1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. “Davlat va huquq asoslari” fanini rivojlantirish yoʻnalishida |
||||
|
1. |
“Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlarini qayta koʻrib chiqish. Bunda kriminologiya asoslari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlikning mazmuni, javobgarlik choralari hamda salbiy oqibatlari yoritilishiga eʼtibor qaratish. |
1. Ishchi guruhni shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
2. “Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlarini qayta koʻrib chiqish. 3. “Davlat va huquq asoslari” fani reja va dasturlariga “Kriminologiya asoslari” bobini kiritish. Bunda mazkur bobni jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlikning mazmuni, javobgarlik choralari hamda salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan mavzular bilan toʻldirish. |
2024-yil noyabr-dekabr |
|||
|
2. |
“Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun moʻljallangan darsligining yangi tahririni tayyorlash. |
1. “Davlat va huquq asoslari” fani mutaxassislaridan iborat idoralararo mualliflar guruhini tuzish. |
2024-yil sentabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
2. “Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun moʻljallangan darsligining yangi tahririni belgilangan tartibda tayyorlash. |
2024-yil oktabr — dekabr |
|||
|
3. “Davlat va huquq asoslari” fanining 11-sinf uchun moʻljallangan darsligini Adliya vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish. |
2025-yil yanvar |
|||
|
4. Ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Davlat va huquq asoslari” fani darsligini oʻquv jarayoniga tatbiq etish choralarini koʻrish. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
|||
|
3. |
“Tarbiya” fanining oʻquv dasturlarini takomillashtirish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarida huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Tarbiya” faniga qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzularni kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Y. Risyukova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflar asosida “Tarbiya” fani oʻquv dasturlari va darsliklarini takomillashtirib borish. |
Nashr etish rejasiga asosan |
|||
|
4. |
“Davlat va huquq asoslari” fanidan elektron resurslar, jumladan, elektron darsliklar, oʻquv-metodik majmualar, videodarslarni tayyorlash va ulardan masofaviy taʼlim jarayonida samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
1. “Davlat va huquq asoslari” fanidan oʻtiladigan mavzular roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil sentabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
|
2. Elektron darsliklar, oʻquv-metodik majmualar hamda videodarslar tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
3. Shakllantirilgan mavzular roʻyxati asosida elektron darsliklar, oʻquv-metodik majmualar hamda videodarslar tayyorlash. |
2024-yil noyabr |
|||
|
II. Voyaga yetmaganlar va yoshlarda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish yoʻnalishida |
||||
|
5. |
Bolalar uchun moʻljallangan huquqiy mavzularda, shu jumladan, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, darslarga muntazam qatnashish, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni targʻib qiladigan videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
1. Bolalarning kundalik hayotida eng koʻp uchraydigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash. |
2025-yil yanvar — mart |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish. |
Doimiy |
|||
|
6. |
Bolalar uchun huquqiy, mantiqiy, koʻngilochar-interaktiv portal — “bolahuquqlari.uz” faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, portalni bolalar uchun moʻljallangan maʼlumotlar bilan boyitish. |
1. “bolahuquqlari.uz” portali faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha huquqiy oʻyinlar, huquqiy darsxona boʻlimlarini maʼlumotlar bilan boyitish. 2. Portalni bolalar orasida ommalashtirish choralarini koʻrish. |
2024-yil noyabr-dekabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
|
7. |
Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirish mavzularida ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlarni tizimli va uzluksiz tashkil qilish. |
1. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun oʻtkaziladigan ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlari mavzulari roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil sentabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirishga qaratilgan maʼruza matni, taqdimotlar hamda videoroliklarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
3. Shakllantirilgan mavzular roʻyxati asosida maʼruza matni, taqdimotlar hamda videoroliklarni tayyorlash. |
2024-yil noyabr |
|||
|
8. |
Koʻzi ojiz oʻquvchilar uchun ularning huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning audio shakllarini tayyorlash hamda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan audio materiallar tayyorlash. 2. Tayyorlangan materiallarni koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga yetkazish. |
2024-yil dekabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Professional va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun taʼlim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan taʼminlanish, taʼlim kreditlari, toʻlov-kontrakt turlari, oʻqishdan chetlashtirish, oʻqishni qayta tiklash, akademik taʼtil olish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim bilan bogʻliq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qoʻllanma tayyorlash va elektron shaklda tarqatish. |
1. Professional va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun qoʻllanma loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2025-yil fevral |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Tayyorlangan qoʻllanmani manfaatdor vazirlik va idoralarga tarqatish. |
2025-yil mart |
|||
|
10. |
Ommaviy axborot vositalari (OAV), jumladan, televideniye va radioda bolalar huquqlariga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil qilish. Bunda huquqiy mavzularni sodda va qiziqarli tarzda yoritish. |
1. OAVda yoritiladigan bola huquqlariga oid mavzular roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xadjayev) |
|
2. Mavzular roʻyxatiga asosan televideniye, radio va boshqa OAVlarda bola huquqlariga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar orqali chiqishlarni tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
11. |
Bolalar oromgohlarida bolalar uchun turli huquqiy mavzularda mashgʻulot va tadbirlar oʻtkazib borish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari orasidan tegishli targʻibot guruhlarini shakllantirish hamda targʻibot materiallarini (flayer, banner, slayd, infografika va boshqa tarqatma materiallar) tayyorlash. |
Har yili may oyida |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Bolalar oromgohlarida huquqiy mavzularda oʻtkaziladigan tadbirlar reja-grafigini tasdiqlash. |
Har yili may oyida |
|||
|
3. Reja-grafikka asosan tizimli ravishda huquqiy mavzularda mashgʻulot va tadbirlar oʻtkazib borish. |
Doimiy |
|||
|
III. Taʼlim muassasalarida qonunga itoatkor hamda huquqbuzarliklarga toqatsiz yoshlarni tarbiyalash yoʻnalishida |
||||
|
12. |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etish. Bunda voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, huquqbuzarlik tushunchasi hamda uning oqibatlari, shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi, davlat hokimiyatining tizimi, Oʻzbekiston Respublikasining sud hokimiyati, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi kabi masalalarni yoritishga eʼtibor qaratish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy dars mashgʻulotlari roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Advokatlar palatasi (Sh. Sadikov) |
|
2. Shakllantirilgan mashgʻulotlar roʻyxati asosida har oyda kamida bir marotaba amaliyotchi huquqshunoslar (profilaktika inspektorlari, sudyalar, prokurorlar, advokatlar, adliya xodimlari) tomonidan huquqiy mavzularda darsdan tashqari amaliy dars mashgʻulotlarini oʻtkazilishini tashkil etish. |
2024/2025 oʻquv yili davomida |
|||
|
13. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. |
1. “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasini tashkil etish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Olimpiadaning respublika bosqichini yuqori saviyada oʻtkazish. |
Doimiy |
|||
|
14. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh huquqshunos” koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
1. “Yosh huquqshunos” koʻrik tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil noyabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Nizom loyihasini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. Toʻrt bosqichli (taʼlim muassasasi, tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Yosh huquqshunos” koʻrik tanlovini tashkil etish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
|||
|
15. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini tashkil etish. |
1. “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini tashkil etish yuzasidan konsepsiyani ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini tashkil etish. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
|||
|
16. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash bilan birga ijodkorlik qobiliyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgan huquqiy mavzularda insho, rassomlik va boshqa ijodiy tanlovlar oʻtkazish. |
1. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida ijodiy tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazib borish. 2. Tanlovda sovrinli oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarni homiylar xayriyalari hisobidan ragʻbatlantirish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
17. |
Zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinflari”ni bosqichma-bosqich tashkil etish. |
1. “Huquq sinf”lari tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish. |
Har yili (sentabr-oktabr) |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Belgilangan umumiy urta taʼlim muassasalaridagi “Huquq sinf”larini zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlash. |
Rejaga asosan |
|||
|
18. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini huquqiy metodik qoʻllanmalar bilan bepul taʼminlash. |
1. Oʻquvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatini inobatga olgan holda, kundalik hayotda toʻqnash keladigan huquqiy vaziyat va muammolarni sodda shaklda tushuntirishga qaratilgan turli koʻrgazmali koʻrinishdagi tarqatma materiallarni tayyorlash. 2. Tayyorlangan tarqatma materiallarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga bepul tarqatish. |
2024-2026-yillar davomida |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
IV. Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish |
||||
|
19. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tadqiq qilish va uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. |
1. Kriminologiya sohasidagi yetakchi olimlar va tadqiqotchilar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilish sabablarini viloyatlar kesimida joylarga chiqib, ilmiy tadqiq qilish va maʼlumotlar toʻplash. |
2024-yil noyabr-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Toʻplangan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan ilmiy ishlanmalarni respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida muhokamadan oʻtkazish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida shakllantirilgan ilmiy xulosani tegishli tashkilotlarga yuborish. |
2025-yil fevral |
|||
|
20. |
Yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar hajmini oshirish. |
1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga ustuvorlik berish tartibini ishlab chiqish. 2. Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning minimal kvotasini belgilash. |
2024-yil noyabr |
Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
21. |
Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan doktorlik va magistrlik tadqiqotlar sonini oshirish. |
1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan magistrlik tadqiqot mavzularining sonini oshirish. 2. Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni olib bormoqchi boʻlgan talabgorlarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul bosqichida ustuvorlik berish. |
2024-yil noyabr |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
IV. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining huquq fani oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishida |
||||
|
22. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlarni malakasini oshirish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil noyabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
|
2. Roʻyxat asosida ularni Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bepul asosda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish. |
2024 — 2026-yillar (reja-grafik asosida) |
|||
|
23. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining “Davlat va huquq asoslari” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik tanlovini tashkil etish. |
1. “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Nizom loyihasini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. |
2024-yil sentabr |
|||
|
3. Toʻrt bosqichli (taʼlim muassasasi, tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Yosh huquqshunos” koʻrik tanlovini tashkil etish. 4. Hamkor tashkilotlar tomonidan sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarni ragʻbatlantirish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
|||
|
24. |
Pedagogika yoʻnalishida taʼlim beruvchi davlat oliy taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini qayta koʻrib chiqish. |
1. Pedagogik yoʻnalishda taʼlim beruvchi davlat oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqib, tahlil qilish. |
2025-yil aprel |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Tahlil asosida pedagogik yoʻnalishda taʼlim beruvchi davlat oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejasini takomillashtirish choralarini koʻrish. Bunda tegishli fanlarning oʻquv dasturiga boʻlajak oʻqituvchilarning qonunga itoatkorlik layoqatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv modulini kiritishni nazarda tutish. |
2025-yil may |
|||
2-ILOVA
|
“ |
||||
|
161 |
Davlat va huquq asoslari fani |
+ |
+ |
+ |
|
”. |