23.09.2024 yildagi PF-143-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanganligi kambag‘allik darajasini 2019-yildagi 23 foizdan 2023-yilda 11 foizga qisqartirishga imkon yaratdi. 2025-yil yakuni bilan kambag‘allikni 6 foizgacha qisqartirish maqsad qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining yuqori daromadli barqaror ish bilan bandligini ta’minlash, yoshlarning innovatsion va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi, barcha qatlamlarning tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining kambag‘allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to‘plangan milliy tajriba hamda ilg‘or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Dastur 2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish — tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish hamda har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, har bir tuman va shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beruvchi kamida 5 tadan “drayver” loyihalarni amalga oshirish, qo‘shimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini kambag‘al oilalarga ijaraga berish, ularga kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi vositalarni bo‘lib to‘lash sharti bilan berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish — 2024-2025-yillarda kambag‘al oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, oilaning kamida bitta farzandini xorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaxassislikka o‘qitish, bitta farzandi, xususan, qiz farzandining oliy ma’lumotga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish, bolalarni kompyuter savodxonligiga o‘rgatish, axborot texnologiyalari va dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qishi uchun sharoit yaratish, shu jumladan, maktablarda to‘garaklar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish — kambag‘al oilalarning har bir a’zosi bir yilda bir marta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, ularning o‘z sog‘lig‘i uchun mas’uliyatini oshirishi (kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishi), har bir farzandi sport to‘garaklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy xizmatlarga o‘z hisobidan sarflaydigan xarajatlarini ikki barobar qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish — ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish, xususan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarishlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash sharoitlarini yaxshilash — ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, mahallalarda ekologik toza materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy “yashil” turarjoylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish, toza ichimlik suvni yetkazish, xonadonlarda energiya tejovchi innovatsion yoritish, isitish va issiq suv ta’minoti hamda chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish — tomorqalarni sug‘orish suvi, mahallani elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning tuman markazi bilan transport jihatidan bog‘langanligini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududlarni jadal kompleks rivojlantirish dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish — barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati organlari kambag‘al oilalar bilan muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi, birdamlikda harakat qilishi hamda rahbarlarni kambag‘al oilalarga biriktirish, ularning muammolarini birgalikda yechishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy organlari Respublika va hududiy komissiyalarning ishchi organlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ijrosi yuzasidan respublika va mahalliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan barcha darajadagi idora va tashkilotlarning, shuningdek, kambag‘al oilalarga va mahallalarga biriktirilgan rahbarlar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi taklif etilayotgan vazifalar yuzasidan axborot kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir oy muddatda har bir vazirlik va idoraning o‘z funksional vazifasidan kelib chiqib, Dasturning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sohaviy yo‘l xaritalari”ning tasdiqlanishini ta’minlasin hamda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi maxsus vakillari (G‘. Mirzayev, D. Qodirov, K. Kuranbayev, A. Boboyev) ijro organlari va kambag‘al oilalar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga mas’ul etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 5-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-fevraldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi. Bunda xodim mazkur reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilgandan keyin imtiyozning qo‘llanishi 6 oy davomida amal qiladi.
(6-bandning “b” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sog‘lig‘ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ijtimoiy yordam va xizmatlar (ijtimoiy nafaqadan tashqari) ko‘rsatish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ular daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni chuqur tahlil qilgan holda ijtimoiy shartnomani amaliyotga joriy etish tartibini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan bandlikni talab qilgan holda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida 2025-yil uchun ishlab chiqiladigan davlat dasturi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan uyg‘unlikda ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir oy muddatda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida mahalliy hokimliklar faoliyatining natijadorligini ta’minlash hamda ularning mas’uliyati va hisobdorligini oshirish bilan birga moliyaviy, iqtisodiy va ma’muriy vakolatlari hamda imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangicha tizimni nazarda tutuvchi Farmon loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-143-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KOMISSIYA TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi

M. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

Sh. Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

I. Adxamov

Bosh prokuror o‘rinbosari

A. Boboyev

Hisob palatasi raisi

A. Tashkulov

adliya vaziri

Lavozimiga ko‘ra

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

I. Abdurahmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri

X. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

K. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

I. Mahkamov

transport vaziri

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri

Sh. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

D. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

D. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

K. Kuranbayev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

O. Xasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A. Djurabayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

O. Parpibayeva

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

A. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

S. Annaklichev

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi

A. Mirsoatov

“O‘zmilliybank” AJ boshqaruv raisi

Sh. Atabayev

AT “Xalq banki” boshqaruv raisi

R. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruv raisi

O. Bo‘tayev

“Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi

Q. Tulyaganov

“Asakabank” AJ boshqaruv raisi

A. Akbarjonov

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

Ch. Mirzayev

“Turonbank” ATB boshqaruv raisi

K. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruv raisi

Lavozimiga ko‘ra

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika komissiyasi mas’ul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 06/24/143/0740-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)