30.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3538
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3538]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-son buyrugʻiga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish boʻyicha yagona tartibni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning amal qilishi banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xoʻjalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlangʻich hisob hujjatlari boʻlib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, boshlangʻich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bogʻliq boʻlgan ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni taʼminlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chogʻida ulardan erkin foydalanish va ularning qogʻoz nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlangʻich hujjatlar rekvizitlari kodlar koʻrinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlangʻich hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgar boʻlgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshlangʻich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkilotning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xoʻjalik operatsiyasining nomi, mazmuni va oʻlchov birliklarini koʻrsatgan holdagi miqdor oʻlchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xoʻjalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda lavozimlari nomi va imzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshlangʻich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshlangʻich hujjatda quyidagi qoʻshimcha rekvizitlar keltirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat bilan qayd qilingan xoʻjalik operatsiyasini amalga oshirish uchun asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlashtirilayotgan xoʻjalik operatsiyasining xususiyatini belgilaydigan boshqa qoʻshimcha rekvizitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlangʻich hujjatlar amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshlangʻich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning oʻz vaqtida, toʻgʻri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshlangʻich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshlangʻich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshlangʻich hujjatlar va registrlardagi boʻsh qatorlar joyi chizilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlangʻich hujjatlarni tuzish tartibi boʻyicha qoʻshimcha talablar buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlangʻich hujjatlar majburiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv shakl boʻyicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni toʻldirishning toʻliqligi va toʻgʻriligi), mazmuni boʻyicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida koʻrsatkichlarning mantiqiy bogʻlanishi) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablagʻlari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash boʻyicha belgilangan tartibga zid boʻlgan boshlangʻich hujjatlar kelib tushganda, ular tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlovdan oʻtgan boshlangʻich hujjatlar ularning qayta qoʻllanilishini istisno etuvchi belgiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻl yordamida ishlovdan oʻtkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani koʻrsatish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan oʻtkazilganda — ishlovdan oʻtkazish boʻyicha masʼul operator shtampini qoʻyish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos boʻlgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “Toʻlandi” shtampini qoʻyish yoki qoʻl yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) koʻrsatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlangʻich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yigʻib boriladi va tizimlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari haqidagi maʼlumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tashkilotlar qoʻllayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini oʻz faoliyatining xususiyatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni oʻchirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Boshlangʻich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan toʻgʻri matn yoki summalar yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni oʻqish imkoniyati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boshlangʻich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boshlangʻich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bogʻliq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi tashkilot rahbari tomonidan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muayyan hisob registriga tegishli boʻlgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlangʻich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa orderlari, boʻnak hisobotlari, bank koʻchirmalari ularga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yigʻilishi va muqovalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yoʻqolishi yoki suiisteʼmol qilinishining oldini olish maqsadida yigʻmajildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashkilotlardan boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qoʻyish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qoʻyishlar, mazkur idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qoʻyish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi tashkilotning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari olib qoʻyilayotgan hujjatlardan asoslarni hamda olib qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qoʻyilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qoʻyilayotgan boʻlsa, olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular roʻyxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi) yoki olib qoʻyilayotgan hujjatlarning roʻyxatini har bir hujjatdagi betlar sonini koʻrsatgan holda tuzishi kerak. Bunda, roʻyxatni olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralarning vakillari va tashkilotning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Boshlangʻich hujjatlarni yoʻqotish hollarida tashkilot rahbari buyruq bilan yoʻqotish sabablarini tekshirish boʻyicha komissiya tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tekshiruv natijalari tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich hujjatlarni yoʻqotishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yoʻq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlangʻich hujjatlar shakli blankalari qatʼiy hisobdagi blankalarga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qatʼiy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qatʼiy hisobdagi blankalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qatʼiy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan tashkilotning masʼul shaxslari tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi yozma shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar masʼul shaxs vaqtincha yoʻq boʻlsa yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan boʻlsa, qatʼiy hisobdagi blankalar masʼul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qatʼiy hisobdagi blankalarni mol yetkazib beruvchidan qabul qilish tashkilotning masʼul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi masʼul shaxs tomonidan majburiy tartibda oʻrami buzilganlik holati yuzasidan koʻrib chiqiladi, qabul qilinayotgan oʻramlar miqdorining yoʻllanma kuzatuv hujjatlarda koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Matbaa tashkilotidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qatʼiy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa tashkilotining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yoʻllanma xat bilan matbaa tashkiloti nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa tashkilotiga joʻnatiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga tashkilotda qoladi. Eʼtirozlar qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qatʼiy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki tashkilotning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qatʼiy hisobdagi blankalarni koʻp miqdorda qabul qiluvchi tashkilotlarda ularning buzilish yoki oʻgʻirlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotda mavjud boʻlgan qatʼiy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini taʼminlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qatʼiy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Masʼul shaxs qatʼiy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq raqamlangan va tikilgan “Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning soʻnggi varagʻida tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi. Jurnalda oʻchirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qatʼiy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan masʼul shaxslarga qatʼiy hisobdagi blankalarning saqlanishini taʼminlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qatʼiy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda ularning nomi, miqdori va baholash boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hisobdor shaxslar qatʼiy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi boʻyicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qatʼiy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hisobdor shaxslarga qatʼiy hisobdagi blankalarni berish masʼul shaxs tomonidan tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirigʻi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hisobdor shaxslarga berilgan qatʼiy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida tashkilot tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha olish-nazorat qilish varaqlari yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada toʻldiriladi va ulardan bittasi Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnaliga imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi masʼul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qatʼiy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish-nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olish-nazorat qilish varagʻining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varagʻini qatʼiy hisobdagi blankalarni toʻgʻri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qatʼiy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satriga imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qatʼiy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”da (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qatʼiy hisobdagi blankalarning yoʻqolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qatʼiy hisobdagi blankalarda oʻchirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qatʼiy hisobdagi blankalarni toʻldirilishi va ishlatilishi boʻyicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda, masʼul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qatʼiy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qatʼiy hisobdagi blankalar” hisobvaragʻiga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qatʼiy hisobdagi blankalar” hisobvaragʻidan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qatʼiy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal boʻyicha ularning umumiy hisob summasi boʻyicha yuritiladi. Qatʼiy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud boʻlmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Nuqsonli, toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qatʼiy hisobdagi blankalar tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Nuqsonli, toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qatʼiy hisobdagi blankalarni yoʻq qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan zarurat tugʻilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki notoʻgʻri toʻldirilgan blankalar yoʻq qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qoʻyiladi va ular yozilgan kunning oʻzidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qatʼiy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash boʻyicha javobgarlik tashkilot rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkilotning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjatlar aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjatlar aylanishi grafigini tuzish boʻyicha ishni tashkil etadilar. Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Grafik tashkilotda oqilona hujjatlar aylanishini taʼminlashi zarur, yaʼni har bir boshlangʻich hujjatning harakati boʻyicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning boʻlinmada eng kam muddatda boʻlishini belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilotda barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Hujjatlar aylanishi grafigi tashkilotning har bir boʻlinmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning oʻzaro bogʻliqligini va ishlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish boʻyicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki roʻyxati koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 3-ilovasida ishlar roʻyxati koʻrinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tashkilot xodimlari oʻzlarining faoliyat sohasiga taalluqli boʻlgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi boʻyicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan koʻchirma beriladi. Koʻchirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan tashkilot boʻlinmalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish boʻyicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni oʻz vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi boʻyicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tashkilot boʻyicha ijrochilarning hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilishini nazorat qilish tashkilot rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

KIRIM

CHIQIM

T/r

Kelib tushgan blankalarga ilova qilingan hujjat

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari (__dan __gacha)

Berish sanasi

Kimga berilgan

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari (__dan __gacha)

Olganlik toʻgʻrisida imzo

sana

t/r

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________________

(berish sanasi)

__________________________

(imzo)

M.Oʻ.

QATʼIY HISOBDAGI BLANKALARGA

_____-sonli OLISH-NAZORAT QILISH VARAGʻI

Oluvchi ________________________________________________________

Blankalar turi _________________________________________________

Olingan blankalar

Ishlatilgan blankalar

Sana

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari

(__dan __gacha)

Hisob jurnali boʻyicha yozuv raqami

Sana

Blankalar miqdori

Blankalar raqamlari

(__dan __gacha)

Berdi _________________________

Oldi __________________________

(bergan shaxsning imzosi)

(olgan shaxsning imzosi)

Hisobotni qabul qildi

_____________________________________

(belgi va imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot boʻyicha hujjatlar aylanishining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hujjatning nomi

Hujjatni tuzish

Hujjatni tekshirish

Hujjatni ishlash

Arxivga topshirish

nusxa soni

chiqarishga masʼul

rasmiylashtirishga masʼul

bajarishga masʼul

bajarish muddati

tekshirishga masʼul

kim taqdim etadi

taqdim etish tartibi

taqdim etish muddati

kim bajaradi

bajarish muddati

kim bajaradi

berish muddati

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

talabnoma …

2

sex

taʼminot boʻlimi buxgalteriyasi

ombor

har kuni, soat__ gacha

buxgalteriya

1-nusxa — sex

2-nusxa — ombor

hisobotda,

roʻyxatda

har kuni, soat__ gacha

buxgalteriya

har kuni

buxgalteriya

Chorak tugagandan keyin

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 29-maydagi 53-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-1, 2013-yil 7-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 23-son, 311-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 76-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-2, 2016-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil, 41-son, 483-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-iyundagi 87-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-3, 2017-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 27-son, 625-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-4, 2019-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-yil, 11-son, 210-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-5, 2020-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2020-yil, 33-son, 389-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-son “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 2023-yil 27-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2024-y., 10/24/3538/0565-son)