02.12.2022 yildagi PQ-436-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi strategik maqsadlarga erishishga moʻljallangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oʻrmon fondi zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda yangi 600 ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish;
(1-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va energiya tejamkorligini taʼminlash boʻyicha konsepsiya (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar rejasi) 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 25 ta korxona va tashkilotda ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sigʻimi koʻrsatkichini 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 20 foizga kamaytirishga qaratilgan 2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli parametrlar) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Energetika vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Maqsadli parametrlarga erishishga qaratilgan 2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini (“Yoʻl xaritasi”) ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” oʻsish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi — “yashil” energetikani rivojlantirish, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini keng joriy qilish, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning energiya sigʻimini kamaytirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga taʼsirni cheklash boʻyicha qoʻyilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi bosqichma-bosqich yaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan hisobga olish va ularning davlat kadastrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishdan oldingi bosqichlarda ularning issiqxona gazi hajmini qisqartirish imkoniyati baholanib, loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazi hajmi sertifikatlashtiriladi va tashqi bozorlarga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2024-yil 1-yanvardan boshlab yangi quriladigan, quvvati 1 MVtdan yuqori boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning oʻrnatilgan quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tarmoq va hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish doirasida tarmoqlar va hududlarning iqlim oʻzgarishiga nisbatan sezuvchanligi xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga iqlim oʻzgarishi taʼsirini kamaytirish hamda unga moslashish chora-tadbirlari va investitsiya loyihalari qamrab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ (milliy organ) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika darajasida issiqxona gazi savdosini (Emission Trade System — ETS, Joint Credit Mechanism — JCM va boshqalar) tartibga solish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) barqaror “yashil” iqtisodiy oʻsish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga doir, xususan, issiqxona gazi tashlanmalari miqdoriga taʼsir qiluvchi loyihalar va chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo kengash) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya), Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash, shuningdek, ularning oʻz vaqtida bajarilishini tizimli nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy monitoring asosida Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida masʼul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, xalqaro moliya institutlari va rivojlanish boʻyicha hamkor tashkilotlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhini 6-ilovaga muvofiq tarkibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida qoʻshimcha 4 ta shtat birligidan iborat Texnik kotibiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish borasida faoliyat olib boruvchi xalqaro moliya institutlari va rivojlanish boʻyicha hamkor tashkilotlarning texnik koʻmak, tahlil qilish va salohiyatni oshirish boʻyicha faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish Donorlarning muvofiqlashtirish guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik kotibiyat Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi ishchi organi vazifasini bajaruvchi loyiha ofisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va uni rivojlantirishda barcha tomonlarning oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha vazirlik va idoralarning ishini samarali tashkil etishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanib, ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy baholab borish, texnik va moliyaviy koʻmak jalb etish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik kotibiyat Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini tashkil qiladi, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda uni Idoralararo kengash bilan oʻzaro muvofiqlashtirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gidrometeorologiya xizmati markazi va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Respublika boʻylab quyosh, shamol va biogaz energiyasi resurslari boʻyicha innovatsion maʼlumotlar bazasini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda Texnik kotibiyat va idoralararo ishchi guruhlarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar, Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi reglamentini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Idoralararo kengashga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar hamda rivojlanish boʻyicha hamkor tashkilotlarning harakatlari oʻzaro takrorlanishini bartaraf etish va oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish masalalari boʻyicha vazirlik va idoralar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda “yashil sertifikatlar” tizimi 2023-yil 1-iyundan boshlab joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda Iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) 2024-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, sanoat korxonalarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini (ESG) joriy qilishni jadallashtirishni koʻzda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 — 2026-yillarda issiqxona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi yaratilishini taʼminlasin, shuningdek, 2023-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda yirik sanoat korxonalari tegishli boshqaruv organlarida quyidagilar tasdiqlanishini muvofiqlashtirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik ishlab chiqarish korxonalarida quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish orqali energiyani tejash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha texnik siyosatni ishlab chiqib, uning koʻrsatkichlarini yillik biznes-rejalarga kiritish boʻyicha tegishli boshqaruv qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birligiga sarflanadigan yoqilgʻi-energiya resurslarining meʼyorlarini aniqlaydigan, tarmoqlar kesimidagi uslubiyot va yoʻriqnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar “ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyilini toʻliq joriy etish, shuningdek, ifloslanish uchun belgilangan yigʻim stavkasini oshirish va ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatini kengaytirish orqali atrof-muhit ifloslanishi uchun yigʻim tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻnalishlarida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib borsin hamda ushbu sohada quyidagilarga alohida eʼtibor qaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyot sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalar, xususan, resurs tejovchi, chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi texnologiyalarni va xavfsiz kimyoviy moddalarni qoʻllashga oʻtish hamda qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli innovatsion ishlanmalar va “startap” loyihalarni amalga oshirish hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar — har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Harakatlar rejasi hamda tarmoqlar kesimidagi resurs tejash dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi toʻgʻrisida umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni Idoralararo kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash har chorak yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-436-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammoli masalalar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga, xususan, iqtisodiy oʻsish va kambagʻallikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqib, ushbu yoʻnalishda mamlakatda iqlim oʻzgarishi taʼsirini kamaytirish va unga moslashish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini jadallashtirish, “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsish modelini targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada, mamlakatda “yashil” iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil” investitsiyalarni jalb qilish, ekologik inqirozning salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktabrdagi PQ-4477-son qarori bilan 2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekiston Respublikasida ham ushbu Strategiyani jadal amalga oshirish imkoniyati cheklandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, 2021-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasining 26-yigʻilishida (COR26) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan 35 foiz kamaytirish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatni oʻz zimmasiga olishi haqida bayonot berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi joriy yilning may oyida 2030-yilga qadar metan emissiyasini 2020-yilga nisbatan kamida 30 foizga kamaytirish boʻyicha mamlakatlarning jamoaviy maqsadga erishishi boʻyicha global majburiyat toʻgʻrisidagi tashabbusga (Global Methane Pledge) qoʻshildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi va iqlim oʻzgarishi tufayli yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning saboqlari iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda yanada barqaror manbalar va yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, xususan, mamlakatda “yashil” iqtisodiyot va “yashil” iqtisodiy oʻsish boʻyicha strategik maqsadlar va chora-tadbirlar amalga oshirilishini samarali tashkil etish zaruriyatini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi asosida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlarini taʼminlash Dasturni ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsad va vazifalari milliy darajada mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha quyidagi strategik yoʻnalishlarga asoslanadi va ularning oʻzaro toʻldiruvchi jihatlarini kuchaytiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik modernizatsiya va “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun moliyaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, energiya tejash va samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni aniqlash, iqtisodiyot tarmoqlarida energiya menejmenti orqali energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga doir masalalarda davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot sohasida aholining iqtisodiy faolligini oshirish orqali aholi va mahalliy jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, xususiy sektorga keng imkoniyatlar yaratish va “yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklikni va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali “yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur quyidagi 6 ta ustuvor yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifalarini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida katta taʼsir ostida boʻlishi mumkin boʻlgan aholi va ularning yashash joylarini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi quyidagi yoʻnalishlardagi tarmoqlararo choralar bilan bir qatorda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Yashil” oʻsishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, suv resurslarini tejash bilan birga oʻsib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan qishloq xoʻjaligi yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror landshaftlar, oʻrmonlarni qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan amaliyotni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinlarni diversifikatsiya qilish va suvni tejaydigan qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini joriy qilishni landshaftni tiklash choralari bilan uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarini hamda davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy sektor tomonidan sugʻorishni moliyalashtirish imkoniyatlarini isloh qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqlim bilan bogʻliq xavflarga chidamlilikni oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror agroekotizimni yaratishga koʻmaklashish maqsadida iqlim oʻzgarishiga maqbullashtirilgan ishlab chiqarish ustuvorligidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim bilan bogʻliq xavflarga nisbatan barqarorlikni oshirish maqsadida dehqon va fermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini diversifikatsiya qilish va ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yaylovlarni barqaror boshqarishni joriy qilish — yaylov maydonlarining ekologik holatini saqlash hamda yer va oʻrmon degradatsiyasini kamaytirish orqali yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishni barqaror boshqarish usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iqlim oʻzgarishiga chidamli daraxtlar plantatsiyalarini koʻpaytirish — eroziya, qum va chang boʻronlarini kamaytirish, shuningdek, ekotizimlar va infratuzilmaning barqarorligini oshirish uchun iqlimga chidamli daraxtlarni ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tarmoqli yondashuvdan landshaft yondashuviga oʻtishni taʼminlash uchun landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosildorlikni oshirish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun landshaftni integratsiyalashgan holda boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsiyalashgan landshaft yondashuvidan foydalanishni ragʻbatlantirish, undan samarali foydalanishga qaytarish uchun landshaftni tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini barqaror yetishtirish va qayta ishlash orqali oziq-ovqat xavfsizligi va farovonlikni oshirish — oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sogʻlom ekotizimlarni rivojlantirish hamda yer, suv va boshqa tabiiy resurslarni barqaror boshqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan global boshqaruv tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “yashil garov” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyati asosida yaratilgan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” ish oʻrinlarini yaratish va “yashil garov” dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda turmush darajasini yaxshilash hamda qishloq xoʻjaligi, tabiiy resurslar va ekoturizm sohalarida ish oʻrinlarini yaratishda iqlim oʻzgarishiga chidamlilik boʻyicha tabiiy resurslarni boshqarishga asoslangan korxonalarning salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) umumiy suv isteʼmoli va suv tanqisligini kamaytirish uchun talab etiladigan suv obyektlaridan aniq hisob-kitoblarga asosan suv olish limitlarini oʻrnatish, amaliyotga joriy qilish va suv olish limiti doirasida suv berilishini monitoring qilish — umumiy suv isteʼmoli va suv tanqisligini kamaytirish, shuningdek, suvdan foydalanish va sugʻorish tizimlari samaradorligini oshirish uchun talab etiladigan suv resurslarini aniq hisob-kitoblarga asosan suv olish limitlarini oʻrnatish, monitoring qilish va birgalikda rejalashtirish institutlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qishloq xoʻjaligi sohasida samarali texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, shu jumladan tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa samarali sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) sanoat korxonalarida hosil boʻlayotgan oqova suvlarni tozalash va aylanma suv taʼminotini joriy qilish — lokal oqova tozalash inshootlarini oʻrnatish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, tozalangan suvlarni texnologik yoki maishiy-xoʻjalik maqsadlarida qayta ishlatish koʻlamini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan ekin yerlari va koʻp yillik daraxtzorlarni (mevali bogʻ va tokzorlarni) saqlab qolish orqali “yashil” oʻsish surʼatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) respublikada koʻp yillik manzarali va mevali daraxtzorlar koʻchatlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) har yili viloyatlar markazlari va tumanlarda yashil hududlar tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrologik, ob-havo va iqlimga oid maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish orqali iqlim xavfini baholash va kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim vositalar va infratuzilmaga, shu jumladan ekologik yondashuvlar asosidagi investitsiyalarni jalb qilish orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj uy xoʻjaliklari, shu jumladan qishloq joylarida yashaydigan va bevosita yoki bilvosita qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalarini boshqarish, oʻrmonlarni qayta tiklash hamda aholi punktlari atrofidagi boshpanalarni kengaytirishga sarmoya kiritish orqali suv toshqinidan himoya qilish uchun qurilishda muhandislik tabiiy yechimlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarida yashovchi zaif oilalarni iqlim xavflari va ofatlardan sugʻurtalash orqali moliyaviy barqarorlik siyosatini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqlim oʻzgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishga va budjet jarayonlariga kiritish — iqlim oʻzgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish hamda baholashda jamoatchilikning faol ishtirokiga asoslangan yondashuvni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy darajada javob qaytarish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun normativ-huquqiy va institutsional asosni takomillashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik kodeksida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlarni hisobga olgan holda, yerdan foydalanish va rivojlantirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va sheriklik munosabatlarini kuchaytirish, tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga qoʻshilish uchun milliy va mahalliy salohiyatni oshirish — tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga qoʻshilish uchun milliy va mahalliy imkoniyatlarni yaratish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda iqlim oʻzgarishiga moslashish uchun institutsional va boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nodavlat notijorat tashkilotlar va xususiy sektorning faol ishtirokida ommaviy seminarlar, ishchi yigʻilishlar va treninglar kabi taʼlim va targʻibot dasturlari orqali jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini kuchaytirish va muvofiqlashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan tajriba va ilgʻor amaliyot bilan almashish uchun milliy platforma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilikning bilimlarini lozim darajada birlashtirish uchun tegishli mexanizmlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aloqa strategiyasini ishlab chiqish va tatbiq qilish — iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bilan bogʻliq tashabbuslarning natijalarini birlashtiruvchi samarali aloqa strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi bilimlarni, zarurat darajasida, universitet va maktab oʻquv dasturlariga kiritish — jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini kuchaytirish va muvofiqlashtirish orqali, shu jumladan milliy sheriklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va xususiy sektor bilan hamkorlikda aholining xabardorligini oshirish, iqlim oʻzgarishi, ofatlarning sabablari va oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalarni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarning potensial taʼsirini yengish uchun shaharlar/mahalliy organlar va jamoalarning imkoniyatlarini kuchaytirish — shaharlar va jamoalarni barcha xavf-xatarlar haqida aniq va oʻz vaqtida ogohlantirishni taʼminlash uchun samarali barvaqt ogohlantirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) iqlim va tabiiy ofatlar xavfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va tahlil qilish boʻyicha texnik va institutsional salohiyatni mustahkamlash — tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha qaror qabul qilish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash uchun axborotni boshqarishning yaxlit tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash uchun energiya xavfsizligini yaxshilash va boshqaruvni kuchaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud va rejalashtirilgan energetika infratuzilmasi uchun tabiiy ofatlar va iqlim xavf-xatarlarini baholash orqali energiya xavfsizligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya taʼminoti muammolarini hal qilish uchun favqulodda harakatlar rejalari va javob qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish choralarini va uning oqibatlarini yumshatish harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tegishli texnologiyalar transferidan foydalanish yoʻllarini aniqlash va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni hamda bu borada samarali harakat qilish va tiklanish imkoniyatlarini kuchaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlarni boshqarish mexanizmlarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoalarning iqlim oʻzgarishi taʼsiri, tabiiy ofatlarga tayyorgarligi va harakatini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya rejalari va strategiyalarini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy gumanitar yordam toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) milliy iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilik sohasida milliy siyosat va rejalashtirish jarayonida gender tengligi jihatlarini hisobga olish — milliy siyosatda gender tengligi tamoyillarini hisobga olish orqali tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishda xususiy sektorni jalb qilish — milliy, tarmoq va mahalliy darajada iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilikni rejalashtirish hamda amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni jalb qilish orqali tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya balansini diversifikatsiya qilish, shu jumladan QTE manbalarini rivojlantirish, energiya sarfi hajmini pasaytirish, uglerod tashlamalarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam uglerodli rivojlanish uchun oʻta muhim boʻlgan foydali qazilmalarning zaxiralari va salohiyatini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiyaga zarar yetkazmaydigan infratuzilmani shakllantirish va sanoat korxonalarida aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish, bunda, modernizatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” oʻsish sharoitida bozor iqtisodiyoti nuqsonlarini bartaraf etish va “maqbul narxlarni shakllantirish” institutlarini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil” va kam uglerodli rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash — uzoq muddatli “yashil” va kam uglerodli rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, iqtisodiy va fiskal yoʻqotishlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida strategiyani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektrlashtirishning oʻsishi va ishonchliligini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini taqsimlashning eskirgan infratuzilmasini yangilash va modifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha elektr energiyasi taʼminotini 100 TVt/soatdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr energiyasini uzatish va tarqatish tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini uning texnik va tijorat yoʻqotishlarini tarqatish paytida kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar orasida elektr taʼminotining ishonchliligi va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) QTE manbalarini keng miqyosda joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya balansida QTE manbalarining ulushini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning toza energiyaga oʻtishi taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy sanoat va infratuzilmaning rivojlanishi hamda ish oʻrinlari yaratilishini ragʻbatlantirish uchun QTE manbalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) energiya samaradorligi sohasida yechimlarini joylashtirish — 2030-yilda birlamchi qoʻshimcha energiya ehtiyojisiz yalpi ichki mahsulot hajmini ikki baravarga oshirish maqsadiga erishish uchun birlamchi energiya intensivligini ikki baravarga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) alohida qiymat zanjirlari va tarmoqlarini yaratish uchun aylanma iqtisodiyot boʻyicha harakatlar rejalari — tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat chiqindilari, ifloslanish va gaz chiqindilarini kamaytirish maqsadida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat zanjirida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butunjahon qiymat zanjirlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish va ragʻbatlantirish uchun siyosiy hamda institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun innovatsion siyosat va milliy innovatsion tizimlarni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investitsiya siyosati va loyihalarga “yashil” investitsiyalar konsepsiyasini integratsiyalash — mamlakatda rejalashtirilgan barcha investitsiya loyihalari uchun “yashil” mezonlarni ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash — mavjud yangi texnologiyalar va standartlarning integratsiyasi orqali sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi sanoat korxonalarining infratuzilmasi barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliyalashtirish imkoniyati va salohiyatini kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish — salohiyat, raqobatbardoshlik va boshqaruvni oshirish uchun yuqori salohiyatga ega istiqbolli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan ayollar yuritayotgan va turli hududlardagi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xususiy sektorning milliy iqtisodiyotdagi ishtirokini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarda xususiy sektor ishtirokini oshirish uchun davlat korxonalari bilan tanlama hamkorlik mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat xaridlarining shaffof va raqobatbardosh tartibini takomillashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaffof va raqobatbardosh davlat xaridlari tartibini hamda DXSH va KOʻK tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hukumat faoliyati samaradorligini oshirish uchun elektron hukumat va davlat boshqaruvi salohiyatini mustahkamlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat tizimini AKT infratuzilmasi va tegishli tizimlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining innovatsiyalar va investitsiyalar boʻyicha salohiyatini kuchaytirish hamda davlat xizmatlari va jarayonlarini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilim va axborot almashinuvini osonlashtirish uchun AKT tuzilmasi va infratuzilmasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) innovatsion tizimda siyosiy boshqaruv va mexanizmlar samaradorligini oshirish — innovatsion siyosat institutlari, tegishli subyektlar oʻrtasida boshqaruv va muvofiqlashtirishni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) innovatsiyalar asosidagi oʻsishni qoʻllab-quvvatlash uchun innovatsion infratuzilmani mustahkamlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ekotizimdagi qoʻllab-quvvatlovchi elementlarning infratuzilmasi va salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ESG standartlariga mos keladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tizimini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasida modernizatsiya va texnologiyalar transferini taʼminlash uchun xorijiy texnologiya yetkazib beruvchilar ishtirokini oshirishda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlarning raqamli savodxonligini koʻtarish va onlayn platformalardan foydalanishni rivojlantirish — mavjud kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, texnik maslahat xizmatlari, bozorni tahlil qilish uchun investitsiyalarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifa — shaharlar va boshqa aholi punktlarining yashash qobiliyati va unumdorligini oshirish maqsadida aholi punktlarining “yashillik” darajasini oshirish, bino-inshootlar, shuningdek, transport va chiqindilarni boshqarishning barqarorligini taʼminlash hamda respublikada “yashil” (eko) turizmni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ayrim hududlarning iqtisodiy asosini diversifikatsiya qilish — hududlarning YAHM yaratishga qoʻshgan hissasi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, ularni barqaror va muvozanatli rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻldosh shaharlar yaratishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini boshqarish — ilgʻor energiya tejovchi va ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etishga asoslangan yoʻldosh shaharlar yaratish, shu jumladan ijtimoiy, muhandislik, kommunal va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirishni hisobga olgan holda, shahar aglomeratsiyasi shakllanishini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish — shahar aholisi va mehmonlarining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan barqaror va yashash uchun qulay shahar muhiti va infratuzilmasini (qurilish, binolar, energetika, transport, yoʻllar, suv taʼminoti va kanalizatsiya, “yashil” maydonlar va yoʻlaklar, shahar va shahar atrofidagi oʻrmonlar) yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida katta taʼsir ostida boʻlishi mumkin boʻlgan aholi va ularning yashash joylarini qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor vazifalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli istiqbolda barqaror ish oʻrinlarini yaratish uchun “yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida aholining zaif hamda iqlim oʻzgarishi sababli ishsiz qolish xavfi bor qatlamlariga nisbatan qayta tayyorlash va koʻnikmalarni rivojlantirish, ishchi kuchi mobilligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng qamrovli siyosat olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga samarali oʻtish uchun yaratiladigan va mavjud ish oʻrinlari uchun yangi koʻnikmalar boʻyicha ishchi kuchini doimiy tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inklyuziv va barqaror inson kapitalini rivojlantirish — aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida ish oʻrinlarini yaratish va tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish uchun makroiqtisodiy barqarorlikni va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shahar va qishloq oʻrtasidagi turmush sifatidagi tafovutni bartaraf etish — kambagʻal, kambagʻallik xavfi ostida boʻlgan va iqlim oʻzgarishi taʼsiri yuqori boʻlgan shahar va qishloq joylari oʻrtasidagi tafovutni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoshlarning innovatsion “startap” loyihalarini qoʻllab-quvvatlash — iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yoshlar bandligini ragʻbatlantirish uchun innovatsiyalar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) taʼlim sifati va natijadorligini oshirish — bolalar, yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning inklyuziv taʼlimini taʼminlash, sifati va qamrovini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijtimoiy himoya tizimining qamrovini va samaradorligini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar farovonligini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻtish davri sharoitida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish — kichik va oʻrta korxonalarining oʻsishini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, munosib va xavfsiz ish oʻrinlarini yaratish uchun ularning legallashuvini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Tarmoqlararo tematik yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7.1. “Yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari va tashkilotlari boshqaruv xodimlarining boshqarish, rejalashtirish vakolatlarini takomillashtirish — manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari uchun barqaror boshqaruv masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha harakatlar va chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish, natijalarini baholash boʻyicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik vakolatlarini mustahkamlash — manfaatdor davlat organlari va xususiy tashkilotlarning oʻrta va texnik xodimlari uchun treninglar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “yashil” oʻsish, iqlim oʻzgarishiga barqarorlik boʻyicha trenerlarni tayyorlash — salohiyatni oshirish boʻyicha taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar uchun instruktorlarni tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslarini ishlab chiqish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kichik grantlar ajratish orqali xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda oʻqitish va maslahat xizmatlarini koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash — xususiy tijorat va notijorat tashkilotlar uchun “yashil” iqtisodiyot masalalari boʻyicha ochiq maʼruzalar, konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish xarajatlarini qoplashga qaratilgan kichik grantlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) taʼlim tashkilotlarining tegishli oʻquv rejalariga “yashil” iqtisodiyot mavzularini kiritish — tegishli taʼlim tashkilotlarida mavjud fanlar doirasida “yashil” iqtisodiyot amaliyoti va tamoyillariga oid mavzularini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “yashil” iqtisodiyot onlayn markazini tashkil etish — “yashil” iqtisodiyot, uning qonunchilik bazasi, oʻtmish va kelajakdagi faoliyati, ilgʻor xalqaro tajribalar va “yashil” oʻsishning boshqa jihatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan elektron platforma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes yoʻnalishlarida mutaxassislarni tayyorlash — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes” fakultetini (kafedrasini) ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “yashil” rivojlanish tadqiqot jamgʻarmalarini joriy etish — Oʻzbekistonda “yashil” oʻsish sohasidagi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan jamoat fondini ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7.2. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil” iqtisodiyot boʻyicha tajriba, maʼlumot va resurslarni birlashtirish orqali hukumatlar oʻrtasida muvofiqlashtirishni yaxshilash, samarali institutsional tuzilmani yaratish — haqiqiy maʼlumotlarga asoslanib, tahlil va monitoring oʻtkazish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida atrof-muhit va iqtisodiyot boʻyicha maʼlumotlarni yagona bazaga birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tarmoq strategiyalarini “yashil” rivojlanish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish — moliyalashtirish uchun asosiy “yashil” infratuzilmalarni aniqlaydigan xarajatlar smetasi yoki investitsiya rejalarini qamrab oladigan tarmoq strategiyalarini “yashil” iqtisodiyot va “yashil” rivojlanishning maqsadlari va strategik doiralari bilan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iqtisodiy faoliyatni ekologik tartibga solish bilan uygʻunlashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun zarur boʻlgan asosiy tamoyillarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ekologik tartibga solish choralarini birlashtirish (axborotdan foydalanish, jamoatchilik ishtiroki, “ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili, ekologik adolat va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotdagi taʼsiri atrof-muhitga zararli boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy tarmoqlar uchun atrof-muhitni strategik baholash tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “yashil” iqtisodiyotni modellashtirish va prognozlash vositalarini ishlab chiqish — iqtisodiyot va atrof-muhit oʻrtasidagi uzoq muddatli oʻzaro taʼsirlarni prognozlash uchun iqtisodiy modelni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “yashil” iqtisodiyot boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va boshqarishni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimini (MRV) joriy etish — barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Oʻzbekistonning monitoring, hisobot va tekshirish tizimini (MRV) modernizatsiya qilish va takomillashtirish, davlatning iqlim sohasidagi siyosatini xalqaro hamjamiyat tomonidan moslashtirish va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining “yashil” iqtisodiyot toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishini osonlashtirish — koʻplab korxonalar tomonidan atrof-muhit toʻgʻrisidagi oʻz maʼlumotlarini nashr etilishiga koʻmaklashish maqsadida ekologik masalalarga doir axborotdan foydalanishni osonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “yashil” rivojlanish boʻyicha davlat siyosatini baholash — “yashil” rivojlanish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtish siyosatini tizimli baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni amalga oshirish boʻyicha parlament va fuqarolar oldida muntazam hisobot berib borish — “yashil” iqtisodiyotga oʻtishning borishi, harakatsizlik bilan bogʻliq xavf-xatarlar, ijro etuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament va fuqarolarga muntazam hisobot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) kelajakdagi muammolarni hal qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoalarning salohiyatini mustahkamlash — QTE texnologiyalarini aniqlash, ishlab chiqish va amalga oshirish, quyosh, shamol va gidroenergetika sohalarida QTE yoʻnalishidagi investitsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini topish orqali energetika xavfsizligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish — jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari oʻrtasida “yashil” rivojlanish masalalari boʻyicha fikr almashishni takomillashtirish va ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7.3. Tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini koʻpaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil” iqtisodiy infratuzilmaga katta miqdordagi davlat kapitalini yoʻnaltirish — davlat kapital mablagʻlarini bosqichma-bosqich “yashil” iqtisodiyot infratuzilmasiga yoʻnaltirish, shuningdek, infratuzilmaga boʻlgan ehtiyojlarni va moliyalashtirishdagi boʻshliqlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “jigarrang” iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar va subsidiyalardan voz kechish — qazilma yoqilgʻi energiyasini bevosita va bilvosita qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat subsidiyalaridan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq yukini korxonalar va uy xoʻjaliklaridan atrof-muhitning ifloslanishiga va resurslarning ortiqcha sarflanishiga olib keladigan faoliyatga oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi soligʻi hamda ekologik toza yoqilgʻi va resurslardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash kabi stimullarni yaratish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” texnologiyalarga va infratuzilmaga investitsiya kiritish orqali “yashil” ish oʻrinlarini yaratishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) atrof-muhit ifloslanishi uchun belgilangan toʻlovlar tizimini xususiy sektor uchun qulayroq qilish nuqta nazaridan qayta koʻrib chiqish va shu bilan birga “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun koʻproq ragʻbatlantirish choralarini belgilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslanishni kamaytiruvchi texnologiyalarga investitsiyalarni kiritishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida ifloslanish uchun belgilangan yigʻim stavkasini oshirish va ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatini kengaytirish orqali atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun yigʻim tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ifloslantiruvchi — toʻlaydi” mexanizmini takomillashtirish orqali “yashil” texnologiyalarga investitsiyalarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baholash va oshkor qilish uchun “yashil” budjet metodologiyasini joriy etish — “yashil” ustuvor yoʻnalishlarga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatadigan soliqlar va davlat xarajatlari ulushini baholash uchun “yashil” budjet metodologiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) barqaror rivojlanish mezonlari asosida xaridlar boʻyicha qarorlarni asoslash uchun “yashil” davlat xaridlarini joriy etish — mahalliy “yashil” tovarlar bozorini qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishda barqaror standartlarni ilgari surish va davlat xaridlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida tender va shartnomalarda ekologik mezonlardan foydalanishga ruxsat beradigan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning taʼsirini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Yashil” obligatsiyalar orqali “yashil” infratuzilmaga xususiy kapitalni jalb qilish — “yashil” moliyalashtirishni yanada kengroq targʻib qilish uchun ragʻbatlantirish va arxitektura yaratish orqali xususiy sektorni “yashil” korxonalarga investitsiya kiritishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat korxonalarini “yashil” iqtisodiyot yetakchilariga aylantirish uchun davlat balansidan foydalanish — “yashil” investitsiyalar hamda barqaror standartlar va sertifikatlash boʻyicha rejalashtirish, qabul qilish yoki hisobot berishni ragʻbatlantirish maqsadida davlat korxonalari ustidan davlat nazorati amaliyotini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Amalga oshirish mexanizmi. Idoralararo hamda xalqaro moliya institutlari va rivojlantirish boʻyicha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Dastur Harakatlar rejasi hamda milliy va tarmoq rivojlanish strategiyalarida belgilangan tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa chet ellik donorlarning kredit va grantlari hamda iqlim bilan bogʻliq boshqa resurslar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Dasturni amalga oshirishga barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishi va “yashil” oʻsishni taʼminlash doirasidagi manfaatdor tomonlarning oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash — Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha vazirlik va idoralarning ishini samarali tashkil etishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ va Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanib, ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi — Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy baholab borish, texnik va moliyaviy koʻmak jalb etish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishga yordamlashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik kotibiyat — Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini tashkil qiladi, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda uni Idoralararo kengash bilan oʻzaro muvofiqlashtirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhlar — vazirlik va idoralar hamda xorijiy ekspertlardan tashkil topgan boʻlib, Strategiya, Dastur va Harakatlar rejasida belgilangan choralarning tarmoqlar va hududlar kesimida amalga oshirilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monitoring va baholash (M&E). Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar — har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Harakatlar rejasi hamda tarmoqlar kesimidagi resurs tejash dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni Idoralararo kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash har chorak yakuni bilan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligi Dasturga ilovada keltirilgan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring va baholash Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Idoralararo ishchi guruhi vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring va baholash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoqlar, hududlar va har bir ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kutilayotgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar matritsasi ishlab chiqiladi. Mazkur matritsa va koʻrsatkichlar asosida tizimli monitoring va baholash ishlari yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. 2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi va Dasturni amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha quyidagilarga erishish kutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oʻrmon fondi zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda yangi 600 ta chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish.
(4.3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2022-yil

2024-yil

2026-yil

2028-yil

2030-yil

1.

Yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya hajmini kamaytirish (2021-yilga nisbatan)

%

5,0

14,0

22,0

27,0

30,0

2.

Sanoatda elektr energiyasi isteʼmoli, umumiy isteʼmoldagi ulushi

%

26,0

25,0

23,0

21,0

20,0

3.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushini kengaytirish (gidroenergetika bilan birga)

%

8,0

9,0

24,3

29,0

30,5

kVt/s

6,5

8,6

25,0

34,0

40,7

4.

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish

MVt

10,0

150,0

400,0

800,0

1500,0

5.

Yaxshilangan ichimlik suv manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega aholi, jami aholi soniga nisbatan

%

69,7

80,93

87,12

88,5

90,0

6.

Oʻrmon fondi hududlarida daraxt va butalar zaxiralarini koʻpaytirish

mln.m3

64,2

68,1

77,0

85,5

92,3

7.

“Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni kengaytirish (aholi punktining umumiy maydoniga nisbatan)

%

8,3

12,4

15,8

23,8

30,0

8.

Hududlarda yangi 600 ta chiqindi toʻplash shaxobchalarini tashkil etish

dona

-

50

200

400

600

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va energiya tejamkorligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslariga boʻlgan talabning ortib borishi energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagi topshiriqlar belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarida 3,9 mlrd metr kub tabiiy gaz, 4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi va 21 ming tonna neft mahsulotlarini tejash orqali energiya sigʻimini 20 foizga, shu jumladan 2022-yilda 5 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarda energiya samaradorligini 30 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tarmoq kesimida resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligi dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari boʻyicha iqtisodiyotning energiya sarfi (energiya sigʻimi) 2026-yilga borib 22 foizga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini, moliyaviy barqarorligini, energetik va ekologik xavfsizligini oshirish, shuningdek, energiya tejash salohiyatini koʻtarish, modernizatsiya qilish, texnologik rivojlantirish va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish orqali aholi turmush darajasini va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralib, ushbu yoʻnalishda sezilarli darajada oʻsishga faqat maqsadli dasturlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha energiya resurslarining barcha ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarining energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishishdagi majburiyatlarini belgilab beradi, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularning sarfini optimallashtirishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaning koʻp energiya sarflaydigan uskuna va qurilmalarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha koʻp yillik tizimli tadbirlarni bajarish energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, energiya tejamkorligiga erishishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishish sohasida huquqiy tartibga solishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligiga erishish sohasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4422-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4779-son qarori bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan korxonalarda energiya auditini oʻtkazish tadbirlarini amalga oshirish tartibi belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mazkur masala Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasining qarorlari asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha belgilanadigan tadbirlarning qisqacha tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari oʻziga xosligini inobatga olgan holda, Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha alohida tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish, yangi zamonaviy, innovatsion, energiya samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan energiya tejovchi, shu jumladan xorijiy texnologiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlashga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti tashkilotlari hamda kommunal sohada energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi, transport va qurilish sohalari tashkilotlarida ixtiyoriy va majburiy energiya auditini oʻtkazish hamda ularning energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarini ishlab chiqish hamda bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida ushbu tadbirlarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablagʻlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilga qadar idora, tashkilot hamda korxonalarning bino va inshootlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasining kamida 25 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejash va energiya samaradorligini oshirishni monitoring qilish tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning uslubiy va axborot taʼminoti hamda ushbu yoʻnalishda xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning asosiy tashkiliy chora-tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanoat korxonalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ishlab chiqarish sexida zaruratga qarab energiya resurslarini hisobga olish tizimini shakllantirish (texnik nazorat hisoblagichlarini oʻrnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda energiya auditi oʻtkazilishini taʼminlash va uning natijalari asosida ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish (ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlari) boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda boʻlgan ayrim uskunalar uchun yoqilgʻi-energetika resurslari sarfining progressiv meʼyorlarini aniqlash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning asosiy elementlarini, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish vazifalarini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarf qilinadigan yoqilgʻi-energetika resurslarini meʼyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) issiqlik taʼminoti tashkilotlari hamda kommunal sohada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda boʻlgan ayrim uskunalar uchun yoqilgʻi-energetika resurslari sarfining progressiv meʼyorlarini aniqlash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona issiqlik dispetcheri orqali markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarini boshqarishni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti sohasidagi tarif siyosatini energiya resurslarini iqtisod qilish nuqtai nazaridan takomillashtirish, shu jumladan issiqlik isteʼmolchilarini issiqlik taʼminoti tashkilotlari bilan ikki qismli tariflar asosida hisob-kitob qilishga oʻtkazish, isteʼmolchilarda issiqlik energiyasi (issiq suv) sarfini oʻlchash vositalari toʻliq oʻrnatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti sifatini yaxshilash, issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarini joriy etish, issiqlik taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchilar tomonidan isteʼmol rejimlariga rioya etilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan isitish tizimlari ish rejimlarini optimallashtirish maqsadida issiqlik taʼminoti tarmoqlarida hamda bino va inshootlarda issiqlik himoyasini yaxshilash boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish (yangi qurilayotgan bino va inshootlarda energiya samarador va energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish, mavjud binolarda issiqlik himoyasini yaxshilash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, samaradorligi past boʻlgan qozonxonalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish, uzluksiz gaz taʼminoti mavjud hududlarga kogeneratsion gaz turbinali uskunalardan foydalangan holda, issiqlik yukini samarali kogeneratsiyaga oʻtkazish orqali issiqlik ishlab chiqarish uchun yoqilgʻi sarfini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda koʻrsatilayotgan xizmatlar va ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga sarf qilinadigan yoqilgʻi-energetika resurslarini meʼyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy, yuqori samarali va resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, texnik va texnologik modernizatsiya qilinishiga erishish hamda qishloq xoʻjaligi mashinalarini yangilash asosida energiya samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda boʻlgan ayrim uskunalar uchun yoqilgʻi-energetika resurslari sarfining progressiv meʼyorlarini aniqlash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxona va tashkilotlarida foydalanilgan energiya resurslarining hisobga olish tizimini toʻlaqonli tashkil etish (hisoblagichlarni toʻliq oʻrnatish), ekin maydonlarini sugʻorish uchun foydalaniladigan nasoslarda isteʼmol qilingan elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ega boʻlgan suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda ularni integratsiyalashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi transport vositalari uchun sarf qilinadigan energiya resurslari meʼyorlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda boʻlgan ayrim uskunalar uchun yoqilgʻi-energetika resurslari sarfining progressiv meʼyorlarini aniqlash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qurilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar qurilishida hamda aholi turar joylarida energiya samaradorligini oshirish va energiyani tejashning meʼyoriy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning korxona va tashkilotlarida foydalanishda boʻlgan ayrim uskunalar uchun yoqilgʻi-energetika resurslari sarfining progressiv meʼyorlarini aniqlash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat boshqaruvi idoralari faoliyati va xizmat koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida hududiy (viloyat, tuman va shahar) va idoraviy dasturlarni, shuningdek, davlat tashkilotlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida yillik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti va (yoki) boshqa energiya resurslari taʼminotida hisobga olish tizimining qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning ixtiyoriy va majburiy energetik tekshiruvlarini (energiya auditini) oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ixtiyoriy va majburiy energetika tekshiruvlari (energiya auditi) natijalari boʻyicha energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda bajarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Energiyani tejash va energiya samaradorligini monitoring qilish tizimlarini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha korxona, vazirlik va idoralardagi asosiy qurilmalarning texnik koʻrsatkichlari, energiya resurslarining isteʼmol hamda ishlab chiqarish hajmlari (tannarxni) va moliyaviy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini yaratish hamda uning asosida yagona axborot tahlil tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsiyalashgan axborot tahlil tizimi maʼlumotlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari boʻyicha energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan muntazam monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari asosida yuqori malakali ekspertlarni jalb etgan holda korxonalarga energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berib borish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika tekshiruvlarini oʻtkazuvchi korxonalar (energiya auditorlari) va energiya-servis korxonalari faoliyatini tashkil etish hamda monitoring qilish tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha uslubiy va axborot taʼminoti hamda xodimlarni ushbu yoʻnalishda tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona axborot tizimini yaratish hamda uning doimiy faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlarni tayinlash, ushbu yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, energetika menejmenti sohasida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bazasida yirik tashkilotlar rahbar va xodimlarining malaka oshirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha uslubiy, meʼyoriy va axborot hujjatlarini tayyorlash, vazirlik, idoralar va tashkilotlarga yetkazish hamda qoʻllanilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolini kamaytirish sohasidagi eng samarali loyihalarni tanlab olish va ularning amalda tatbiq etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya amalga oshirilishi boʻyicha monitoring tizimini joriy etish va uni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasida rivojlangan davlatlarning eng soʻnggi texnik va tashkiliy yechimlarini qoʻllash boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi xalqaro tajribani oʻrganish hamda tatbiq etish choralarini koʻrib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkorligini taʼminlash yuzasidan asosiy tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan xodimlarni tayinlash, ushbu yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlash va rivojlangan davlatlarda ularning malaka oshirishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan tadbirlarning amaldagi qoidalarga va standartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tahlillar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda energetik tekshiruvlar (energiya auditini) oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslarining meʼyoriy sarfiga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun sarflanayotgan yoqilgʻi-energetika resurslari yoʻqotishlarini qisqartirishga hamda energiya samaradorlikka erishgan korxonalarda masʼul xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslarining samarasiz sarflanishiga yoʻl qoʻygan korxona va tashkilotlar xodimlariga nisbatan iqtisodiy choralar koʻrish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik tarmoqlarining gidravlik va issiqlik rejimlarini sozlash va avtomatik tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi texnologik qurilmalarda isitish, yoritish, issiq va sovuq suv taʼminoti hamda turar-joy, jamoat va sanoat binolarini ventilyatsiya qilishda energiya sarfini tartibga soluvchi avtomatik tizimlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan va alohida isitish tizimlarida hamda sanoat korxonalarida issiqlik nasos qurilmalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gelio isitkichlar, energiya tejamkor materiallar va konstruksiyalardan foydalanish, issiq suv, shamollatish va yoritish tizimlarini tartibga solish orqali uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslari sarfini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash bilan iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sigʻimi koʻrsatkichini 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 20 foizga kamaytirishga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼullar

1. Tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish

1.

Iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarga nisbatan moslashuvchanligini oshirish.

Fermer va dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirish salohiyati va imkoniyatlarini baholash asosida quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat xarajatlarini, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari subsidiyalarni qayta koʻrib chiqish;

iqlim oʻzgarishiga nisbatan chidamli dehqonchilik turlarini yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni diversifikatsiya qilish;

fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorva mollarini iqlim oʻzgarishi xatarlari boʻyicha sugʻurtalash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish.

1. Vazirliklar, idoralar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Iqlim oʻzgarishi sharoitida yaylovlarni boshqarish boʻyicha mamlakatda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2023-yil mart

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yaylovlarni barqaror boshqarish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishishga qaratilgan yaylovlardan vaqtincha foydalanish, yerga egalik huquqi borasida hukumat siyosati va dasturlarini muvofiqlashtirish;

barqaror yaylov amaliyotini kengaytirish yoʻlida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

davlat muhofazasidagi yerlarni himoya qilish borasida zamonaviy usul va vositalarni joriy etishni kengaytirish;

yaylovlarni barqaror boshqarishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish.

2023-yil sentabr

3.

Oʻrmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarishni takomillashtirish hamda “yashil” hududlarni kengaytirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻrmonlarni muhofaza qilish va integrallashgan boshqaruv dasturini hamda Daraxtlarni ekish va barqaror “yashil” hududlarni kengaytirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

har bir hududning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda suv sarfi kam va iqlim oʻzgarishiga chidamli daraxtlar navlarini aniqlash;

ekotizimlar va infratuzilmaning barqarorligini oshirishning asosiy tabiiy yechimi sifatida oʻrmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarish hamda iqlim oʻzgarishlariga chidamli daraxtlarni ekish;

iqlim oʻzgarishiga chidamli daraxtlar, agrooʻrmon xoʻjaligi uchun shamoldan “yashil” toʻsiqlar hamda shaharlarning “yashil” himoya toʻsiqlarini koʻpaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan dastur asosida oʻrmonlarni muhofaza qilish va barqaror boshqarish hamda “yashil” hududlarni kengaytirish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish.

2023 — 2030-yillar

4.

Tarmoqli yondashuvdan landshaft yondashuviga oʻtishni taʼminlash uchun landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi landshaftni boshqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

hosildorlikni oshirish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish uchun landshaftni integratsiyalashtirgan holda boshqarish;

integratsiyalashgan landshaft yondashuvidan foydalanishni ragʻbatlantirish, ulardan samarali foydalanishga qaytarish uchun landshaftni tiklash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Landshaft yondashuvini amaliyotga joriy qilish.

2023 — 2025-yillar

5.

“Yashil kafolat” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyati asosida yaratiladigan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish.

1. Vazirliklar, idoralar, xususiy sektor vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yashil” ish oʻrinlarni yaratish imkoniyati va salohiyatini baholash asosida “Yashil kafolat” dasturi va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2023-yil aprel

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil kafolat” dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tegishli sohalarda (masalan, oʻrmonchilik chora-tadbirlari, oʻrmonlashtirish va u bilan bogʻliq daraxtlar ekish tadbirlari) “yashil” tadbirkorlikni rivojlantirish;

tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha pilot loyihalarni amalga oshirish;

“yashil” tadbirkorlik hamda tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirishni ragʻbatlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

4. “Yashil kafolat” dasturi asosida “yashil” tadbirkorlik va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2030-yillar

6.

Umumiy suv isteʼmoli va suv yetishmovchiligini kamaytirish uchun suvdan barqaror foydalanish limitlarini oʻrnatish va monitoring qilish.

1. Suvdan barqaror foydalanish limitlarini oʻrnatish va monitoring qilish mexanizmini aniqlash uchun bu boradagi mavjud rejalashtirish tizimi, kompleks tarmoq rejalari, dasturlar va strategiyalarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

suv resurslaridan barqaror foydalanish limitlarini belgilash, ularning monitoringini takomillashtirish;

oʻz xarajatlarini qoplash darajasida suv tariflarini belgilash;

irrigatsiya tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

2023-yil avgust

7.

Sanoat korxonalarida hosil boʻlayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish va aylanma suv taʼminotini keng joriy qilish.

1. Sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlari oʻrganish va holatini tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot”AJ

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 5 yilga moʻljallangan dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

lokal oqova tozalash inshootlarini oʻrnatish va eski inshootlarni rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish;

tozalangan suvlarni texnologik yoki maishiy xoʻjalik maqsadlarida qayta ishlatish koʻlamini oshirish.

2023-yil sentabr

8.

Atrof-muhitga yuqori taʼsir koʻrsatish xavfiga ega boʻlgan sanoat korxonalari ifloslantiruvchi manbalaridan atmosferaga chiqarilayotgan iqlim oʻzgarishiga taʼsir etuvchi gazlarni avtomatik ravishda monitoring qilib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish.

1. “Yangi Angren IES” AJ, “Sirdaryo IES” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning ifloslantiruvchi manbalarida inson omilisiz monitoring olib borish maqsadida namuna olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2. Avtomatik stansiyalarda olingan maʼlumotlarni atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

2. Milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash

9.

Iqlim oʻzgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa sohaviy rejalashtirish jarayonlariga kiritish.

1. Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga doir masalalarni amaldagi rejalashtirish, qaror qabul qilish va budjetni shakllantirish jarayonlari, tarmoq rejalari va strategiyalariga kiritish (integratsiyalash) boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil yanvar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat boshqaruvi organlaridagi strategik rejalashtirish va siyosatni ishlab chiqishga masʼul tarkibiy tuzilmalar uchun iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalarini integratsiyalash hamda uning vositalaridan foydalanish boʻyicha treninglar tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

3. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishni kompleks baholash kabi ruxsat berish xarakteridagi amaldagi tartib-qoidalarda iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarga oid jihatlarni hisobga olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil aprel

4. Iqlim oʻzgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashda jamoatchilikning maslahat va bevosita ishtirokini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

10.

Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy javob choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali normativ-huquqiy va institutsional bazani mustahkamlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekistonning milliy harakatlar rejasini (OʻMHR) tasdiqlash;

tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi xavfini kamaytirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish hamda OʻMHRning bajarilishini monitoring qilish boʻyicha idoralararo boshqaruv kengashini tashkil qilish;

atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organida OʻMHRni amalga oshirish yuzasidan idoralararo boshqaruv kengashining ishchi organi sifatida alohida tashkiliy tuzilma tashkil etish;

OʻMHR uchun aloqani rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash va joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Shaharsozlik va qurilish sohalarida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda qurilish sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish boʻyicha taklif tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qurilish vazirligi, Oʻzgidromet

2. Atrof-muhitga boʻlgan taʼsirni kompleks baholashni nazarda tutuvchi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va kiritish:

iqlim oʻzgarishiga taʼsir etish va xatarlarni hisobga olgan holda rivojlanish va yerlardan foydalanishga kompleks baho berish;

turli obyektlar va muhandislik infratuzilmalarini barpo etish va boshqarishda majburiy tartibda ularning atrof-muhitga taʼsirini baholashdan oʻtkazish.

Qonun loyihasi

2023-yil may

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tashqi moliyalashtirish mexanizmlariga kirish salohiyatini oshirish.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari uchun quyidagi yoʻnalishlarda tegishli malaka oshirish treninglarini tashkil qilish:

tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va iqlim oʻzgarishi masalalariga mablagʻlarni jalb qilish uchun tashkilotlar, shu jumladan mintaqaviy va global platformalar bilan muzokaralar olib borish;

Yashil iqlim jamgʻarmasi (Green Climate Fund) va Global ekologiya jamgʻarmasi (Global Enviroment Facility) kabi jamgʻarmalarning mablagʻlarini jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil aprel

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzgidromet,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

13.

OAV, NNT va xususiy sektorning faol ishtiroki asosida jamoatchilikni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida xabardor qilish kampaniyalarini oʻtkazish.

Quyidagilarni koʻzda tutuvchi 2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida jamoatchilik xabardorligini oshirish dasturini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

vakolatli davlat organlari tizimidagi institut va markazlarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan bilimlarni boshqarish boʻyicha salohiyatini oshirish, toʻplangan bilim, tajriba va ilgʻor amaliyot almashinuvi boʻyicha milliy platforma yaratish;

Moslashuvni oʻrganish mexanizmi (Adaptation Learning Mechanism — ALM) kabi tegishli mexanizmlar orqali milliy, mintaqaviy va global darajada maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

turli darajada toʻplangan bilimlarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga integratsiya qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha toʻplangan bilim, tajriba va ilgʻor amaliyotlar asosida ommaviy seminarlar, ishchi yigʻilishlar va treninglar kabi taʼlim va targʻibot dasturlari orqali jamoatchilikni iqlim oʻzgarishi haqida xabardor qilish kampaniyalarini oʻtkazish.

Amalga oshirish 2023 — 2030-yillarda

14.

Iqlim oʻzgarishi masalalarini targʻib qilishni umumiy oʻrta va oliy taʼlim oʻquv dasturlariga kiritish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy choralarni koʻrish:

oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha maqsadli guruhlar rahbarligida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi masalalarini amaldagi oʻquv reja va dasturlarga integratsiyalash jihatdan qayta koʻrib chiqish;

umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchi, oʻquvchi va talabalari uchun Oʻzbekistondagi shart-sharoitlarga moslashtirilgan taʼlim resurslarini (namunaviy oʻquv rejalari, modullar, oʻquv materiallari va dasturlari hamda boshqalar) ishlab chiqish;

tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi modullari asosida dars berish boʻyicha oʻqituvchilarni tayyorlash (treninglar, maxsus tayyorlov seminarlari);

tayyorlangan oʻqituvchilar tomonidan maktab va universitetlarda modullarni sinovdan oʻtkazish va baholash asosida ularni takomillashtirish;

oʻqituvchi va talabalarni tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi modullari asosida oʻqitish hamda ularning oʻzlashtirish darajasini doimiy monitoring va baholash (M&E) asosida takomillashtirib borish;

iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha oʻquv materiallari, universitet va maktab dasturlari, jamoatchilikni xabardor qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda tegishli nusxada koʻpaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzgidromet, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilikning iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlarning taʼsirini kamaytirish salohiyatini kuchaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

mahalliy hokimiyat organlari (viloyat, tuman/shahar) hamda aholi punktlarining (mahalla, qishloq, ovul) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfi pasportlarini ishlab chiqish;

mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilikning iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilishda faol ishtirok etish boʻyicha salohiyatini oshirish yuzasidan seminarlar tashkil qilish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoatchilikni tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishi xavflari toʻgʻrisida aniq va oʻz vaqtida xabardor qilish uchun joylarda samarali erta ogohlantirish tizimlarini joriy qilish;

birlamchi tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash uchun iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida erta ogohlantirish tizimini va ixtisoslashtirilgan axborot mahsulotlarini (Iqlim prognozini modellashtirish dasturi — Climate Outlook Modelling Programme) ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzgidromet, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va tahlil qilish boʻyicha texnik va institutsional salohiyatni mustahkamlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha qaror qabul qilish hamda tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston milliy harakatlar rejasining (OʻMHR) amalga oshirilishi haqida xabardor qilish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlovchi markazlashtirilgan axborotni boshqarish tizimini ishlab chiqish;

iqlim va tabiiy ofatlar bilan bogʻliq xatarlar, taʼsirlar va zararlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish va standartlashtirish asosida markazlashgan maʼlumotlar bazasini takomillashtirish;

tarmoq va milliy rivojlanish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash uchun maʼlumotlar va axborotni tahlil qilish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning turli yechimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun energiya xavfsizligini taʼminlash va boshqaruvini kuchaytirish.

Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va energiya samaradorligi tashabbuslarida xususiy sektorning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imtiyozlar va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha tegishli taʼlim va xabardorlikni oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

mavjud va rejalashtirilgan energiya infratuzilmasi boʻyicha tabiiy ofatlar va iqlim xatarlari xavfini baholash hamda xavflarni kamaytirishning iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarini qoʻllash;

energiya taʼminoti muammolarini hal qilish uchun favqulodda, ayniqsa, tabiiy ofatlar paytida va undan keyin harakatlar rejalari va javob berish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik koʻrish hamda samarali javob berish va tiklanish boʻyicha salohiyatni mustahkamlash.

Quyidagilarni qamrab oluvchi 2023 — 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va ularga samarali javob berish boʻyicha milliy harakatlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Oʻzbekistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy chora-tadbirlarini hududga xos iqlim oʻzgarishi xavflaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish;

tabiiy ofatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar uchun standart amaliyot tartib-taomillari (SOP) va favqulodda vaziyatlar harakatlari rejasini ishlab chiqish;

mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik uchun tabiiy ofatlarga tayyorgarlik koʻrish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqish, ularning xabardorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarda gender tenglik tamoyilini taʼminlash.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarda gender tenglikni taʼminlash boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari uchun “Iqlim oʻzgarishiga moslashishning milliy va sohaviy rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda gender tenglikni hisobga olish” mavzusida oʻquv seminarlar oʻtkazish;

mamlakat sharoitida qoʻllanishi mumkin boʻlgan gender tenglik yondashuvlari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish chora-tadbirlarida gender tenglik tamoyilini taʼminlash yondashuvini tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzgidromet,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish d?vlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Milliy, tarmoq va mahalliy darajada iqlim oʻzgarishiga moslashish ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni kengroq jalb qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini koʻrish jarayonlariga xususiy sektorni jalb qilish va ularning ishtirokini taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasini shakllantirish;

xususiy sektorni iqlim oʻzgarishiga moslashish harakatlariga yanada kengroq jalb qilish maqsadida ularni ragʻbatlantirish choralari va mexanizmlari roʻyxatini hamda axborot-tushuntirish vositalarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Oʻzgidromet,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Iqlim oʻzgarishiga moslashish harakatlariga rejalashtirish va amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni jalb etish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil martidan boshlab

3. Milliy iqtisodiyot, xususan sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini taʼminlash

21.

2050-yilgacha mamlakatni kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mamlakatdagi joriy holatni tahlil qilish va qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2023-yil fevral

3. Kam uglerodli rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish.

2023-yil aprel

4. Kam uglerodli rivojlanishning tarmoqlar kesimidagi asosiy koʻrsatkichlarini miqdoriy tahlil qilish.

2023-yil may

5. Har bir tarmoqning ustuvor yoʻnalishlari va prognozlashtirilgan maqsadli koʻrsatkichlari integratsiyasi asosida milliy iqtisodiyot darajasida kam uglerodli rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

6. Amalga oshirilgan tahlillar asosida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar va ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan asosiy islohotlarni ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

7. Kam uglerodli rivojlanish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan investitsiyalar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

8. Mamlakatni 2050-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

22.

Elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash maqsadida quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

elektr energiyasi sohasining samarali ishlashi va rivojlanishi uchun mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, tariflarni qayta koʻrib chiqish va subsidiyalarni kamaytirish;

elektr taʼminotidan foydalanish va unga ulanishni osonlashtirish, sohadagi biznes jarayonlarni va operatsion samaradorlik koʻrsatkichlarini rivojlantirish maqsadida ularni raqamlashtirish;

elektr taʼminoti tizimidagi muassasa va tashkilotlarning institutsional salohiyatini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Elektr energiya uzatish va tarqatish tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish choralarini koʻrish.

Elektr energiya uzatish va tarqatish tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

monitoring jarayonlarini takomillashtirish uchun zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlarini joriy etish;

elektr uzatish va tarqatish tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Energiya samaradorligini taʼminlash boʻyicha yechimlarni hamda keng miqyosda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini faol joriy etish.

Energiya samaradorligini oshirish hamda keng miqyosda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

xalqaro standart va talablardan kelib chiqib, energiya samaradorligi boʻyicha standartlar va qoidalarni qayta koʻrib chiqish hamda yangilarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2026-yilgacha tarmoqlar kesimida mahsulot va xizmatlarning energiya sigʻimini 22 foizga, 2030-yilgacha esa 30 foizga qisqartirish;

2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizdan oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Alohida qiymat yaratish zanjirlari va tarmoqlar uchun aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.

Quyidagilarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik sohalariga aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish boʻyicha besh yilga moʻljallangan harakatlar rejasi;

dekarbonizatsiyalash va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilishni jadallashtirish uchun eko-sanoat parklarini (Eco-Industrial Parks — EIP) yaratish boʻyicha takliflar.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish

26.

“Yashil” investitsiyalar konsepsiyasini amaldagi investitsiya siyosati va loyihalariga integratsiya qilish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “yashil” investitsiyalash va kreditlash tizimini (“yashil” maqsadlar va BRMlarga yoʻnaltirilgan kreditlash amaliyoti) joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

barcha manbalar (davlat, xususiy) hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun “yashil” mezonlar, shu jumladan suveren “ESG” indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etish;

“yashil” investitsiyalar va kreditlar uchun texnik tartibga solish talablarini ishlab chiqish;

“yashil” investitsiyalar (va kreditlar) uchun ragʻbatlantiruvchi fiskal va monetar imtiyozlar ishlab chiqish;

amaldagi va/yoki yangi “yashil” boʻlmagan loyihalarga bosqichma-bosqich moratoriy kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Sanoat korxonalarining infratuzilmasini doimiy yangilab borish.

1. Ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik jihatdan toza va xavfsiz texnologiyalardan koʻproq foydalanish, energiya tejaydigan texnologiyalarni kengroq joriy etish orqali sanoat korxonalari infratuzilmasining energiya samaradorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil sentabr

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ekologik toza va xavfsiz texnologiyalarni joriy etayotgan sanoat korxonalari uchun maxsus imtiyoz va preferensiyalarni (subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar) ishlab chiqish va taqdim etish.

doimiy ravishda

28.

Moliyalashtirish va salohiyatni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning “yashil” iqtisodiyotdagi oʻrnini kuchaytirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishdagi ishtirokini kuchaytirish boʻyicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” biznesga sarmoya kiritadigan istiqbolli, yuqori salohiyatga ega kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash (“yashil” kreditlash hamda toʻgʻridan-toʻgʻri va oraliq moliyalashtirish tizimini joriy etish, kichik grantlar va subsidiyalangan qarzlar, imtiyozlar);

mahalliy davlat va xususiy banklar orqali mahalliy tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyatini taʼminlash uchun xatarlarni taqsimlash mexanizmlarini joriy qilishga koʻmaklashish;

“yashil” oʻsishni rivojlantirish dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokini kuchaytirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil oktabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

29.

Innovatsiyalarga asoslangan “yashil” oʻsishni qoʻllab-quvvatlash uchun innovatsion infratuzilmani takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

maxsus iqtisodiy zonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni innovatsion “yashil” loyihalarga yoʻnaltirishga koʻmaklashish samaradorligini oshirish;

rezident kompaniyalarning “yashil” texnologiyalar global qiymat yaratish zanjirlariga kirishini osonlashtirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy salohiyatini oshirish;

“yashil” texnologiyalarga asoslangan startap korxonalarga xizmat koʻrsatish hamda moliyalashtirishga koʻmaklashish boʻyicha innovatsion markaz va inkubatorlar samaradorligini oshirish;

“yashil” texnologiyalar sohasidagi startaplarni har tomonlama va samarali qoʻllab-quvvatlash boʻyicha akseleratorlar tashkil qilish va ularning salohiyatini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Innovatsion “yashil” texnologiyalar borasida ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi tizimli aloqalarni takomillashtirish.

1. “Yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilishni jadallashtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonini yengillashtirish hamda tadqiqot va ishlanmalarni (R&D) ragʻbatlantirish va tegishli infratuzilmani takomillashtirish;

yangi texnologiyalarni joriy qilish vositasi va mexanizmi sifatida innovatsion faoliyatga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “yashil” texnologiyalarning global qiymat yaratish zanjiri integratsiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion “yashil” texnologiyalarni ishlab chiqish, transfer va joriy qilish sohasida salohiyatni oshirish uchun oʻrta va quyi boʻgʻindagi malakali ishchi kuchi sifatini doimiy yaxshilab borish va korxonalar samaradorligini oshirishga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy ravishda

5. Barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish

31.

Respublikaning ayrim hududlari iqtisodiy bazasini diversifikatsiyalash, shahar va tumanlarni ularning ixtisoslashuvi asosida “yashil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib rivojlantirish.

Respublika hududlarining salohiyati va xususiyatidan kelib chiqib, ular iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

hududlarni klaster yondashuvi asosida sohalar boʻyicha rivojlantirish, xususan mis qazib olish va metallurgiya (Olmaliq sh.), kon va kimyo texnologiyasi (Navoiy sh.), qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnopark (Chirchiq sh.), avtomobilsozlik (Jizzax sh.), farmatsevtika (Zangiota t.); axborot texnologiyalari (Qorakoʻl t.);

Nukus, Buxoro, Jizzax va Namanganda innovatsion IT parklarni rivojlantirish;

salohiyatli chegara hududlarida transchegaraviy erkin savdo zonalarini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Nomarkazlashtirish siyosatini davom ettirish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning joylardagi ijrosi samaradorligini taʼminlash uchun quyidagi yoʻnalishlarda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning taʼsirini kamaytirish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini koʻrish boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari va vakolatlarini mahalliy davlat boshqaruvi va hokimiyat organlariga oʻtkazish;

iqlim oʻzgarishi taʼsiri yuqori boʻlgan aholi qatlamini ushbu oʻzgarishlarga moslashishini qoʻllab-quvvatlash borasida mahalliy ijro organlari, fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqish;

mahalliy budjetlarning xarajatlar parametrlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini koʻzda tutish, mahalliy budjetlardan yoʻnaltiriladigan investitsiyalar va boshqa xarajatlar uchun “yashil” mezonlarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Yoʻldosh shaharlarni yaratishni hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalari shakllanishini boshqarish.

1. Atrofdagi qishloqlarning birgalikda rivojlanishi va shaharlarning kelajakdagi iqtisodiy oʻsishiga asos boʻluvchi drayverlarni aniqlagan holda saralab olingan 5 ta shaharning oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Birinchi bosqichda amalga oshirilgan pilot loyihasi asosida qolgan shaharlarning rivojlantirish strategiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish.

2024 — 2030-yillar

34.

Barqaror va yashash uchun qulay shahar infratuzilmasini yaratish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi 2030-yilgacha Barqaror shaharlarni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

har yillik tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarida suv taʼminoti, oqova suv tizimi, maishiy chiqindilarni boshqarish, shahar jamoat joylari, turizm va servis infratuzilmalari barpo etish va yaxshilashni qatʼiy tartibda kiritish mexanizmini joriy etish;

shaharlar boshqaruvini va institutsional salohiyatini mustahkamlash;

2030 va 2050-yillarga borib shaharlardagi havo sifatini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan chegaraviy koʻrsatkichlarga yetkazish choralarini belgilash va amalga oshirish;

amaldagi/kuchaytirilgan Ekodizayn qoidalari va ekomarkirovkalash tartibiga (Ecodesign Directive and Ecolabel scheme) toʻgʻri keluvchi energetika bilan bogʻliq mahsulotlarni va boshqa isteʼmol mahsulotlarini bozorda joylashtirishni taqiqlash;

BMTning Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga tashish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CLRTAP), Havo ifloslanishini nazorat qilish milliy rejasi (NAPCP), YEVRO-4dan oldingi dizel yoqilgʻisi yoʻl transport vositalarini tartibga solish qoidalarini joriy qilish;

“Yashil makon” loyihasi doirasida shaharlarda yashil maydonlarni 30 foizga yetkazish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichga erishish uchun shahar oʻrmonlari va yashil maydonlarni xaritalarga solish va rejalashtirish.

Milliy dastur loyihasi

2023-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

6. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan aholi qatlamlarini va ularning yashash joylarini qoʻllab-quvvatlash

35.

Inklyuziv va barqaror inson kapitalini rivojlantirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi besh yilga moʻljallangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

ayollar va imkoniyati cheklangan insonlarga alohida eʼtibor qaratgan holda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan koʻnikmalarni oʻrgatish (taʼlim, bandlik yoki kasb-hunar taʼlimi sohasida emas);

ishchi kuchi migratsiyasidan oldingi koʻnikma va yoʻnalish olishni rivojlantirish;

ishchi kuchida ayollar ishtirokini qoʻllab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Yoshlarning innovatsion startaplarini ragʻbatlantirish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va startap loyihalarini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” texnologiyalar boʻyicha innovatsion startaplarni qoʻllab-quvvatlash uchun mahalliy inkubatorlarni tashkil etish;

yoshlar oʻrtasidagi innovatsion startaplarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish;

yoshlar oʻrtasidagi innovatsion startaplarni qoʻllab-quvvatlash va hamkorlik qilish jarayonlariga xususiy sektorni keng jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining qamrovi va samaradorligini oshirish.

1. Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha besh yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aholining eng zaif qatlamlari uchun gender jihatdan taʼsirchan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;

hokim yordamchilarini iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish jarayonlariga faol jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar loyihasi

2023-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish borasida aholini ijtimoiy himoya qilish borasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.

2023 — 2030-yillar

7. “Yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish

38.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, davlat organlari boshqaruv xodimlarining boshqaruv va rejalashtirish salohiyatlarini oshirish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning milliy ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, davlat organlari boshqaruv xodimlarining boshqaruv va rejalashtirish salohiyatni oshirish boʻyicha har uch yilda yangilab boriladigan tayyorlov dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Tayyorlov dasturi, oʻquv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

oʻquv dasturini tasdiqlash, xorijiy va mahalliy murabbiylarni tanlash;

tegishli vazirlik va idoralarning yuqori boshqaruv xodimlari orasidan tinglovchilar roʻyxatini tuzish;

barqaror boshqaruv, “yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi, ustuvor yoʻnalishlar va chora-tadbirlar, “yashil” oʻsish boʻyicha eng ilgʻor xalqaro amaliyot va qoidalar, rejalashtirish va budjetni tuzishda “yashil” yechimlarni kiritish usullari boʻyicha treninglar oʻtkazish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

39.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni doimiy baholab borish boʻyicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik salohiyatlarini mustahkamlash.

1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni doimiy baholab borish boʻyicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik salohiyatlarini mustahkamlash boʻyicha tayyorlov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Tayyorlov dasturi, oʻquv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

oʻquv dasturini tasdiqlash, xorijiy va mahalliy murabbiylarni tanlash;

tegishli davlat organlari va xususiy muassasalarning oʻrta va texnik xodimlari orasidan tinglovchilar roʻyxatini tuzish;

“yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, natijalarni baholash uchun tegishli davlat va xususiy muassasalar oʻrta va kichik xodimlarining bilim va texnik jihatdan kompetentligini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

40.

“Yashil” oʻsish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash.

1. “Yashil” oʻsish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi mahalliy trenerlarni tayyorlash dasturini ishlab chiqish:

Tayyorlov dasturi, oʻquv rejalari va dasturlari

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa salohiyatni oshirishga qaratilgan muassasalar uchun trenerlarni tayyorlash boʻyicha qisqa oʻquv kurslarini ishlab chiqish;

xalqaro va mahalliy murabbiylarni tanlash hamda tinglovchilar roʻyxatini doimiy yangilab borish;

trenerlar faoliyatini doimiy baholash asosida oʻquv dasturlarini takomillashtirib borish.

keyingi har uch yilda noyabr oyida

2. Dastur asosida treninglarni doimiy ravishda tashkil qilib borish.

2023 — 2030-yillar

41.

Kichik grantlar ajratish hisobiga xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda oʻqitish va konsalting xizmatlari koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash.

1. “Yashil” iqtisodiyot masalalari boʻyicha xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarning ochiq maʼruzalar, konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini qoplash, xususan kichik grantlar ajratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xususiy tijorat va notijorat tashkilotlarda oʻqitish va konsalting xizmatlari koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish.

2023 — 2030-yillar

42.

“Yashil” iqtisodiyot mavzularini taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga kiritish.

1. Oʻquvchi/talabalar va oʻqituvchilar “yashil” iqtisodiyot va “yashil” oʻsish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini tushunishlari yuzasidan taʼlim muassasalaridagi mavjud oʻquv dasturlarini ilgʻor xalqaro dasturlar bilan qiyosiy tahlil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2. “Yashil” iqtisodiyot va “yashil” oʻsish siyosati hamda uning asosiy qonuniyatlarini taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga kiritish va amaliyotga joriy qilish.

2023-yil sentabr

43.

“Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini tashkil etish.

1. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini yaratishning texnik vazifalarini ishlab chiqish, moliyaviy mablagʻlar jalb qilish, texnik va tijorat takliflarini koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Platformani yuritish va yangilab borish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish hamda platforma kontentni yaratish.

2024-yil fevral

3. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasini targʻib qilish, tizimni saqlash va doimiy ravishda yangilab borish.

2024 — 2030-yillar

44.

Oliy taʼlim muassasalarida “yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash.

1. Oliy taʼlim muassasalarida “Yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes fakulteti (kafedrasi)ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni yollash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal qilish.

2023-yil iyun-iyul

3. Taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejalari va dasturlarini va fakultet/kafedra ish rejasini tasdiqlash hamda talabalarni qabul qilish.

2023-yil avgust-sentabr

45.

“Yashil” oʻsish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Oʻzbekistonda “yashil” oʻsish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat fondini ishga tushirish toʻgʻrisida taklifni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mablagʻlarni jalb qilish, tanlash va taqsimlashning adolatli va shaffof mexanizmlarini joriy qilish.

2023-yil iyun

3. Mablagʻlarni olish boʻyicha ariza topshirish tartib-taomillarini eʼlon qilish.

2023-yil iyun-iyul

4. Tanlov oʻtkazish va grantlarni joylashtirish.

2023-yil oktabrdan boshlab doimiy

46.

“Yashil” oʻsish choralarini rejalashtirish, amalga oshirish borasida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining salohiyatini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil qilish.

1. “Yashil” oʻsishni viloyatlar/tumanlar/shaharlarning rivojlanish rejalari va mahalliy budjetlarida aks ettirish boʻyicha salohiyatni oshirish yuzasidan seminar dasturlarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Respublika hududlarida har yili seminarlar oʻtkazish boʻyicha jadvalni tasdiqlash.

har yili dekabr oyida

3. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va xodimlari uchun seminarlar oʻtkazish.

2023 — 2030-yillar

47.

“Yashil” moliya sohasida salohiyatni oshirish, davlat va xususiy “yashil” investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.

1. “Yashil” iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit bilan bogʻliq turli sohalarda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatchilari hamda xususiy tashkilotlar uchun treninglar oʻtkazishga qaratilgan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Fuqarolar uchun budjet”da hamda ochiq budjet portalida (openbudget.uz) “yashil” budjet toʻgʻrisida alohida modul qoʻshish.

2023-yil oktabr

48.

Barqaror turmush tarzini targʻib qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi Barqaror turmush tarzini targʻib qilish milliy dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tabiiy va boshqa resurslarni tejab ishlatish, shaxsiy rivojlanishni atrof-muhit va aholining boshqa qatlami rivojlanishi bilan birga olib borish yoʻllarini joriy qilish;

barqaror turmush tarzini shakllantirish va bu boʻyicha xabardorlikni oshirish yuzasidan taʼlim muassasalari, davlat va xususiy idoralarda loyihalarni amalga oshirish;

barqaror turmush tarzini shakllantirish va bu boʻyicha xabardorlikni oshirish boʻyicha yoshlar tashabbusini qoʻllab-quvvatlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror turmush tarzini targʻib qilish milliy dasturini amalga oshirish hamda takomillashtirib borish.

2023 — 2030-yillar

49.

Ommaviy axborot vositalari orqali “yashil” texnologiyalar va amaliyotlarning afzalliklari toʻgʻrisida barcha manfaatdor tomonlarni xabardor qilish.

1. Barqaror rivojlanishga qaratilgan qadriyatlar va turmush tarzini targʻib qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda targʻibot-tashviqot kampaniyasini boshlash boʻyicha media-reja ishlab chiqish va qabul qilish.

Media-reja loyihasi

2023-yil fevral

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror rivojlanish boʻyicha media-rejani amalga oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan kelishuv va memorandumlar imzolash.

2023-yil may

3. Yillik media-rejani tasdiqlash va ijro etish.

2023 — 2030-yillar,

har yili dekabr oyida

8. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish

50.

“Yashil” iqtisodiyot boʻyicha tajriba, maʼlumotlar va manbalarni oʻzaro almashish va jamlashning samarali tizimini yaratish orqali hukumatlar oʻrtasida muvofiqlashtirishni takomillashtirish.

1. Texnik kotibiyat koʻmagida “Yashil” iqtisodiyot boʻyicha idoralararo ishchi guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi mustaqil ekspertlarini aniqlash va ularni idoralararo ishchi guruhlarga muntazam jalb etish (ishchi guruhlarning doimiy yigʻilishlari).

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr doimiy asosda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. “Yashil” koʻrsatkichlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlar, erishilgan natijalar, yuzaga kelayotgan muammolar va harakatlar rejasidagi har qanday yangilanishlarni oʻz ichiga qamrab olgan “yashil” iqtisodiyotni amalga oshirish boʻyicha yillik hisobotni tayyorlash va nashr etish.

2023-yil aprel

(har yilning mart oyida)

4. “Yashil” iqtisodiyot boʻyicha hisobotni koʻrib chiqish va muhokama qilish, kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan takliflarni muhokama qilishga har yili “Yashil” iqtisodiyot boʻyicha idoralararo kengashni (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo kengash) chaqirish.

har yilning aprel oyida

51.

Barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyalarini “yashil” oʻsish maqsadlari bilan muvofiqlashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha yondashuvni amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” iqtisodiyot bilan bogʻliq har qanday tarmoq strategiyasi va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda asosiy infratuzilma loyihalarini belgilash va xarajatlarini baholash;

tarmoq yoki hududiy rivojlanish boʻyicha ishlab chiqiladigan yangi strategiyalarning “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga taʼsirini baholash yoki strategik ekologik baholashdan oʻtkazish;

dasturlar va loyihalarni moliyalashtirishda foydalaniladigan samaradorlik koʻrsatkichlarini “yashil” iqtisodiyot boʻyicha milliy maqsadlarga moslashtirish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

52.

“Yashil” iqtisodiyot oʻtishning modellashtirish va prognozlashtirish vositalarini ishlab chiqish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning tahliliy ehtiyojlarini, mavjud muammoli masalalarga javob berishning taʼsirchan vositalarini va ularni ishlab chiqish uchun nima zarurligini aks ettiruvchi tahliliy hujjat tayyorlash va Idoralararo kengashga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar, tadqiqot va tahlil tashkilotlari

2. Tahliliy hujjatda taklif etilgan vositalarni ishlab chiqish hamda vazirlik va idoralar xodimlarini ulardan foydalanishga oʻrgatishni tashkil qilish.

2023-yil aprel — sentabr

3. Milliy va tarmoq strategiyalari, shu jumladan “yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayoni toʻgʻrisidagi prognozlarni tayyorlash va doimiy yangilab borish.

2023-yil dekabr

(har yili dekabrda)

53.

“Yashil” iqtisodiyot boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish va boshqarishni takomillashtirish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga doir maʼlumotlarni yigʻish usullari va boshqaruv jarayonlari toʻgʻrisida mavjud mahalliy va xalqaro tajribani oʻrganish asosida taklif tayyorlash.

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor tashkilotlar

2. Maʼlumotlar boʻyicha kamchiliklarni toʻldirish va uslubiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga doir maʼlumotlar bazasini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

3. Turli tashkilotlarning tegishli manbalarini birlashtiruvchi maʼlumotlar bazasini yaratish.

2023-yil dekabr

54.

Milliy miqyosda issiqxona gazlari ajratmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi (MRV) tizimi (shaffof tizim)ni yaratish va rivojlantirish.

1. Oʻzbekistonning MRV tizimini BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi asosiy konvensiyasidagi standartlar va ilgʻor tajribaga mos holatga keltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Issiqxona gazlari ajratmalarini inventarizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalarni ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

3. Asosiy hamkorlar bilan birgalikda issiqxona gazlari ajratmalarini hisoblash.

2023-yil dekabr

4. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish toʻgʻrisidagi hisobotlarini oʻz ichiga oluvchi milliy axborotnomalar chop etish.

2024-yildan boshlab

55.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining “yashil” iqtisodiyot toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

1. “Yashil” iqtisodiyot boʻyicha asosiy maʼlumotlar, bilimlar va hisobotlarni shakllantirish va erkin foydalanish uchun ularni “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga joylab borish.

2. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati tashkilotlariga iqtisodiyot va atrof-muhitni boshqarish boʻyicha soʻrovlar/talablar bilan murojaat qilish imkonini beruvchi axborot soʻrov tizimini yaratish.

Maʼlumotlarni chop etish

2024-yil fevraldan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzgidromet

56.

“Yashil” oʻsish boʻyicha davlat siyosatini davriy baholashdan oʻtkazish.

1. Erishilgan yutuqlarni va asosiy muammolarni tahlil qilish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan sohalarni aniqlash uchun “yashil” iqtisodiyotning strategik doiralarini oʻrta muddatli baholashdan oʻtkazish.

“Yashil” oʻsish siyosatini baholash hisoboti

2026-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzgidromet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dastlabki natijalarni mustaqil ekspertlarga, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga taqdim etish, ularning fikr-mulohazalarini yigʻish va hisobga olish.

2026-yil sentabr

3. Baholashning yakuniy natijalarini eʼlon qilish.

2026-yil noyabr

57.

“Yashil” oʻsish masalalarida xalqaro hamkorlikni hamda xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish.

1. “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasi doirasida “yashil” oʻsish masalalari boʻyicha fikr almashish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2024-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Transchegaraviy resurslarni boshqarish va iqlim masalalari boʻyicha milliy va xalqaro hamkorlarni (hukumatlar va boshqalar) jalb qilish.

2023 — 2030-yillar

3. Vazirlik huzurida tashkil etilgan “yashil” xab doirasida “yashil” oʻsish masalalarida xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy maslahatlashuvini tashkil etish.

2023-yil maydan boshlab doimiy

58.

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlariga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash va “yashil” iqtisodiyot masalalari boʻyicha tuzilmalarni tashkil etish.

1. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot vazifasini yuklash boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarni belgilash.

Idoraviy hujjat

2023-yil yanvar

3. “Yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birligi doirasida mutaxassislar bilan toʻldirish.

Idoraviy hujjat

2023-yil yanvar

4. “Yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarning yil yakunlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab har yilning dekabrida

9. Tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini koʻpaytirish

59.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun zarur boʻlgan infratuzilmaga yetarli hajmdagi davlat mablagʻlarini yoʻnaltirish.

1.”Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan milliy rivojlanish rejalari va tarmoq rejalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yirik yangi investitsiya loyihalari qiymatini hisoblash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Vakolatlarni “yashil” iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlariga moslashtirish uchun mavjud va kelgusi moliyalashtirish vositalarini (masalan, Davlat investitsiya rejasi, OʻTTJ, DK) xaritalarga solish va tahlil qilish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil iyul

3. “Yashil” iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini baholash uslubi asosida investitsiya loyihalarini tanlashning standartlashtirilgan “yashil” mezonlarini belgilash.

“Yashil” mezonlar

2023-yil sentabr

4. “Yashil” davlat investitsiyalarini oʻsish tendensiyasiga chiqarish uchun oʻrta muddatli budjet loyihasi va davlat investitsiya rejasini muvofiqlashtirish.

Oʻrta muddatli budjet loyihasi

2024-yildan boshlab har yili

5. Qolgan ehtiyojlar va boʻshliqlarni aniqlash uchun barcha moliyalashtirish vositalari boʻyicha “yashil” investitsiyalarning hajmi, tarkibi va xarakterini yagona yillik hisobotda birlashtirish.

Yillik hisobot

2024-yildan boshlab har yili

60.

Qazilma yoqilgʻilari tarmogʻini subsidiyalash va qoʻllab-quvvatlash choralarini bosqichma-bosqich kamaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qazilma yoqilgʻilari tarmogʻini subsidiyalashni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qazilma yoqilgʻilari tarmogʻini qoʻllab-quvvatlaydigan va uni “yashil” energiya bilan taqqoslaganda sunʼiy ravishda raqobatbardosh qiladigan davlat subsidiyalari va ragʻbatlantirish choralarini xatlovdan oʻtkazish;

subsidiya va qoʻllab-quvvatlashni bosqichma-bosqich kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda uni iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar bilan uygʻunlashtirish;

chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish va uning bajarilishi toʻgʻrisida Idoralararo kengashga maʼlumot kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Soliq yukini korxonalar va uy xoʻjaliklaridan atrof-muhitning ifloslanishiga va resurslarning ortiqcha sarflanishiga olib keladigan faoliyatlarga oʻtkazish.

1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning maqsadlari va ustuvorliklaridan kelib chiqib, amaldagi soliq tizimini tahlil qilish hamda soliq qonunchiligiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Daromadni oshirish salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri, amalga oshirish usullarini batafsil aniqlash maqsadida “Yashil” soliq, shu jumladan uglerod soligʻi boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni oʻrganish hamda takomillashtirish.

2023-yil dekabr

62.

Atrof-muhit ifloslanishi uchun belgilangan toʻlovlar tizimini qayta koʻrib chiqish.

1. Xususiy sektorga boʻlgan toʻlovlar yukini kamaytirish va “yashil” texnologiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi takliflarni quyidagilarni qamrab olgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

atrof-muhitni ifloslanishi uchun belgilangan toʻlovlar tizimini ularning ishlashi, samaradorligi va milliy “yashil” iqtisodiyot maqsadlariga va xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish, bunda toʻlovlar tizimini xususiy sektor uchun qulayroq qilish, “yashil” texnologiyalarni joriy etishni koʻproq ragʻbatlantirish;

toʻlovlar tizimini isloh qilish, shu jumladan uning ishlashini osonlashtirish va talablarga rioya qilish choralarini maqbullashtirish (avtomatlashtirish, maʼmuriy jarayonlarni soddalashtirish).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yangi tizimni joriy qilish.

2024-yil yanvar

63.

Soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va taʼsirini baholash va eʼlon qilib borish.

1. “Yashil” budjetlashtirish milliy metodologiyasi bilan birga pilot loyihalarni amalga oshirish va toʻliq joriy qilish boʻyicha “yoʻl xarita”ni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yashil” budjetlashtirish milliy metodologiyasini tegishli sohalarda, maqsadlarda va budjet komponentlari boʻyicha tajriba-sinovidan oʻtkazish hamda natijalari toʻgʻrisida maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va jamoatchilikka eʼlon qilish.

2023-yil sentabr

3. “Yashil” iqtisodiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq ravishda “yashil” budjetlashtirish metodologiyasini boshqa sohalarga, maqsadlarga va budjet komponentlariga tatbiq etish.

2024-yildan boshlab

4. Ochiq budjet portali vositasida aholining “yashil” budjet moliyalashtirishi toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.

2023 — 2030-yillar

64.

Barqaror mezonlar asosida xaridlar boʻyicha qarorlarni asoslash uchun “yashil” davlat xaridlarini joriy etish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

barqaror davlat xaridlarini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi va “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi maqsadlariga muvofiq boʻlgan barqaror davlat xaridlari siyosatining ustuvorliklarini oʻz ichiga oluvchi davlat xaridlarini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tajriba-sinovlari oʻtkaziladigan pudratchi tashkilotlar ishtirokida barqaror davlat xaridlari boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek “yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish uchun ularning salohiyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur sohadagi “yashil” davlat xaridlari ulushi va rivojlanishi boʻyicha har yili hisobot berib borish.

Yillik hisobot

2024-yildan boshlab

65.

“Yashil” obligatsiyalar orqali “yashil” infratuzilma uchun xususiy kapitalni jalb qilish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi “yashil” infratuzilma uchun xususiy kapitalni jalb qilishni kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“yashil” turdagi faoliyatni tasniflash uchun milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish;

davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan “yashil” obligatsiyalar chiqarishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Emitent tashkilotlarni “yashil” obligatsiyalar tarkibini ishlab chiqishda, tashqi sertifikat olishda hamda taʼsir va daromadlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni nashr etishda qoʻllab-quvvatlash.

Salohiyatni oshirish chora-tadbirlari

2024-yildan boshlab

66.

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, xalqaro uglerod savdosi orqali moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish.

Quyidagilarni qamrab oluvchi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Parij bitimining 6-moddasi talablarini bajarish boʻyicha masʼul milliy organ va idoralararo guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish;

xalqaro uglerod savdosi boʻyicha milliy dastur ishlab chiqish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

Parij bitimining 6-moddasi asosida xalqaro uglerod savdosi avtorizatsiyasi, transferi va natijalari boʻyicha hisobot tayyorlashning institutsional tartibini ishlab chiqish;

Xalqaro miqyosda transfer qilingan taʼsirni kamaytirish (ITMO) tranzaksiyalari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash hamda oʻrnatilgan miqdordan ortiq sotuv holatlarini bartaraf etuvchi sotuvni boshqarish tartibini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

67.

Davlat ishtirokidagi korxonalarni “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda peshqadamlarga aylantirish.

1. Quyidagilarni qamrab oluvchi “yashil” maqsadlarni korporativ, direktorlar kengashi va loyihalar portfeli darajalarida integratsiyalashni koʻzda tutuvchi davlat korxonalarini barqaror rivojlantirish boʻyicha milliy dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalarning tegishli boshqaruv organlarida SDG, CSR, ESG tamoyillarini joriy etish;

ISO14000 Atrof-muhitni muhofaza qilish standartlarini joriy qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqish;

korxonalarning yillik hisobotlarida, korxonaning nomoliyaviy hisobotlarida, jumladan yirik sanoat korxonalarida energo auditni joriy qilish, ekologik samaradorlik koʻrsatkichlarini davriy eʼlon qilib borishni nazarda tutuvchi boshqaruv siyosatini tasdiqlash va uni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barqaror rivojlanish amaliyoti, vositalari va standartlarini joriy etish boʻyicha pilot loyihalari amalga oshiriladigan davlat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat korxonalarini barqaror rivojlantirish boʻyicha maqsadli guruh faoliyatini tashkil qilish.

Salohiyatni oshirish chora-tadbirlari

2023-yil noyabrdan boshlab

3. Davlat boʻlgan aksiyadorning yillik hisobotini, shu jumladan moliyaviy va ekologik samaradorlik koʻrsatkichlarini davriy eʼlon qilib borish.

Yillik davlat portfolio hisoboti

2024-yildan boshlab

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona va tashkilotlar nomi

Kutilayotgan yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash koʻrsatkichlari

tabiiy gaz

(mln kub.m)

elektr energiyasi

(mln kVt.s)

neft mahsulotlari

(tonna)

JAMI:

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022 — 2026-yillar

shu jumladan

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

3 913,70

855,46

813,26

756,53

767,22

721,24

4 010,14

872,94

737,01

686,11

860,39

853,69

21 122,17

5 678,23

5 427,83

4 689,55

2 908,67

2 417,90

1.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

98,50

21,86

20,77

19,52

18,74

17,62

120,28

24,71

23,97

23,26

24,20

24,14

1 312,65

326,60

293,94

261,61

230,21

200,29

2.

“Oʻztransgaz” AJ

52,13

16,00

9,80

9,20

8,83

8,30

72,26

18,30

10,80

11,10

16,04

16,02

99,90

24,99

20,00

22,00

17,60

15,31

3.

“Hududgaztaʼminot” AJ

7,12

6,01

0,28

0,29

0,28

0,26

0,44

0,15

0,08

0,07

0,07

0,07

200,33

130,53

19,67

18,95

16,68

14,51

4.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

3 501,15

750,38

723,43

680,02

694,49

652,82

686,76

129,80

91,18

79,47

194,20

192,10

4 029,36

1 174,70

971,77

855,16

562,78

464,95

5.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

94,40

20,95

19,90

18,71

17,96

16,88

63,81

13,55

13,14

12,75

12,37

12,00

880,19

219,00

197,10

175,42

154,37

134,30

6.

“Navoiy KMK” AJ

7,19

1,09

1,20

2,18

1,37

1,34

141,81

35,49

29,74

24,29

26,17

26,12

6 274,35

1 922,19

1 963,38

1 415,71

553,50

419,57

7.

“Olmaliq KMK” AJ

17,32

6,21

7,10

1,40

1,34

1,26

95,00

34,20

14,10

7,60

19,57

19,53

4 760,98

1 094,30

1 116,20

1 149,70

762,98

637,80

8.

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

4,63

1,61

0,73

0,80

0,77

0,72

52,90

10,97

10,80

9,80

10,71

10,62

63,08

20,02

12,90

11,40

10,03

8,73

9.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ

0,77

0,10

0,10

0,20

0,19

0,18

0,72

0,05

0,18

0,17

0,17

0,16

40,19

8,30

8,73

9,50

7,30

6,35

10.

“Oʻzavtosanoat” AJ

4,59

0,61

0,66

1,16

1,11

1,05

24,51

7,62

4,55

4,24

4,11

3,99

493,80

121,30

121,70

94,80

83,42

72,58

11.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

0,45

0,10

0,10

0,09

0,09

0,08

2,07

0,44

0,43

0,41

0,40

0,39

63,48

15,80

14,22

12,65

11,13

9,69

12.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

0,06

0,014

0,01

0,01

0,01

0,01

2,07

0,44

0,43

0,41

0,40

0,39

3,22

0,80

0,72

0,64

0,56

0,49

13.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

87,19

22,40

21,28

15,20

14,59

13,72

80,40

25,20

11,40

10,00

17,50

16,30

765,53

192,40

171,00

152,00

133,76

116,37

14.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (issiqlik taʼminoti tashkilotlari)

25,77

5,30

5,30

5,30

5,09

4,78

12,60

2,52

2,52

2,52

2,52

2,52

9,29

2,00

2,00

2,00

1,76

1,53

15.

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

11,94

2,65

2,52

2,37

2,27

2,14

12,38

2,63

2,55

2,47

2,40

2,33

16.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

0,41

0,090

0,09

0,08

0,08

0,07

0,32

0,07

0,07

0,06

0,06

0,06

17.

“Oʻzdonmahsulot” AK

0,08

0,08

4,80

4,80

10,30

10,30

18.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

27,69

5,40

5,60

5,60

5,56

5,53

2 055,24

400,00

501,00

496,00

352,00

306,24

19.

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK

19,10

4,00

3,88

3,76

3,74

3,72

60,29

15,00

13,50

12,02

10,57

9,20

20.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

47,71

10,90

9,43

9,15

9,12

9,11

21.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

2 364,84

487,12

472,51

458,33

474,58

472,30

22.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

1,88

0,40

0,39

0,38

0,37

0,35

23.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

82,26

30,29

10,10

7,60

17,12

17,15

24.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

3,15

0,67

0,65

0,63

0,61

0,59

25.

Suv xoʻjaligi vazirligi

90,36

23,22

18,52

12,02

18,40

18,20

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Idoralararo kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Idoralararo kengash raisi oʻrinbosari

3.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

4.

I.Yu. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

5.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

6.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

9.

A.X. Kuldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

10.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

Sh.H. Daliyev

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi

13.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, Idoralararo kengash ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsish boʻyicha Donorlarning muvofiqlashtirish guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh hamrahbari

2.

Sh.Xodjayev

energetika vaziri oʻrinbosari, guruh hamrahbari

3.

Sh. Adrian

Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari

4.

M. Dimovska

BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili

5.

M. Mantovanelli

Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

6.

S. Malvichini

Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

7.

A. Drakinos

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

8.

V. Kaupin

Fransiya taraqqiyot agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

9.

A. Rassell

Global yashil oʻsish institutining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

10.

Sh. Umarov

BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

11.

Yo. Pudelka

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi mamlakat boʻyicha direktori

12.

Lavozimi boʻyicha

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

13.

Lavozimi boʻyicha

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

14.

Lavozimi boʻyicha

Yevropa investitsiya bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

15.

Lavozimi boʻyicha

BMT Atrof-muhit boʻyicha dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

16.

Lavozimi boʻyicha

BMT sanoatni rivojlantirish tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari

17.

Lavozimi boʻyicha

manfaatdor xorijiy tashkilotlarning vakolatxona rahbarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Muvofiqlashtirish guruhi ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-525-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Idoralararo kengash
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Idoralararo kengash rahbari

2.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri, Idoralararo kengash rahbari oʻrinbosari

3.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo kengash rahbari oʻrinbosari

4.

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri oʻrinbosari

5.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

Sh.S. Xidoyatov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

7.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

A.B. Voitov

qishloq xoʻjaligi vaziri

9.

N.N. Oblomurodov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

10.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori

11.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

12.

F.M. Abduraxmanov

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

13.

M.R. Abdullayev

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

14.

N.T. Agzamov

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

15.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

16.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

17.

D.E. Mannonov

“Fargʻonaazot” AJ boshqaruvi raisi

18.

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Idoralararo kengash kotibiyati rahbari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Idoralararo kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kotibiyati
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Departamenti direktori, Kotibiyat rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

3.

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi

8.

Lavozimi boʻyicha

Gidrometeorologiya xizmati markazi boshqarma boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kotibiyat aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3012-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4422-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning uchinchi xatboshisi va 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “D” toifadagi” soʻzlari “B” va undan quyi toifadagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “D” soʻzi “B” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 4a-ilovaning nomidagi “D” soʻzi “B” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4477-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning “b” kichik bandi va 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “iqtisodiyot va sanoat vaziriga (B.A. Xodjayev)” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “(A.S. Sultanov)”, beshinchi xatboshidagi “(J.A. Xodjayev)”, oltinchi xatboshidagi “(Sh.R. Xamrayev)” va “(M.X. Saliyev)”, yettinchi xatboshidagi “(B.T. Qoʻchqorov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oʻrmon fondi zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 78-son qaroriga ilovaning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 06.06.2024-y., 07/24/213/0407-son, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)