29.12.2023 yildagi 692-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ularning taʼlim berish mahoratini yuqori darajaga koʻtarish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berishning avtomatlashtirilgan yangi tizimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, pedagoglarning taʼlim berish mahoratini yuqori darajaga koʻtarish hamda ularning bilim darajasini baholashning yanada shaffof va xolis mexanizmlarini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasini olish boʻyicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkazilishi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga moratoriy joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddatini navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxatining 3-bandida pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining pedagogik mahoratini va psixologik tayyorgarligini baholash hamda oʻquv fani boʻyicha malakalarini sinovdan oʻtkazish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha “pedkadr.uzedu.uz” platformasini, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha esa “pedagog.edu.uz” platformasini vazirliklarning budjetdan tashqari tegishli mablagʻlari hisobidan ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha axborot tizimining ushbu band ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan platformalar bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
692-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qaroriga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud tegishliliga boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining pedagogik mahoratini va psixologik tayyorgarligini baholash hamda oʻquv fani boʻyicha malakalarini sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarning hujjatlarini onlayn qabul qilish hamda pedagog kadrlarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshidagi “muassasalari” soʻzi “tashkilotlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi xatboshi “boʻysunuvidagi” soʻzidan keyin “oʻrta maxsus va professional” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi xatboshidagi “malakasini” soʻzi “malaka toifasini (lavozimini)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimini xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 7-banddagi “Taʼlim inspeksiyasiga” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini, shuningdek, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining oʻz fanini bilishi, faoliyati samaradorligi, pedagogik mahorati, psixologik tayyorgarligini oʻrganish va xolisona baho berish hamda ularni ragʻbatlantirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e) pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli vazirliklar), tizimida maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 14-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Attestatsiyani oʻtkazishda attestatsiya jarayonini qatʼiy nazorat qilish tegishlicha vakolatli vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 19-banddagi, 21 va 24-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi, 434-banddagi “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;

50 foizi — vakolatli vazirliklarning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;

qolgan qismi — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;

b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — vakolatli vazirliklarning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan qismi — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Davlat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan qismi — vakolatli vazirliklarning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma (oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 26-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 28-banddagi “Taʼlim inspeksiyasiga” soʻzlari “vakolatli vazirliklarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 29-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Hujjatlar toʻliq taqdim etilganda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 30-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim inspeksiyasi” va “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari tegishlicha “vakolatli vazirliklar” va “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktabr sanalarida toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini (keyingi oʻrinlarda — malaka sinovlari) oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili 10-mart va 10-oktabrga qadar tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda SMS-xabarnoma orqali pedagog kadrlarga yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“311. Malaka sinovlari quyidagi shakllardan biri boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy (ogʻzaki, yozma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy (ogʻzaki, yozma) va amaliy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “Vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus va professional taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi, ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“34. Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkiloti pedagog kadrlarining birinchi bosqichda pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi taʼlim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan oʻrganiladi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Taʼlim inspeksiyasiga” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“341. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi”;

x) 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun ikkinchi bosqichda — pedagogning oʻquv fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta test topshirigʻi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ts) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“36. Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari har yili mart — may hamda oktyabr — noyabr oylarida vakolatli vazirliklar tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sinovlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Oʻquv fani” soʻzlari “Mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari uchun tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari, madaniyat va sanʼatga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari hamda taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun test sinovlari shaklida ham tashkil etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sh) 38-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 42-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻquv fanidan malaka” soʻzlari “Malaka” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yu) 43-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 432-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya) 437-banddagi “Taʼlim inspeksiyasi” soʻzlari “Vakolatli vazirliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya1) 4310-bandning birinchi xatboshisidagi “oʻquv (maxsus) fani boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya2) 45-banddagi “attestatsiyaning biror bosqichida” soʻzlari “attestatsiyada” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya3) 47-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“47. Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda roʻyxatga asosan pedagog kadrlarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya4) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“52. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin oʻn kun ichida vakolatli vazirliklar rahbarlarining buyrugʻiga (qaroriga) koʻra yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli vazirliklar rahbarining oʻrinbosari (komissiya raisi), sohaga masʼul tarkibiy boʻlinmasi rahbari (komissiya raisi oʻrinbosari), vakolatli vazirlik xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya5) 53-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi “buyruqda” soʻzidan keyin “(qarorda)” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim inspeksiyasining” soʻzlari “vakolatli vazirliklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya6) 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Vakolatli vazirlik hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning qoʻshma qarori, vakolatli vazirliklarning buyrugʻi (qarori) yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan pedagog kadrlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya7) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Taʼlim tashkilotlari

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirish, pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnomani ularga taqdim etish.

Har yili aprel — iyul va sentyabr — dekabr oylarida

Vakolatli vazirliklar, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari, shuningdek, taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ijodiy, nazariy va amaliy sinovlarni oʻtkazadigan ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

Har yili 1-fevral va 1-sentabrga qadar

2-bosqich

Pedagog kadrlar, davlat xizmatlari markazlari, vakolatli vazirliklar

Attestatsiyadan oʻtish uchun pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklar rasmiy veb-sayti orqali hujjat topshirish.

Har yili yanvar-fevral va avgust-sentyabr oylarida

Vakolatli vazirliklar

Pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini baholash hamda pedagogik mahoratini aniqlash, oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlaridan oʻtkazish.

Har yili mart — may, oktyabr — noyabr oylarida

Vakolatli vazirliklar, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari, shuningdek, taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ijodiy, nazariy va amaliy sinovlarni oʻtkazish va baholash.

Har yili mart — may, oktyabr — noyabr oylarida

3-bosqich

Vakolatli vazirliklar

Amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlangan va oshirilgan pedagog kadrlarning roʻyxatini tasdiqlash hamda elektron shakldagi sertifikatlarni vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilish.

Har yili iyun va dekabr oylarida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Yangidan tasdiqlangan malaka toifalari yoki lavozimlarga asosan pedagog kadrlarning oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish.

Har yili 1-iyulga va 1-yanvarga qadar

4-bosqich

Apellatsiya komissiyasi

Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagog kadrlarning murojaatlarini koʻrib chiqish.

Murojaat qilingan paytdan boshlab 10 kunda

Apellatsiya komissiyasi

Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasini murojaat etuvchi pedagog kadrga taqdim etish.

Komissiya qarori chiqqan paytdan boshlab 5 kunda

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya8) 2-ilovaning “II. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar” boʻlimi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma (oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya9) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning

DAVLAT NAMUNASI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

__________________________________________________________________

(sertifikatni berishga vakolatli vazirlik nomi)

PEDAGOG KADRGA TOʻGʻRIDAN TOʻGʻRI BERILGAN MALAKA TOIFASI

(LAVOZIMI) TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT

Sertifikat seriyasi

Sertifikat raqami

Pedagog kadr toʻgʻrisida maʼlumot:

Pedagog kadrning shaxsiy kodi:

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan vaqti

Ish joyi

Tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi,

mutaxassislik yoxud ixtisoslik nomi

_____________________________________________________________________

Toʻgʻridan toʻgʻri malaka toifasi (lavozim)ni berish uchun asos

(Nizomning 8-, 9- yoki 10-bandlaridagi holatlaridan biri koʻrsatiladi)

_____________________________________________________________________

Toʻgʻridan toʻgʻri berilgan malaka toifasi yoki lavozim

_____________________________________________________________________

Berilgan sana

Amal qilish muddati

Sertifikatni imzolagan shaxs

QR — kod”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ya10) 9-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

__________________________________________________________________

(sertifikatni berishga vakolatli vazirlik nomi)

PEDAGOG KADRNING ATTESTATSIYADAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDA

SERTIFIKAT

Sertifikat seriyasi

Sertifikat raqami

Pedagog kadr toʻgʻrisida maʼlumot:

Pedagog kadrning shaxsiy kodi:

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan vaqti

Ish joyi

Tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi,

mutaxassislik yoxud ixtisoslik nomi

_____________________________________________________________________

Attestatsiya natijasida toʻplangan ball:

Birinchi bosqich boʻyicha bilim darajasini

baholash natijasi

Ikkinchi bosqich boʻyicha bilim darajasini

baholash natijasi

Jami toʻplangan ball

_____________________________________________________________________

Attestatsiya natijasida berilgan malaka toifasi yoki lavozim

_____________________________________________________________________

Berilgan sana

Amal qilish muddati

Sertifikatni imzolagan shaxs

QR — kod”;

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/692/0997-son)