12.05.2023 yildagi PQ-156-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining elektr energiyasining qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimini bosqichma-bosqich:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyuldan boshlab — “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-oktabrdan boshlab — quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida hamda qayta tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir dona “yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish, xususan generatsiya obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, generatsiya obyektlariga berish va ularning harakati hisobini yuritish boʻyicha masʼul organ Iqtisodiyot va moliya vazirligi (emitent) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari fuqarolik huquqlari obyektlari jumlasiga kiradi, erkin muomalada boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda yoki usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari elektr energiyasi sotilganda yoki bunday sotuvga bogʻliq boʻlmagan hollarda ham boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generatsiya obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, noyob identifikatsiya raqamiga ega boʻlgan “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, ularning harakati hisobini yuritish “Yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasi orqali xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, berish, hisobdan chiqarish va ularning aylanmasi bilan bogʻliq munosabatlarga qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan, energiya sarfi hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiya ulushini oshirish boʻyicha talablarni bajarishda yetishmagan energiya ulushini tegishli miqdordagi “yashil energiya” sertifikatlari hisobidan qoplash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari foyda soligʻidan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlarini xarid qilishga doir xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha moliya vazirlari koalitsiyasi”ga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar olib borilishi hamda belgilangan tartibda koalitsiyaga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish boʻyicha taklif kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajada tan olinadigan “yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy qilishga koʻmaklashish uchun ikki oy muddatda Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti (I-REC) bilan kelishuvga erishish hamda ushbu tizimni tartibga soluvchi masʼul organ (emitent) sifatida ushbu tashkilot akkreditatsiyasidan oʻtishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 15-iyunga qadar I-REC koʻmagini jalb qilgan holda “Yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasini ishga tushirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda birja savdolarida “yashil energiya” sertifikatlarini sotishga moʻljallangan alohida “yashil energetika seksiyasi” tashkil qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PQ-271-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 07/23/271/0574-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” oʻsish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro donor tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilgan holda vazirlik tizimda davlat muassasasi shaklida “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisini tashkil etish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni olib borish bilan bogʻliq xarajatlar muassisning budjetdan tashqari mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (generatsiya obyektlari) va ularning xaridorlarini (ishtirokchilarni) roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, ularning savdosini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlaridan foydalanish va hisobdan chiqarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-156-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2023-y., 07/23/156/0277-son; 09.08.2023-y., 07/23/271/0574-son)