etish orqali aholi bandligini taʼminlash (OT, BRB, Biznesga birinchi qadam, mikroqarz, subsidiya va ssuda) |
84 216 |
362 049 |
32 760 |
32 722 |
25 010 |
30 862 |
29 564 |
8 414 |
21 127 |
34 954 |
15 399 |
34 145 |
29 558 |
30 633 |
24 078 |
12 823 |
|
1.3 |
Hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradigan “drayver” loyihalarni amalga oshirish orqali (5 ta “drayver”) |
7 272 |
31 996 |
1 642 |
2 901 |
2 194 |
2 050 |
2 276 |
1 450 |
2 750 |
3 000 |
1 500 |
1 966 |
3 127 |
3 395 |
2 070 |
1 675 |
|
1.4 |
50 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlarini ijara asosida ajratish |
10 727 |
47 200 |
3 398 |
4 985 |
2 996 |
2 644 |
5 060 |
1 008 |
3 943 |
5 465 |
1 549 |
3 740 |
3 863 |
5 073 |
3 476 |
0 |
|
2. |
Taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish |
75 608 |
141 389 |
8 272 |
15 401 |
8 223 |
6 790 |
14 214 |
3 485 |
11 538 |
15 800 |
4 150 |
11 551 |
11 262 |
14 801 |
8 869 |
7 037 |
|
2.1 |
Kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qoʻshimcha qamrab olish |
31 108 |
46 662 |
3 166 |
4 643 |
2 790 |
2 462 |
4 713 |
938 |
3 670 |
5 088 |
1 442 |
3 482 |
3 599 |
4 725 |
3 236 |
2 708 |
|
2.2 |
IT texnologiyalaridan foydalanish (noutbuk berish, IT kurslarida oʻqitish) |
6 772 |
6 772 |
460 |
674 |
405 |
357 |
684 |
136 |
533 |
738 |
209 |
505 |
522 |
686 |
470 |
393 |
|
2.3 |
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imkoniyatlarni kengaytirish |
2 500 |
2 500 |
169 |
249 |
150 |
132 |
251 |
50 |
196 |
273 |
77 |
187 |
193 |
254 |
174 |
149 |
|
2.4 |
Kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash |
20 455 |
20 455 |
1 387 |
2 035 |
1 223 |
1 079 |
2 066 |
411 |
1 609 |
2 231 |
632 |
1 527 |
1 578 |
2 071 |
1 419 |
1 187 |
|
2.5 |
Xorijiy tillarga oʻrgatish orqali tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish |
14 773 |
65 000 |
3 090 |
7 800 |
3 655 |
2 760 |
6 500 |
1 950 |
5 530 |
7 470 |
1 790 |
5 850 |
5 370 |
7 065 |
3 570 |
2 600 |
|
3. |
Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish |
104 286 |
458 861 |
31 129 |
45 655 |
27 439 |
24 212 |
46 347 |
9 223 |
36 086 |
50 037 |
14 181 |
34 242 |
35 395 |
46 462 |
31 821 |
26 632 |
|
3.1 |
Imtiyoz asosida davolash va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish |
9 057 |
39 852 |
2 703 |
3 965 |
2 383 |
2 103 |
4 025 |
801 |
3 134 |
4 346 |
1 232 |
2 974 |
3 074 |
4 035 |
2 764 |
2 313 |
|
3.2 |
Birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish (skrining) |
95 229 |
419 009 |
28 426 |
41 690 |
25 056 |
22 109 |
42 322 |
8 422 |
32 952 |
45 691 |
12 949 |
31 268 |
32 321 |
42 427 |
29 057 |
24 319 |
|
4. |
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish |
0 |
1 247 620 |
82 002 |
118 355 |
70 530 |
52 927 |
127 009 |
28 692 |
122 639 |
143 555 |
36 684 |
110 091 |
72 709 |
171 909 |
82 824 |
27 694 |
|
4.1 |
Yangi tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar |
|
1 247 620 |
82 002 |
118 355 |
70 530 |
52 927 |
127 009 |
28 692 |
122 639 |
143 555 |
36 684 |
110 091 |
72 709 |
171 909 |
82 824 |
27 694 |
|
5. |
Yashash sharoitlarini yaxshilash (uy-joy uchun subsidiya, “yashil” uy-joylar qurish, quyosh panellari va geliokollektorlar oʻrnatish) |
6 000 |
26 400 |
1 790 |
2 627 |
1 579 |
1 393 |
2 667 |
531 |
2 076 |
2 879 |
816 |
1 970 |
2 036 |
2 673 |
1 831 |
1 532 |
|
6. |
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish |
24 000 |
105 600 |
7 164 |
10 507 |
6 315 |
5 571 |
10 666 |
2 123 |
8 304 |
11 515 |
3 264 |
7 880 |
8 146 |
10 693 |
7 323 |
6 129 |
|
6.1 |
Mahallalarda tomorqa va ijaraga olingan yerlarda sugʻorish tizimi taʼminotini yaxshilash |
9 000 |
39 600 |
2 687 |
3 940 |
2 368 |
2 089 |
4 000 |
796 |
3 114 |
4 318 |
1 224 |
2 955 |
3 055 |
4 010 |
2 746 |
2 298 |
|
6.2 |
Kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash (elektr, ichimlik suvi, yoʻl, aloqa internet) |
15 000 |
66 000 |
4 477 |
6 567 |
3 947 |
3 482 |
6 666 |
1 327 |
5 190 |
7 197 |
2 040 |
4 925 |
5 091 |
6 683 |
4 577 |
3 831 |
|
7. |
Davlat organlarining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi (rahbarlarni 5 tadan kambagʻal oilalarga biriktirish) |
140 000 |
616 000 |
41 788 |
61 290 |
36 836 |
32 503 |
62 219 |
12 382 |
48 444 |
67 172 |
19 037 |
45 968 |
47 516 |
62 374 |
42 718 |
35 753 |
4-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Tuman (shahar) nomi |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Qoʻngʻirot tumani |
|
2. |
Chimboy tumani |
|
|
3. |
Andijon viloyati |
Asaka tumani |
|
4. |
Buxoro viloyati |
Gʻijduvon tumani |
|
5. |
Jizzax viloyati |
Gʻallaorol tumani |
|
6. |
Qashqadaryo viloyati |
Shahrisabz tumani |
|
7. |
Navoiy viloyati |
Xatirchi tumani |
|
8. |
Namangan viloyati |
Chortoq tumani |
|
9. |
Samarqand viloyati |
Bulungʻur tumani |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
Sirdaryo tumani |
|
11. |
Surxondaryo viloyati |
Denov tumani |
|
12. |
Toshkent viloyati |
Chirchiq shahri |
|
13. |
Fargʻona viloyati |
Quva tumani |
|
14. |
Margʻilon shahri |
|
|
15. |
Xorazm viloyati |
Shovot tumani |
5-ILOVA
|
J. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi |
|
M. Olloyorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari |
|
Sh. Mirziyoyeva |
— |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
|
Lavozimiga koʻra |
— |
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
|
Lavozimiga koʻra |
— |
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi |
6-ILOVA
T/r | Tashkilot nomi | Shtat birliklari soni | |
Kamaytiriladi | Qoʻshiladi | ||
1. | Vazirlar Mahkamasi | 8 | |
shundan: | |||
Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati tarkibida yangi tashkil etiladigan Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻlimi | 8 | ||
2. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | 93 | |
3. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 2 | |
4. | Soliq qoʻmitasi | 2 | |
5. | Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi | 1 | |
6. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 4 630 | |
shu jumladan: | |||
yangi kiritiladigan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari shtati | 1 | ||
ijtimoiy xodimlar guruhlari | 4 529 | ||
sanatoriya tipidagi maktab-internatlarning faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan boʻshaydigan shtatlar hisobidan | 854 | ||
7. | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi | 3 686 | |
shundan: | |||
mahalladagi xotin-qizlar faoli* | 3 686 | ||
8. | Ichki ishlar vazirligi |
| 11 |
shundan: |
|
| |
Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari uchun ijtimoiy xodimlar |
| 11 | |