03.05.2024 yildagi PF-72-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xomashyo bazasini kengaytirish hamda ipak qurti urugʻi hajmlarini keskin koʻpaytirish, pilla yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali sohadagi bandlikni ikki baravarga oshirish, shuningdek, bozor mexanizmlarini joriy qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024 — 2027-yillar davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ipak qurti urugʻiga boʻlgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmonining 1-ilovasida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlangʻich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblari tomonidan yer maydonlarida tutzorlar barpo etilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev qishloq xoʻjaligi vaziri, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlarida 2024 — 2027-yillarda 2-ilovaga muvofiq yakka qator tut koʻchatlari ekilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tutzorlar barpo qilish maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun tut koʻchatlarini ekishga mos boʻlgan yer maydonlari toʻliq joylashtirilishiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmonining 2-ilovasida koʻrsatilgan prognoz koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida bajarilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2027-yilga qadar bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda ishsiz va band boʻlmagan aholi, shu jumladan, ayollar roʻyxatini Qoʻmitaga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita ushbu roʻyxatga asosan pillachilik klasterlari bilan birgalikda pillani yetishtirish agrotexnikasi va pillani qayta ishlash koʻnikmalariga oʻqitish kurslarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan aholining bandligi ustuvor ravishda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo etish va dala chetlarida yangi tut koʻchatlari ekish hisobiga taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarini yuqori darajada tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik oʻquv binolari ajratilishini va zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda ishsiz va band boʻlmagan aholini, shu jumladan, ayollarni pilla yetishtirish agrotexnikasiga va pillani qayta ishlash koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha grafiklarni tasdiqlab, ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga mazkur bandda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla)ning tavsiyaviy xarid narxini 25 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab pillachilik klasterlari tomonidan yetishtirilgan pilla hosili uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatini sentabr oyi etib belgilash yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari va kasanachilar yetishtirgan pilla xomashyosi uchun pillachilik klasterlari tomonidan toʻlanadigan mablagʻlarning haqqoniyligini oʻrganish maqsadida Qoʻmita yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgandan soʻng toʻlovlarni monitoring qilishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ipakchilik sohasiga 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagi imtiyozlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi (kasanachi)larni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha Soliq kodeksining 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun foyda soligʻi nol stavkada qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil davomida Fargʻona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi davlat muassasasi shaklidagi naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil yakuniga qadar naslli urugʻchilik stansiyalarida mahalliy ipak qurti urugʻi ishlab chiqarilishini va pilla yetishtiruvchilarga sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, 2024-yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun respublika budjeti hisobidan 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil Davlat budjeti parametrlarida qayd etib oʻtilgan subsidiyalarni ajratish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Qoʻmitaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan Fargʻona va Xorazm viloyatlarida naslli urugʻchilik stansiyalarini tashkil qilishga mablagʻ yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-yilda naslli urugʻchilik stansiyalarini tashkil qilish, ular uchun yer maydonlari ajratish, qurilish va jihozlash ishlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda naslli urugʻchilik stansiyalarida Oʻzbekiston sharoitiga mos, chidamli va unumdorligi yuqori mahalliy ipak qurti zotlarini yaratish maqsadida 2025-2026-yillarda xorijiy donor va hamkorlarning grantlarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida amalga oshiriladigan naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etish, ipak matosi va ipak matosidan tayyor mahsulot hamda ipak mahsulotidan sohaga noanʼanaviy boʻlgan dori-darmon, kosmetika kabi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024 — 2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 4 foiz stavkada 15 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasini ochsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit liniyasi hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 6 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlari mutanosibligini taʼminlash maqsadida ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-son qarori asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ochilgan kredit liniyasini maqbullashtirish evaziga ajratilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylovlarni rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha masʼul organni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini Qoʻmita tarkibidan chiqargan holda faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining qorakoʻlchilikni rivojlantirish, teri va jun sanoati yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha vazifalarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Keng jamoatchilik fikrini inobatga olib hamda tutlarning noyob navlarini saqlab qolish maqsadida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ipakchi koʻchasi, 1-uy manzilidagi bino va inshootlar ularga biriktirilgan yer uchastkasi bilan birgalikda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ipakchi koʻchasi, 1-uy manziliga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut oʻziga tegishli boʻsh turgan yer maydonlariga tut daraxtlarining noyob navlari ekilishini va ularning genofondini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh 2024-yil 1-iyulga qadar mazkur Farmondan kelib chiqib, 2025-yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidan “hamda maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-72-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTUVOR YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohalarida bozor munosabatlari va halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar va imtiyozlar tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida erkin biznes muhitini yaratish hamda tadbirkorlarning sohaga kirishi va faoliyat yuritishi uchun oshkora qoidalarni qoʻllash orqali teng imkoniyatlar va ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun manfaatli tizim yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikada ochiq pilla bozorini tashkil etish, pillaning bozor narxlarida sotilishini tashkil etish orqali fermerlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni pilla yetishtirishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ipak qurtining mahalliy zotlarini yaratishni ragʻbatlantirish, pilla yetishtiruvchilarni kafolatli ravishda sifatli ipak qurti bilan taʼminlash hamda ipak qurti ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sifatli ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash darajasini oshirish va qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pilla yetishtirish va ipakni qayta ishlash jarayonlariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini keng joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlarida 2024 — 2027-yillarda yakka qator tut koʻchatlari ekishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Mavjud yakka qator tut koʻchatlari soni

(ming tup)

Yakka qator tut koʻchatlari ekish (ming tup)

2024 — 2027-yillarda jami ekiladigan qator tut koʻchatlari soni

(ming tup)

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

9 087

3 000

4 000

5 000

5 100

17 100

2.

Andijon viloyati

22 857

4 500

5 500

6 500

7 500

24 000

3.

Buxoro viloyati

17 784

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

4.

Jizzax viloyati

14 902

5 000

6 000

7 000

7 500

25 500

5.

Qashqadaryo viloyati

22 518

5 000

6 000

7 000

8 400

26 400

6.

Navoiy viloyati

7 934

2 500

3 500

4 500

5 500

16 000

7.

Namangan viloyati

19 766

4 500

5 500

6 500

7 200

23 700

8.

Samarqand viloyati

20 013

4 500

5 500

6 500

7 500

24 000

9.

Surxondaryo viloyati

16 566

4 000

5 000

6 000

6 800

21 800

10.

Sirdaryo viloyati

8 354

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

11.

Toshkent viloyati

12 704

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

12.

Fargʻona viloyati

30 318

5 000

6 000

7 000

8 500

26 500

13.

Xorazm viloyati

14 658

3 500

4 500

5 500

5 900

19 400

JAMI:

217 461

52 000

65 000

78 000

87 600

282 600

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72 son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Loyiha tashabbuskori

Manzili

Loyiha kiymati (ming dollar)

shundan:

Ishlab chiqarish kuvvati

Yaratiladigan ish oʻrni

Amalga oshirish muddati

oʻz mablagʻi (ming dollar)

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (ming dollar)

Oʻlchov birligi

natura

mln soʻm

Respublika buyicha jami:

60 600

30 600

30 000

x

x

272 130,4

1 970

x

1.

Ipak mato boʻyashni tashkil etish

“Asaka Ipagi” MCHJ

Asaka tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

40

2024-yil dekabr

2.

Ipak mato ishlab chiqarish va boʻyashni tashkil etish

“Oltinkoʻl Zar Ipagi” MCHJ

Oltinkoʻl tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

40

2025-yil dekabr

3.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ulugʻnor Silk 7” MCHJ

Ulugʻnor tumani

2 000

1 000

1 000

tonna

24

11 904,0

30

2025-yil dekabr

4.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Boʻston Investment-Silk” MCHJ

Boʻston tumani

2 000

1 000

1 000

tonna

24

11 904,0

30

2025-yil dekabr

5.

Ipak trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish

“Asaka Silkworm” MCHJ

Asaka tumani

1 000

500

500

ming dona

100

13 640,0

100

2025-yil avgust

6.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Romstar” KQ

Romitan tumani

3 500

1 500

2 000

ming p.m.

18

1 339,2

100

2025-yil dekabr

7.

Ipak trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish

“Silk Service” MCHJ

Buxoro tumani

500

300

200

ming dona

50

6 820,0

30

2024-yil dekabr

8.

Ipakdan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Gʻallaorol Silk Eksport” MCHJ

Gʻallaorol tumani

500

300

200

ming dona

50

6 820,0

30

2024-yil dekabr

9.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Yakkabogʻ Silk Production” MCHJ

Yakkabogʻ tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

10.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Chiroqchi-Tolasi” MCHJ

Chiroqchi tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

11.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Pop Ipak Tolasi Invest” MCHJ

Pop tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

50

2024-yil dekabr

12.

Xom ipak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Navoiy Silk Production 2020” MCHJ

Karmana tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

40

2024-yil dekabr

13.

Ipak mato ishlab chiqarish va boʻyashni tashkil etish

“Elbek T.R.J” MCHJ

Pastdargʻom tumani

2 000

1 500

500

ming p.m.

60

4 464,0

50

2025-yil dekabr

14.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Oltin Pilla 2020” MCHJ

Chinoz tumani

2 000

1 100

900

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

15.

Ipakdan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni tashkil etish

“Nurli Tong Silk” MCHJ

Margʻilon shahri

1 000

600

400

ming dona

100

13 640,0

100

2024-yil dekabr

16.

Ipak mato ishlab chiqarish va boʻyashni tashkil etish

“Xorazm Pilla Xolding” MCHJ

Yangiariq tumani

2 000

1 300

700

ming p.m.

30

2 232,0

50

2024-yil dekabr

17.

Ipak mato ishlab chiqarish va boʻyashni tashkil etish

“Khiva Silk Fabric” MCHJ

Xiva tumani

1 000

500

500

ming p.m.

60

4 464,0

50

2024-yil dekabr

18.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Bogʻot Silk Co” MCHJ

Bogʻot tumani

1 000

500

500

ming p.m.

60

4 464,0

40

2025-yil dekabr

19.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Shovot Silk” MCHJ

Shovot tumani

1 000

500

500

ming p.m.

12

892,8

30

2025-yil dekabr

20.

Ipak qurti urugʻini ishlab chiqarishni tashkil etish

“Platinum Silkworm” MCHJ

Pastdargʻom tumani

5 000

2 000

3 000

ming kuti

20

2 976,0

100

2025-yil dekabr

21.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Jayhun silk” MCHJ

Amudaryo tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

22.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Bustan silk” MCHJ

Ellikqalʼa tumani

500

200

300

ming p.m.

30

2 232

30

2025-yil dekabr

23.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“KKR Ipak cluster” MCHJ

Beruniy tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

24.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Turtkul silk carpets” MCHJ

Toʻrtkoʻl tumani

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

25.

Sanoat usulida (yarimavtomat dastgohda) ipak va jun aralashmali gilam ishlab chiqarish

“Andijan silk co” MCHJ

Marhamat tumani

1 000

500

500

dona

50

744,0

30

2025-yil dekabr

26.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Sapfir sanoat” MCHJ

Shahrixon tumani

500

200

300

ming p.m.

30

2232,0

30

2025-yil dekabr

27.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Baliqchi ishonch pillachilik” MCHJ

Baliqchi tumani

1 000

500

500

ming p.m

30

2232,0

20

2025-yil dekabr

28.

Ipak gilam ishlab chiqarish

“Kumushkent ipagi” MCHJ

Vobkent tumani

500

200

300

dona

30

2232,0

20

2025-yil dekabr

29.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Gʻijduvon ipag tola” MCHJ

Gʻijduvon tumani

1 500

500

1 000

ming p.m

100

7 440,0

100

2025-yil dekabr

30.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Imastar” MCHJ

Peshku tumani

1 000

500

500

tonna

10

4960,0

20

2025-yil dekabr

31.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Silk expert processing” MCHJ

Jizzax shahri

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

32.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zomin asl ipak tolasi” XK

Zomin tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2024-yil dekabr

33.

Ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Al Abbos silk” MCHJ

Jizzax shahri

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

34.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zafarobod Pilla Klaster” MCHJ

Zafarobod tumani

1 000

500

500

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

35.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Radiant silk” MCHJ

Qarshi shahri

1 000

500

500

ming p.m

20

1 488,0

30

2025-yil dekabr

36.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Shakhrisabz silk production” MCHJ

Shahrisabz tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

37.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Al Aziz ipagi” MCHJ

Navbahor tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

38.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Qiziltepa Pillachilik” MCHJ

Qiziltepa tumani

500

200

300

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

39.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Xatirchi pilla xazinasi” XK

Xatirchi tumani

1 000

500

500

ming p.m

60

4 464

100

2025-yil dekabr

40.

Ipak kalava ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zilol silk” MCHJ

Toʻraqoʻrgʻon tumani

2 000

500

1 500

tonna

9,2

6 844,80

30

2025-yil dekabr

41.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Chortoq innovation silk” MCHJ

Chortoq tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2024-yil dekabr

42.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Yangi zamin ipagi” MCHJ

Yangikoʻrgʻon tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

43.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Namangan sof pillasi” MCHJ

Namangan tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

44.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Jomboy Silk-R” MCHJ

Jomboy tumani

1 100

600

500

tonna

24

11 904,0

30

2024-yil dekabr

45.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Oqdaryo ipagi” MCHJ

Oqdaryo tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

46.

Ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

“Samarkand silk AO” MCHJ

Narpay tumani

1 000

600

400

ming p.m.

30

2 232,0

20

2025-yil dekabr

47.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ziyovuddin silk” MCHJ

Paxtachi tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

48.

Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

“Urgut silk fiber company” MCHJ

Urgut tumani

1 000

700

300

ming dona

100

13 640,0

100

2025-yil dekabr

49.

Ipak gilam ishlab chiqarishni tashkil etish

“Ishtixon silk” MCHJ

Ishtixon tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

50.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Tayloq ipagi” MCHJ

Tayloq tumani

1 000

500

500

tonna

10

4 960,0

20

2025-yil dekabr

51.

Xom ipak va ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Zar oltin pilla” MCHJ

Bulungʻur tumani

1 000

700

300

tonna

24

11 904,0

20

2025-yil dekabr

52.

Ipak momigʻi ishlab chiqarishni tashkil etish

“Movarounnahr silk road” MCHJ

Boʻstonliq tumani

500

200

300

tonna

10

4 340,0

20

2025-yil dekabr

53.

Ipak gilam ishlab chiqarish tashkil etish

“Jinjuz silk co” MCHJ XK

Ohangaron tumani

500

300

200

dona

20

297,6

20

2025-yil dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining taklifiga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi PF-72-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

I. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

I. Ergashev

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi

lavozimi boʻyicha

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

A. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Yu. Yusupov

mustaqil ekspert, “Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori

lavozimi boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh azʼolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)