18.07.2024 yildagi PF-102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz hududlarida yangi turizm industriyasi obyektlarini ko‘paytirish orqali qulay sayohat qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, ichki turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish, transport logistikasidagi mavjud muammolarni hal etish, shuningdek, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, turizm sohasida qulay tadbirkorlik muhitini yaratish va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 10 million AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi. Bunda:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu transport vositasi import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilganligi, boshqa shaxslarga sotilganligi yoki o‘tkazilganligi yoxud ijaraga berilganligi aniqlangan taqdirda, bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi to‘liq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-avgustga qadar turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobus va haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan mikroavtobuslar uchun taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan avtobuslar va mikroavtobuslar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki o‘tkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda to‘liq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi. Bunda, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizi Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha respublika jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy jamoatchilik kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — mahalliy kengash) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasining turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi milliy turizm brendini (tanitish belgisi) yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing va brending konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining yangi milliy turizm brendi (keyingi o‘rinlarda — turizm brendi)ni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm brendining maqsadli bozorlar (auditoriya) talablaridan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari to‘g‘risida kontentlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy marketing texnologiyalaridan, shu jumladan xalqaro media va ijtimoiy platformalar, butunjahon sport, madaniyat va san’at tadbirlari maydonidan foydalangan holda turizm brendini targ‘ib qilish tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turizm qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qilsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq bo‘lgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarning o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida respublikaga olib kelgan mashhur xorijiy blogerlarning (auditoriyasi 1 milliondan kam bo‘lmagan) yashash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mashhur blogerlarni olib kelish bo‘yicha sarf-xarajatlar smetasi Turizm qo‘mitasi bilan oldindan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Respublika kengashi har chorakda kamida bir marotaba, mahalliy kengashlar har oyda bir marotaba turizm sohasi subyektlari faoliyati, turizm infratuzilmasi va transport logistikasi sohalarida vujudga kelayotgan muammolarni ko‘rib chiqib, ularni bartaraf qilish va mavsum oldi tayyorgarlik ko‘rish hamda oldindan xabar berish tartibi asosida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan uch kundan kam bo‘lmagan biznes tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda solig‘ini ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turizm qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda milliy turizm delegatsiyasi ishtirok etishi lozim bo‘lgan ko‘rgazmalar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm ko‘rgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontentini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2025-yildan boshlab har yili xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalari uchun mahalliy budjetdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga taqdimnoma kiritgan holda 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratib borish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ikki oy muddatda xalqaro festivallarda qatnashadigan hunarmandlarga pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish hamda aviachipta xarajatlarining 50 foizini Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qoplab berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov, J. Xodjayev) ikki oy muddatda turoperatorlarga aylanma mablag‘ uchun eksport oldi moliyalashtirishga 50 million dollargacha resurs ajratish va uni maqsadli ishlatish tartibini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Turizm qo‘mitasi Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda “Mavjud turizm mahsulotlarini taqdim etish” modelidan “Mijozga nima kerak” modeliga o‘tishning qisqa muddatli konsepsiyasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sayyohlarning fikrini o‘rganish maqsadida xalqaro aeroportlar, chegara o‘tkazish punktlari va turizm namoyishi obyektlarida QR-kod asosida so‘rovlar o‘tkazib borilishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-dekabrga qadar yurtimizdagi barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy fuqarolarni transport va turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-son qarorining 3-ilovasi bilan master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)larning ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Belgilansinki, master-rejalar ishlab chiqiladigan hududlarda yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda Jamg‘arma xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari S. Sa’dullayev master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar) hududlarida infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni moliyalashtirish uchun mas’ul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar) hududlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2024-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 100 milliard so‘m ajratsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturida 132 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turizm qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda biznes turizmini (MICE) rivojlantirish uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi bir oy muddatda Mo‘ynoq va Parkent tumanlarida ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda kichik biznesga tayyor joyni qurib taklif qilish tizimini yaratish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha respublika jamoatchilik kengashi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

G.B. Israilova

O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari

4.

Z. Pololikashvili

Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm bosh kotibi

5.

S. Ibbotson

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi

6.

Z. Tongqian

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori

7.

Yu. Mizumori

Turizm qo‘mitasining Yaponiyadagi turizm vakili

8.

O. Q. Norinboyev

O‘zbekiston geografiya jamiyati raisi

9.

F.A. Abdullayeva

O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi raisi

10.

A.X. Umarov

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi

11.

T.D. Musin

O‘zbekiston restoratorlar va otelyerlar uyushmasi raisi

12.

D.R. Urakov

O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi rahbari v.b.

13.

Sh.M. Saibov

O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi raisi

14.

M.S. Sultanova

O‘zbekiston sotsial turizm uyushmasi raisi

15.

L.Yu. Kozlovskiy

O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi raisi

16.

M.S. Saydaminov

“Orient voyages” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

17.

Z.A. Butayev

“Samarkand touristic centre” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori

18.

M.M. Ramazonov

“Avrud travel” mas’uliyati cheklangan jamiyati marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori

19.

B.R. Ashuraliyev

“Elan Ekspress” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

20.

L.M. Mirzayeva

“Farovon Xiva xotel” mehmonxonasi bosh menejeri

21.

B.R. Koraxodjayev

“Asia star plaza” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

22.

D.A. Yakubova

“O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali siyosiy sharhlovchisi

23.

E.A. Tuxvatulina

“Dunyo bo‘ylab” telekanali “Vsyo o Turizme” dasturi muallifi va boshlovchisi

24.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

25.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

26.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

27.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b.

28.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

29.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

30.

A.Z. Sa’dullayev

yoshlar ishlari agentligi direktori

31.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

32.

U.R. Shadiyev

Turizm qo‘mitasi raisi, Jamoatchilik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Izoh: O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi va Turizm qo‘mitasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi a’zolari tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy jamoatchilik kengashlarining namunaviy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

Turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakili, Mahalliy jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari

4.

Lavozimiga ko‘ra

Turizm va unga yondosh sohalardagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari

5.

Lavozimiga ko‘ra

Hududdagi yirik turoperatorlar

6.

Lavozimiga ko‘ra

Hududdagi yirik mehmonxona vakillari

7.

Lavozimiga ko‘ra

ommaviy axborot vositalari vakillari

8.

Lavozimiga ko‘ra

Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

9.

Lavozimiga ko‘ra

transport vazirligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

10.

Lavozimiga ko‘ra

Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘linmasi boshlig‘i

11.

Lavozimiga ko‘ra

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

12.

Lavozimiga ko‘ra

ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

13.

Lavozimiga ko‘ra

iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

14.

Lavozimiga ko‘ra

Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

15.

Lavozimiga ko‘ra

Madaniy meros agentligining hududiy bo‘linmasi boshlig‘i

16.

Lavozimiga ko‘ra

Turizm qo‘mitasining hududiy boshqarmasi o‘rinbosari Mahalliy jamoatchilik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mahalliy jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida 3 nafar turizm va unga yondosh sohalardagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda 4 nafardan turoperator va mehmonxona vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahalliy jamoatchilik kengashlari o‘rinbosarlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda mahalliy kengashlar a’zolari tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy jamoatchilik kengashlari a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, ularning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish bo‘yicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlari

1.

Kichik biznesga tayyor joyni qurib taklif qilish bo‘yicha yangi tizim yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2.

Bo‘stonliq tumanidagi 100 million dollar investitsiya jalb qilingan holda “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona majmuasiga olib boruvchi 4R6d Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish.

2. Loyihani O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taklif kiritish.

2024-yil oktabr

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilashga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

Toshkent viloyati hokimligi,

Turizm qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2025-yil

3.

Toshkent viloyatida “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida majmuaning elektr energiyasi iste’moli rejasidan kelib chiqib, kerakli quvvatdagi elektr podstansiyasini o‘rnatish.

Bunda, podstansiya qurilishi uchun sarflangan xarajatlar mehmonxona majmuasiga yetkazib berilgan elektr energiyasini monetizatsiya qilish (sotuvi) hisobidan qoplanadi.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil

Respublika budjeti mablag‘lari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

4.

G‘elondan o‘tuvchi Oqsuv daryosida 63 million AQSH dollarilik quvvati 24 Megavattli 3 ta GESni ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zbekgidroenergo” AJ

5.

Sechanko‘l va Achinko‘l ko‘llari bo‘yida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish.

Ko‘llar atrofida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rganishlar olib borish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflarni kiritish.

2025-yil mart

-

Qashqadaryo viloyati hokimligi,

Turizm qo‘mitasi

6.

Namangan viloyati Chortoq tumanida kamida 10 ta sanatoriya va mehmonxona tashkil qilishga investorlarni jalb qilish.

1. Chortoq tumanida sanatoriya-kurort zonalarini tashkil qilish uchun salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash.

Bir oy muddatda

Ijrochilar mablag‘lari

Namangan viloyati hokimligi,

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasidagi investorlar uchun taqdimotlar tayyorlash.

Ikki oy muddatda

3. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflarni amalga oshirish va ijobiy natijalarga erishish.

2024-yil davomida

7.

Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa maqsadli davlatlardan xorijiy sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish choralarini ko‘rish.

Bunda, viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalarni uch oygacha ushbu davlatlarda xizmat safarida bo‘lishini ta’minlash.

1. Hokimliklar vakillarining Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarga tashrifi bo‘yicha reja-jadval tuzish.

2. Ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokara o‘tkazib, viloyatlar delegatsiyalarining tashrifini tashkil etish.

3. Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardagi yirik biznes egalarining hududlar turizm infratuzilmasiga investitsiya kiritishi va turoperatorlar tomonidan turistik oqimni ko‘paytirish maqsadida ikki tomonlama kelishuvlarga erishish.

2024-yil 1-avgustdan boshlab,

doimiy ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)larning har biriga 50 million dollarlik investitsiya kiritish bo‘yicha taqdimot qilish.

Taqdimot loyihasi.

Bir oy muddatda

-

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Misr va Turkiya tajribasi asosida Samarqand va Buxoro shaharlarida sharq bozori loyihasini amalga oshirish.

1. Sharq bozori loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihalar taqdimotini o‘tkazish.

3. Loyihani amalga oshirish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlash.

Ikki oy muddatda

Ijrochilar mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zmilliy bank” AJ,

Madaniy meros agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

4. Sharq bozorlari loyihasini YUNESKO bilan o‘rnatilgan tartibda kelishish.

2024-yil yakuniga qadar

10.

Yetakchi xorijiy davlatlarda “Farovon” milliy mehmonxona brendi ostida mehmonxonalar barpo etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Takliflar ishlab chiqish.

Uch oy muddatda

-

Vazirlar Mahkamasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

11.

Turizm sohasidagi investorlarga qulay sarmoyaviy muhit yaratish.

Bunda, 3-5 yulduzli mehmonxona va kurort (rezort)larni barpo etayotgan xorijiy va mahalliy investorlarga maxsus turistik-rekreatsion zonalarga nisbatan qo‘llanadigan imtiyoz va afzalliklarni taqdim etishni ko‘zda tutuvchi “turizm investori” maqomini joriy qilish.

Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

12.

Birorta ham mehmonxona mavjud bo‘lmagan 22 ta tumanda kichik otellar barpo etish uchun oilaviy xonalar sonidan kelib chiqib, subsidiya ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Uch oy muddatda

-

Turizm qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. Uzoq xorij davlatlaridan yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlari

13.

“E-visa” (elektron viza) tizimini takomillashtirish, uzilishlarsiz muntazam ishlashini ta’minlash hamda mobil ilovani ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

Tashqi ishlar vazirligi mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qo‘mitasi

14.

Qo‘shni davlatlarda sayyohlar guruhlarining chegaradan o‘tishini yengillashtirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazib, yashil yo‘laklar tashkil etish yuzasidan aniq va hamkorlar bilan kelishilgan yechimlarni kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

-

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi

15.

“Atletiko Madrid” (Ispaniya) futbol jamoasi bilan O‘zbekiston turizm brendi reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Ispaniya tomoni bilan ishlarni tashkil qilish.

1. Respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun zarur ma’lumotlarni (logo va slogin) shakllantirish (zaruriyatga ko‘ra ishchi guruhlar tuzish).

2. Futbol jamoasi ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazish.

Ikki oy muddatda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining va Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

3. Loyihani amalga oshirish.

2024-yil davomida

16.

O‘zbek ipagi, milliy liboslari va O‘zbekistonning an’anaviy bezaklarini keng targ‘ib etish maqsadida jahonning mashhur kutyurye va moda uylari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Ikki oy muddatda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining va Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

17.

Mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi “O‘zbek ipagi: jahon brendlari ilhomi” tanlovini o‘tkazish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining va Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil oktabr

18.

Mo‘ynoq aeroporti imkoniyatidan samarali foydalanish orqali alohida havo hududini tashkil etish hamda parashutdan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

-

Mudofaa vazirligi,

Transport vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil oktabr

19.

Toshkent shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish.

1. Festivalni o‘tkazish vaqti va joyini belgilash.

2. Festival to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish.

3. Festivalni tashkil qilish va O‘zbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini o‘tkazish.

2024-yil sentabr

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda

Turizm qo‘mitasi,

Toshkent shahar hokimligi

20.

Xiva shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish.

1. Festivalni o‘tkazish vaqti va joyini belgilash.

2. Festival to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish.

3. Festivalni tashkil qilish va O‘zbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini o‘tkazish.

2025-yil

(kelishilgan muddatda)

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda

Turizm qo‘mitasi,

Xorazm viloyati hokimligi

21.

Muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish.

1. Xususiy muzeylar ochish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Muzeylar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy qilish, muzeylarga kirish uchun yagona karta tizimini va muzeylar ekspozitsiyasini tizimli ravishda yangilash mexanizmlarini yaratish.

3. Muzeylarda esdalik sovg‘alarini sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va chiptalarga tabaqalashtirilgan tariflarni belgilash.

Muzeylarning bo‘sh maydonchalarida auksionlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, badiiy, hunarmandchilik, kovorking maydonchalari, hordiq chiqarish zonalarini tashkil etish orqali muzeylarda monetizatsiyaga sharoit yaratish.

2024-yil noyabr

-

Madaniy meros agentligi

22.

2025-yilda restavratsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari ro‘yxatini shakllantirish hamda uy muzeylarini ta’mirlash va tiklash masalasini kiritish.

1. Ta’mirtalab uy muzeylari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Xiva shahrida Ichan qal’a majmuasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan Muhammad Rahimxon II — Feruzning “Qibla tozabog‘” yozgi qarorgohini to‘liq tiklash, muzey tashkil qilish, eksponatlarning virtual ko‘rinishi va animatsiyasini shakllantirish, audio va multimediya vositalarini o‘rnatish uchun qo‘shimcha 10 milliard so‘m ajratilishini ta’minlash.

2025-yil mart

Madaniy meros obyektlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablag‘lar hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniy meros agentligi

23.

Madaniy meros obyektlarining me’moriy qiyofasi, turizm salohiyati va milliy qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan targ‘ibot namunalarini ishlab chiqish.

1. Xorazm, Samarqand va Buxoroda joylashgan yirik madaniy meros obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

Bir oy muddatda

Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Madaniy meros agentligi,

Turizm qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Targ‘ibot mahsulotlarining dizayni namunalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

3. Ishlab chiqilgan dizayn asosida mahsulotlarni tayyorlash.

Uch oy muddatda

4. Shakllantirilgan ro‘yxatga asosan targ‘ibot mahsulotlarini madaniy meros obyektlariga joylashtirish.

Olti oy muddatda

24.

Mehmonxona va yirik turizm komplekslari uchun yaqin 4 yilda boshqaruvchilarga bo‘lgan talabni o‘rganib, xorijdagi turizm va servis komplekslarida har yili kamida 20 nafar o‘rta bo‘g‘in menejerining malakasini oshirish.

Bunda, menejerlarni xorijda o‘qitish xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Yangi o‘quv yilidan turizm sohasidagi oliygohlarda 2 ming talabani hamda kollej va texnikumlarda 1 ming o‘quvchini dual ta’lim bilan qamrab olish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Turizm qo‘mitasi

26.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini tashishda ichki ishlar organlari tomonidan avtobuslarga hamrohlik qilish bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqish.

Idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

-

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qo‘mitasi

27.

Turizm sohasining subyektlari tomonidan avtobus, mikroavtobus va minivenlar yon oynalari tusini o‘zgartirishda faqat bir marta to‘lovni amalga oshirish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bir oy muddatda

-

Ichki ishlar vazirligi

28.

Turistik salohiyati oshib borayotgan hududlardagi turizm namoyishi obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini yanada oshirish va sayyohlar xavfsizligini kompleks ta’minlash maqsadida Farg‘ona va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tarkibida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirligiga qo‘shimcha 25 ta shtat birligini ajratish hamda ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni 2025-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil dekabr

Respublika budjeti mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

29.

2025 — 2028-yillar uchun ichki turizm targ‘ibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston marketing uyushmasi hamda xususiy marketing tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil avgust

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Turizm qo‘mitasi

2. Marketing tashkilotlari bilan kelishuvga erishish.

2024-yil sentabr

3. Ichki turizm targ‘ibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

4. Marketing strategiyasini amalga oshirish hamda ijrosini ta’minlash.

2025 — 2028-yillar davomida

30.

Turizm qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom qabul qilingunga qadar Qo‘mita hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish.

1. Turizm qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangunga qadar Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori doirasida vaqtincha amalga oshirish.

2025-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Turizm qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. 2024-yil yanvar oyidan to‘lanmagan farq summalari to‘lab berilishini ta’minlash.

Bir hafta muddatda

3. Vazirlar Mahkamasining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mehnatga haq to‘lash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga muvofiqlashtirish;

Turizm qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasida strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlik qilish va reytinglar kabi tarkibiy bo‘linmalari tashkil etilishini nizom loyihasida nazarda tutish.

uch oy muddatda

31.

Xorazm viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2025-yilda madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va tiklash.

1. “Ichan qal’a” davlat-muzey qo‘riqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasini restavratsiya qilish uchun 2025-yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishga respublika budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 12 mlrd so‘m ajratish.

2025-yil mart

Madaniy meros obyektlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablag‘lar hisobidan

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

2. Xiva shahridagi “Ichan qal’a” davlat-muzey qo‘riqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasi va “Deshan qal’a” hududlari bo‘yicha batafsil rejalashtirish loyiha takliflarini belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishish.

2026-yil davomida

32.

Yillik taqvim rejaga kiritilgan yirik madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish vaqti va joyi o‘zgartirilgan taqdirda, tadbir o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida ikki oy oldin ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berish orqali munosabat bildirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab,

zaruratga ko‘ra doimiy ravishda

Turizm qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Mehmonxonalarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tizimini takomillashtirish.

Bunda, xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini o‘rgangan holda:

mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash;

mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sertifikatlashtirish talablariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan tartib ishlab chiqish nazarda tutiladi.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

-

Turizm qo‘mitasi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Bosh prokuratura

34.

Etnoqishloqlarni saqlash, muhofaza etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

muhofaza etiladigan etnoqishloqlar ro‘yxatini shakllantirish;

muhofaza etiladigan etnoqishloqlar joylashgan uylarni saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;

shakllantirilgan ro‘yxatda keltirilgan qishloqlarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega chegaralarini belgilagan holda qishloqlarga “Etnoqishloq” maqomini berish va mazkur qishloqlarni Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

Turizm qo‘mitasi,

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmoni 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi hamda tumanlar turizm va sport bo‘limlari” so‘zlari “Toshkent shahar turizm boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoni 5-ilovasining 21-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2024-yil II chorak” so‘zlari “2024-yil IV chorak” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-102-son Farmoni 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “davolash muassasalari” so‘zlaridan keyin “(bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Bo‘stonliq turizm va servis kollejlari hamda Toshkent turizm va biznes kollejini” so‘zlari “Bo‘stonliq turizm va servis kollejlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovadan “Toshkent turizm va biznes kolleji” bloki chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarori 2-bandining “v” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi “2025-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlaridan keyin “turizm markazlarida, shuningdek,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari” so‘zlari “Turizm qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarorining 16-bandi birinchi xatboshisidagi “iyul oyida” so‘zlari “20-iyuldan 20-avgustga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirdagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Belgilansinki qavatlar soni bilan bog‘liq talablar YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda yoki tog‘li va tog‘oldi hududlarda yangi qurilgan mehmonxonalarga tatbiq etilmaydi”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. 2024-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “To‘siqsiz turizm” dasturi amalga oshirilsin. Bunda turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinsin”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)