27.02.2024 yildagi PQ-88-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash mexanizmlarini soddalashtirish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mayga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha, velo kreslo-aravacha, sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha, yurish moslamasi (rollator), toʻrt oyoqli hassa, ovozli termometr va tonometr hamda boshqa vositalarni inobatga olgan holda davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda — protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari) turlarini 18 tadan 30 taga kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-maydan boshlab protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib oʻrtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlarini esa oʻn baravargacha oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-mayga qadar Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktabrga qadar respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida taʼminlash tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash elektron tijorat orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat orqali protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga buyurtma bera olmaydigan muhtoj shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻmak berib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher asosida reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini oʻzining elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish istagini bildirgan elektron savdo maydonchasining operatorlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaucher qiymati bilan sotib olingan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining narxi oʻrtasida hosil boʻlgan salbiy farq muhtoj shaxslarning oʻz hisobidan qoplanadi, ijobiy farq hosil boʻlganda esa muhtoj shaxslarga uning 20 foizini ragʻbatlantirish sifatida olish imkoniyati taqdim etiladi. Bunda, mazkur ragʻbatlantirish mablagʻlari jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalariga muvofiq protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslarni taʼlim va sportga jalb etish hamda ularning bandligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda ijtimoiy hayotga moslashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-martdan boshlab xorijiy ishlab chiqaruvchilarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqqanlik va tegishli guvohnoma berganlik uchun undiriladigan yigʻimlar miqdorini 50 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq roʻyxat asosida protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan fuqarolarning aniq hisobini yuritib borish hamda homiylik qiluvchi subyektlarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari hisobidan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga majburiy tartibda kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj shaxslar protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan homiylik xayriyalari hisobiga taʼminlanganligi homiylik subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlarga maʼlum qilinganda, ular tomonidan homiylik subyektlariga muhtoj shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalaridan foydalanishi, taʼlim va sportga jalb etilishi, ularning ijtimoiylashuvi holati yuzasidan maʼlumot taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʻxtatmagan holda, 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fanlar akademiyasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda 2024 — 2025-yillar davomida protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarish va sohadagi muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan “Ijtimoiy karta” orqali taʼminlash tizimini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-88-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Protez moslamalarining texnik vositalari nomi

Protez moslamalarining butlovchi va ehtiyot qismlari

1.

Son protezi

Adapter (pastki va yuqori qismlar uchun)

Adapter ushlagich

Tizza tugun moduli

Panja

Vakuumli klapan

Tayanch moduli (quvur-aluminiy/temir)

Layner (protez uchun gʻilof)

Uchbandlik tayanch

Kosmetik tashqi qobiq

Boldir-tovon boʻgʻimi, tayanch moduli

2.

Boldir protezi

Tizzatutgich

Panja

Kosmetik tashqi qobiq

Vakuumli klapan

Protez uchun karbon

Boldir-tovon boʻgʻimi, tayanch moduli

Layner (protez uchun gʻilof)

3.

Qoʻl protezlari

Kaftlar, bilak kaftlar bilan birga

Oʻzak

Choʻltoq qabul qiluvchi gilza

Tayanch gilza

Tirsak ilmogʻi

Yelka ilmogʻi

Kosmetik tashqi qobiq

Qoʻl protezi uchun maxsus biriktirmalar

4.

Koʻkrak bezi protezi

-

5.

Apparatlar

Plastik

Metall shina

Vertlyug

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ijtimoiy himoya milliy agentligining takliflariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatda quyidagilar nazarda tutiladi:

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi;

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish, yetkazib berish va toʻlovni amalga oshirish tartibi;

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirish tartibi;

davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining turlarini kengaytirish hamda vaucher qiymatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Nogironlikni belgilash hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha elektron davlat ijtimoiy xizmatlari koʻrsatiladigan yagona axborot tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi va “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi negizida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash” va “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modullarini ishga tushirish.

2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini zarur idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish.

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha muhtoj shaxslar taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlangan fuqarolarning aniq hisobini yuritib borish.

1. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlangan fuqarolarning aniq hisobini yuritish uchun davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining tegishli moduliga ulash.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Fuqarolar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan homiylik xayriya mablagʻlari, shuningdek, Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan taʼminlangandan soʻng ikki ish kuni ichida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib borish.

2024-yil oktabrdan boshlab doimiy

Davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

5.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini vaucher qiymatidan past narxda sotib olgan muhtoj shaxslarni ragʻbatlantirish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini vaucher qiymatidan past narxda sotib olgan muhtoj shaxslarga taqdim etiladigan 20 foiz ragʻbatlantirish mablagʻlari jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻim miqdorini kamaytirish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻim miqdorini 50 foizga kamaytirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari boʻyicha muhtoj shaxslarga professional xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar, reabilitologlar hamda tiklash terapiyasi boʻyicha tibbiy mutaxassislarni tayyorlab borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab quyidagi mutaxassislarni tayyorlab borish tizimini yoʻlga qoʻyish:

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari boʻyicha muhtoj shaxslarga professional xizmat koʻrsatuvchi oʻrta-maxsus maʼlumotli mutaxassislar;

oliy maʼlumotli reabilitolog tibbiy mutaxassislar.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

8.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslarning ijtimoiylashuvini qoʻllab-quvvatlash.

1. Muhtoj shaxslar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan birinchi marotaba taʼminlangandan soʻng ularni taʼlim va kasbga yoʻnaltirish, sportga jalb etish hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalarini ishlab chiqish.

2. Individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasi asosida muhtoj shaxslarni taʼlim va kasbga yoʻnaltirish, sportga jalb etish hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil maydan boshlab

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

9.

Respublikada protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Respublikada protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi

10.

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan kafolatli taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidanspinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarning uy sharoitida davolanishi uchun zarur boʻlgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni (pulsoksimetrlar, Ambu qopchalari, tibbiy aspiratorlar, BiPAP apparatlari, kislorod konsentratorlari, traxeostomolar, gastrostomalar va boshqa tibbiy buyumlar) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilish va kafolatli taʼminlashni amalga oshirish;

spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalar uchun zarur boʻladigan oʻrindiqli aravachalar, korsetlar, tutor, ortezlar va elektr yuritmali oʻrindiqli aravacha bilan vaucher asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan belgilangan tartibda taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

11.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy izlanishlar olib borish tizimini rivojlantirish.

1. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish sohasidagi muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

2. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish jarayonlariga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalarini joriy etish choralarni koʻrish.

3. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlarini kengaytirish boʻyicha ilmiy izlanishlar oʻtkazish uchun grant ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga qoʻyilgan talablarni takomillashtirish.

Ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining umumiy texnik shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi

2024-yil iyun

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

13.

Nogironlikni belgilash, shu jumladan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashga muhtojlikni aniqlash jarayonlarida elektron hujjat almashinuvi tizimini toʻliq joriy qilish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarga nisbatan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni belgilash boʻyicha tibbiy xulosalarni “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtirish uchun sharoit yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. “Elektron sogʻliqni saqlash” yagona platformasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2024 — 2026-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

14.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan beriladigan kafolatlangan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan beriladigan kafolatlangan mablagʻlarning miqdorini bozor konyunkturasi, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari, chakana narxlar hamda xarid qilish tartib-taomillari boʻyicha avval xarid qilingan narxlar asosida aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Uslubiy tavsiyalar

2024-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

15.

Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatishni kengaytirish.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari maʼmuriy binolarida belgilangan tartibda reabilitatsiya vositalarini ijaraga berish hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini taʼmirlash, boshqasiga almashtirish boʻyicha servis xizmatini koʻrsatish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

16.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxatini muhtoj shaxslarning ehtiyojlari va xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqib kengaytirib borish.

Muhtoj shaxslarning ehtiyojlari hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

17.

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan “Ijtimoiy karta” orqali taʼminlash tizimini joriy qilish.

Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan “Ijtimoiy karta” orqali taʼminlash tizimini joriy etishga qaratilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

18.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini keng targʻib qilish.

1. Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va internet nashrlari) orqali muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan vaucher asosida taʼminlashning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashga doir davlat ijtimoiy xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichi boʻyicha videoroliklar ishlab chiqish hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy internet sahifalari orqali eʼlon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5217-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshidan “, 20 ming dona yigʻma Brayl alifbosi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshidagi “2022-2023-yillarda 12 mingta” soʻzlari “2022-yilda 6 mingta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi PQ-22-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning elektron axborot tizimini yaratish va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 11 va 13-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustuni uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “2023-yil dekabr” hamda “2024-yil yanvar” soʻzlari “2024-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-74-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qaroriga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil fevral” soʻzlari “2024-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 40 — 42-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“40. Kuchli ifodalangan nuqsonlarga olib kelgan shizofreniyaning barcha turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kuchli ifodalangan shaxsiyat oʻzgarishlariga olib kelgan epilepsiya kasalligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Parkinson kasalligi kuchli ifodalangan regid qaltiroq turi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izoh qismining birinchi bandi ikkinchi xatboshisidagi “3, 19b, 24, 26, 33, 34 va 36-bandlardan” soʻzlari “3, 19b, 24, 26, 33, 34, 36, 40, 41 va 42-bandlardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________________________________ TIEK № __________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent sh.) bosh, tumanlararo, tuman (shahar) yoki ixtisoslashtirilgan

NOGIRONLIK TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTNOMA № __________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

F.I.O.

Manzili:

Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil):

Birinchi marotaba nogironlik belgilangan sana (kun, oy, yil):

Koʻrikdan oʻtkazilgan sana (kun, oy, yil):

Koʻrikdan oʻtkazilishi (birlamchi yoki qayta):

Nogironlik guruhi:

Nogironlik sababi:

Nogironlik muddati (kun, oy, yil):

TIEK koʻrigidan qayta oʻtish muddati (kun, oy, yil):

TIEK XULOSASI VA TAVSIYALARI

Xulosa:

Tibbiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiyalar:

Kasbiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiyalar (kasbga tavsiya, kasbga yoʻnaltirish, oʻqish va tarbiyaga tavsiya):

Ijtimoiy reabilitatsiya boʻyicha tavsiyalar: (protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi):

Ommaviy sport hamda parasport bilan shugʻullanish boʻyicha tavsiyalar:

Oʻzgalar parvarishiga muhtojligi:

KASBIY MEHNAT LAYOQATI YOʻQOTILGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Toʻgʻri keladigan nogironlik guruhi:

Toʻgʻri keladigan nogironlik sababi:

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi darajasi:

Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilgan muddat (kun, oy, yil):

(QR-kod)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nogironlik pensiyasini tayinlash uchun BTPJning tegishli boʻlimiga elektron tizim orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilganligi toʻgʻrisida maʼlumot faqat mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslar uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yoʻqotilishi darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligiga bogʻliq boʻlmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi ogʻirlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yoʻqotilishi darajasi esa bemorning koʻrikdan oʻtish kunidagi holatiga asosan qayta koʻrib chiqiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)