Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2025 23.03.2023 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli ““Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning yoki ularning vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash bo‘yicha arizalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi elektron onlayn-auksion orqali sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning vakolatli organlardan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik to‘lovni ajratish to‘g‘risidagi ariza natijalari ariza beruvchilarga elektron shaklda yuborilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan nogironligi bo‘lgan shaxsga va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaga (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi va moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli toifadagi shaxslarning murojaatlarini tumanlarda (shaharlarda) tashkil etiladigan Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini shakllantirish va yuritish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 566-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2023-y., 09/23/566/0801-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan tegishlicha mazkur jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish, shuningdek, sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish jarayonlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ma’lumotlar bazalarining axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish komissiyasi tarkibining tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalar yoki ularning vakillari (imtiyozli toifadagi shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — yer uchastkasini sotib olish bo‘yicha auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan imtiyozli toifadagi shaxsning bunday auksionga kirish (qatnashish) imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish (keyingi o‘rinlarda — bir martalik to‘lov) — imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan ushbu jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya — tumanda (shaharda) nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan hamda tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan tegishlicha mazkur jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi bir martalik to‘lovni olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga o‘zi kelgan holda yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir martalik to‘lov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir martalik to‘lov har bir imtiyozli toifadagi shaxsga moliyaviy yordam sifatida bir marta to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining auksion orqali sotib olgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab uch oy ichida sotib olish bilan bog‘liq xarajatni qoplab berish yuzasidan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatdan (uch oy) kechikib berilgan so‘rovnomalar ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari Komissiya ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya ishchi organi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bir martalik to‘lovni amalga oshirish uchun imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi bo‘yicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilishining har qanday bosqichida bir martalik to‘lov olishni rad etish huquqiga ega. Ariza beruvchi bir martalik to‘lov olishni rad etganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya ishchi organi hisobot oyining 20-sanasiga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik to‘lov yuzasidan so‘rovnoma yuborgan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakil tomonidan murojaat etilganda vakillikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik to‘lov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning so‘rovnomalarini komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya hisobot oyining 25-sanasiga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtiyozli toifadagi shaxslarning ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli toifadagi shaxslarning o‘n ikki oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi mezoniga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning nogironlik holati tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs borligi tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imtiyozli toifadagi shaxslar uchun bir martalik to‘lovni moliyalashtirish manbai quyidagi tartibda aniqlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan imtiyozli toifadagi shaxslarni muvofiqligi bo‘yicha ulardan biriga kiritish choralarini ko‘radi hamda mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”dan biriga kiritilishi lozim bo‘lgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizalarini ko‘rib chiqish keyingi hisobot oyiga qadar kechiktirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘rganish jarayonida imtiyozli toifadagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlardan zarur ma’lumotlar so‘rab olinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish masalasini Komissiya a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqadi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan mablag‘lar ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini ko‘rsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘rganish natijalariga ko‘ra imtiyozli toifadagi shaxslarning ma’lumotlari bo‘yicha ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga nomuvofiqlik (shu jumladan, tegishli tashkilotlardan aniqlik kiritish maqsadida olingan ma’lumotlar asosida) aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan bir martalik to‘lovni ajratish rad etiladi hamda bu haqda bir ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnoma rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan holda rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik to‘lovni boshqa asoslar bo‘yicha ajratishni rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya tomonidan kiritilgan ro‘yxat asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hisobot oyining 30-sanasiga qadar tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari yoki xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qarori QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan shaklda rasmiylashtiriladi hamda shu kunning o‘zida Komissiya ishchi organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organi bir ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qarorni YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yoki o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, qog‘oz shaklida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (shahar) hokimligi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashi yoki xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga muvofiq besh ish kunida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari asosida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya bir ish kunida bir martalik to‘lov o‘tkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga YIDXP orqali ularning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi yoki axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya doimiy faoliyat yuritadi hamda uning a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining topshiriqlariga asosan uning a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ish yurituvini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yig‘ilishlari uning a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yig‘ilishlari videokonferensaloqa shaklida ham o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu Nizom talablarining ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ariza beruvchi bir martalik to‘lovni ajratishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu Nizom doirasida ajratilgan mablag‘lar maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimi, komissiya raisi

2.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari

4.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari

5.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i

7.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i

8.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimligining turar joylar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

9.

Lavozimiga ko‘ra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i

10.

Lavozimiga ko‘ra

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i

11.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlaridan mas’ul xodim, komissiya mas’ul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan shaxs va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning a’zosi yoki vakillari ularning (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar)

Elektron onlayn-auksion vositasi orqali sotib olingan yer uchastkasi xarajatlarini qoplab berish yuzasidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlariga — Komissiya ishchi organiga yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra uch oy ichida

2-bosqich

Komissiya ishchi organi

Bir martalik to‘lov yuzasidan so‘rovnoma yuborgan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi;

vakil tomonidan murojaat etilganda, vakillikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi;

bir martalik to‘lov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning so‘rovnomalarini Komissiyaga taqdim etadi.

Har oyning 20-sanasiga qadar

3-bosqich

Komissiya

Ro‘yxat bo‘yicha imtiyozli toifadagi shaxslarning mezonlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi hamda moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.

Bir martalik to‘lovni ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini ko‘rsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.

Har oyning 25-sanasiga qadar

4-bosqich

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida navbatdagi yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.

Ariza beruvchilar ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, ularga bir martalik to‘lov ajratish to‘g‘risida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi va shu kunning o‘zida Komissiya ishchi organiga yuboradi.

Har oyning 30-sanasiga qadar

5-bosqich

Komissiya ishchi organi

Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qarorni YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yoki o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, qog‘oz shaklida yuboradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining Vasiylik kengashlari hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarorlariga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov ularning bank plastik hisobvarag‘iga o‘tkazilishini ta’minlaydi.

5 ish kunida

7-bosqich

Komissiya

Bir martalik to‘lov o‘tkazib berilgani haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga YIDXP orqali ularning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi yoki axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1.

F.I.O:

2.

JSHSHIR:

3.

O‘zining yoki oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxsning JSHSHIRi:

4.

Hudud nomi (viloyat):

5.

Tuman (shahar) nomi:

6.

MFY (QFY) nomi:

7.

Elektron onlayn-auksion orqali sotib olingan yer uchastkasining narxi:

8.

Bank plastik karta hisobvarag‘i (karta raqami va amal qilish muddati):

9.

Bog‘lanish uchun telefon raqami:

10.

Vakillikni tasdiqlovchi hujjat (vakil tomonidan murojaat etilganda)

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 566-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2023-y., 09/23/566/0801-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2023-y., 09/23/122/0166-son; 28.10.2023-y., 09/23/566/0801-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)