29.09.2023 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ushbu qurilmalarni sotib olish uchun ajratiladigan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iste’mol krediti quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi, mikro va kichik gidroelektr stansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, quyosh suv isitkichlari va issiqlik nasoslarini o‘rnatish, shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha kredit foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda tijorat banklariga 5 yil muddat davomida to‘lab beriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya ajratish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya ajratish shartlari va miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya mablag‘larining hisobini yuritish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan jismoniy shaxslarga tijorat asosida ajratilgan “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs — tijorat bankiga “yashil” iste’mol kreditini olish uchun ariza taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya — tijorat asosida ajratilgan “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarning bir qismini qoplab berish uchun Jamg‘arma tomonidan tijorat bankining tegishli hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iste’mol krediti quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi, mikro va kichik gidroelektr stansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, quyosh suv isitkichlari va issiqlik nasoslarini o‘rnatish shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompensatsiya ajratish uchun ushbu Nizomga muvofiq Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida kelishuv (keyingi o‘rinlarda — kelishuv) tuziladi va kelishuv tuzilgan sanadan keyin tijorat banklari tomonidan ajratilgan “yashil” iste’mol kreditlari uchun tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banki kelishuvni tuzish uchun bankning tegishli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror yoki kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning nusxasini ilova qilgan holda Jamg‘armaga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompensatsiya Jamg‘arma tomonidan tijorat bankiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kompensatsiya ajratish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha kredit foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda tijorat banklariga 5 yil muddat davomida to‘lab beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘armadan kompensatsiya ajratilgan “yashil” iste’mol kreditini olgan jismoniy shaxsning yangi “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha quyidagi hollarda takroran kompensatsiya ajratilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi kredit shartnomasi bo‘yicha kredit qarzdorligi to‘liq qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iste’mol kreditini ajratish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya ajratishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olgan jismoniy shaxslar Jamg‘armaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘armaning “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha kompensatsiya xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘arma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqib, moliya yili davomida kompensatsiya ajratish miqdorlari belgilanadi va choraklar kesimida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda samaradorlik ko‘rsatkichlari va tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, kompensatsiya miqdorlari kamaytirilishi yoki to‘xtatilishi, shuningdek, kompensatsiya ajratish parametrlari hamda qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Yashil” iste’mol krediti shartnomalari bo‘yicha kreditni qaytarish jadvaliga o‘zgartirish kiritilganda, amaldagi kredit shartnomasi shartlari mutanosib ravishda o‘zgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, kredit muddatiga mos ravishda to‘lab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarning “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda, qarz oluvchining tijorat banki hududiy filialiga ariza bilan murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tijorat banki yoki uning hududiy filiali “yashil” iste’mol krediti ajratish to‘g‘risidagi ijobiy xulosa qabul qilgandan so‘ng kompensatsiya ajratish shartlariga mos kelishi o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxsga “yashil” iste’mol krediti va kompensatsiya ajratish shartlari bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan shartlarda kompensatsiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banki bosh ofisi kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan jismoniy shaxslarga kompensatsiya berish to‘g‘risidagi buyurtma bilan har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar Jamg‘armaga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kompensatsiya ajratish to‘g‘risida buyurtma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iste’mol kreditlari ajratilgan jismoniy shaxslarning ro‘yxati (kredit oluvchining F.I.O., JSHSHIR, kredit summasi, kredit muddati, foiz stavkasi, kredit maqsadi, kredit berilgan sana, kreditni qaytarish sanasi, 16325 hisobvarag‘idagi hisoblangan foizlar va boshqa ma’lumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma buyurtmani ko‘rib chiqish jarayonida tijorat bankidan qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmada va jismoniy shaxslarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi uchun tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘armaga noto‘g‘ri va/yoki haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlarning taqdim qilinishi, ushbu ma’lumotlar asosida kompensatsiya olganlik uchun, shuningdek, tijorat banki va qarz oluvchi tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun Jamg‘arma javobgar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlar Jamg‘armaga tushgan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida Jamg‘arma tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda mazkur Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etilgan buyurtma tijorat bankiga bir ish kunida kompensatsiya ajratishni rad etish sabablari ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilganligi to‘g‘risidagi buyurtmani olgan tijorat banki bir ish kuni ichida bu haqda hududiy filialini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘arma kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma ko‘rib chiqilgandan so‘ng uch ish kuni ichida tijorat bankiga ushbu buyurtma bo‘yicha kompensatsiyani alohida ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tijorat banki kompensatsiya ajratilishi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan so‘ng uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki yoki uning hududiy filiali kompensatsiya ajratilishi to‘g‘risida qarz oluvchini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki yoki uning hududiy filiali va qarz oluvchi o‘rtasida imzolanadigan “yashil” iste’mol krediti shartnomasida kompensatsiya ajratilishi Jamg‘arma tomonidan ma’qullanganda, kompensatsiya ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Yashil” iste’mol krediti shartnomasida Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan kompensatsiyaning miqdori ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamg‘arma mablag‘lardan foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan kompensatsiyaning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring yuritish davrida tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish jadvali talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kompensatsiyalarning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat banki kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Jamg‘arma tomonidan kompensatsiya ajratilgan foiz to‘lovlarining hisobini alohida 16325 balans hisobvaraqlarida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamg‘arma kompensatsiyasi bank ro‘yxati asosida bir qancha kredit shartnomalari bo‘yicha bankning 29801 tranzit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 29801 tranzit hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar bankning jamg‘arma kompensatsiyalari hisobidan qoplanadigan hisoblangan foizlarni olish 16300 hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qarz oluvchilar kreditni muddati o‘tganidan so‘ng qaytargan holatlarda, ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda to‘xtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi to‘lovlar jadvaliga muvofiq bankka to‘lovlarni to‘lash majburiyatlarini uch oy ichida ketma-ket bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchidan kredit summasi va unga hisoblangan foizlar muddatidan oldin undirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari xatlovga olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining va/yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tijorat banki belgilangan tartibda qarz oluvchining “yashil” iste’mol krediti hisobidan olingan uskunalarning holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tijorat banki mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, Jamg‘armani kompensatsiya ajratishni to‘xtatish uchun uch ish kuni ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamg‘arma tijorat bankidan xabarnomani olgandan so‘ng uch ish kuni ichida kompensatsiya ajratishni to‘xtatishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan yozma xabarnomani tijorat bankiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlarga ko‘ra to‘xtatish sabablari bartaraf etilgach, qarz oluvchining krediti bo‘yicha kompensatsiya ajratishni qayta tiklashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qarz oluvchiga foiz to‘lovlarining bir qismini kompensatsiya qilishni to‘xtatish haqidagi qaror Jamg‘arma tomonidan qabul qilinadi. Kompensatsiya ajratishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda, Jamg‘arma qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga muvofiq kompensatsiya ajratish to‘g‘risidagi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qiladi va bu haqda tijorat bankini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamg‘arma belgilangan tartibda Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular bo‘yicha hisobot tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tijorat banki har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Jamg‘armaga uning mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Energiya samaradorligi milliy agentligi har chorakda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kompensatsiya ajratish uchun sarflangan mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Qarz oluvchi

Qarz oluvchi tijorat banki yoki uning hududiy filialiga tijorat asosida “yashil” iste’mol krediti ajratish to‘g‘risida murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Tijorat banki yoki uning hududiy filiali

Qarz oluvchiga “yashil” iste’mol krediti ajratish to‘g‘risida qarz oluvchilar bo‘yicha kompensatsiya to‘g‘risidagi buyurtmanomani tasdiqlab, tijorat bankiga taqdim etadi hamda bu haqda qarz oluvchini xabardor qiladi.

2 ish kuni ichida

3-bosqich

Tijorat banki

Tijorat asosida ajratilgan “yashil” iste’mol krediti foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratish bo‘yicha buyurtma hamda “yashil” iste’mol kreditlari ajratilgan jismoniy shaxslarning ro‘yxatini Jamg‘armaga taqdim etadi.

Har oyning 10 sanasiga qadar

4-bosqich

Jamg‘arma, tijorat banki yoki uning hududiy filiali

1. Jamg‘arma tijorat banki tomonidan yuborilgan buyurtma va tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda kompensatsiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi.

2 ish kuni ichida

2. Jamg‘arma tomonidan rad etilgan buyurtma tijorat bankiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xat orqali yuboriladi.

1 ish kuni ichida

3. Tijorat banki yoki uning hududiy filiali qarz oluvchiga kompensatsiya ajratilishi to‘g‘risida xat orqali xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Jamg‘arma

Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtmalar bo‘yicha mablag‘larni tijorat bankining alohida ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya olish to‘g‘risida

BUYURTMA

20___ yil ________

Buyurtma beruvchi: ________________________________________________ banki

Buyurtmani qabul qiluvchi: Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Kompensatsiya summasi: _________________________________

Hisobvaraq: ____________________________

“Yashil” iste’mol krediti ajratilgan mijozlar ro‘yxati ilova qilinmoqda.

Buyurtma beruvchi:

___________________________________ banki

Boshqaruv raisi

__________________________________________ F.I.O.

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/517/0740-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)