13.09.2024 yildagi 571-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipakchilik sohasida naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga muvofiq naslli ipak qurti urugʻi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish hamda pilla yetishtirish usullarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) huzurida xoʻjalik yuritish huquqi asosida faoliyat olib boradigan davlat muassasasi shaklidagi Fargʻona ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyasi hamda Xorazm ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyasi (keyingi oʻrinlarda — ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda yaratilgan ipak qurti zotlari va duragaylarining dastlabki tuxum qoʻymalarini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurtining super elita urugʻlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik korxonalarini ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurtining toza zotlarida genetik va nasldorlik xususiyatlarini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurtining super elita va elita urugʻlarini ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor ilm-fan yutuqlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipakchilik sohasida naslchilik va genetika yoʻnalishi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurtining naslli urugʻlarini ishlab chiqarish rejalarini tuzish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurtining naslli urugʻlarini yetishtirish hajmini oshirish orqali sotishni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) hamda Institutga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalariga Institut direktori tomonidan Qoʻmita bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari direktorlarining oʻrinbosarlari Institut direktori tomonidan Qoʻmita bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ipakchilik sohasida faoliyat yuritadigan subyektlar uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga, shuningdek, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, shuningdek, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita Institut bilan birgalikda oʻn kun muddatda ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining ustavini ishlab chiqib uni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishini hamda malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalariga ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlarini mahalliy va xorijiy urugʻchilik korxonalariga erkin bozor narxlarida shartnoma asosida sotish va undan tushadigan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari ikki hafta muddatda ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalariga zarur bino va inshootlarni qurish uchun tegishlicha Fargʻona va Qoʻshqoʻpir tumanlari hokimliklari zaxirasida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari hisobidan 1 gektardan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish boʻyicha oʻz qarorlarini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining takliflariga asosan bir oy muddatda ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalariga intensiv tutzorlarni tashkil etish uchun tuman hokimliklari zaxirasida boʻlgan tegishlicha Fargʻona tumani “Qalacha” MFY hududidan 8 gektar hamda Qoʻshkoʻpir tumani “Oʻrtayop” MFY hududidan 10 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijara huquqi asosida ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalariga ajratilgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish va ijara huquqlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita Institut bilan birgalikda bir oy muddatda ajratilgan mablagʻlar doirasida tegishli loyihachi tashkilotlarni jalb qilgan holda urugʻchilik stansiyalari uchun qoʻllaniladigan talablar yuzasidan texnik topshiriq ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoʻmita bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari uchun bino va inshootlarni qurish boʻyicha tegishlicha Fargʻona va Xorazm viloyati hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKlar buyurtmachi etib belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish tartib-tamoyillari natijalariga koʻra tanlab olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining bino va inshootlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qurilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining bino va inshootlarini qurish uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining qurilish obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarining bino va inshootlarini qurish-taʼmirlash ishlari 2024-2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan holda moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga muvofiq 2024-yilda pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun nazarda tutilgan subsidiyalarni bekor qilish natijasida boʻshagan mablagʻlarni bir qismini markazlashgan investitsiya xarajatlariga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilishda quyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlar hisobidan qurilish ishlarini belgilangan tartibda moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha zarur jihoz va asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi texnikalari, shuningdek, laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllagan holda intensiv tutzorlarni barpo etish va agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 12-bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni bekor qilish natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan 10 mlrd soʻmni Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (4010) oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tirik pilla yetishtirishda foydalaniladigan sunʼiy qutilar va dastalarni xarid qilish hamda shartnoma asosida muddatli toʻlov sharti bilan pillachilik sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazib berishni tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tirik pilla yetishtirishda foydalaniladigan sunʼiy qutilar va dastalarga qoʻyiladigan texnik talablarni belgilasin hamda davlat xaridlari boʻyicha belgilangan tartib-taomillarga muvofiq xaridlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmitaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pillachilik sohasi boʻyicha innovatsiya loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sunʼiy qutilar va dastalarni muddatli toʻlov asosida yetkazib berishdan tushadigan tushumlarni yangi loyihalarni moliyalashtirishga qayta yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini belgilangan tartibda tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar hisobidan Qoʻmita va uning tizim tashkilotlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 21-iyuldagi 305-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
571-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/571/0720-son)