Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.1995 17.10.1992 yildagi 479-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XO‘JALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKO‘L TERINI SOTIShNI TA’MINLOVChI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKA VA VILOYaT UYuShMALARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-maydagi 171-sonli “Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini sotishni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalarini tugatish masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini sotishni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 7-oktabrdagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik hisobidagi vositachi-sotuvchi tashkilot bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda uyushmaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy ustaviga amal qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar bilan o‘z munosabatlarini ixtiyoriy ravishda, shartnomaviy va o‘zaro manfaatli asosda yuritadilar, o‘z zimmalariga yuklangan vazifalar hamda yumushlarning bajarilishi uchun jamoa, davlat va dehqon xo‘jaliklari hamda uyushma tarkibiga kirgan boshqa korxonalar va tashkilotlar, shuningdek viloyat hokimiyati oldida javobgar bo‘ladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) tartibga muvofiq jamoa, davlat va dehqon xo‘jaliklarining ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini sotishda ularga vositachilik xizmati ko‘rsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zboshyengilta’minotsotish” bilan birgalikda ichki va tashqi bozorlarda ana shu mahsulot turlariga bo‘lgan bozor konyunkturasini o‘rganadilar, mazkur mahsulotlarni eksportga chiqarish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali litsenziyalarni rasmiylashtiradilar hamda Vazirlar Mahkamasi ajratgan kvotalar asosida ularning MDH hududida sotilishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida ko‘rsatilgan mahsulot turlarini sotish yuzasidan har oyda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga va “O‘zboshyengilta’minotsotish”ga belgilangan hisobotni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muassislarning umumiy yig‘ilishi uyushmaning yuqori organi hisoblanib, uni boshqaruv saylaydi. Boshqarish apparatining tuzilmasi va xodimlari sonini, xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimini uyushma boshqaruvi belgilaydi va tasdiqlaydi. Boshqaruv huzuridagi apparat uning xo‘jalik hisobidagi faoliyati evaziga saqlanadi. Uyushmaning Namunaviy ustavi va tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarish xodimlariga necha kishi ajratish to‘g‘risidagi masalani hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosari viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan uyushma muassislarining yig‘ilishida saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimlari tashkil etilgan uyushmalarni joylashtirish, ularni telefon va teletayp aloqasi, mebel, asbob-uskunalar, tashkiliy texnika, avtotransport bilan ta’minlash masalasini hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘rta Osiyo temir yo‘l Boshqarmasi (o‘rtoq Jeltouxov) va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi (o‘rtoq Axmetov) 1992-yil 7-oktabrdagi 477-son Farmonning va ushbu qarorning talablarini qat’iy bajara borib, uyushmalarning talabnomalari bo‘yicha transport vositalari ajratishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish, o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Uning amalga oshirilishi yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui majlisida ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 17-oktabr 479-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini sotishni ta’minlovchi viloyat Qoraqalpog‘iston respublika uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l teri sotilishini ta’minlovchi viloyat (Qoraqalpog‘iston respublika) uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini sotishni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 7-oktabrdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining ushbu masalaga doir 1992-yil 17-oktabrdagi 479-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtiyoriylik asosida tashkil qilingan uyushma tijorat-vositachilik tashkiloti bo‘lib, o‘z faoliyatini ushbu Ustav asosida, to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash qoidalari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning daromadlari shartnoma va bitim asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda undirib olinadigan mablag‘lar hisobiga hosil bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandda ko‘rsatilgan mahsulot turlarini yetishtiruvchi jamoa, davlat va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar mutlaqo ixtiyoriylik va tenghuquqlilik asosida uyushmaning a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uyushma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari chiqargan boshqa me’yoriy hujjatlarga, ushbu Ustavga, uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi va uning boshqaruvi qabul qilgan qarorlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushma faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda sotish uchun qoldiriladigan, paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilanganidek va respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) mazkur mahsulotlarni sotish tartibiga muvofiq ularni erkin narxlar bilan sotishda jamoa va davlat xo‘jaliklariga hamda boshqa shu xildagi mahsulotlar yetishtiruvchilarga tijorat-vositachilik xizmati ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida ko‘rsatilgan turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtruvchilarni birlashtirish va mazkur mahsulotlarni samarali tarzda, naf ko‘rib sotish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, xo‘jaliklarga zarur mollarni sotib olishda ko‘maklashish va shu asosda jamoa hamda davlat xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini topshirish chog‘ida xo‘jaliklarning manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zboshyengilta’minotsotish” bilan birgalikda tuziladigan shartnomalar va bitimlarning xo‘jaliklar va umuman respublika uchun eng ko‘p naf keltiradigan tarzda samarali bo‘lishi maqsadida ichki hamda tashqi bozorlardagi konyunkturani va ushbu mahsulot turlariga narx belgilanishini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning mazkur turlarini MDH davlatlariga va Boltiq-bo‘yi davlatlariga olib chiqib ketish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasida kvotani hamda ajratilgan kvotalar hajmida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali eksportga litsenziyalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi, qorako‘l teri, jun va pilla yetishtirish bo‘yicha hamda shu mahsulotlar belgilangan topshiriqdan tashqari mintaqada qancha tayyorlanganligi va belgilangan topshiriqning 15 foizi hajmidagi paxta tolasi, qorako‘l teri, jun hamda belgilangan topshiriqning 25 foizi hajmidagi pilla mavjudligi bo‘yicha yagona hisob-kitob va hisobotni yuritish (respublika Hukumatining qaroriga binoan foiz nisbatlari o‘zgartirilishi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining mazkur turlarini yetishtirish, yetkazib berish hamda ularning qoldiqlari bo‘yicha har oyda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga va “O‘zboshyengilta’minotsotish”ga hisobot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklarga hujjatlarni rasmiylashtirish va mazkur qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’molchilar bilan bevosita o‘zaro manfaatli xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish borasida har xil tijorat-vositachilik xizmatlari ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushma o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga shu mahsulotlarning Hukumat qarorlariga binoan ularda qoldiriladigan qismini sotishda amaliy yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa, davlat va dehqon xo‘jaliklarida mustaqil sotish uchun qoldiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l terini erkin narxlar bilan sotishda ularga tijorat-vositachilik xizmatlari ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zboshyengilta’minotsotish” bilan birgalikda tuziladigan shartnomalarning xo‘jaliklar va umuman respublika uchun eng ko‘p naf keltiradigan tarzda samarali bo‘lishi maqsadida ichki va tashqi bozorlardagi konyunkturani hamda paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l teriga narx belgilanishini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mahsulot turlarining iste’molchilarini izlaydi, ular bilan respublika xo‘jaliklari tomonidan shu mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar va bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l vagonlariga doir yillik, yil choragi uchun va oylik rejalar va talabnomalarni rejalashtirish hamda ularni O‘rta Osiyo temir yo‘l Boshqarmasiga taqdim etishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnoma va bitimlarga muvofiq ushbu mahsulot turlarini yetkazib berish to‘g‘risida xo‘jaliklarga ko‘rsatma beradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) tartibga muvofiq mintaqadagi xo‘jaliklarda ushbu mahsulot turlarini yetishtirish bo‘yicha hamda belgilangan topshiriqdan tashqari tayyorlangan mahsulotning, belgilangan topshiriqning 15 foizi hajmidagi paxta tolasi, qorako‘l teri, jun va belgilangan topshiriqning 25 foizi hajmidagi pillaning mavjudligi bo‘yicha yagona hisob-kitob yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda sotish uchun xo‘jaliklarda qoldiriladigan mahsulotlar bo‘yicha davlat, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda xo‘jaliklarning manfaatlarini himoya qiladi hamda mahsulot yetishtirish va sotish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ana shu tashkilotlarda xo‘jaliklarning vakili bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’molchilari bilan bevosita o‘zaro manfaatli xo‘jalik aloqalarini rivojlantirishda shartnoma asosida xo‘jaliklarga turli vositachilik va huquqiy xizmatlar ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning mazkur turlarini MDH davlatlariga va Boltiq-bo‘yi davlatlariga yetkazib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasida kvotalarni hamda ajratilgan kvotalar hajmida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali litsenziyalarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birkitilgan mahsulot turlari bo‘yicha to‘la miqyosli marketing ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, MDH mintaqalari, boshqa davlatlar va xorijiy firmalarning ta’minot-sotish, tijorat-vositachilik tashkilotlari, birlashmalari va korxonalari bilan bevosita amaliy aloqalar o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, foydaning va xo‘jalik hisobi daromadining ko‘payishiga imkon beradigan xo‘jalik hisobini, shartnomaviy, moliyaviy va hisob-kitob intizomini mustahkamlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining moddiy-texnika negizini rivojlantirish va mustahkamlashni, asosiy jamg‘armalardan, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni yaxshilashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va boshqarishni ilmiy tashkil qilishni joriy etadi, mehnat samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, zamonaviy hisob texnikasini qo‘llangan holda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini vujudga keltiradi; uyushma tizimi uchun malakali kadrlar tanlash masalalarini shartnoma asosida hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lar hisobiga omborxonalar, uy-joylar, ijtimoiy-madaniy va maishiy soha inshootlari barpo etadi, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha kapital qurilish ishlarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda markazlashtirilgan moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil qiladi hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul va moddiy boyliklarning saqlanishini, yetkazilgan zararning undirilishini, tejamkorlik rejimiga rioya etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida qaror topgan xo‘jalik aloqalarinn takomillashtiradi hamda shunday oqilona aloqalarni tashkil etish borasidagi tadbirlarni amalga oshiradi, bunda talabnomalar va uzoq muddatli shartnomalar asosida uzoqqa cho‘ziladigan bevosita aloqalarni faol kengaytirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uyushmaning faoliyatiga uyushmaning boshqaruv raisi boshchiligidagi boshqaruvi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosari viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan uyushma muassislarining yig‘ilishida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma boshqaruvi raisdan, rais o‘rinbosaridan va xo‘jaliklarning vakillaridan iborat bo‘ladi. Uyushma boshqaruvining a’zolari uyushmaning umumiy yig‘ilishida saylanadilar va uning boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uyushma boshqaruvining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, boshqaruv raisi o‘rinbosarining, uyushma bo‘limlari rahbarlarining o‘zlari mutasaddilik qilayotgan uyushma faoliyati masalalari bo‘yicha ishlarning ahvoli uchun mas’uliyat darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda boshqa tashkilotlar, uyushmalar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma nomidan ishonchnomalar beradi, amaldagi qonunlarga muvofiq uyushmaning mulki va mablag‘larini tasarruf qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar va bitimlarni uyushma nomidan imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uyushma markaziy apparatining tuzilmasi, lavozimlar ro‘yxati, xodimlarning maosh va stavka miqdorlari, mukofotlash, mukofot pullari to‘lash to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zbekiston Respublikasining korxonalari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik Asoslarining 5-moddasiga muvofiq uyushma boshqaruvining raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda uning xo‘jalik hisobi asosidagi faoliyati hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uyushma O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 17-oktabrdagi 479-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi, jun va qorako‘l teri xarid qiluvchi va yetkazib beruvchi viloyat (Qoraqalpog‘iston respublika) uyushmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш