ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni ikkita xorijiy tilga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish | |||||
|
1. |
Oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlash. |
1. Hududlar kesimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. |
2024-yil mart |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Aniqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tillar kesimida ikkinchi xorijiy til oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va ularning tarkibini shakllantirish. |
2024-yil avgust | ||||
|
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining salohiyati va kadrlar taʼminotidan kelib chiqib, oʻquvchilarni ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. |
2024-yil iyun | ||||
|
2. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy til oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻqitishga moʻljallangan oʻquv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tuzish, bunda, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish. |
2024-yil mart |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
|
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻqitishga moʻljallangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
3. |
Tanlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini ikkinchi xorijiy til boʻyicha darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash uchun xalqaro tashkilotlar va nashriyotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, darslikni saralab olish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil aprel |
Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
|
2. Tanlab olingan darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni xarid qilish. |
2024-yil iyul | ||||
|
4. |
Ikkinchi xorijiy til boʻyicha oʻqituvchilarni qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. |
1. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida qayta tayyorlov kurslari dasturini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
|
2. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan oʻqituvchilarga yangi oʻquv dasturlari va metodikalarga oʻrgatish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kurslarini yoʻl�a qoʻyish. |
2024-yil avgust | ||||
|
II. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitish ishlarini tashkil etish | |||||
|
5. |
Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlash. |
1. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyotini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish boʻyicha hududlarda oʻrganishlarni tashkil etish. |
2024-yil mart |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining salohiyati va kadrlar taʼminotidan kelib chiqib, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil aprel | ||||
|
6. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining kasbga boʻlgan qiziqishlari va moyilligini aniqlash mexanizmlarini joriy etish. |
1. Oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlab chiqilgan kasb.maktab.uz platformani takomillashtirish. |
2024-yil may |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Taʼlim islohotlariga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) |
|
2. Oʻquvchilarning qiziqishlari va kasbiy layoqatini aniqlaydigan soʻrovnomalar toʻplamini ishlab chiqish. |
2024-yil iyun | ||||
|
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish va natijalari asosida oʻquvchining kasbiy layoqati boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2024-yil oktyabr | ||||
|
7. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasblarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
1. 2024/2025 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasb-hunarlar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil mart |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasblarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyul | ||||
|
8. |
Kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga tadbirkorlarni jalb qilish uchun meʼyoriy-huquqiy bazani yaratish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligini tartibga solish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil may |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
2. Tadbirkorlik subyektlari uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish imkoniyatlari boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish. |
2024-yil avgust | ||||
|
9. |
Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini ishlab chiqish. |
1. Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida beriladigan davlat namunasidagi elektron hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
2. Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyul | ||||
|
10. |
Oʻquvchilarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish uchun zarur sharoitlar yaratib berish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish oʻquv dasturlarini amalga oshirishda har bir yoʻnalish boʻyicha talab etiladigan xomashyo materiallari roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil may |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish oʻquv dasturlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan xomashyo materiallari meʼyorini tasdiqlash. |
2024-yil may | ||||