Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.1995 07.10.1992 yildagi PF-477-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XO‘JALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKO‘L TERI SOTILIShINI TA’MINLOVChI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKA VA VILOYAT ASSOTSIATSIYALARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 17-maydagi PF-1157-son “Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l teri sotilishini ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalarini tugatish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hukumatining qarorlariga muvofiq xo‘jaliklarning ixtiyorida qoldiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotining bir qismini sotishda ularga amaliy yordam berish, kolxoz va sovxozlarni iste’molchilar va mahsulot sotiladigan bozorni izlashdek o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifadan xalos etish, shuningdek bunda ko‘pdan ko‘psuiiste’mollarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonlarida va respublika hukumatining qarorlarida belgilangan hajmda xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, qorako‘l teri va jun sotilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat assotsiatsiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi respublikaning bir qancha xo‘jaliklari taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
assotsiatsiya yuridik shaxs bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda ko‘rsatilgan mahsulot turlarini yetishtiruvchi kolxozlar, sovxozlar, dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar ixtiyoriy va teng huquqli asosda assotsiatsiyaning a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Assotsiatsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, qorako‘l teri va jun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ajratadigan me’yorlar asosida erkin narxlarda sotilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga yetkazib berish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan litsenziyalar olinishi va hujjatlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar assotsiatsiya faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naf keltiradigan sheriklarni izlash, tuzilgan shartnomalarning yuksak samaradorligini hamda mazkur mahsulotlarni xo‘jaliklarning mehnat jamoalari manfaatlarini ko‘zlab sotish maqsadida ichki va tashqi bozorlardagi konyunkturani va belgilaydigan narxlarni o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklarning moliyaviy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’molchilari bilan o‘zaro manfaatli bevosita aloqalar o‘rnatishda kolxozlar, sovxozlarga va dehqon xo‘jaliklariga tijorat-vositachilik xizmati ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki, O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki hamda boshqa tijorat banklari tashkil etilayotgan assotsiatsiyalarning hisoblari o‘z vaqtida ochilishini va so‘mda ham, valyutada ham pul mablag‘lari hisobga o‘tkazilishini ta’minlasinlar, belgilangan tartibda zarur kreditlar ajratib bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat assotsiatsiyalarining faoliyatini tashkil etishga doir qaror qabul qilsin hamda ularning namunali tuzilmasi va bir xildagi Ustavini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-477-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 449-modda)