1-ILOVA
1-ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
||||
|
1-bosqich |
Ariza beruvchilar |
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi. |
Oʻz xohishiga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
1. Davlat xizmatlari markazi |
1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi. |
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada |
|||
|
2. YIDXP |
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. |
2. Real vaqt rejimida |
||||
|
3-bosqich |
Vakolatli organ |
1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboradi yoki xulosa rasmiylashtirishni rad etadi. 2. Xulosa berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchiga yigʻimni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi (Pasportda xulosa berganlik uchun yigʻim nazarda tutilganda). |
Tegishli davlat xizmati pasportining 8-bandida belgilangan muddatlarda |
|||
|
4-bosqich |
Ariza beruvchi |
Xulosa berganlik uchun yigʻimni toʻlaydi (pasportlarda xulosa berganlik uchun yigʻim nazarda tutilganda) |
Oʻttiz kun ichida |
|||
|
5-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosa ariza beruvchilarga taqdim etadi. |
10 daqiqa ichida |
2-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) hamda telefon raqami; obyekt joylashgan manzil; ishlarni bexatar amalga oshirish boʻyicha javobgar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (FIO, JSHSHIR, buyruq raqami va sanasi); b) asbob-uskunalarning roʻyxati va texnik sozligi; v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrish, avariya bartaraf etish rejasi; g) ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 5 ish kun |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi; b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi; v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi; |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | Cheklanmagan |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
3-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga moʻljallangan moddiy-texnika bazaning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga moʻljallangan moddiy-texnik baza |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi — neft, gaz va gaz kondensatini qazib olishga moʻljallangan moddiy-texnik bazaning sanoat xavfsizligi talablarini baholash qismida; |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami; ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (FIO, JSHSHIR, buyruq raqami va sanasi); b) asbob-uskunalarning roʻyxati va texnik sozligi; v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrish, avariya bartaraf etish rejasi; g) ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 5 ish kuni |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi; b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi; v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi; |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | 1 yil |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
4-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va foydalanish boʻyicha tegishli moddiy-texnik baza hamda xodimlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanish boʻyicha tegishli moddiy-texnik baza hamda xodimlar |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi – Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi konchilik, portlatish ishlari, neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish va portlovchi materiallarning aylanmasi qismida; |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) hamda telefon raqami; xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish va ulardan foydalanishda ishlatiladigan moddiy-texnik baza maʼlumotlari; b) yuk koʻtarish kranlarining sozligiga va ulardan xavfsiz foydalanish boʻyicha biriktirilgan javobgar shaxslarning buyruqlari va ularning bilim sinovlari tekshirilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 5 ish kuni |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi; b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | 1 yil |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
5-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida xulosa |
|
2. |
Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) |
Mehnat sharoitlari |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); yakka tartibdagi tadbirkor uchun — FIO, JSHSHIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); faoliyatni amalga oshirish manzili. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
5 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Mehnat sharoitlarining Mehnat kodeksida, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi. |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti maʼlumotlari oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
6-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
|
2. |
Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) |
Bino (inshoot) va xonalar |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili; xulosani olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi); jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili; xulosani olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi). |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
10 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Bino (inshoot) va xonalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi. |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti maʼlumotlari oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
61-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojga muvofiqligi. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi). |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hududiy boʻlinmalari. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | Ariza. |
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: | ||
chet el fuqarosining F.I.O, telefon raqami, elektron pochta manzili, Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili; | ||
maʼlumoti, mutaxassisligi; | ||
ish beruvchining F.I.O yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSH SHIR); | ||
taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi; | ||
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtish muddatlari (mavjud boʻlsa). | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 5 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning soni va mutaxassisliklari (lavozimlari) ish beruvchining ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan. |
11. | Izoh: | - |
7-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Gidrogeologik xulosa. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Hududning yer osti suvlari holati. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Yuridik va jismoniy shaxslar. |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari xulosasini inobatga olgan holda. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: |
a) yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; | ||
b) jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami; | ||
v) koʻrsatilgan hududning aniq joyi; | ||
g) loyihalanayotgan quduqning geografik joylashish koordinatalari: | ||
shimoliy kenglik; | ||
sharqiy uzunlik; | ||
d) yer osti suvini olishdan maqsad: | ||
xoʻjalik-ichimlik; | ||
ishlab chiqarish-texnik (sanoat); | ||
qishloq xoʻjaligi (sugʻorish); | ||
zax qochirish (drenaj); | ||
davolash-balneologik; | ||
e) yer osti suviga boʻlgan talab hajmi (m3/kun). | ||
Arizada keltirilgan barcha soʻrov savollariga maʼlumotlar toʻliq toʻldirilgan boʻlishi shart. Maʼlumotlarning toʻgʻriligi va koʻrsatilgan hududning aniqligiga qarab gidrogeologik xulosa aniq bir maydon uchun beriladi. | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. |
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: | ||
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda: | ||
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; | ||
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga; | ||
6,5 foizi — “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga; | ||
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMga; | ||
b) YIDXP orqali murojaat etilganda: | ||
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; | ||
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun); | ||
3,25 foizi — “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga; | ||
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMga”. | ||
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 8 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari holatini va tegishlicha quduq burgʻilashning maqsadga muvofiqligi (yer osti suvlari zaxiralarining mavjudligi, suv chiqarish imkoniyati, sifat koʻrsatkichlari kabilar). |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | 2 yil. |
11. | Izoh: | Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlar boʻyicha ariza bilan bir vaqtda quyidagi organlar tomonidan 5 ish kuni ichida kelishib beriladi: |
a) Suv xoʻjaligi vazirligi: qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etishni kelishib beradi; | ||
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlari bilan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etishni kelishib beradi. | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DM: gidrogeologik xulosani tayyorlaydi va “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga yuboradi. | ||
Gidrogeologik xulosa axborot hujjati boʻlib, suvga quduq burgʻilash loyihalarini tuzish uchun asos hisoblanadi. Burgʻilash loyihalarini tuzish belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalarining talablariga asosan tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladi: | ||
koʻrsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida maʼlumot; | ||
yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida maʼlumot; | ||
tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar. | ||
Maxsus dala gidrogeologik tadqiqot ishlari va fond maʼlumotlarini oʻrganish natijasida koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari mavjud (yetarli) emasligi aniqlansa, hududni suv bilan taʼminlashning boshqa manbalari tavsiya etilgan holda (mavjud boʻlgan hollarda) gidrogeologik xulosa tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosa elektron shaklda matn koʻrinishida jadvallar, xaritalar va chizmalar kabi qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirilgan holda tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosani tayyorlash va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali yuborish jami 8 ish kunidan oshmasligi zarur. |
8-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchalarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchalari |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) hamda telefon raqami; obyekt joylashgan manzil; ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (FIO, JSHSHIR, buyruq raqami va sanasi); b) yerlashtirish va chaqmoqqa qarshi jihozlarni sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar; v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrishi, avariya bartaraf etish rejasi; g) ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 5 ish kun |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi; b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | 1 yil |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
9-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Neft mahsulotlari omborining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Neft mahsulotlari ombori |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) hamda telefon raqami; obyekt joylashgan manzili; ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot (FIO, JSHSHIR, buyruq raqami va sanasi); b) asbob-uskunalarning roʻyxati va texnik sozligi; v) moddiy-texnika bazaga (binolar, xonalar, mexanizm va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi; g) ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 5 ish kun |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi. b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | Cheklanmagan |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
10-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Radiotexnik inshootlarning sanitariya xulosasini (sanitariya pasporti) |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) | Radiotexnik inshoot |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa). radiotexnik inshoot joylashgan manzil; radiotexnik inshootning sanitariya pasportini olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi); b) radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | 7 kun |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari | Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | 3 yil |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Radiotexnik inshoot — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta antennada ishlaydigan bir yoxud bir nechta radio toʻlqin uzatgichlar. Radiotexnik inshootning sanitariya pasporti — xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek, loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda elektromagnit maydoni darajasi oʻlchov natijalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologiya hujjati. |
11-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa |
|
2. |
Xulosa talab qilinadigan faoliyat (obyekt, harakat, mahsulot va boshqalar) |
Ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralar |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami; b) xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shartnoma, grantni tuzish uchun berilgan ilmiy loyiha, ishlarni bajarish uchun kalendar reja, xarajatlar smetasi va ish maqsadini belgilovchi boshqa hujjatlar); v) bajarish uchun olingan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan koʻchirma; g) olingan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlar yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik doirasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini oʻtkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
7 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Grantlarni olgan jismoniy shaxslar daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishda grantlar boʻyicha olingan daromadning qiymati, daromad soligʻi miqdori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining soliqqa tortish maqsadlari uchun yillik umumiy yillik daromaddagi chiqarib tashlangan mablagʻlar boʻyicha xulosa koʻrsatilishi; Xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar begonalashtirilgan holatda barcha toʻlovlar va soliqlar grant oluvchi tomonidan belgilangan tartibda toʻlanishi. |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
12-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan xulosa |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. |
Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) |
Diniy tashkilot faoliyati |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
a) ariza. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: markaziy boshqaruv organi uchun: taʼsis yigʻilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan qarorining nusxasi; markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavi nusxasi; joylashgan joyidan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; markaziy boshqaruv organining taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumot; markaziy boshqaruv organining rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot; markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar bundan mustasno (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi boʻyicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi); diniy taʼlim muassasalari uchun: markaziy boshqaruv organining diniy taʼlim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qarorining nusxasi; diniy taʼlim muassasasining davlat tilidagi ustavi nusxasi; diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot; mahalliy diniy tashkilotlar uchun: taʼsis yigʻilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qarorining nusxasi; mahalliy diniy tashkilotni davlat tilidagi ustavining nusxasi; Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahri) hududida doimiy yashayotgan, mahalliy diniy tashkilotni oʻz tashabbusiga koʻra tuzayotgan, mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish boʻyicha oʻn sakkiz yoshga yetgan ellik nafardan kam boʻlmagan tashabbuskorlar tomonidan imzolangan maʼlumot; mahalliy diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumot; mahalliy diniy tashkilot rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar bundan mustasno (diniy maʼlumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi boʻyicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi); mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xulosasining nusxasi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
30 kun |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
11. |
Izoh |
Diniy taʼlim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub boʻlgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur boʻlgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa. Diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, birgalikda dinga eʼtiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan koʻngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy taʼlim muassasasi va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi). Diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek, diniy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining kamida sakkizta maʼmuriy-hududiy birligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) roʻyxatdan oʻtib faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot. Mahalliy diniy tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahri) hududida doimiy yashayotgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ellik nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar). “Markaziy boshqaruv organining taʼsischilari toʻgʻrisidagi MAʼLUMOT
Markaziy boshqaruv organi rahbari _____________________________ ________________ ______________________________________________________________(F.I.O. va imzosi) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahri) hududida doimiy yashayotgan, mahalliy diniy tashkilotni oʻz tashabbusiga koʻra tuzayotgan, mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish boʻyicha oʻn sakkiz yoshga yetgan ellik nafardan kam boʻlmagan tashabbuskorlar tomonidan imzolangan maʼlumotlar. Diniy tashkilot tashabbuskorlari toʻgʻrisidagi MAʼLUMOT
Diniy tashkilotning rahbari _________________________________ __________________ _______________________________________________________________ (F.I.O. va imzosi) Mahalliy diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Diniy tashkilotning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi MAʼLUMOT
Diniy tashkilotning rahbari _________________________________ __________________ _______________________________________________________________ (F.I.O. va imzosi) Quyidagilar diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun xulosa olish toʻgʻrisidagi murojaatni rad etishga asos boʻladi: tegishli hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi; taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi; ilgari xuddi shu nomdagi yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan nomdagi diniy tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilganligi; hujjatlar sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar tomonidan taqdim etilganligi. |
13-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha xulosa |
2. | Xulosa talab qilinadigan faoliyat (obyekt, harakat, mahsulot va boshqalar) | Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash va ularning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik va jismoniy shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), nav namunasi saqlanayotgan manzil, nav namunasining navi, avlodi va soni; jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); b) faoliyatni amalga oshirish manzili, nav namunasining navi, avlodi va soni; v) nav namunasining birlamchi hujjatlaridan ekilgandagi muvofiqlik sertifikati yoki tahlil natijasi va aprobatsiya dalolatnomasi nusxalari. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori | Yigʻim undirilmaydi |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | Pasportning izoh qismida belgilangan |
9. | Xulosa berishning talab va shartlari (mezonlari) | Pasportning izoh qismida belgilangan |
10. | Xulosaning amal qilish muddati | Cheklanmagan |
11. | Izoh | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari, urugʻlik yetishtiruvchi va elita urugʻchilik xoʻjaliklarda yetishtirilgan navlardan belgilangan tartibda namunalar tanlab olinadi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, roʻyxatga oladi, dala tajriba maydoniga ekadi, parvarish qiladi, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazadi, navdorlikni baholash ishlari amalga oshirilishini hamda baholash xulosalari ariza beruvchiga taqdim etilishini taʼminlaydi. Ariza beruvchi nav namunasini tanlab olish va Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydoniga joʻnatish uchun zarur sharoit yaratadi hamda ushbu jarayonda ishtirok etadi. Nav namunasi Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydonida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli deb hisoblangan boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urugʻlik don toʻdalaridan tanlab olingan nav namunalarini dala tajriba maydonida ekib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan urugʻlik toʻdasi tozalangan, saralangan va dorilangandan soʻng nav namunalarining nav tozaligini (navdorligi) baholash uchun 10-sentabrdan kechiktirmagan holda murojaat qiladi. Oʻzagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari boʻyicha buyurtma berish muddati 10-sentabrga qadar etib belgilanganligi haqida oʻzining rasmiy veb-saytida iyul oyining birinchi oʻn kunligida eʼlon beradi. Ariza beruvchi tomonidan nav namunasi 10-sentabrga qadar taqdim qilinmasa, ariza beruvchining murojaati rad etiladi. Nav namunalarini tanlab olish tartibi Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassislari tomonidan urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini besh ish kunida tanlab olinadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Tanlab olingan har bir nav namunasida tashqi va ichki yorliqlar boʻlishi kerak. Har bir nav namunalarining yorliqlarida urugʻlik tayyorlovchining nomi, ekin turi, navi, avlodi, urugʻning kelib chiqishi, toʻda raqami, toʻda vazni, aprobatsiya boʻyicha nav tozaligi va namuna vazni kabi maʼlumotlar boʻlishi lozim. Nav namunalarini tanlab olishda urugʻlik saqlanish sharoitlari tekshiriladi va tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga nav nazorati uchun tanlab olingan urugʻlik donning oʻrtacha namuna dalolatnomasi Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassisi tomonidan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bitta asl nusxasi ariza beruvchida yoki uning vakilida qoldiriladi. Mazkur dalolatnomaning asl nusxasi namuna bilan birgalikda boʻz qopchalarga joylashtirilib, ikki ish kunida dala tajribalarini oʻtkazish maydonchasi (GRUNT nav nazorat) yaʼni, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tuproqda baholash, obodonlashtirish, bino va yerdan foydalanish boʻlimiga yuboriladi. Nav namunalarini ekishga tayyorlash Tanlab olingan nav namunalari bir ish kunida roʻyxatga olinadi va ekish roʻyxati (ekish vedomosti) tuziladi. Roʻyxatga olingan nav namunalaridan ekish uchun ishchi namunalar tayyorlanib, maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi va uch ish kunida maydonchalarning tartib raqami qoʻyiladi. Ekish uchun jamlangan barcha nav namunalari kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan boʻlishi lozim. Kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilmagan toʻdalardan olingan nav namunalari boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzagroinspeksiya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq koʻrsatiladi. Nav namunalarini ekish Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda sentabr va oktabr oylarida ekiladi. Nav namunalari 10 m2 yoki 25 m2 dala tajriba maydonida delyanka usulida ekiladi. Nav namunalari yuqori avlodlar boʻyicha tartib asosida ekiladi. Tajriba dalasida unib chiqmagan xatolar oʻrniga ekish va qayta ekishga ruxsat etilmaydi. Ekinlarni parvarishlash ishlari har yili hosil yilining sentabr-oktabr oyidan kelgusi yilning may oyigacha hududlarda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida oʻtkaziladi. Nav tozaligini aniqlash va natijalarni rasmiylashtirish Nav tozaligi nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida oʻsimlikning morfologik belgilari shakllangan vaqtda aniqlanadi. Nav namunalarida nav tozaligini aniqlash ekinlarning sut-mum pishish davrida, yaʼni may oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra Oʻzagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi. |
14-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish boʻyicha xulosa |
|
2. |
Xulosa talab qilinadigan faoliyat (obyekt, harakat, mahsulot va boshqalar) |
Kemalarning texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Transport vazirligi |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
Ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning yuridik manzili, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa); jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); faoliyatni amalga oshirish joyi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: kemaning texnik loyiha hujjatlari; tushuntirish xati; kemaning choʻkmasligi toʻgʻrisida, suzuvchanligi toʻgʻrisida, ustuvorligi toʻgʻrisida va kemani yuklash-tushirish toʻgʻrisida yoʻriqnomalar. Texnik loyiha hujjatlari kemachilik registri inspektoriga quyidagi usullardan biri boʻyicha taqdim etilishi mumkin: keyinchalik kemachilik registri inspektoriga ishchi chizmalarni taqdim etish sharti bilan texnik loyiha hujjatlarini; keyinchalik kemachilik registri inspektoriga ishchi chizmalarni kelishish uchun taqdim etmagan holda texnik loyiha hujjatlarini. Bunda taqdim etilgan texnik loyiha hujjatlari loyihalashtirilgan kemaning berilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq ekanligini aniqlash hamda kemaning asosiy konstruktiv qismlarini tayyorlash davrida texnik nazorat olib borish imkonini berishi kerak. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Oʻziyurmas kemalarning texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun BHMning 50 barobari; Oʻziyurar va zemsnaryadlarning texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun BHMning 70 barobari. Bitta texnik loyiha hujjat asosida ketma-ket quriladigan kemalarning texnik loyiha hujjatlari koʻrib chiqilmaydi va toʻlov undirilmaydi. |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
15 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Texnik loyiha hujjatlarining texnik topshiriqda koʻrsatilgan jihozlar boʻyicha toʻliq taqdim etilganligi; tushuntirish xati: taqdim etilgan texnik loyiha hujjatlarining roʻyxati; har bir nazorat obyektining chizmasi va biriktirish usuli; har bir nazorat obyektining oʻlchamlarini texnik topshiriqda koʻrsatilgan oʻlchamlarga muvofiqligi. Texnik loyiha hujjatlarida loyihalashtiriladigan kemalarning texnik topshiriqqa, mahalliy suzish sharoitiga va Registr qoidalariga muvofiqligi (suv havzalari razryadi, suzish hududi, suvga botishi, shamol-toʻlqin rejimi). |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Kelishilgan texnik loyiha hujjatlari asosida kemalar seriyali qurilganda, texnik-loyiha hujjatlar faqat bosh kema uchun kelishiladi. |
15-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Suv obyektlaridagi suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) koʻchirish, ularni rekonstruksiya qilish va yangidan qurishga doir xulosa |
|
2. |
Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) |
Suv obyektlaridagi suv xoʻjaligi inshootlari (qurilmalari) |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Suv xoʻjaligi inshootlarini qurishga doir xulosalar quyidagi vakolatli organlar tomonidan beriladi: a) Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan viloyatlararo va davlatlararo (transchegaraviy), shuningdek, alohida ahamiyatga ega boʻlgan: tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar, koʻllar va boshqalar) suv obyektlari boʻyicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda; sunʼiy (suv omborlari, ochiq va yopiq kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv obyektlari boʻyicha; b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan tumanlararo hamda tuman ahamiyatidagi: tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar, koʻllar va boshqalar) suv obyektlari boʻyicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy organlari bilan kelishilgan holda; sunʼiy (suv omborlari, ochiq va yopiq kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv obyektlari boʻyicha; v) tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimi tomonidan xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari boʻyicha; g) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda yer osti suvlaridan suv olish inshootlari boʻyicha. |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa). suv xoʻjaligi inshootlari (qurilmalari) joylashgan manzil; suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) koʻchirish, rekonstruksiya qilish va yangidan qurishga boʻlgan zaruratni asoslash, mavjud muammo hamda kutiladigan natija toʻgʻrisida maʼlumot; suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) koʻchirish, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish ishlarini loyihalashtirish hamda qurish ishlarini moliyalashtirish manbai; b) belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlari, shuningdek, maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining koʻchiriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va yangidan quriladigan suv xoʻjaligi inshootlari (qurilmalari) tushirilgan tarxi; v) yer uchastkasining ijara shartnomasi va yer uchastkasi tarxining nusxalari; g) suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) koʻchirish, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish ishlarining boshqa suv isteʼmolchilariga salbiy taʼsiri mavjud emasligi toʻgʻrisida ularning rozilik xatlari. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
10 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Suv xoʻjaligi inshootining (qurilmaning) hozirgi texnik holati, uni qurish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi, suv xoʻjaligi inshooti qurish oʻzboshimchalik bilan qurilmaganligi (loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan), obyekt loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqmagan holda hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilmagan holda qurilganligi va rekonstruksiya qilinganligi |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
3 yil |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari va buloqlar. Suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti. Suv xoʻjaligi inshootlari (qurilmalari) — suv obyektlaridagi suv olish, taqsimlash, toʻsish, oʻtkazish (nov, dyuker), oʻlchash (gidropost), koʻtarish (nasos agregati, charxpalak) va boshqa qurilmalar, koʻpriklar (ochiq, quvurli) va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari. Suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, yaʼni tumanlarning irrigatsiya boʻlimlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari. Ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari (ichki suv yoʻllari) — bitta suv isteʼmolchisiga (agroklaster, fermer xoʻjaligi va boshqa suv isteʼmolchisiga) xizmat koʻrsatuvchi suv xoʻjaligi obyektlari. Xoʻjaliklararo (fermerlararo) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari — ikki va undan ortiq suv isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatuvchi suv xoʻjaligi obyekti. Quyidagilar davlat xizmatini rad etishga asos boʻladi: suv xoʻjaligi inshootlarini qurish zarurati yetarli darajada asoslanmaganda (inshoot qurilishi nima maqsadga amalga oshirilayotganligi va kelgusida qanday maqsadlarda foydalanilishi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda); suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) qurish zarurati boʻyicha manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning toʻliq roziligi olinmaganda; suv xoʻjaligi inshootlarini qurish suv xoʻjaligi obyektining xavfsiz va ishonchli ishlashiga hamda suvni samarali boshqarishga va oqilona foydalanishga salbiy taʼsir koʻrsatish xavfi boʻlganda; quriladigan suv xoʻjaligi inshootlarini (qurilmalarini) suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash va raqamlashtirish rejalashtirilmaganda (agroklasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilariga maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlaridagi bosh suv olish inshootidan tashqari inshootlarda hamda tomorqa yer egalarining suv olish inshootlarida suvning hisobini yuritish va raqamlashtirish majburiy emas). |
16-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha xulosa |
|
2. |
Xulosa talab qilinadigan faoliyat kichik turi (obyekt, harakat, mahsulot va boshqalar) |
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari; moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalar; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalari; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boshqaruv rejalari; tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qoʻriqlanadigan tegralari loyihalari. |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Jismoniy va yuridik shaxs |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa); jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish manzili. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari (vakolatli organ buyurtmachi boʻlgan holatlar bundan mustasno); loyihada koʻrsatilgan obyektning kadastr yigʻmajildi (agar mavjud boʻlsa); arxeologiya madaniy meros obyektlarining muhofaza tegralarida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan arxeolog xulosasi. |
|
6 |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi; Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlarini oʻtkazishga oid loyihalarni koʻrib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari; Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari. |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
30 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va shartlari (mezonlari) |
Loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari hujjatlari moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya ega boʻlgan loyihachi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi kerak; Loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi majburiy hisoblanadi: binoning fasad qismi; bino va uning atrofining mavjud holati; koʻcha razvyortkasi; qirqim (razrez); bosh reja (M 1:500 masshtabda); loyihalardagi mavjud holat rejasi. |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Ariza kelib tushganidan keyin 1 ish kuni ichida Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kotibi arizani tegishlilik boʻyicha hududiy boshqarmalar huzuridagi ilmiy-maslahat kengashiga yuboradi. Hududiy boshqarmalar huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi ariza kelib tushganidan keyin 10 ish kuni ichida, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini va obyektni joyga chiqqan holda oʻrganadi hamda taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlaridagi xato-kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam koʻrsatadi. Oʻrganish natijasi yuzasidan oʻz xulosasini Kengashga yuboradi. Kengash hududiy boshqarmaning ilmiy-maslahat kengashi xulosasi olinganidan soʻng 15 ish kuni ichida loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqadi. Kengash loyiha hujjatlarini quyidagilarga asosan koʻrib chiqadi: arxiv maʼlumotlari; tarixiy manbalar; ilmiy adabiyotlar; jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya; anʼanaviy meʼmorchilik maktablari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda. Kengash tomonidan ijobiy xulosa berishga qaror qilingan taqdirda, ushbu Pasportning 7-bandi talabi asosida shakllantirilgan toʻlovni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan invoysni yoki davlat xizmati koʻrsatilishini rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan va QR-kod qoʻyilgan salbiy xulosani Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda yuboradi. Ariza beruvchi tomonidan invoysda koʻrsatilgan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 4 ish kuni ichida Kengash QR-kod qoʻyilgan ijobiy xulosani Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda yuboradi. Ariza beruvchi tomonidan invoysda belgilangan toʻlov toʻliq toʻlanmasligi yoki belgilangan muddatda toʻlanmasligi xulosa berishni rad etish uchun asos boʻladi. |
17-ILOVA
1. | Xulosa nomi | Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash boʻyicha xulosa |
2. | Xulosa talab qilinadigan faoliyat (obyekt, harakat, mahsulot va boshqalar) | Urugʻlik paxta chigiti toʻdasidan tanlab olingan nav namunalarini tuproqda nav tozaligini baholash va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi | Yuridik va jismoniy shaxslar |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ (lar) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar | a) ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), nav namunasi saqlanayotgan manzil, nav namunasining navi, avlodi va soni; jismoniy shaxslar uchun — FIO, JSHSHIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); b) faoliyatni amalga oshirish manzili, nav namunasining navi, avlodi va soni; v) nav namunalari hujjatlari. |
6. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori | Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari |
7. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati | Pasportning izoh qismida belgilangan |
8. | Xulosa berishning talab va shartlari (mezonlari) | Pasportning izoh qismida belgilangan |
9. | Xulosaning amal qilish muddati | Cheklanmagan |
10. | Izoh | Umumiy qoidalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya) ilmiy-tadqiqot institutlari, urugʻlik yetishtiruvchi va elita urugʻchilik xoʻjaliklarda yetishtirilgan navlardan belgilangan tartibda namunalar tanlab oladi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, roʻyxatga oladi, dala tajriba maydoniga ekadi, parvarish qiladi, metodik va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazadi, navdorlikni baholash ishlari amalga oshirilishini hamda baholash xulosalari ariza beruvchiga taqdim etilishini taʼminlaydi; ariza beruvchi nav namunasini tanlab olish va Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydoniga joʻnatish uchun zarur sharoit yaratadi hamda ushbu jarayonda ishtirok etadi. Nav namunasi Oʻzagroinspeksiyaning dala tajriba maydonida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan va istiqbolli deb hisoblangan gʻoʻza navlarining dorilanib tayyorlangan urugʻlik chigit toʻdalaridan tanlab olingan nav namunalarini dala tajriba maydonida ekib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan urugʻlik toʻdasi tozalangan, saralangan va dorilangandan soʻng, nav namunalarining nav tozaligini (navdorligi) baholash uchun 1-martdan kechiktirmagan holda murojaat qiladi. Oʻzagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari boʻyicha buyurtma berish muddati 1-martga qadar etib belgilanganligi haqida oʻzining rasmiy veb-saytida yanvar oyining birinchi oʻn kunligida eʼlon beradi. Ariza beruvchi tomonidan nav namunasi 1-mart kuniga qadar taqdim qilinmasa, ariza beruvchining murojaati rad etiladi. Nav namunalarini tanlab olish tartibi Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassislari tomonidan urugʻlik toʻdalaridan amaldagi standart talablari asosida ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida nav namunalarini besh ish kunida tanlab olinadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Tanlab olingan har bir nav namunasida tashqi va ichki yorliqlar boʻlishi kerak. Har bir nav namunalarining yorliqlarida urugʻlik tayyorlovchining nomi, ekin turi, navi, avlodi, urugʻning kelib chiqishi, toʻda raqami, toʻda vazni, aprobatsiya boʻyicha nav tozaligi va namuna vazni kabi maʼlumotlar boʻlishi lozim. Nav namunalarini tanlab olishda urugʻlik saqlanish sharoitlari tekshiriladi va tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga nav nazorati uchun tanlab olingan urugʻlik chigitning oʻrtacha namuna dalolatnomasi Oʻzagroinspeksiyaning mutaxassisi tomonidan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning bitta asl nusxasi ariza beruvchida yoki uning vakilida qoldiriladi. Mazkur dalolatnomaning asl nusxasi namuna bilan birgalikda boʻz qopchalarga joylashtirilib, ikki ish kunida dala tajribalarini oʻtkazish maydonchasi (GRUNT nav nazorat) yaʼni, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tuproqda baholash, obodonlashtirish, bino va yerdan foydalanish boʻlimiga yuboriladi. Nav namunalarini ekishga tayyorlash Tanlab olingan nav namunalari bir ish kunida roʻyxatga olinadi va ekish roʻyxati (ekish vedomosti) tuziladi. Roʻyxatga olingan nav namunalaridan ekish uchun ishchi namunalari tayyorlanib, maxsus boʻz qopchalarga joylashtiriladi va uch ish kunida maydonchalarning tartib raqami qoʻyiladi. Ekish uchun jamlangan barcha nav namunalari kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan boʻlishi lozim. Kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilmagan toʻdalardan olingan nav namunalari boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzagroinspeksiya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Nav namunalarini ekish Nav namunalari hudud uchun maqbul boʻlgan muddatda, yaʼni ob-havo, tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda mart va aprel oylarida ekiladi. Nav namunalari dala tajriba maydonida 25 metr uzunlikda ikki qaytariqda ekiladi. Nav namunalari yuqori avlodlar boʻyicha tartib asosida ekiladi. Tajriba dalasida unib chiqmagan xatolar oʻrniga ekish va qayta ekishga ruxsat etilmaydi. Ekinlarni parvarishlash ishlari hududda amalda boʻlgan agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi. Nav tozaligini baholash natijalarini rasmiylashtirish Nav namunalarida nav tozaligi har yili avgust oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlanadi. Nav namunalarining tahlil natijalariga koʻra Oʻzagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi. |
18-ILOVA
|
1. |
Xulosa nomi |
Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish boʻyicha xulosa |
|
2. |
Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar) |
Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish |
|
3. |
Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi |
Yuridik shaxslar |
|
4. |
Xulosani berishga vakolatli organ (lar) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
5. |
Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar |
Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa); dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasining kontenti (fayl, audio, videorolik, reklama matni). |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati |
5 ish kuni |
|
9. |
Xulosa berishning talab va mezonlari |
Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasi kontentining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-yanvardagi PF–20-son Farmoni va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga, qoʻllash yoʻriqnomalariga muvofiqligi. |
|
10. |
Xulosaning amal qilish muddati |
Cheklanmagan |
|
11. |
Izoh |
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
19-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Bino (inshoot) va xonalar. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Jismoniy va yuridik shaxslar. |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | a) Ariza. |
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: | ||
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa); | ||
bino (inshoot) va xonalarning joylashgan manzili; | ||
bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi); | ||
b) bino (inshoot) va xonalarning atrof-muhit muhofazasi loyihasi. | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi. |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 5 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Bino (inshoot) va xonalarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | 3 yil. |
11. | Izoh: | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
Bino (inshoot) va xonalar — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta bino (inshoot) va xonalarning mavjudligi; | ||
Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi — xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek, loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda laboratoriya tahlillari natijalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologiya hujjati. |
2-ILOVA
3-ILOVA