01.05.2024 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e’tirof etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etishning yangi mezonlari joriy etilganligi, shuningdek, raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini aniqlash va e’tirof etish tartibi Hukumat tomonidan belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat sodir etilganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xo‘jalik yurituvchi subyekt hamda yuridik shaxslar birlashmasi tegishlicha ma’muriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq quyidagilar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash, “kartel” kelishuvlar hamda til biriktirish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashish, ustun mavqega ega xo‘jalik subyektlarining, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlarining o‘z mavqeyini suiiste’mol qilishi va raqobatga qarshi harakatlariga chek qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-oktabrga qadar xalqaro yuridik firmani jalb etgan holda, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamli platforma operatorining monopoliyaga qarshi tartibga solishning alohida xususiyatlarini belgilovchi tartibni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan alohida tartib kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamli platforma operatori faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan umumiy qoidalarga asosan monopoliyaga qarshi tartibga solinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish hamda raqobatni bevosita yoxud bilvosita cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birining o‘rnini bosadigan tovar — o‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, iste’molchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya bozori — banklar, kredit, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopsoniya — bozor holati, bozorda xaridorning hukmron mavqega ega bo‘lishi. Monopsoniyada bir nechta sotuvchilar va bir yirik xaridor ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning (o‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, iste’molchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxona va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish tovar yoki moliya bozori chegaralari doirasida, uning joylashgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi ularning faoliyati monitoringi va nazoratini amalga oshirish, raqobatga qarshi harakatlarni cheklash (va oldini olish) hamda ular tomonidan ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovar yoki moliya bozoridagi raqobat holatini tahlil qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhning ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda uni bekor bo‘lganligini e’tirof etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitini tahlil qilishda foydalaniladigan ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovar va moliya bozorini o‘rganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslardan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan, shu jumladan, statistika organlaridan tegishli ravishda ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy statistika ma’lumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, xarid qilish, import va eksport hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning realizatsiya narxi va hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning hamkorlikdagi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning texnik hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ma’lumot so‘rov olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kechikmasdan monopoliyaga qarshi organga, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan — pochta manzillari ko‘rsatilgan holda tovar (ishlar bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi) ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxati, tovar ishlab chiqarish va sotish hamda chakana va ulgurji savdo hajmining tarmoq korxonalar kesimidagi umumiy miqdori;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovarni import va eksport qilish hajmlarini ko‘rsatgan holda ular bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilgan tovarning realizatsiyasi hajmi, import va eksport hajmlari, tarmoq korxonalar (savdo shoxobchalari) soni va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va (yoki) iste’molchilar tomonidan — tovarlarning funksional jihatdan qo‘llanilishi, sifat va texnik tavsifnomalari, narxi va boshqa parametrlari bo‘yicha ularning bir-birining o‘rnini bosa olishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitini tahlil qilishda tovar sotuvchi korxonalarning elektron hisob-fakturalari, sotilgan tovar cheklari hisobi yuritiladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchi mavjudligini aniqlashda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan axborot manbalaridan, shuningdek, xaridorlar bilan so‘rovnomalar o‘tkazish natijalari orqali olingan ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zarur hollarda tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda, monopoliyaga qarshi organ uning mazmunini aniq ko‘rsatgan holda, tegishli ma’lumotni qo‘shimcha ravishda so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovar yoki moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda belgilangan tovar yoki moliya bozorining chegaralarini aniqlashda respublika, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida yoki ikki va undan ortiq tovar yoki moliya bozorlarini bittaga biriktirish yo‘li bilan tovar bozorining chegaralarini belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovar yoki moliya bozorining chegaralari iste’molchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish tamoyili bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni erkin sotib olish quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda ta’minlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilar tomonidan tovarni erkin sotib olish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda aniq tovarni sotib olish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar qiymatiga nisbatan transport xarajatlarining qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning sifati, ishonchliligi va boshqa iste’mol xususiyatlarining saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni oldi-sotdi, olib kirish va olib chiqishga cheklovlarning (taqiqlarning) mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozori chegaralari doirasida raqobatning teng shart-sharoitlari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar ma’lum bir tovarga mos keladigan aniq tasniflash imkoni mavjud bo‘lmasa, tovar tasniflagichning guruhlanishi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (yoki olib chiqiladigan) tovarlar bilan mos ravishda almashtirilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni aniqlashda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasidan ham foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovar va moliya bozorining tovar chegaralarini aniqlashda bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar hisobga olinadi. Bunda bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar vakolatli organlar, ekspertlar, tovar ishlab chiqaruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchi) va iste’molchilar tomonidan tovarlarning funksional jihatdan qo‘llanilishi, sifat va texnik tavsifnomalari, narxi va boshqa parametrlari bo‘yicha bir-birining o‘rnini bosa olishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tovar va moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor ulushini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘rib chiqilayotgan bozorning tovar va geografik chegaralari doirasida ma’lum vaqt davomida muomalada bo‘lgan tovarning umumiy hajmini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozordagi ulushlarini hisoblash quyidagi ko‘rsatkichlardan biri asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotish (xizmat ko‘rsatish) hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish quvvatlari hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar zaxiralari hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovar hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopsoniya holatidagi tovar yoki moliya bozorlari uchun xarid qilingan tovar hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor ulushini raqobat nuqtai nazaridan aniqroq tavsiflash imkonini beradigan boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar naturada yoki qiymat jihatidan ham qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborotning mavjudligiga qarab, tovar bozorida faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu tovarni sotish hajmlari asosan bir yil, agar tovar bozorining (yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozorida) mavjud bo‘lish muddati bir yildan kam bo‘lsa, u holda tovar bozori (yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozorida) mavjud bo‘lgan davr ichida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bozor hajmi ko‘rib chiqilayotgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu tovarni realizatsiya qilish hajmlarining yig‘indisidan ko‘rib chiqilayotgan bozorning geografik chegaralaridagi ko‘rib chiqilayotgan tovarning eksport hajmi ayrilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya bozorida faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu moliyaviy xizmat ko‘rsatish hajmlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovar bozori chegarasida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi ushbu subyektning yoki shaxslar guruhining tovarni sotish (xizmat ko‘rsatish), ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarish hajmlari, tovar zaxiralari hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovar hajmlari (keyingi o‘rinlarda — realizatsiya qilish hajmi)ning tovar bozori hajmiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BU=Vo x 100/Vp, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BU — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozor ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vo — tovar bozori hududida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarni (shu jumladan, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vp — quyidagi tarzda hisoblanadigan tovar bozorining miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vp=Vo1+ Vo2+…+Von+Vi, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vo1 — Von — tovar bozori hududidagi tovar ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni (shu jumladan, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlarni) realizatsiya qilish hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vi — tovar bozori hududida import tovarini (shu jumladan, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarni) realizatsiya qilish hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar bozoridagi ulushi belgilangan vaqt oralig‘i, tovar chegaralari va ko‘rib chiqilayotgan tovar bozorining geografik chegaralari doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida bozorlar ulushlarini hisoblab chiqish uchun hisob-kitobga tovarlarni realizatsiya qilish ko‘rsatkichlari asosan natura ifodasida, xizmatlar bozorida esa qiymat shaklida qabul qilinadi. Natura ifodasidagi tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmaganda qiymat shaklidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya bozorining yalpi hajmi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining bozor ulushining hajmini hisob-kitob qilish ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qiymat yoki miqdoriy ifodalash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shaxslar guruhining tegishli tovar va moliya bozoridagi ulushi O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tovar bozori hududida faoliyat yurituvchi va shaxslar guruhini tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlari yig‘indisi sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tovar yoki moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining (tabiiy monopoliya subyektlari, tovarlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tovar yoki moliya bozorida quyidagi shartlarning biri yoki bir nechtasi bajarilganda xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhi o‘z kontragentlariga nisbatan ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragentlar bilan shartnoma tuzishda shartnoma shartlariga bir tomonlama ta’sir o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni belgilashga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxni belgilashda bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish to‘g‘risida qabul qilingan buyruq asosida monopoliyaga qarshi organ buyruq rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi yoxud ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuboradi, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa, bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt uning nomi o‘zgarganda yoki qayta tashkil etilganda, o‘n kun muddatda bu to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ustun mavqeyi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi ushbu narxlarning (tariflarning) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va shaxslar guruhi ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan paytdan e’tiboran tovarning monopol turiga nisbatan qo‘llaniladigan yangi narxlarni (tariflarni) joriy narxlar (tariflar) o‘zgartirilishidan kamida o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida hamda o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ ular asosida ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilganligi to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilgan ma’lumotlar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir bo‘lgan boshqa ma’lumotlardan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilishi yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor bo‘lganligini e’tirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor bo‘lganligini e’tirof etish to‘g‘risidagi buyruq quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ularning ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchining bekor bo‘lganligini e’tirof etish darajasigacha o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovar turini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar ko‘rsatish) to‘liq to‘xtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qo‘llanilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida belgilangan holatlar vujudga kelganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi o‘n kun muddatda bu to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini bekor bo‘lganligini e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa, bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini e’tirof etish va uning bekor bo‘lganligini e’tirof etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tovar va moliya bozorlarini bevosita o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlariga asosan monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organga ma’lumot taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___-son XABARNOMA*

_______________________________________________________________________________ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)

_______________________________________________________________ manzilida joylashgan

(pochta manzili)

_________________________________________________________________________________ni

(xo‘jalik yurituvchi subyekt va (yoki) shaxslar guruhi nomi)

_______________________________________________________________________________ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)

20__ yil “__”________dagi ___-son buyrug‘iga asosan 20__ yil “__” _______dan boshlab ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilganligi to‘g‘risida

Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan tovarlar (xizmatlar) va moliyaviy xizmat turlari va nomi:

1. ________________________________________________________________________________.

2. ________________________________________________________________________________.

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha (monopoliyaga qarshi organning nomi)ga yuqorida ko‘rsatilgan tovarlarning bir-birligiga realizatsiya qilish narxlarini taqdim etishingiz zarur**.

________

(rahbar)

___________________________

(imzoning yoyilmasi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

* Xabarnoma monopoliyaga qarshi organning rasmiy blankasida yuboriladi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu talab ustun mavqeyi e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___-son XABARNOMA

_______________________________________________________________________________ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)

_______________________________________________________________ manzilida joylashgan

(pochta manzili)

_________________________________________________________________________________ ni

(xo‘jalik subyekti va (yoki) shaxslar guruhi nomi)

_______________________________________________________________________________ ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)

20___ yil “__”__________dagi

-son buyrug‘iga asosan 20__ yil

“__”_______ dan boshlab tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni va yoki ustun muzokara kuchi bekor bo‘lganligi to‘g‘risida

Ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi bekor bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) va moliyaviy xizmat turlari va nomi:

1. _______________________________________________________________________________.

2. _______________________________________________________________________________.

__________________________

__________________________

(rahbar)

(imzoning yoyilmasi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xabarnoma monopoliyaga qarshi organning rasmiy blankasida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamli platforma operatorlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx algoritmi — narxni oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisoblash, belgilash va nazorat qilish, shu jumladan, ommaviy savdolarda ishtirok etish jarayonida harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli makon — raqamli platforma orqali foydalanuvchilarning bir nechta guruhlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar amalga oshiriladigan bir yoxud bir nechta tovar yoki moliyaviy bozordagi tovarning muomala doirasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron ko‘chirma nusxalari, ma’lumotlar, kriptoaktivlar, shuningdek, raqamli makonda haq evaziga yoxud bepul olish, foydalanish yoki realizatsiya qilishga qaratilgan muayyan harakatlarni yoki faoliyatni amalga oshirishni talab qiladigan tovar yoki davlat xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma — raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali haq evaziga yoki bepul foydalanishni ta’minlovchi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatori — raqamli platformaning faoliyatini tashkil etuvchi va undan barcha foydalanishi uchun manfaatdor tomonlarga shartlarni belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq samarasi — raqamli platformaning bir guruh foydalanuvchilari soni o‘zgarishi hisobiga foydalanuvchilarning boshqa bir guruhi uchun tovar qadrining o‘zgarishi va buning natijasida raqamli platforma operatori tomonidan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash hisobiga iqtisodiy afzalliklar hamda o‘zining bozordagi ulushini saqlab turish yoki oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor foydalanuvchi — raqamli platforma orqali o‘z tovarlarini yakuniy foydalanuvchiga haq evaziga yoki bepul taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy foydalanuvchi — raqamli platforma orqali raqamli mahsulotlardan haq evaziga yoki bepul foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Raqamli platformalar quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari va xizmatlari platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy foydalanuvchilarga tadbirkor foydalanuvchilar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi agregatorlar (vositachi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yoki targetlashgan onlayn qidiruv tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn xaritalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangiliklar agregatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
video (shu jumladan, televideniye va kino) va audio (shu jumladan, musiqa) kontentini onlayn uzatish yoki almashish platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli formatdagi fayllardan foydalanish yoki almashish platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tarmoqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn o‘zini o‘zi band qilganlar (frilansing) xizmatlari agregatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn jamoaviy moliyalashtirish (kraudfanding) platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn to‘lov tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriptoaktivlarni ayirboshlash platformalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon yoki mobil raqamlardan foydalanmasdan shaxslararo onlayn aloqa, shu jumladan, videoaloqa xizmatlari dasturiy ta’minotlari (mobil ilovalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bulutli texnologiyalar asosidagi xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion tizimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil ilovalar do‘konlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn reklama xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-brauzerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual yordamchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy intellektga asoslangan platformalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini e’tirof etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi raqamli makon chegaralari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan ochiq ma’lumotlar, shuningdek, raqamli platforma operatorlari, tadbirkor va yakuniy foydalanuvchilar, davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga so‘rov jo‘natish natijasida olingan axborotlar tahlili asosida e’tirof etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini e’tirof etishda quyidagilar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tahlil orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli makon chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli makon chegaralari doirasidagi bozorda faoliyat yuritayotgan raqamli platforma operatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatorining oxirgi kalendar yildagi tushumi miqdori, agar raqamli platforma operatorining raqamli makondagi faoliyatining boshlanganiga bir yil to‘lmagan bo‘lsa, u holda uning o‘z faoliyatini boshlagan vaqtdan tahlil o‘tkazish vaqtiga qadar bo‘lgan davrdagi tushumi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita va bilvosita tarmoq samarasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarning turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati mavjudligi va ularni almashtirish bo‘yicha xarajatlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatorining raqobat muhitiga ta’sir qilayotgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarning shaxsiy va boshqa ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopoliyaga qarshi organ raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini e’tirof etishda raqamli makonning geografik chegaralarini jahon, mintaqaviy, shuningdek, respublika yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun alohida yoki ikki yoxud undan ortiq tovar yoki moliya bozorlari chegaralarini birlashtirish orqali belgilashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi shartlarning biriga rioya qilinganda hamda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjud bo‘lganda raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatorining raqamli makon chegaralari doirasida so‘nggi kalendar yilda, agar raqamli platforma operatorining o‘z faoliyatini boshlanganiga bir yil to‘lmagan bo‘lsa, u holda tahlil o‘tkazish vaqtiga qadar bo‘lgan davrdagi tushumi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravariga teng yoki undan yuqori bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni har oyda kamida ellik mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning o‘rtacha soni har oyda kamida uch mingni tashkil etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platformadan bepul foydalanish imkoniyati yaratilganligi uning operatorining ustun mavqeyi e’tirof etilishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platforma operatori O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan bo‘lsa, u holda mazkur bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platforma operatoriining ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Raqamli platforma operatori mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishgan sanadan e’tiboran ikki oy muddatda monopoliyaga qarshi organni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Monopoliyaga qarshi organ ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatorlari ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Monopoliyaga qarshi organ har uch yilda bir marta ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatorlarining mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan shartlarni qanoatlantirishini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan paytdan e’tiboran raqamli platforma operatori o‘z xizmati uchun narxlar yoki raqamli platformadan foydalanish shartlari o‘zgarishidan kamida o‘n besh kun oldin bu to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida hamda o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatori quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ ular asosida ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishish, davlat sirlari, tijorat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan sir bo‘lgan boshqa ma’lumotlardan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilishi yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ustun mavqega ega bo‘lmagan raqamli platforma operatori quyidagi hollarda ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilar uchun ko‘rsatilgan xizmatga muqobil xizmatlarni taqdim etadigan boshqa raqamli platforma operatori mavjud bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil xizmatni taqdim etuvchi boshqa raqamli platforma operatori mavjud bo‘la turib, uning xizmatidan foydalanish qiyin bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli raqamli platformalardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati cheklanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatori tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlari, sifati va hajmi, hudud kabi shartlariga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchini e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va raqamli platforma operatorining ustun muzokara kuchi e’tirof etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda monopoliyaga qarshi organ bu haqda unga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Monopoliyaga qarshi organ ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatorlari ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi va ustun muzokara kuchiga egaligini bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchiga egaligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 8 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan shartlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatori tomonidan xizmat ko‘rsatish to‘liq to‘xtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platforma operatoriga nisbatan tugatishga doir ish yuritish qo‘llanilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyi yoki ustun muzokara kuchi bekor bo‘lganligini e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilishni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ustun mavqe yoki ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatorlariga ma’lumotlar, texnologiyalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni cheklashga va foydalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy foydalanuvchilarga oldindan o‘rnatilgan ilovalarni osongina o‘chirish yoki ularga raqamli platformaning tovar va xizmatlariga yo‘naltiruvchi operatsion tizimlar, virtual yordamchilar yoki veb-brauzerlardagi standart sozlamalarni o‘zgartirishga ruxsat bermaslik va asosiy xizmatlar uchun tanlov ekranlarini taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy foydalanuvchilarga raqamli platformadan foydalanadigan yoki ular bilan o‘zaro ishlaydigan uchinchi tomon ilovalari yoki ilovalar do‘konlarini o‘rnatish imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy foydalanuvchilarga raqamli platformaning asosiy xizmatlariga obunani osonlik bilan bekor qilish imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformada ma’lumotlar konfidensialligi va xavfsizligi, reklama kontenti, boshqa yetkazib beruvchiga o‘tish osonligi darajasi yoki iste’mol qiymatini belgilovchi har qanday boshqa o‘lchovning sifati va darajasini asossiz pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarga raqamli platformaning o‘z xizmatlari bilan o‘zaro ishlash imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformada reklama beruvchi kompaniyalarga raqamli platformaning faoliyati samaradorligini o‘lchash vositalaridan erkin foydalanish va joylashtirgan reklamasini o‘zlari mustaqil nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadan tashqarida o‘z takliflarini ilgari surish va mijozlar bilan shartnomalar tuzish imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor foydalanuvchilarga raqamli platformadagi faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ma’lumotlarni erkin olishga to‘sqinlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformada o‘zi bilan raqobatchi bo‘lgan tadbirkor foydalanuvchilarning ma’lumotlaridan ruxsatisiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformaning o‘z tovari yoki xizmatlarini o‘z foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarnikiga nisbatan qulayroq tarzda tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformalar ilovalar do‘konlarida joylashtirish uchun ilovalarni yaratuvchilarga raqamli platformalar xizmatlaridan majburiy foydalanishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformalar ruxsatisiz raqamli platformalardan tashqarida targetlashtirilgan reklama maqsadida oxirgi foydalanuvchilarni kuzatishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z platformasida tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan foydalanuvchilar bilan raqobatlashganda, ularga o‘z ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tovariga uchinchi shaxslarning tovariga nisbatan afzallik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilardan shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni majburan qabul qilishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni realizatsiya qilish yoki olishda kamsituvchi shartlarni belgilash, shu jumladan, tovarlardan foydalanish shartlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli platformaning tadbirkor foydalanuvchi tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni o‘zga raqamli platformalardan foydalana olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tovarni raqamli platforma orqali realizatsiya qilish yoki sotib olish imkoniyati (ehtiyoji) bo‘la turib, shartnoma tuzishdan, tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovar yetkazib berishdan, tovarlarni realizatsiya qilish hajmlari va muddatlari bo‘yicha ular bilan tuzilgan shartnomalarning shartlariga rioya qilmasdan, tovarlarni qabul qilish yoki uning haqini to‘lashdan bosh tortish, shartnomani bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga to‘siqlar qo‘yishi, shuningdek, boshqa o‘zaro bog‘liq (yondosh) raqamli platforma xizmati bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda o‘z mavqeyidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘z infratuzilma obyektlari, tarmoq infratuzilmasi (chakana savdo tarmog‘i, filial tarmog‘i, shu jumladan, franshizing yoki dilerlik (agentlik) asosida yoki uning bir qismi) yoki operatsion tizimi, dasturiy ta’minoti, onlayn qidiruv tizimi, mobil ilova yoxud raqamli platformadan foydalanishga, undan birgalikda foydalanish imkoniyati bo‘la turib, ruxsat berishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nol narx qo‘llanadigan raqamli bozorda ma’lumotlar konfidensialligi va xavfsizligi, reklama kontenti, boshqa yetkazib beruvchiga o‘tish osonligi darajasi yoki iste’mol qiymatini belgilovchi har qanday boshqa o‘lchovning sifati va darajasini asossiz pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish yoki sotib olishni taqiqlash yoxud cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tatbiq etiladigan tovarlar uchun belgilangan narx miqdoridan ortiq haq olish yoki narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning mazkur bandi talablarini buzish holatlari aniqlanganda, ustun mavqega va ustun muzokara kuchiga ega raqamli platforma operatorlari hamda ularning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan javobgarlik qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Raqamli platforma operatorlari va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organga ma’lumot taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik o‘ziga xos xususiyatlar tufayli tovarlarning muayyan turiga bo‘lgan talabni qanoatlantirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiradigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning bir qismida tarmoq infratuzilmasiga ega bo‘lgan, shu jumladan, quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etiladi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft, neft mahsulotlarini quvur orqali transportirovka qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazni quvur orqali transportirovka qilish va taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va issiqlik energiyasini transportirovka qilish va taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar infratuzilmasi xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlar orqali ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeronavigatsiyalar va aeroportlar xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) ushbu Nizomga muvofiq tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etadi va ularning ushbu maqomini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tabiiy monopoliya subyektlari deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytida har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tabiiy monopoliya subyektlari deb e’tirof etish va ularning ushbu maqomini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni (hujjatlarni) monopoliyaga qarshi organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan so‘rab olish va tahlil qilish tekshirish hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyalar sohasida faoliyat yuritganda tabiiy monopoliya subyektlari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar (tariflar) asossiz oshirilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari hamda manfaatlarining kamsitilishiga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy faoliyat turi statistika organlarining korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrida qayd etilgan Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash (IFUT) kodi hamda ta’sis hujjatlari asosida aniqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyaning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatganda, har bir faoliyat turi bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliya subyektlari sifatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda boshqa manbalardan olingan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarilayotganligi (realizatsiya qilinayotganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tabiiy monopoliya subyektini e’tirof etish masalasini ko‘rib chiqishda monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu Nizomga ilovadagi shaklda so‘rovnoma (anketa) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xo‘jalik yurituvchi subyekt so‘rovnomani olgan paytdan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan, so‘rovnomani to‘ldiradi va monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ taqdim etilgan so‘rovnoma ma’lumotlarini mazkur Nizomning 2 va 6-bandlarida qayd etilgan talablarga muvofiqligini va xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar yoki xizmatlar realizatsiya qilinayotganligini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda, qayta ishlash va taqdim etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektga besh ish kunida qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan so‘rovnoma ma’lumotlaridan uning mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan talablar yoki faoliyat turlariga muvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu faoliyat turlari bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etilishiga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xo‘jalik yurituvchi subyektni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi xabarnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektga va narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh ish kunida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tabiiy monopoliya subyekti uni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan paytdan e’tiboran o‘n ish kunida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalarini tasdiqlash uchun narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy monopoliya sifatida e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlarni faqat o‘z ehtiyojlari yoki fors-major holat yuzaga kelgan vaziyatlarda texnologik kamchiliklarni bartaraf etish uchun tabiiy va texnogen tusdagi avariya yoki favqulodda holatlarda hamda ushbu tovarlarni qisqa muddatlarda (vaqt oralig‘i uch oygacha) realizatsiya qilgan taqdirda, ular bo‘yicha narx (tariflari) erkin (kelishilgan holda) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tabiiy monopoliya subyektining joylashgan manzili (pochta manzili), tashkiliy huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, IFUT kodi o‘zgargan taqdirda, o‘n ish kunida bu haqda monopoliyaga qarshi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektining tabiiy monopoliya subyekti maqomi bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tabiiy monopoliya sharoitida tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) to‘xtatilganda, lekin tabiiy monopoliya tovarlarini realizatsiya qilishni to‘xtatish vaqti uch oydan erta bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyati asosiy faoliyat turi bo‘lmaganda.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tabiiy monopoliya subyekti maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektga va narxni (tarifni) tartibga soluvchi organga buyruq rasmiylashtirilgandan keyin besh ish kunida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish va ushbu maqomni bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqlaridan norozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tabiiy monopoliya subyekti hamda ishlab chiqarilgan va/yoki realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)* hajmlari to‘g‘risida so‘rovnoma

(anketa)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlarning nomi

Axborot va ko‘rsatkichlar

1.

Tabiiy monopoliya subyektining to‘liq nomi

2.

Yuqori tashkilotning nomi (mavjud bo‘lganda)

3.

Tabiiy monopoliya subyekti joylashgan joy (pochta manzili), telefon raqami, faksi, elektron pochtasi

4.

Rahbarning F.I.O.

5.

Bank rekvizitlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

6.

Ustav kapitali tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ustav kapitali summasi, muassislar, aksiyadorlar (qatnashchilar) tarkibi)

7.

Faoliyatining asosiy turi

8.

Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turi

Tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan faoliyat turining ko‘rsatiladigan respublika, viloyat, tuman va shaharlari nomi

9.

_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi

natura ifodasida

mln so‘m

10.

_________da keyinchalik tashish (berish) uchun tabiiy monopoliya sharoitlarida sotib olingan tovarlar (davr) hajmi **

natura ifodasida

mln so‘m

11.

_________da tabiiy monopoliya sharoitlarida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanilgan, ishlab chiqarilgan (sotib olingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) (davr) hajmi

natura ifodasida

12.

_________da, shu jumladan:

(davr)

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

aholiga

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

budjet tashkilotlariga ***

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

-

boshqa iste’molchilarga — yuridik shaxslarga tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning umumiy hajmi ***

natura ifodasida

mln so‘m

Abonentlar soni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tabiiy monopoliya sohasida faoliyatning bir nechta turlari bir vaqtda amalga oshirilgan taqdirda, faoliyatning har bir turi bo‘yicha alohida so‘rovnoma to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

** Ustun tabiiy monopoliya sohasida tovarlarni tashish (subiste’molchilarga yetkazib berish) bilan shug‘ullanuvchi tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan to‘ldiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** So‘rovnomaga viloyatlar bo‘yicha iste’molchilar ro‘yxati ilova qilinadi (10 — 20 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rahbar

___________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlariga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, ro‘yxatdan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), yuridik shaxslarning birlashmalari o‘rtasidagi hamda savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash tartibini;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning raqobatga qarshi tuzgan kelishuvi yoki muvofiqlashtirilgan harakatlari bo‘yicha ma’lumotni birinchi bo‘lib taqdim etganda, javobgarlikdan ozod etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi — xo‘jalik yurituvchi subyektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtirilgan harakatlar — ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan, birining harakatlari boshqasiga ma’lum bo‘lgan yoki ulardan har birining harakatlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan, raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashga va (yoki) raqobat sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘zaro kelishilmagan harakatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuvlar — tovar yoki moliya bozorida ikki va undan ortiq tarafning raqobatni cheklashga yoki iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin bo‘lgan, bitta yoki bir nechta hujjatda aks ettirilgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek, og‘zaki shakldagi shartlashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — bitta tovar yoki moliya bozoridagi raqobatchilar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar hisoblanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatlashmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — turli tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning sotib olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda quyidagilarga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi hamda o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni yoki ustama narxlarni sun’iy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda (keyingi o‘rinlarda — savdolar) narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi, tovarlarning xillari yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muayyan tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, buyurtmachilar sifatida tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlashtirish yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlarni muayyan bozorga kiritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim sotuvchilar yoki sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan, moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish yo‘li bilan shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxslar birlashmasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan raqobatga qarshi kelishuvlariga hamda muvofiqlashtirilgan harakatlariga, agar bunday kelishuvlar va harakatlar pirovard natijada ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi, shu jumladan, quyidagi kelishuvlar va harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoxud sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil ravishda belgilashini cheklaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan kelishuvlari va harakatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqaradigan tovarlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishuvlari va harakatlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aloqador bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashqi muvofiqlashtirish, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan oqibatlardan biriga olib kelsa, taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar raqobatga qarshi kelishuvlar va harakatlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, texnika taraqqiyotini yuksaltirishga, innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishga, ishlab chiqarish va tovarlarni realizatsiya qilish hajmlarini ko‘paytirishga yoki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar yoki moliya bozoridagi raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan taqiqlar mazkur kelishuvlar va harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Raqobatga qarshi kelishuvlar, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar belgilari monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar va moliya bozorlarini o‘rganish, yuridik va jismoniy shaxslarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini hamda tegishli organlarning raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar belgilarining mavjudligini ko‘rsatadigan ma’lumotlarini o‘rganish davomida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda, yuridik shaxslarning birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens joriy etilganligi va mas’ul shaxs tayinlanganligi, u tomonidan raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari bo‘yicha holatlar ko‘rib chiqilganligi o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish hajmlarini, shu jumladan, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni sun’iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to‘g‘risida kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish hajmlariga chekovlar (kvotalar) belgilash, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxni oshirish yoki pasaytirish uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud bo‘lmagan holatda narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirish (pasaytirish), shu jumladan, amaldagi narxlar (tariflar) asosida tovarni yangi xaridorlar tomonidan sotib olinishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘xshash tovarni ishlab chiqarishga yoki sotib olish yoxud realizatsiya qilish xarajatlarining turli miqdorlarida yagona narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorda yagona narxlarni belgilash maqsadida tovar qoldiqlarini qo‘shimcha baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegirmalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni, ustama yoki narxga oid boshqa ko‘rsatkichlarni belgilash yoki saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorda talab yuqori bo‘lgan sharoitda tanqislik va narxlar oshishini keltirib chiqarish maqsadida kelgusida tovarlarni qayta sotish uchun ishlab chiqarilgan, amalda sotib olingan yoki import qilingan tovarlarni bozorga yetkazib berish hajmlarini bir vaqtda yoki ketma-ketlikda kamaytirish va (yoki) tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli yetkazib beruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan tovarlarga yuqori narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan sharoitda ayrim xaridor yoki sotuvchilar bilan shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni muayyan mintaqalarda realizatsiya qilishga yoki xaridlar hajmi, tovarlarning xillari yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilari tomonidan narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchilari turli manzillarda joylashgan holatda ular tomonidan aynan bir manzildan va bir xil takliflarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya a’zolari bilan o‘zaro manfaatdor bo‘lgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning ikki va undan ortiq o‘zaro affillanmagan yoki boshqacha tarzda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ishtirokchilarining takliflari ayni bir shaxs tomonidan berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilariga savdolarda ishtirok etmaslik, ularni tark etish, savdolarda muayyan narxlarni taklif etish haqida ko‘rsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aloqador bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni muayyan hududda amalga oshirmaslik va ularni to‘xtatib turish yoki tugatish haqida ko‘rsatma berish, shuningdek tovar narxlarini va ularning hajmlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuv va muvofiqlashtirilgan harakat belgilari paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarni va signallarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarda qatnashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va (yoki) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari doirasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birining o‘rnini bosishini hisobga olgan holda, muayyan tovarning muomalada bo‘lish chegaralarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘g‘ri keladigan bozor ulushlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiradigan to‘siqlarning mavjudligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish sharoitlarining o‘xshashligini hamda tovarni ishlab chiqarish xarajatlarining taqqoslanuvchanligini, tovarning qiymatidagi yagona narxlarni belgilashga va bitimlar tuzishga sabab bo‘ladigan doimiy xarajatlar salmog‘ini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish hamda raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlarga ko‘maklashadigan axborotlar bilan almashish uchun axborot taqdim etishlari mumkin bo‘lgan respublika va mahallaiy ijro etuvchi hokimiyat organlari mavjudligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning, shuningdek, ularning tovarlariga narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning (ulushlarning) nazorat paketlariga ega bo‘lish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib beruvchilar yoki iste’molchilar ustidan nazoratning mavjudligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorda narxlarning qaror topayotgan o‘zgarishlarini o‘rganish va sharoitlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan boshqa bozorlardagi narxlar bilan ularni taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilishining bevosita yoki bilvosita dalillarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solish mavjud bo‘lgan taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qarama-qarshiliklarning mavjud emasligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Raqobatga qarshi kelishuv, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning dalillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Raqobatga qarshi kelishuv, muvofiqlashtirilgan harakatlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning dalillari bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning hamda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bevosita dalillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuvlar sodir etilganligini yoki ularni sodir etish rejalashtirilganligi nazarda tutuvchi kelishuv ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv ishtirokchilaring telefon so‘zlashuvlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan yozishmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlar, qarorlar (bayonnomalar), hisobraqamlar, yuk xatlari, preyskurantlar, to‘lov topshiriqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv haqida dalolat beruvchi yozuvlar, qaydlar va boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv ishtirokchilarining, shu jumladan kelishuvda ishtirok etish taklifini olgan lekin unga qo‘shilishni rad etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘rsatmalari va guvohliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuvlar haqida ma’lumotga ega uchinchi shaxslarning guvohlik ko‘rsatmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar haqidagi har qanday ma’lumotlar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning hamda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bilvosita dalillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlarni og‘zaki yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni oshkora e’lon qilish zarurati mavjud bo‘lmagan holda e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etilishiga olib keladigan bir xil va sinxron harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxni oshirish yoki pasaytishi uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud bo‘lmagan holatda narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirish (pasaytirish), shu jumladan, amaldagi narxlar (tariflar) asosida tovarning yangi xaridorlar tomonidan sotib olinilishini yoki undan foydalanilishni cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarishga yoki sotib olish yoxud realizatsiya qilish xarajatlarining turli miqdorlarida yagona narxlarni paralell yoki ketma-ketlikda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yoki ularning hajmi muayyan mintaqalarda realizatsiya qilishining cheklanganligi yoki mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan tovar va moliya bozorlariga nisbatan tovar narxlarining o‘ta yuqori darajada bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar ishtirokchisi sifatida ko‘rilayotgan shaxslarning uchrashuvlari, shu jumladan, bir paytda va bir xil joyga amalga oshirilgan tashriflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli savdolarda aynan bir ho‘jalik yurituvchi subyektlarning ishtirok etishi va (yoki) ularning savdolarda ishtirok etish va narxlarni taklif etish bo‘yicha ketma ketlik (navbat) sxemasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda ishtirokchilarning asossiz ishtirok etishdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda to‘satdan tender g‘olibining savdo natijalari bo‘yicha shartnoma tuzishni rad etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda g‘olib tomonidan ushbu savdolar ishtirokchilari bilan subpudrat shartnomasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan hududdagi savdolarda boshqa hududlar bilan taqqoslaganda, doimiy va o‘zgarmas narx darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda narxning jamoaviy holda o‘zgarishi yoki oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarga yangi ishtirokchi qo‘shilganda, boshqa ishtirokchilar tomonidan narx bo‘yicha takliflari keskin ko‘tarilishi yoki ketma-ketlikda ko‘tarilib savdo yakunlari bo‘yicha shartnoma tuzish rad etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarga yangi ishtirokchi qo‘shilganda narxlar birdan pasayib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchilari taqdim etgan hujjatlarda bir xil hisob-kitoblar, shakllar yoki xatolar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aloqador bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatiga tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi og‘zaki yoki yozma ko‘rsatmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ tomonidan kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning sodir etilganligini tasdiqlovchi, ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida nazarda tutilgan dalillardan tashqari qo‘shimcha dalillar tovar va moliya bozorlarida amalga oshirilgan tahlillar va o‘rganishlar davomida aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Savdolardagi raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan, e’lonning matniga ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning o‘tkazilish jarayoniga va natijalariga ta’sir ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

savdolarda talabning o‘zgarishiga, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, asossiz ma’lumotlarni tarqatish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tarzda o‘tkaziladigan savdolarda narxlarning sun’iy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, ya’ni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovarning narxlarini raqobat mavjud bo‘lganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga ko‘ra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bo‘yin tovlashi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan, shu jumladan, hiyla-nayrang hisoblanadigan harakatlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin oshishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi bo‘yicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek, o‘xshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni ko‘rsatish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni savdoga qo‘yish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima to‘lamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlang‘ich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomasi bo‘yicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi bo‘yicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past bo‘lishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni transportning muqobil turi bilan jo‘natish imkoni bo‘lgan holatda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda jo‘natishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha savdolarga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bir tarafning yengib bo‘lmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarni bajarish imkoniyati yo‘qligi isbotlangan hollar, ya’ni favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan (fors-major) holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yuklab jo‘natish navbatining izchilligiga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja shartnomalarida tovarlarning sifat ko‘rsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) to‘g‘risidagi yetarlicha axborotni ko‘rsatmaslik yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi chalg‘ituvchi axborotni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng bo‘lmagan sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi va xaridor o‘rtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning narxi xususida chalg‘itish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Eng yaxshi takliflarning tanlovlarida, tenderlarda, auksionlarda va boshqa savdolarda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda ishtirok etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan hujjatlar qabul qilishni asossiz ravishda rad etish yoki savdolarda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etishga to‘sqinlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish yoki ularning sonini asossiz ravishda cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar predmetiga texnologik va funksional jihatdan aloqador bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni lotlar tarkibiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, tovarlarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi hollari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ishtirokchi g‘olibga aylanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida savdolarda takliflar bilan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilariga asossiz talablar qo‘yish, shu jumladan, ularning malakasiga nisbatan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

savdolar predmetining narxlarini takliflar kiritish orqali, savdolar tugaguniga qadar ushbu takliflarni olib tashlagan holda oshirish yoki pasaytirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda ayni bir lotda faqat affillangan yoki o‘zaro manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

savdolarning operatorlari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) komissiya a’zolari bilan o‘zaro manfaatdor bo‘lgan yoxud ular bilan affillangan shaxslarning savdolarda ishtirok etishi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgilangan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar bo‘yicha talablarning buzilishi savdolar natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni va tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Aniqlangan raqobatga qarshi kelishuvlarni, muvofiqlashtirilgan harakatlarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15. Raqobatga qarshi kelishuvlarni tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik belgilari yuzasidan monopoliyaga qarshi organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bozorda raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi holatlar kuzatilganda va (yoki) ayni bir tarmoqdagi tovar (ish/xizmat) narxlarning keskin sinxron ravishda o‘sishi kuzatilsa, monopoliyaga qarshi organ mazkur sohadagi tadbirkorlar tomonidan shubhali narx oshishi raqobatga qarshi kelishuvlar natijasi emasligini isbotlashini va narx oshishi uchun asosli individual iqtisodiy sabablarni ko‘rsatishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning talabiga qaramasdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan talab qilingan ma’lumotlar taqdim qilinmagan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ o‘zining tahlillari asosida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, salohiyatli raqobatchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 3-bobida keltirilgan dalillar aniqlangan taqdirda, raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilmaganligini isbotlash ushbu kelishuvlar va (yoki) muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari o‘zlari amalga oshirgan kelishuvlar va harakatlar kelishib olinmaganligi, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi to‘g‘risidagi dalillarni taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Raqobatga qarshi kelishuv va muvofiqlashtirilgan harakat bo‘yicha javobgarlikdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat ishtirokchisi bo‘lgan, mazkur kelishuv yoki harakat sodir etilganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xo‘jalik yurituvchi subyekt, yuridik shaxslar birlashmasi tegishincha ma’muriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarga doir materiallar sudga taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga hamkorlik qilgan uchinchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20. Monopoliyaga qarshi organga raqobatga qarshi kelishuvlar yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Arizada murojaat qiluvchi kelishuv ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni isbotlashga doir har qanday shakldagi ma’lumotni taqdim etishi va (yoki) monopoliyaga qarshi organ bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monopoliyaga qarshi organning raqobatga qarshi kelishuvlar tuzganlik, muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik belgilari yuzasidan qabul qilingan qarorlaridan norozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy konsentratsiyani ko‘rib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik iqtisodiy konsentratsiyaga, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitim — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish yoxud mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olish bo‘yicha bitim;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim ishtirokchilari — investor va investor tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya chorasi — xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga oldindan rozilik berishda raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablar yoki monopoliyaga qarshi harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan, ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitim — xo‘jalik yurituvchi subyektlardan har birining huquq hamda majburiyatlari yangi vujudga keladigan yuridik shaxsga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning huquq va burchlari u qo‘shilayotgan yuridik shaxsga o‘tishiga olib keladigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxona va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berilganligi haqidagi hujjatisiz amalga oshirish (bajarish) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oldindan rozilik olish bo‘yicha talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning qo‘shib yuborilishiga yoki qo‘shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat) o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilishiga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinishiga;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan ko‘prog‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olganda;

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olganda.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlarda quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

agar xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bitimlar ishtirokchilari aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza quyidagilar tomonidan ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning bir nechta hududida yoki barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

agar bitimlar ishtirokchilari respublikaning turli hududlarida joylashgan bo‘lsa;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan bitimlar ishtirokchilari o‘z faoliyatini respublikaning ayni bir hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qimmatli qog‘ozlar savdolarining tashkilotchilari investorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shaxslar guruhini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasi shartlaridan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq bo‘lgan shaxslar yig‘indisi — shaxslar guruhi deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar) muayyan bozorida xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor shaxslar guruhining jami ulushi ularning individual ulushlari, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) yoki mulkiy huquqlariga investor yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt egalik qiladigan boshqa yuridik shaxslarning ulushlari yig‘indisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb e’tirof etish uchun zarur bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni so‘rab olishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning, xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki uning hammuassislarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

investorlarning, shuningdek, ularning muassislarining xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari to‘g‘risida;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning, shuningdek, uning muassislarining boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) aksiyalar yoki ulushlarga egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va (yoki) investorning xizmatlar ko‘rsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi ulushlari to‘g‘risida.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda sanab o‘tilgan ma’lumotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud bo‘lmasa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ular bunday axborotga bevosita ega bo‘lgan boshqa shaxslardan so‘rab olinishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oldindan rozilik olish uchun ariza berish tartibi va shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish chog‘ida shaxslar yoki shaxslar guruhi bu harakatlar bajarilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar monopoliyaga qarshi organga ariza bilan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron ravishda ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan pasportlarga muvofiq tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishga qadar bitim ishtirokchilarining biri yoki uning vakolatli vakili, vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan holda, monopoliyaga qarshi organga iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani va unga ilova qilingan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bitim ishtirokchilari tomonidan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident bo‘lgan jismoniy shaxs uchun — pasportning ko‘chirma nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident bo‘lgan yuridik shaxs uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflarining ariza berilgan kundan avvalgi ikki yil davomidagi yoxud agar faoliyat ikki yildan kam muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflarining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumot bilan taqdim etilishi, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim (chet el yuridik shaxslari tomonidan statistika hisobotlari talab etilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar yoki bir guruh shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar xorijiy investor obyektiv sabablarga ko‘ra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, bunda moliyaviy hisobot topshirish muddati tugamagan yoki investorning ro‘yxatdan o‘tgan davlati qonunchiligida boshqa holatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda ham iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur, yangi tashkil etilgan va moliyaviy hisobotlarga ega investorlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlarning qatnashchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha kalendar yil tugagan, biroq belgilangan hisobot topshirish muddati kelmagan hollarda — o‘tgan kalendar yildagi hisobotlar taqdim etiladi va monopoliyaga qarshi organ ushbu hisobotlar asosida arizani ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15. Aksiyani (ulushni) olish bo‘yicha har bir bitim uchun murojaat alohida topshirilishi lozim, qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar bundan mustasno.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha bitimlarga (harakatlarga) oldindan rozilik olish yuzasidan murojaat qilganda, ariza ko‘rib chiqilishining har qanday bosqichida uni qaytarib olish huquqiga ega. Ariza beruvchi ariza bo‘yicha uni ko‘rmasdan qoldirish bo‘yicha monopoliyaga qarshi organga iltimosnoma kiritadi, iltimosnoma monopoliyaga qarshi organ tomonidan ko‘rib chiqilib, arizani ko‘rmasdan qoldirish bo‘yicha ajrim chiqaradi. Bunda arizani ko‘rib chiqish bilan bog‘liq to‘langan barcha yig‘im summalari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17. Ariza bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organning ajrimi chiqarilgan taqdirda, keyinchalik ariza beruvchi umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot, axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati bo‘lmaganligini asoslovchi sabablar yozma ravishda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ arizani ko‘rib chiqmasdan ikki kun mobaynida ariza beruvchiga elektron shaklda xabarnoma yuboradi va arizani ko‘rmasdan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oldindan rozilik berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori, uni hisoblash va to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

19. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yig‘im undiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan rozilik berilganligi uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yig‘imlar mazkur Nizomning 21 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxs, shu jumladan, chet el fuqarosi tomonidan to‘lanadigan yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = V*0,05%, bunda, V — aksiyalari (ulushlari) sotib olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agarda aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi mavjud bo‘lmasa, yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = A*0,05%, bunda, A — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs (shaxslar guruhi) tomonidan to‘lanadigan yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (V1+V2+ ..+Vn)*0,05%, bunda, V1, V2, Vn — bitim taraflarining oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi mavjud bo‘lmasa, yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (A1+A2+ ..+An)*0,05%, bunda, A1, A2, An — bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuridik shaxs tomonidan — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (shaxslar guruhi) tomonidan to‘lanadigan yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslari (shaxslar guruhi) tomonidan hisobot taqdim etilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

S = (Vn1+Vn2+Vn..+V)*0,05%, bunda, Vn1, Vn2, Vn — O‘zbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarining (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yildagi tovarlarni sotishdan tushgan tushumi taqdim etilgan hisobotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot sanasidagi valyuta kursi bo‘yicha aniqlanadi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi bo‘lmasa, yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (An1+An2+An..+A)*0,05%, bunda, An1, An2, An — O‘zbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarining (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yildagi aktivlarining balans qiymati taqdim etilgan hisobotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A — aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda moliyaviy hisobot asosli sabablarga ko‘ra taqdim etilmasa, yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (On1+On2+On..+V)*0,05%, bunda, On1, On2, On — O‘zbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslarning (shaxslar guruhining) oxirgi kalendar yil uchun xizmat ko‘rsatuvchi banki tomonidan tasdiqlangan hisobvarag‘idagi naqd pul aylanmasining hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

V — aksiyalari (ulushlari) sotib olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumi, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda moliyaviy hisobot va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan hisobvarag‘idan ko‘chirma taqdim etilmagan bo‘lsa, unda bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida yig‘im hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (V1+V2+ ..+Vn)*0,05%, bunda, V1, V2, Vn — qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni oxirgi kalendar yil uchun tovarlarni sotishdan tushgan tushumlari, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-son shaklning 010-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agarda bitimda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning oxirgi kalendar yil hisobot sanasida tovarlarni sotishdan tushgan tushumi bo‘lmasa, yig‘im miqdori (S) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = (A1+A2+ ..+An)*0,05%, bunda, A1, A2, An — qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning oxirgi kalendar yil uchun aktivlarining balans qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shaklning 400-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agarda hisob-kitob natijalariga ko‘ra yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lsa, unda bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi tomonidan iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik olish uchun ariza topshirilganda, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida dastlabki yig‘im to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

qolgan mablag‘lar — monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda bitimlarga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizada ko‘rsatilgan bitimni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmaydigan hollarda, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan dastlabki yig‘im miqdori qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monopoliyaga qarshi organ ariza yuzasidan oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng bir ish kuni ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘im miqdorini hisoblab chiqadi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra monopoliyaga qarshi organ to‘lanishi kerak bo‘lgan yig‘im miqdori to‘g‘risida maxsus axborot tizimi orqali ariza beruvchiga xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan oldindan rozilik berilganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organ tomonidan hisoblangan va to‘lovni amalga oshirish haqida xabar qilingan yig‘im summasining qolgan qismini o‘ttiz kalendar kun ichida to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agarda ariza beruvchi yig‘im summasini belgilangan muddat ichida amalga oshirmasa, monopoliyaga qarshi organ oldindan rozilik berilgan qarorni bekor qiladi va bu haqda ariza beruvchiga maxsus axborot tizimi orqali xabar yuboriladi, bunda to‘langan dastlabki yig‘im miqdori qaytarilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror bekor qilingan taqdirda, keyinchalik ariza beruvchi umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Oldindan rozilik olish uchun arizani ko‘rib chiqish tartibi va natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

27. Iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga ta’sir ko‘rsatish holatlarini o‘rganish maqsadida monopoliyaga qarshi organ ko‘rib chiqilayotgan arizaga bevosita taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha axborotni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar o‘zgargan taqdirda, bitim qatnashchilari bu haqda monopoliyaga qarshi organni ular qaror qabul qilgungacha yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot olgan kun ariza olingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organga arizaga ilova qilingan hujjatlardagi holat o‘zgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Monopoliyaga qarshi organ iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishni quyidagi hollarda rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi murojaatning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlansa.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik olish bo‘yicha arizani boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza quyidagi tarzda ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar harakat (bitim) raqobatga ta’sir qilmasa, zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay, ariza beruvchi qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

agar harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy konsentratsiyaning raqobatga ta’sirini baholash uchun ekspertlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, maxsus komissiya majlisiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan shaxslar (ishonchnoma bo‘yicha ularning vakillari), moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha organlar vakillari, shuningdek, ushbu bitimni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan shaklga muvofiq monopoliyaga qarshi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berish to‘g‘risida;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berishni rad etish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

33. Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar iqtisodiy konsentratsiya to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantiradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Monopoliyaga qarshi organ iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarish bilan bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek, ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning iqtisodiy konsentratsiyaga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

35. Tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi kerak. Bitimlar ko‘rsatib o‘tilgan muddatda tuzilmagan taqdirda, qaror o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Iqtisodiy konsentratsiya bitimlariga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, oldindan rozilik olmasdan ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror ochiq ma’lumot hisoblanadi. Ushbu qarorlarning mazmuni umumiy ma’lumot sifatida monopoliyaga qarshi organ tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

38. Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz tuzilgan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga olib keladigan iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Monopoliyaga qarshi organ mazkur bitimlar bo‘yicha sudlarga bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasini (ariza) kiritish vakolatiga ega.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Investor xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan miqdorda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda meros bo‘yicha huquqqa ega bo‘lgan kundan boshlab, bu to‘g‘risida o‘n besh kalendar kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga bildirishnoma yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bildirishnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi va mulk qilib olingan aksiyalar (ulushlar) miqdori;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalariga (ulushlariga) egalik qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishda kompensatsiya choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirishda kompensatsiya choralari quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmaviy kompensatsiya chorasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulq-atvor ko‘rsatkichlari bo‘yicha kompensatsiya chorasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kompensatsiya choralari yuridik shaxslarga nisbatan ular tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirganda (bitimlar tuzganda) qo‘llaniladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya choralari xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga oldindan rozilik berishda raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablar yoki raqobatga qarshi harakatlar uchun monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining qarori bilan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuzilmaviy kompensatsiya chorasini qo‘llashning maqsadi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) yoki aktivlarni yangi bozor ishtirokchisiga o‘tkazish orqali mavjud bozor mavqeyini saqlab qolish hisoblanadi. Tuzilmaviy kompensatsiya chorasi quyidagi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

aktivlarni begonalashtirish (boshqa shaxsga o‘tkazish) majburiyatini yuklash;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda intellektual mulkdan foydalanishga yo‘l qo‘yish majburiyatini yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xulq-atvor ko‘rsatkichlari bo‘yicha kompensatsiya chorasini qo‘llashning maqsadi qo‘shib yuborilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirishdan tiyilishi orqali mavjud bozor mavqeyini saqlab qolish hisoblanadi. Bunda natija bozor nazoratda bo‘lishi va raqobatni rivojlanishiga olib kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kompensatsiya choralarining bajarilishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

45. Kompensatsiya choralarining bajarilishi bo‘yicha nazorat amalga oshirilayotganda, monopoliyaga qarshi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan kompensatsiya choralarining bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya choralarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tekshiruv natijalari asosida kompensatsiya choralarining bajarilmaganligini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

kompensatsiya choralarining bajarilishini asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika axborotlarini va kompensatsiya chorasi belgilangan xo‘jalik yurituvchi subyektdan so‘rab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Monopoliyaga qarshi organ masofaviy nazoratni kompensatsiya choralarining bajarilganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, vakolatli boshqa organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xo‘jalik yurituvchi subyekt masofaviy nazorat asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan berilgan ko‘rsatmada bayon etilgan talablarni o‘n ish kuni ichida yoki ko‘rsatmada belgilangan muddatda bajarishi va bu haqda monopoliyaga qarshi organga xabar berishi lozim.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kompensatsiya chorasi belgilangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlarga oldindan rozilik olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

49. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar tuzilganligi aniqlangan taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qo‘zg‘atilgan ish maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilayotganda, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha organlarning tegishli mutaxassislari ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Maxsus komissiya ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki mavqeni tiklash va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarini to‘xtatish muddati ko‘rsatilgan holda, aksiyalarga (ulushlarga) ega bo‘lishni rad etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishga rozilik berish to‘g‘risida;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Maxsus komissiya qabul qilingan qarordan qat’i nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz iqtisodiy konsentratsiyaga doir bitimlar tuzilganligi holati uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq jarima solinadi. Bunda maxsus komissiyaning qarori asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

53. Monopoliyaga qarshi organning qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorining asl nusxasi ishda ishtirok etgan taraflarga, jumladan, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha tegishli organlarga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga qabul qilingan kundan boshlab besh ish kundan kechikmay yuboriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Maxsus komissiya qarori asosida berilgan ko‘rsatma uni olgan kundan e’tiboran unda belgilangan muddatda bajarilishi kerak. Ko‘rsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ uning oldindan berilgan roziligisiz, ustun mavqening paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Monopoliyaga qarshi organning qaroridan (ko‘rsatmasidan) norozi bo‘lgan ko‘rsatma berilgan shaxs qarorni (ko‘rsatmani) bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga yoxud qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Monopoliyaga qarshi organ boshqa tegishli vakolatli organlar bilan har yili kamida bir marotaba iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha bitimlar yoki harakatlarga oldindan rozilik olinganligi yuzasidan ushbu bitimlar va harakatlarni xatlovdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov davomida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi kalendar yilda amalga oshirilgan qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidan (ustav kapitalidan) tegishli miqdordagi aksiyalar (ulushlar) olinganligi haqidagi ma’lumotlar Adliya vazirligi hamda “Fond bozorining axborot resurs markazi” DUKning axborot tizimlari orqali olinadi yoxud tegishli vakolatli organlarga so‘rov yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakolatli organlar 15 kun muddatda ushbu bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi kalendar yilda amalga oshirilgan qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidan (ustav kapitalidan) tegishli miqdordagi aksiyalar (ulushlar) olish haqidagi bitimlarda ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlari balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi miqdori haqidagi ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimi orqali olinadi yoxud soliq organlariga so‘rov yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari 15 kun muddatda ushbu bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tahlil natijalariga ko‘ra iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olishi lozim bo‘lgan, biroq bunday rozilikni olmasdan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirgan yuridik va jismoniy shaxslar aniqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlovni o‘tkazish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha monopoliyaga qarshi organ tomonidan choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Monopoliyaga qarshi organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni va shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Murojaat etuvchi vakolatli davlat organi va ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga ruxsatnoma olish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:

agar qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri respublikaning bir nechta hududida yoxud barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan holatlarda;

agar bitimlar ishtirokchilari respublikaning turli hududlarida joylashgan holatlarda;

b) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy organlari:

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini respublikaning ayni bir hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

qo‘shib olinadigan (yuboriladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

qo‘shib oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

qo‘shib olinadigan (yuboriladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) bitim taraflarining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlar, bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobotni topshirilganligini tasdiqlovchi nusxasi bilan taqdim etilishi lozim;

g) shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;

d) xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar ishtirokchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

To‘lovlar to‘liq monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

30 kalendar kun.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantiradi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

11.

Izoh:

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

davlat ishtirokidagi korxonalarning qo‘shib yuborilishiga yoki qo‘shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidan (ustav kapitalidan) aksiyalarni (ulushlarni) tasarruf etish huquqini olish uchun shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan bitimlar tuzish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar (shaxs va/yoki shaxslar guruhi)

4.

Ruxsat etish sohasidagi vakolatli organ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan:

respublikaning bir nechta hududida yoki barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

agar xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli hududlarida joylashgan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;

xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) xorijiy investorlar tomonidan olishda.

b) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan:

respublikaning ayni bir hududi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., arizachining pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar (norezident bo‘lgan jismoniy shaxs uchun — pasportning ko‘chirma nusxasini), JSHSHIR, telefon raqami, elektron pochta manzili va o‘zining boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

talabgor — aksiyani (ulushni) oluvchi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, yuridik manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (norezident bo‘lgan yuridik shaxs uchun –davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatning ko‘chirma nusxasini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat), muassislari (qatnashchilari) tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Muassislari (qatnashchilari)ning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori haqidagi quyidagi ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

talabgor — yuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ustav fondidan investor (aksiya (ulush) oluvchi shaxs) tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori, ustav fondiga talabgor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati, muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori ko‘rsatilgan ma’lumot:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar miqdori

Nominal qiymatda

%

1.

...

ustav fondidan aksiya (ulush) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) qatnashishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi

STIR raqami

Faoliyat turi

Ulush miqdori %

1.

...

b) amalga oshirilayotgan harakatlar har bir qatnashchisining ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat davomidagi olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) va realizatsiya qilingan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) bitim taraflarining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotlari (chet el yuridik shaxslari uchun statistika hisobotlari talab etilmaydi). Bunda hisobotlar nazorat qiluvchi organga hisobot topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan taqdim etilishi zarur, chet tilidagi hisobotlar rasman davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim;

g) shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risida, bunday shaxslarning ushbu shaxslar guruhiga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar

d) xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarining (ulushlarining) 25 foizdan ko‘prog‘iga bevosita yoki bilvosita egalik qilish orqali haqiqatda nazorat qiladigan jismoniy shaxslar — asosiy benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumot

Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar ishtirokchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

To‘lovlar to‘liq monopoliyaga qarshi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

30 kalendar kun.

Bitim raqobatni, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ arizachiga xabarnoma yuborish orqali arizani ko‘rib chiqish muddatini ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) xorijiy investor obyektiv sabablarga ko‘ra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, bunda moliyaviy hisobot topshirish muddati tugamagan yoki investorning ro‘yxatdan o‘tgan davlati qonunchiligida boshqa holatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda ham iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur, bundan murojaat yilida tashkil etilgan va moliyaviy hisobotlarga ega investorlar mustasno;

b) arizachi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar o‘zgargan taqdirda, bu haqda monopoliyaga qarshi organni qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qilishi shart;

v) monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelmasligi lozim.

Monopoliyaga qarshi organ hatto tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoxud kuchayishiga va raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli tarzda naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantiradi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

11.

Izoh:

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25 foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatning  ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilmaydi:

davlat ishtirokidagi korxonalarning qo‘shib yuborilishiga yoki qo‘shib olinishiga yoxud ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga doir bitimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshirilgan hollarda;

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z aksiyalarini (ulushlarini) olishga doir bitimlarga;

aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan jamiyat) o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;

aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biron-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) 25 foizidan ko‘prog‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.

Qimmatli qog‘ozlar savdolarining tashkilotchilari aksiya (ulush) oluvchilarni xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

QAROR

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish (rad etish) to‘g‘risida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20__ y. “___” _________ ____-son

(ko‘rib chiqish sanasi)

(ko‘rib chiqish joyi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(komissiyaning nomi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

, tarkibida

(komissiya raisi va a’zolarining F.I.O., lavozimi ko‘rsatilgan holda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

da taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib

(ariza kelib tushgan sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish bo‘yicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq

ANIQLADI:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(hujjatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuqoridagilarga ko‘ra hamda Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asoslanib Komissiya

QAROR QILDI:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

rozilik berilsin (rad etilsin).

(harakatning nomi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maxsus komissiya raisi

(imzo)

(F.I.O)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya a’zolari:

(imzo)

(F.I.O)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning monopol yuqori va monopol past narxlari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi, agar ushbu narx moliya bozori chegaralari doirasida xuddi shu turdagi ish xizmat narxidan, shu jumladan, bozorning boshqa subyektlarining uning o‘rnini bosuvchi ish xizmatlari uchun belgilangan narxlarning o‘rtacha qiymatidan o‘n foizdan ziyodga oshsa, monopol yuqori narx deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya bozorida monopol yuqori narx moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining xizmatlariga narxlar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga o‘xshash bo‘lgan va (yoki) o‘zaro almashinadigan xizmatlar narxlari bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslash moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx bilan hamda ushbu bozorda faoliyat yuritayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘rtacha narxlari o‘rtasidagi tafovutni aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar moliya bozorida faqat bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xizmati narxi, agar ushbu narx:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va foyda miqdoridan oshsa hamda ushbu xizmatni ko‘rsatishdan asoslanmagan foyda olish imkonini bersa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ko‘rsatilayotgan xizmatning sifat tavsiflari pasayishi natijasida asossiz xarajatlarni kompensatsiya qilishga yoki qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narx hisoblanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar va foyda miqdorining oshishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xarajatlar va foydaning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi moliyaviy xizmatlar tannarxiga kiritilgan xarajatlar tarkibini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadi. Monopoliyaga qarshi organ moliya bozorlarini tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli organlardan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi xarajatlari va foydasining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi masalasi bo‘yicha xulosa olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xizmatlarning monopol past narxi xizmat ko‘rsatish uchun zarur xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni ko‘zda tutmaydigan, buning natijasida raqobatni cheklash, bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid oqibatlari bo‘lgan moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan belgilangan narx hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

monopoliyaga qarshi organning xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlari mavjudligi va qo‘llanayotgani to‘g‘risida qaror qabul qilishiga asos bo‘lgan materiallar bilan tanishish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organning ushbu qarori yuzasidan belgilangan tartibda bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya bozorida monopol yuqori yoki monopol past narxlar mavjudligi va qo‘llanishi aniqlanganda, monopoliyaga qarshi organ belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atadi hamda monopol yuqori yoki monopol past narxlar qo‘llashni bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

7-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar subyektlariga tatbiq etilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning asosiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish deyilganda, bo‘linayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida uning faoliyatini to‘xtatgan hamda uning huquqlari va vazifalarini yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bergan holda, bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektni ajratib chiqarish deyilganda, uning faoliyatini to‘xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini ularga berish bilan bir yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish uning ustun mavqeni suiiste’mol qilishini bartaraf etish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida tovar va moliya bozorlarini to‘yintirishga, tovarlar, ishlar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilashga, ularning raqobatbardoshliligini oshirishga ko‘maklashuvchi ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish yo‘li bilan tovar yoki moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi qaror har bir aniq holatda tarmoqning, ishlab chiqarish jarayonining xususiyatini, ishlab chiqarilayotgan tovarlar, amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlar, boshqaruvni tashkil etish turini hisobga olgan holda, uni bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi ko‘p tomonlama baholangandan keyin qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni quyidagi shakllarda majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashkil etgan holda bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibidan alohida tarkibiy bo‘linmalarni (birliklarni) ajratib chiqarish va ularning negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ shaxslar guruhini tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari yoki ulushlarini sotish yo‘li bilan ushbu shaxslar guruhini majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ham qaror qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishga, agar bu boshqa teng sharoitlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan xom ashyo, chiqindilar va qo‘shimcha mahsulotlarni qayta ishlashning izchil bosqichlari mavjud bo‘lgan yoki ulardan kompleks foydalanilgan taqdirda, ishlab chiqarishning texnologik darajasi pasayishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (sotish) hajmlarining qisqarishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

texnologik jihatdan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni tufayli ishlab chiqarish ko‘lamlarida jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlarga;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablariga muvofiq banklar va boshqa kredit tashkilotlari bo‘lingan yoki ajratilgan taqdirda, litsenziyalar olinishini ta’minlash mumkin bo‘lmasligiga olib kelganda yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini o‘rganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish qo‘zg‘atadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ustun mavqeni suiiste’mol qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish doirasida monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan tuziladigan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan o‘rganish uchun zarur muddatni belgilagan holda, uni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati yuzasidan tahlil o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tahlilni o‘tkazish davomida quyidagi axborot ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning qisqacha tavsifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining asosiy turlari ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan joyi (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozoridagi xatti-harakatlarining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasining sxemasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi aloqa shakllari va ularning huquqiy maqomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh tashkil etuvchi shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar aksiyalariga (ulushlariga) teskari egalik qilishi yoki boshqa huquqlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyektning, uning tarkibiy tuzilmalari va filiallarining joylashishi va hududiy tavsifi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ro‘yxati va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha ishlab chiqarish, sotish va eksport hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol tovarlar, ishlar va xizmatlarning ularni ishlab chiqarish (sotish) umumiy hajmidagi salmog‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt va tarkibiy bo‘linmalarning xodimlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

asosiy fondlarning balans qiymati;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriy foyda miqdorini aniqlash bo‘yicha rentabellik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlab chiqarish jarayoni, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalarning texnologik bog‘liqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo va materiallarning tashqi yetkazib beruvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, tayyor buyumlarni ichki yetkazib berish sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liniyalar, uchastkalar va ishlab chiqarishlarning texnologik ixtisoslashuvi, standartlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish va ishlab chiqarishni texnik tayyorlash darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tovar, ishlar va xizmatlarni (uzluksiz yoki davriy) tayyorlashda qo‘llanadigan ishlab chiqarish jarayonining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni (yirik seriyali, kichik seriyali) tashkil etish turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, boshqaruv, yetkazib berishlar bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning (filiallarning) qaror qabul qilish bo‘yicha mustaqillik darajasi, umumiy xizmatlar va kommunikatsiyalarning (transport, energetika, ta’mirlash bazasi, ombor xo‘jaligi, moddiy-texnik ta’minot va boshqalarning) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi (standartlashtirilgan, yalpi, bir xil yoki noyob, yagonaligi) va ularning raqobatbardoshliligi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, ishlar va xizmatlarning respublika hududidagi asosiy iste’molchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boshqa ko‘rsatkichlar: tarkibiy bo‘linmalar, mehnat jamoasi, xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning vakolatli organi mol-mulki mulkdorining xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida mustaqil faoliyat yuritishiga bildirilgan munosabati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarini majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko‘rib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan axborotlarga qo‘shimcha ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar, normalar va cheklashlar ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tahlilni o‘tkazish davomida ko‘rib chiqiladigan axborotni o‘rganishda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘rganishni o‘tkazishdan oldingi uch yil mobaynidagi yoxud agar u uch yildan kamni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynidagi faoliyat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini amalga oshiradigan tegishli tovar yoki moliya bozoridagi raqobat muhitini baholash uchun quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozordagi o‘xshash va bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha asosiy raqobatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

bozor qatnashchilarining bozordagi ulushlari taqsimlanishi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qatnashchilarining geografik jihatdan mansubligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘rganish natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida quyidagi barcha sharoitlar mavjud bo‘lganda, xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy alohida ajralib chiqish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida uzviy texnologik bog‘lanish mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tarkibiy bo‘linmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyatini aniqlashda quyidagilar e’tiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish natijasida paydo bo‘ladigan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini oshirish yoki saqlab qolish (mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarning material va fond sig‘imini kamaytirish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, ishlar va xizmatlar yetkazib berishning fizik hajmi o‘zgarishi natijasida tovar yoki moliya bozoridagi raqobat sharoitlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlaridagi raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonini ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibidan ajratib chiqariladigan yangi tarkibiy birliklarning eksport imkoniyatlarini o‘zgartirish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman, bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati ushbu tovar yoki moliya bozoridagi umumiy raqobat sharoitlarining nazarda tutilayotgan yaxshilanish darajasi, shuningdek, ajratib chiqarilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish imkoniyati bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17. Zarurat bo‘lganda, xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun monopoliyaga qarshi organ mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati masalalari ushbu sohadagi tegishli vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini o‘rganish natijalariga ko‘ra majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning ijobiy va salbiy oqibatlarini qiyosiy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarishning uni bo‘lish yoki ajratib chiqarish shaklini belgilovchi loyihani ishlab chiqish. Bunda uning negizida, buning uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda, mustaqil yuridik shaxslar sifatida tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelgusida faoliyat ko‘rsatishi hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasi sxemasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorni tayyorlash davomida majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida yangi tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tarkibiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘rganishlar natijalari bo‘yicha tayyorlangan materiallar monopoliyaga qarshi organning tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan Maxsus komissiyaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va zarurligi to‘g‘risidagi qaror Maxsus komissiya tomonidan manfaatdor tomonlar ishtirokida xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarish loyihasini muhokama qilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

22. Maxsus komissiyaning qabul qilgan qarori asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan o‘n kun muddatda iqtisodiy sudga xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Iqtisodiy sud tomonidan monopoliyaga qarshi organning da’vo arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi sudning qarorida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda va unda belgilangan muddatda mulkdor yoki u vakil qilgan organ tomonidan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Iqtisodiy sudning xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi qarori sud belgilagan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, iqtisodiy sud monopoliyaga qarshi organ da’vosi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarishni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud qarori bilan tayinlangan xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqaruvchi sud qarorida va monopoliyaga qarshi organ qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

26. Boshqaruvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish organlari unga ro‘yxat bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni, shuningdek, korxonaning muhri, shtampi va boshqa mol-mulkini taqdim etishi shart.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvchisi tayinlangan vaqtdan boshlab sud qarori bilan belgilangan muddatgacha xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha boshqaruv organlari vakolatlari to‘xtatib qo‘yiladi va sud qarori bilan tayinlangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvchisiga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boshqaruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lishni yoki ajratib chiqarishni amalga oshiradi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy, to‘lov hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mansabdor shaxslari va xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi va ijro etilishini ta’minlaydi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektni bo‘lish yoki ajratib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

28. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasidagi bo‘lish balansining sud tomonidan tasdiqlanishi yangi paydo bo‘layotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bo‘lish va ajratib chiqarish tartiblarini amalga oshirish xarajatlari bo‘linayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qaroriga

8-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-maydagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisi va Nizomga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 45-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 67-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 40-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 338-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 12 va 13-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son qaroriga 4-ilovaning 7-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)