Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 27.02.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1318
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 27-fevralda 1318-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25, 26-moddalariga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 523-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun muddat o‘tgach kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. (1999-yil 27-iyul, ro‘yxat raqami 780-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 9-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais o‘rinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasining
2004-yil 20-yanvarda 01-02/12-3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 224-modda) muvofiq, tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda, bojxona omborida saqlashda va chiqarishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish hamda bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlar va transport vositalari bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga saqlash uchun topshirilguniga qadar ushbu tovarlar va transport vositalari hamda bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javobgar tashuvchi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona omboridan bojxona ombori va vaqtincha saqlash rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni saqlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborida bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborlariga quyidagi tovarlar joylashtirilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori rejimiga bayon etilgan kuni belgilangan, yaroqlilik, foydalanish va saqlash muddati o‘tgan hamda tez buziluvchan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar, shunday tovarlarni saqlash sharoitlariga mos ravishda jihozlangan ixtisoslashtirilgan bojxona omborlariga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarlar bojxona omboriga bojxona organi mansabdor shaxslari ishtirokida yoki ularning xabardorligida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) muvofiq elektron yoki bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) belgilangan qog‘oz blankasida yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BYuD bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (bojxona ko‘rigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘simlik va hayvonlardan olingan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli davlat organlari tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bunday nazoratdan bojxona omboriga joylashtirishda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bojxona omboriga joylashtirilgan va unda saqlanayotgan tovarlarni belgilangan tartibda begonalashtirish va ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs ushbu tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida oldindan bojxona postiga xabarnoma berib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar (nomi, miqdori, bojxona qiymati, bojxona ombori rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga asos bo‘layotgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga nisbatan mulkiy huquqni egallayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot (tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda tashkilotning nomi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hujjatlar BYuD rasmiylashtiriladigan bojxona postiga taqdim etilgan taqdirda, o‘z tashqi o‘lchamlari (gabaritlari) va xususiyatlaridan kelib chiqib, bojxona omboriga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan tovarlar bojxona ombori rejimida bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtiriladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning nomi va miqdori, ularni saqlash uchun mo‘ljallangan joy (aniq manzili) va saqlash uchun javobgar shaxslar (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning yuk va tovar kuzatuv hujjatlari (yuk xati, konosament, spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat (harbiy yuklar, insonparvarlik yordami, texnikaviy ko‘mak sifatida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro, chet el hukumati moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablag‘lari, shuningdek grantlar hisobiga olib kelinayotgan tovarlar va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, xorijiy valyuta, qimmatbaho qog‘ozlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar saqlanadigan joyning chizmasi va fotosuratlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar saqlanishi mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, tovarlar va transport vositalari saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilgan bo‘lishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar saqlanayotgan hududga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning) yaqinlashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qo‘yilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rejimidagi tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga, ushbu Nizom bilan bojxona omborlariga qo‘yilgan talab va qoidalar tatbiq etiladi, mazkur Nizomning V va VIII boblari talab va qoidalari bundan mustasno.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bojxona ombori rejimidagi tovarlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ularning holatini o‘zgartirmaslik, o‘rovini buzmaslik va bosilgan qiyoslash vositalarini o‘zgartirmaslik shartlari bajarilgan taqdirda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash, shamollatish, quritish (shu jumladan, issiqlik oqimini hosil qilish bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashning maqbul temperatura rejimini hosil qilish (sovutish, muzlatish, isitish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya o‘roviga joylashtirish, himoya moyi va konservantlar surtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zanglashdan himoya qilish uchun bo‘yash, saqlash qoplamalarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishdan oldin chirishga qarshi bo‘yoq bilan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lchash, tekshirish, tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori hududida joyini o‘zgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bilan 11-bandda ko‘rsatilgan operatsiyalardan tashqari sotishga va tashishga tayyorlash bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turkumlarga bo‘lish va jo‘natmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralash, o‘rash, qayta o‘rash, markalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortish, tushirish, qayta ortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplektlash yoki ish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni namoyish qilish stendlariga joylashtirish va testdan o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 12-bandda ko‘rsatilgan operatsiyalar bojxona organini xabardor qilgan holda bojxona ombori egasi ishtirokida o‘tkaziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 11 va 12-bandlarda ko‘rsatilgan operatsiyalar tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxslar va ularning vakillari tomonidan bojxona ombori hududida, tovarlarni bojxona ombori rejimida bojxona omboriga amalda joylashtirmasdan rasmiylashtirilgan holda esa bojxona nazorati zonasi hududida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tovarlar bilan o‘tkaziladigan barcha operatsiyalar bunday tovarlarning TIF TN bo‘yicha raqam kodini o‘ninchi belgisi darajasida klassifikatsiyalanishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarini (sifatini) o‘zgartirmasligi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-1, 27.09.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 459-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bojxona to‘lovlarini to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda qonunchilikka muvofiq bojxona yig‘imlari undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida to‘lovlardan ozod qilish yoki to‘langan summani qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga ko‘ra olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan boshqa shaxsga berib yuborilgan yoki yo‘qotilgan hollarda, hamda agarda tovarlar faqat halokat yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q bo‘lgan, qaytarib bo‘lmaydigan holda qo‘ldan ketgan yoxud kamomad, tabiiy eskirish yoki normal saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan bo‘lmasa, ombor egasi tovarlar erkin muomalaga chiqarilgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lashi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarga nisbatan bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo‘lgan bojlar, soliqlar stavkalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bojxona ombori egasining bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarligi tovarlarni bojxona omboriga rasmiylashtirilgan ombor hujjatlari (hisobga olish kitobi, bojxona hisob hujjati) bo‘yicha saqlash uchun qabul qilingan vaqtdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar hisobi va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Omborga joylashtirilayotgan tovarlarni ombor egasi quyidagi ombor hujjatlarida ro‘yxatga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hisobga olish kitobida (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Bojxona hisob hujjatida (bojxona hisob hujjati sifatida bojxona deklaratsiyasidan foydalanish mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombor egasi tovarlarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishi lozim. Bojxona organi muayyan hisob programma kompleksidan foydalanish talablarini belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona omboridagi tovarlarning hisob hujjatlari besh yil saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ombor egasi har chorakda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar va saqlash muddatlari to‘g‘risida bojxona organiga 3-ilovada keltirilgan shaklda hisobot taqdim etishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-1, 27.09.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 459-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda ombor egasidan omborda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot talab qilishga haqli. Bunday ma’lumot bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining yozma talabnomasi yetkazilgandan keyin uch kun muddat ichida taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bojxona organi yopiq turdagi bojxona ombori egasi uchun omborda saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida soddalashtirilgan hisobot taqdim etish tartibini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona organi omborda va bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda saqlanayotgan tovarlarni inventarizatsiyalashga haqli.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tovarlarni saqlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat ayrim shaxslar uchun bojxona organi tomonidan cheklanishi mumkin. Tovarlarni saqlashning cheklangan muddati bir yildan kam bo‘lmasligi kerak (saqlash, iste’mol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar bundan mustasno). Saqlashning aniq muddatlari belgilangan me’yorlarda tovarlarni saqlashga joylashtiruvchi shaxs tomonidan ombor egasi bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash, iste’mol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar belgilangan muddat o‘tishidan oltmish kun oldin boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi va bojxona omboridan olib chiqib ketilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlar doirasida bojxona omboriga tovar joylashtirgan shaxsning yozma so‘rovnomasi bo‘yicha bojxona posti tomonidan uzaytiriladi. So‘rovnoma belgilangan muddat o‘tishidan o‘n kun oldin berilishi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. “Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qo‘yilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan yo‘q qilinganda yoki davlat daromadiga o‘tkazilganda.
(261-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Tovarlarni ombordan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bojxona ombori rejimida turishning belgilangan muddati tugagunga qadar tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish so‘ralishi kerak. Bunday tovarning tanlangan rejimga bojxona rasmiylashtiruvi to‘liq yoki qismlar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Boshqa rejimga so‘ralgan tovarlar tanlangan rejimga muvofiq rasmiylashtirilgandan 3 kun muddatda ombordan amalda olib chiqib ketilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bojxona ombori rejimiga muvofiq tovarlarni saqlash muddati tugagunga qadar, biroq belgilangan kundan 15 kun oldin bojxona posti boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi tovarning qonuniy egasiga erkin shakldagi bildirish xatini beradi. Bildirish xati ko‘rsatilgan shaxsga shaxsan imzo orqali topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Belgilangan muddat tugagunga qadar bojxona ombori rejimida saqlanayotgan tovarlarni boshqa rejimga joylashtirish so‘ralmasa, muddat o‘tgandan so‘ng ikkinchi kuni bojxona postining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona qonunchiligi buzilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng boshqa rejimga so‘ralmagan tovarlar vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tovarlarning bojxona rejimini o‘zgartirmagan holda bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday tovarlarni amalda olib o‘tish bojxona nazorati ostida tovarlarni yetkazib berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlarni saqlash muddati bojxona omboriga eng avvalgi joylashtirilgan sanadan hisoblanadi va bojxona omborida turish muddati to‘xtatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tovarlarni bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib o‘tish yuklarni bojxona nazorati ostida tashishga oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bojxona ombori rejimida saqlanayotgan va bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yukni yetkazib berish nazorat kitobchasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning bojxona ko‘rigi amalga oshirilgandan so‘ng va keyinchalik saqlanadigan bojxona omboriga amalda joylashtirilgandan so‘ng, ushbu ombor joylashgan hududda faoliyat ko‘rsatuvchi bojxona posti xodimi BYuDning 49-katagiga qo‘shimcha ravishda tovarlar joylashtirilgan bojxona omborining litsenziya raqami va sanasini ko‘rsatadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Bojxona organi bilan ombor egasining o‘zaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ombor egasi ombor, unda saqlanayotgan tovarlar turidan va omborning faoliyat ko‘rsatishi bilan bevosita aloqador boshqa omillardan kelib chiqqan holda bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasini tasdiqlaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tartib-qoidalarda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori, shu jumladan bojxona organi xodimlari uchun binolar jihozlanishiga bojxona organining talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborning ish rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar hisob shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombor egasi tomonidan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida hisobot taqdim etish shakllari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori ishini ta’minlovchi, unda saqlanayotgan tovarlar bilan yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning bojxona omboriga kirish-chiqish tartiblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa talablar va shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ko‘rsatib o‘tilgan tartib-qoidalar mazkur Nizomga va bojxonaga oid qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazuvchi bojxona organi bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va bunda bajariladigan bojxona operatsiyalari to‘g‘risida bojxona statistikasini yuritish maqsadlarida yuqori bojxona organiga O‘zbekiston Respublikasi DBQsi belgilagan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan foydalanish va tasarruf etish tartibini buzgan yoxud ushbu rejimni qo‘llash shartlarini bajarmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona ombori” bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasining ayrim ustunlarini to‘ldirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda deklarant bojxona yuk deklaratsiyasining quyidagi ustunlarini to‘ldiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2, 3, 5, 6, 8, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 53, 54, V va S.
(1-ilovaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan 7, 44 (boshqa hujjatlar va ma’lumotlar ko‘rsatiladigan qismiga bojxona ko‘rigi dalolatnomasi raqami va sanasi kiritiladi), D ustuni va bojxona yuk deklaratsiyasi qo‘shimcha varag‘ining A ustuni to‘ldiriladi.
(1-ilovaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirishda ko‘rsatib o‘tilgan ustunlardan 15 va 15a to‘ldirilmasdan, 17 va 17a ustunlar to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 44, 49 va S — ustunlarni to‘ldirish quyidagi xususiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ustun. “Deklaratsiya turi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunning birinchi bo‘linmasida bojxona omboriga O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlarni joylashtirishda “IM” ko‘rsatiladi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallangan tovarlarni joylashtirishda esa “EK” ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o‘tish jarayoni klassifikatoriga binoan ustunning ikkinchi bo‘linmasida bojxona ombori rejimining belgisi — “74” ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunning uchinchi bo‘linmasi to‘ldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-ustun. “Qo‘shimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunda rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldida tartib raqami ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-tovar-transport hujjatlari, schyot-faktura, invoys, Xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) kitobchasining raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombor egasi o‘rtasidagi shartnomaning raqami va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlar (bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash, garov shartnomasi, bojxona qonunchiligini buzish bayonnomasi, bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, tovar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirilganda — bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi hamda summasi va boshqalar).
(1-ilovaning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-ustun. “Ombor nomi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunda bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziyaning raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega bo‘lmagan joyga joylashtirilsa, mazkur ustun to‘ldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“S-ustun”
(S-ustun nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunning 2-tartib raqamida tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana ko‘rsatiladi. Olib kirish sanasi O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tishdagi chegara bojxona posti tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga qo‘yilgan shtampda ko‘rsatilgan sana orqali yoki Yukni yetkazib berish kitobchasi yoxud Xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) kitobchasi rasmiylashtirilgan sana orqali aniqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni hisobga olish kitobining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Omborga joylashtirish‎‎‎‎

Ombordan chiqarish‎‎

Qoldiq‎

№‎

Joylash-tirilgan sana‎

BYuD raqami‎

Tovarni joylashtiruvchi shaxs‎

Tovar nomi‎

Joylar soni va vazni‎

Chiqaril-gan sana‎

BYuD raqami ‎

Rejim kodi‎

Joylar soni va vazni‎

Joylar soni va vazni‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: Kitob oldindan tikilgan, varaqlari raqamlangan va bojxona organi xodimining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________ bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati to‘g‘risidagi hisobot __________ dan _____________ gacha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Litsenziya №___________________ sanasi _________‎‎

Bojxona ombori manzili:___________________________(shahar,tuman, ko‘cha, uy №) tel.________‎‎

Omborga joylashtirishda‎‎

Ombordan chiqarishda‎‎

Ombordagi qoldiq‎‎‎

№‎

Joylashtirilgan sana‎

BYuD raqami (ustun 7) ‎

Rejim kodi (ustun 1) ‎

Yuk oluvchi nomi (ustun 8) ‎

Tovar nomi (ustun 31) ‎

Joylar soni‎

Tovar vazni (ustun 35) ‎

BYuD raqami (ustun 7) ‎‎

Rejim kodi (ustun 1) ‎‎

Joy-lar soni‎‎

Tovar vazni (ustun 35) ‎‎

Joylar soni‎‎‎

Tovar vazni

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Rahbar
‎Bosh hisobchi
‎Ombor mudiri ‎‎‎
imzolar va __________
‎korxona __________
‎muhri __________‎‎

Tekshirdi: __________ bojxona posti xodimi ___________ imzo va shaxsiy muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: Hisobot muhrlangan holda BYuD to‘ldirish bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq tayyorlanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda; 2012-y., 39-son, 459-modda; 2013-y., 39-son, 524-modda; 2014-y., 7-son, 77-modda; 2015-y., 20-son, 266-modda)