15.10.2020 yildagi O‘RQ-641-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muloqot — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosidan, taktil muloqotdan, yirik shriftdan, qulay multimedia vositalaridan, xuddi shuningdek bosma materiallardan, audiovositalardan, odatiy tildan, shuningdek muloqotning kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari hamda shakllaridan, shu jumladan qulay axborot-kommunikatsiya texnologiyasidan foydalanish;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgisiga koʻra kamsitish — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada oʻzgalar bilan nogironligi boʻlgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini eʼtirof etishni yoki roʻyobga chiqarishni inkor qilishdan iborat boʻlgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qoʻyish, istisno etish, chetlatish, cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng toʻliq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish — hayot faoliyatiga doir cheklovlarni yengib oʻtish, ularning oʻrnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlarni taʼminlaydigan hamda ularga jamiyat va davlat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari — nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatlarini taʼminlash maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqilona moslashtirish — nogironligi boʻlgan shaxslarning boshqalar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishi uchun aniq bir holatda tuzatishlar kiritish;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez-ortopediya moslamalari — yoʻq boʻlgan qoʻl-oyoqlarning yoki tana boshqa qismlarining oʻrnini bosish uchun moʻljallangan, organizmning buzilgan yoki yoʻqolgan funksiyalarini kompensatsiya qiluvchi moslamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotarjima — biror-bir tildan daktil alifbosi yordamida va (yoki) imo-ishora tilida tarjima qilish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surdotexnika vositalari — eshitishdagi nuqsonlarni tuzatish va kompensatsiya qilish uchun texnik vositalar, shu jumladan aloqani va axborot uzatishni kuchaytiruvchi vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — tekshiruvdan oʻtkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik maʼlumotlarini kompleks baholash asosida uning sogʻligʻi yoʻqolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turgʻun buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiflotexnika vositalari — nogironligi boʻlgan shaxslarning koʻrishidagi nuqsoni natijasida yoʻqolgan imkoniyatlarini tiklash va kompensatsiya qilishga qaratilgan vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs hayot faoliyatining cheklanganligi — shaxsning oʻziga oʻzi xizmat qilish, harakatlanish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek oʻqish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini toʻliq yoxud qisman yoʻqotganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va oʻz individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va xizmatlarning qulayligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat va davlatning hayotiga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish nogironligi boʻlgan shaxslarning va ular oilalarining huquq va erkinliklarini boshqa fuqarolar bilan teng ravishda himoya qilish hamda amalga oshirish kafolatlarini belgilash orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qoʻyish, istisno etish, chetlatish, cheklash yoki afzal koʻrish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun imkoniyatlar tengligini taʼminlashga hamda ularni jamiyat va davlat hayotiga jalb etishga qaratilgan maxsus choralar boshqa fuqarolarga nisbatan kamsituvchi choralar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi ular uchun obyektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, sogʻliqni saqlashdan, taʼlimdan, ishga joylashishdan, shuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan foydalanish kafolatlarini yaratishga hamda ulardan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Nogironligi boʻlgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va oʻz individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalar boshqa bolalar bilan teng ravishda insonning barcha huquq va erkinliklaridan toʻliq hajmda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalarni har tomonlama va uygʻun rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini, mehnatga boʻlgan qiziqishiga koʻmaklashish, taʼlimga, ilm-fanga, texnikaga, sanʼat va sportga jalb etish maqsadida nogironligi boʻlgan bolalar manfaatlarining ustunligi ularga nisbatan bajariladigan barcha harakatlarda ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar va xizmatlarning qulayligi nogironligi boʻlgan shaxslarning binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan, shuningdek boshqa obyektlardan va aholiga koʻrsatiladigan xizmatlardan oʻzga fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlarni, boshqa aholi punktlarini rejalashtirishga va qurishga, turar joy va rekreatsiya zonalarini shakllantirishga, yangi qurilish uchun moʻljallangan loyiha yechimlarini ishlab chiqishga, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini rekonstruksiya qilishga, shuningdek umumiy foydalanishdagi transport vositalarini, axborotni hamda aloqa vositalarini ishlab chiqishga va ishlab chiqarishga mazkur obyektlarni nogironligi boʻlgan shaxslarning ulardan moneliksiz foydalanishi uchun moslashtirmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishini har tomonlama ragʻbatlantirish hamda cheklovlarning har qanday shakllariga yoʻl qoʻymaslik orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotiga jalb etishni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini boshqa fuqarolar bilan teng ravishda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish masalalari boʻyicha jamiyatda maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;
(11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning inklyuziv taʼlim (maktabgacha, qoʻshimcha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim) olish imkoniyatini taʼminlash;
(11-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini taʼminlaydi;
(12-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga doir faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha xizmatlarning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini taʼminlaydi;
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini hamda mutaxassislar tayyorlanishini moliyalashtiradi va tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha statsionar muassasalar tarmogʻini rivojlantirishga doir choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining, nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish statsionar muassasalarining, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining hamda sanatoriy-kurort muassasalarining tarmogʻini yaratadi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tashkilotlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sogʻliqni saqlash tizimining ambulatoriya va statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tiklash terapiyasi boʻlimlarining tarmogʻini yaratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini tasdiqlaydi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(14-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini taʼminlaydi;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini taʼminlashga doir hududiy dasturlarni shakllantiradi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini shakllantiradi va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi.
(14-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu Qonunning qoidalari bajarilishini taʼminlashga qaratilgan kelishilgan saʼy-harakatlarni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tarkibiga nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish oʻz vakolatiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta rais tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga doir faoliyatni amalga oshirish chogʻida davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy, uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning boshqa fuqarolar bilan teng ravishda binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda tizimlaridan, shuningdek boshqa obyektlardan va aholiga koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
(16-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga doir boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan takliflar kiritish;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishli ijtimoiy xizmat turlarini taqdim etish samaradorligini baholashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash ishida va majlislarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda sport, maʼrifiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan ishtirok etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi boʻlgan shaxslarning manfaatlariga daxldor qarorlarni tayyorlash hamda qabul qilishda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari va ularning vakolatli vakillari bilan hamkorlik qiladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalariga moddiy-texnik hamda moliyaviy yordam koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning tengligini taʼminlash va kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlik belgisi boʻyicha har qanday kamsitish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teng imkoniyatlarni taʼminlash va nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun davlat organlari nogironligi boʻlgan shaxslarning obyektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, sogʻliqni saqlashdan, taʼlimdan, ishga joylashishdan, shuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kamsitilishning barcha shakllaridan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy jihatdan teng ravishda va samarali himoya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat insonning asosiy huquqlari va erkinliklaridan foydalanish imkoniyatini berishda nogironligi boʻlgan shaxslarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tajovuzlardan himoya qilinish, oʻz shaxsiy hayoti, oilasi, uy-joyi yoki xat-xabarlari daxlsizligi, shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxsning shaxsi, sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oilaga va oila muhitiga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan bolalarning oilaga va oila muhitiga boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtiriladigan nogironligi boʻlgan bolalar sonini qisqartirish, ularning oilaviy sharoitlarda va nogironligi boʻlgan bolalarni joylashtirishning boshqa shakllari doirasida qarindoshlarini jalb etish hisobidan muqobil parvarish qilinishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarga moddiy, maslahatga oid va boshqacha tarzda yordam beradi hamda ularni qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqarolik va erkin harakatlanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar boshqa fuqarolar bilan teng ravishda fuqarolikni olish va oʻzgartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab erkin harakatlanish, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqiga ega, bundan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunchilikda belgilangan cheklovlar mustasno.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari nogironligi boʻlgan shaxslarni ularning yoshi, jinsi va nogironlik shaklini, shuningdek shaxsiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi qoʻllab-quvvatlash hamda xizmatlar koʻrsatish dasturlarining mavjudligi va qulayligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Uy-joyga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlaridan va maxsus dasturlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga va oʻz tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalarga uy-joyni qulay narxlar boʻyicha olish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan uy-joy olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish roʻyxatlarini shakllantirish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxslar va oʻz tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalar alohida roʻyxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlari va maxsus dasturlar doirasida imtiyozli shartlar asosida uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning va oʻz tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
(22-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga uy-joyni taqsimlashda imkoniyatga qarab, obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipiga rioya etilgan holda, ish joyiga, tibbiyot va reabilitatsiya muassasalariga yaqin boʻlgan uy-joy beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat uy-joy fondining koʻp kvartirali uylaridagi turar joylar ularning xohishiga koʻra pastki qavatlardan berilishi mumkin. Yuqori qavatlardagi kvartiralarga ega boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslar boʻsh turar joylar mavjud boʻlgan taqdirda ularni pastki qavatlarda joylashgan turar joylarga almashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga yoki oʻz tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalarga beriladigan turar joylar obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar egallab turgan turar joylar nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin harakatlanishi va foydalanishi uchun maxsus vositalar hamda moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Mazkur turar joylarni jihozlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning, shu jumladan oʻrindiqli aravachalardan hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomosha muassasalariga hamda boshqa muassasalarga) moneliksiz kirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini oqilona moslashtirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, jamoat binolari hamda inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat binolari hamda inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi uchun avtotransport saqlash joylarini maqbul miqdorda hamda oʻlchamda barpo etish boʻyicha choralar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarida liftlarni sotib olish hamda oʻrnatish chogʻida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli tashkilotlar liftlarning nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari uchun qulay boʻlishini va ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga moʻljallangan qurilish obyektlarini hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari davlat qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish qurilish loyihalarining majburiy qismidir. Binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir normalar va qoidalar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Transport vositalarining va yoʻl infratuzilmasining qulayligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining va yoʻl infratuzilmasining qulayligi aholiga transport xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar (tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar) tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportining maxsus vositalar bilan jihozlanishini, shu jumladan alohida joylar jihozlanishini, eshitish qobiliyati zaif boʻlganlar uchun axborot tablolari oʻrnatilishini hamda bekatlarning ovozli tarzda eʼlon qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va qishloq jamoat transporti vositalarining yoʻnalishlari hamda koʻrsatkichlari keskin farqlanuvchi rangdagi yirik harflar bilan tasvirlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi poyezdlarining vagonlari maxsus oʻrinlar bilan va perronlar, shuningdek temir yoʻl vokzallari maxsus mexanik panduslar bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash maydonchalarini shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash, shu jumladan ularga panduslar va tutqichlar oʻrnatish, transport vositasining kirish eshiklari oldidagi maydonchalarda taktil qoplamalarini qoʻllash, shuningdek elektron axborot tablolarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalar oʻtish joylari va chorrahalarini, koʻchalar hamda umumiy foydalanishdagi yoʻllarni nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorrahalarda tovushli va vizual signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarda va aerovokzallarda, yirik temir yoʻl stansiyalarida, shuningdek metroda nogironligi boʻlgan shaxslarni transport vositalarigacha kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus kutish joylarini jihozlash yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy transport vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Mehmonxona xonalarining qulayligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxonalarning mulkdorlari umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi, shuningdek eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot olish huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni keng omma uchun moʻljallangan, qulay formatlardagi va nogironlikning turli shakllari hisobga olingan texnologiyalardan foydalangan holda axborot bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat odamlar oʻrtasidagi muloqot vositalari sifatida imo-ishora tilidan, muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr tadbirlari va boshqa madaniy tadbirlarning ular uchun qulay formatlarda boʻlishini taʼminlaydi. Davlat telekanallarida yangiliklar koʻrsatuvlarining surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kommunikatsiyaning muqobil shakllaridan (Brayl harflaridan va ovozli shakllardan) foydalangan holda badiiy adabiyotlar, maktab darsliklari, boshqa didaktik materiallar va oʻqitish vositalari nashr etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlar oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgan axborot bilan qulay tarzda tanishish hamda xizmatlardan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan shaxslarga qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlar axborot-kommunikatsiya uskunalarining hamda axborot taʼminotining davlat xaridlariga davlat buyurtmasini amalga oshirishda nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari uchun qulaylik mezonlariga rioya etilishini hisobga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlar, zarur boʻlgan taqdirda, mazkur davlat organining yoki tashkilotning vakili va eshitishida nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxs oʻrtasidagi muloqotni taʼminlash uchun imo-ishora tili tarjimonini shartnoma boʻyicha yollaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Madaniy hayotda ishtirok etishga, dam olishga va sport bilan shugʻullanishga boʻlgan huquq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik hamda sport obyektlaridan va inshootlaridan, shuningdek dam olish obyektlaridan foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi uchun qulay boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik va sport obyektlari hamda inshootlaridan, shuningdek tashkilotning dam olish obyektlaridan foydalanishini taʼminlash maqsadida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning va ular oilalarining madaniy, sport hamda turistik tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan sheriklikda madaniy, sport va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati nogironligi boʻlgan shaxslarni sport bilan shugʻullanishga va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha darajalardagi sport tadbirlarida ishtirok etishini targʻib qilish va ragʻbatlantirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning sport inshootlari obyektlaridan, dam olish obyektlaridan, shuningdek turistik obyektlardan foydalanishini, shu jumladan bepul asosda foydalanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan tartibda nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun bepul asosda taqdim etiladi.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sportning paralimpiya turlari boʻyicha murabbiylar, hakamlar hamda boshqa mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ularni sport bilan shugʻullanishga jalb etishga doir dasturlarni nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda har yili ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Murojaat qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni koʻrib chiqayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ushbu murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun choralar koʻrishi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari nogironligi boʻlgan shaxslarning murojaatlar (arizalar, shikoyatlar, takliflar) bilan kirishi uchun quyidagilar vositasida zarur shart-sharoitlar yaratishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslararo muloqot vositasi sifatida imo-ishora tilini eʼtirof etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uni rivojlantirish hamda jamiyat va davlat hayot faoliyatining turli sohalarida qoʻllash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hollarda surdotarjima xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan oʻz murojaatini imzolash uchun faksimil imzodan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshitishi va nutqi boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov harakatlarini amalga oshirishda yoki jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha sud protsesslarida ishtirok etish chogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni yoki bitimlarni notarial tartibda rasmiylashtirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilni boshqarish koʻnikmalariga yoki kompyuter savodxonligiga oʻqish chogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida surdotarjimon xizmatlari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshitishi va nutqi boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarga surdotarjimon xizmatlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham koʻrsatilishi mumkin.
(28-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat har yili surdotarjimonlar, surdopedagoglar, defektologlar va logopedlar tayyorlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Nogironligi boʻlgan shaxsning faksimil imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsning faksimil imzosi — sogʻligʻining holatiga koʻra (koʻrishning buzilishi, qoʻl-oyoqlar yoʻqligi, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, falajlik) oʻz qoʻli bilan imzo qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlmagan nogironligi boʻlgan shaxsning oʻz qoʻli bilan qoʻygan imzosi oʻrnini bosadigan, maxsus tayyorlangan shtamp (klishe).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan faqat, agar u oʻzining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chogʻida oʻz qoʻli bilan imzo qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlmasa, qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faksimil imzo nogironligi boʻlgan shaxs uchun tayyorlanadi va uning tomonidan butun hayoti davomida foydalaniladi. Faksimil imzo yoʻqolgan taqdirda uning dublikati tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kim faksimil imzodan foydalanishi munosabati bilan oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda cheklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Jamiyatning ongida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmatni shakllantirish hamda mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari jamiyatning ongida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmatni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning faol ijtimoiy roli ijobiy qabul qilinishiga ommaviy axborot vositalari va matbuot vositasida koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning salohiyatini hamda jamiyat va davlat taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini targʻib qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga imkon beruvchi timsolini ijobiy va bagʻrikenglik asosida gavdalantirish yoʻnalishidagi ommaviy axborot vositalarini ragʻbatlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qotib qolgan qarashlarni va xurofotlarni yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning barcha bosqichlarida, shu jumladan bolalarda goʻdaklik yoshidan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmati va qobiliyati hamda ularning ish joyidagi va mehnat bozoridagi jamoa yutuqlariga qoʻshayotgan hissasi eʼtirof etilishiga koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularning huquqlariga bagʻishlangan tarbiyaviy-tanishtiruv dasturlarini ishlab chiqish hamda joriy etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat har yili quyidagi davlat buyurtmalarini joylashtiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qotib qolgan qarashlarni va xurofotlarni bartaraf etishga, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning ijobiy timsolini shakllantirishga qaratilgan badiiy, hujjatli filmlar, spektakllar tayyorlanishiga doir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning salohiyatini hamda jamiyat va davlat hayotiga qoʻshadigan hissasini targʻib qilishga, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning ijobiy timsolini yaratishga qaratilgan ijtimoiy reklama axborotini hamda maqolalarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritishga doir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi ijobiy tasavvurga qaratilgan ijtimoiy reklama telekanallarda, matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq va gumanitar yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha kurslar oʻtkaziladi va oʻquv fanlari oʻrgatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Odil sudlovdan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-modda. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
(301 va 302-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fuqaroni nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni nogironligi boʻlgan shaxs yoki oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolani nogironligi boʻlgan bola deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga davlat tibbiyot muassasasi tomonidan yuboriladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari nogironligi belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvlarni oʻtkazmasdan turib, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmasa va bu tibbiyot muassasasining xulosasi bilan tasdiqlansa, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza shaxsning xohishiga koʻra uning uyida yoki shaxs davolanishda boʻlgan statsionarda oʻtkaziladi.
(31-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining majlislarida mahalliy mehnat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, kasaba uyushmalarining, sugʻurta tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvdan oʻtkazish tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kundan kechiktirmay tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtish uchun yuborilgan shaxs tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan tekshiruvdan oʻtkazish kuni toʻgʻrisida tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida xabardor qilinadi. Nogironlik aniqlangan taqdirda, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab fuqaro nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etiladi.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqaroga — nogironlik guruhi, uning belgilanish sababi va muddatlari, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga esa qayta tekshiruvdan oʻtish muddati bilan — “Nogironligi boʻlgan bolalar” toifasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tekshiruvdan oʻtkazish muddati koʻrsatilmaydigan nogironlik inson aʼzolari funksiyalarining hamda organizmi tizimlarining barqaror, asliga qaytarib boʻlmas tarzdagi morfologik oʻzgarishlari va buzilishlari mavjud boʻlgan, amalga oshirilgan reabilitatsiya tadbirlarining samarasizligi oqibatida kasallikning kechishi va sogʻliqning tiklanishini, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash mumkin boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar roʻyxatiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddatlardan oldin qayta tekshiruvdan oʻtkazish sogʻliqning holati va hayot faoliyatining cheklanganlik darajasi oʻzgarganda yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari asoslanmagan qaror qabul qilganligi faktlari aniqlanganda yoxud yuqori turuvchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nazorat vazifasi bajarilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari zarur uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun biriktirib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari nogironlikning yuzaga kelishiga taʼsir etuvchi omillar hamda shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida nogironlikka olib keluvchi kasalliklar yuzaga kelishining ishlab chiqarish, ijtimoiy, ekologik va boshqa sabablarini tahlil qilishni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(31-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish, nogironlikni hisobga olish va nogironlik tuzilmasini tahlil qilish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarning (bolalarning) koʻrik ishlarini elektron shaklda yuritadi.
(31-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlikni belgilash mezonlari va mexanizmlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning maqsadi ularga toʻlaqonli hayot tarzini yuritish hamda oʻz huquqlari va potensial imkoniyatlarini amalga oshirish imkonini beradigan ijtimoiy maqomini, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishga va kasbiy faoliyatning har xil turlariga oid qobiliyatini tiklashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat muassasalarida tibbiy, ijtimoiy, kasbiy hamda jismoniy reabilitatsiya va abilitatsiya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy reabilitatsiya qilish nogironligi boʻlgan shaxslar aʼzolarining hamda organizmi tizimlarining buzilgan va (yoki) yoʻqolgan funksiyalarini saqlab qolishga, qisman yoki toʻliq tiklashga qaratilgan tibbiy xizmatlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyati cheklanganligini yengib oʻtishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ijtimoiy maqomini, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish, mustaqil yashash imkoniyatlarini tiklashga, shuningdek ularni jamiyatda oilaviy hayotning odatiy sharoitlariga qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy reabilitatsiya qilish nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga yoʻnaltirishga, kasbga oʻqitishga va ishga joylashtirishga, shuningdek ularning boy berilgan kasbiy bilimlari, mahorati va koʻnikmalarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar organizmining buzilgan yoki vaqtincha yoʻqolgan funksiyalarini hamda ularning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga boʻlgan qobiliyatini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish) jismoniy reabilitatsiya qilishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abilitatsiya qilish jamiyat hayotiga moslashtirish uchun organizmning yoʻq boʻlgan (tugʻma) va (yoki) rivojlanmagan funksiyalarini shakllantirishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, pedagogik, psixologik jihatdan tuzatish va boshqa tuzatish chora-tadbirlari majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abilitatsiya qilish boʻyicha xizmatlar xavf guruhidagi bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy, psixologik va pedagogik jihatdan tuzatish xizmatlarini, shuningdek boshqa tuzatish xizmatlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf guruhidagi bolalar jumlasiga erta aralashuv hamda zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik jihatdan tuzatishga yoki boshqa tuzatishga oid koʻmak koʻrsatilmaganda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida yuqori darajadagi ortda qolish ehtimoli mavjud uch yoshgacha boʻlgan bolalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abilitatsiya qilish boʻyicha xizmatlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tibbiy-ijtimoiy tashkilotlar, shuningdek tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga doir ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni (bolalarni) abilitatsiya qilish ularning ehtiyojlariga imkon qadar moslashtirilgan hajmda, malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogironligi boʻlgan shaxs uchun maqbul reabilitatsiya choralari majmui boʻlib, ushbu choralar organizmning buzilgan yoki yoʻqolgan funksiyalarini, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxs mehnat faoliyatining ayrim turlarini bajarish qobiliyatini tiklashga, kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya choralarini amalga oshirishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari hamda tartibini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxs uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazilganidan keyin oʻn kun ichida nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy, ijtimoiy, taʼlimga oid va kasbiy sohalardagi mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan koʻp sohalar boʻyicha baholash asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarida nazarda tutiladigan chora-tadbirlarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini tuzishda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi shifokorlari nogironligi boʻlgan shaxsni ushbu Qonunda berilayotgan huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini bajarish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(33-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida koʻrsatilgan tadbirlarni oʻtkazish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiyani oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan teng, hurmat bilan munosabatda boʻlinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va imkoniyatlari, shuningdek reabilitatsiyadan oʻtish xususiyati, sifati, shart-sharoitlari haqida toʻliq hamda ishonchli axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillarini reabilitatsiya oʻtkazishning har qanday bosqichida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi nogironligi boʻlgan shaxs uchun tavsiya xususiyatiga ega. Ushbu shaxs reabilitatsiya chora-tadbirlarining u yoki bu turidan, shakli va hajmidan, shuningdek dasturni amalga oshirishdan butunlay voz kechishga haqli. Nogironligi boʻlgan shaxs oʻzining reabilitatsiya qilishning muayyan texnik vositasi yoki boshqa vositasi yoxud turi, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar, signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar va boshqa shu kabi vositalar bilan taʼminlanishi toʻgʻrisidagi masalani mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va xizmatlari nogironligi boʻlgan shaxslarga, qoida tariqasida, natura shaklida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan reabilitatsiya qilishning texnik vositasini yoxud xizmatni unga taqdim etishning imkoni boʻlmasa yoki nogironligi boʻlgan shaxs oʻz hisobidan tegishli vositani olgan yoxud xizmat uchun haq toʻlagan boʻlsa, unga nogironligi boʻlgan shaxsga taqdim etilishi kerak boʻlgan reabilitatsiya qilishning texnik vositasining yoki xizmatning qiymati miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxs nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturidan butunlay voz kechgan yoki dasturning ayrim qismlari amalga oshirilishidan voz kechgan taqdirda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, dasturning bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat zamonaviy protez-ortopediya moslamalarini va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida reabilitatsiya qilish industriyasini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protez-ortopediya moslamalarining va reabilitatsiya qilish texnik vositalarining roʻyxati, bunday vositalar bilan taʼminlash tartibi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarga doir majburiyatlarni moliyalashtirish, shu jumladan ularni tayyorlash va taʼmirlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va ularni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun ushbu moddada nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha mablagʻlar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ham olinishi mumkin.
(34-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri yakunlari boʻyicha qaysi tadbirkorlik subyektining tushumi umumiy hajmining kamida oʻttiz foizi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ishlab chiqarishdan yoki ularga ortopedik protezlash xizmatlari koʻrsatishdan yoxud protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini taʼmirlash hamda xizmat koʻrsatishdan kelib tushgan boʻlsa, oʻsha tadbirkorlik subyekti quyidagi huquqlarga ega:
(34-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi kiritgan takliflar tanlov savdolari boshqa ishtirokchilarining takliflari bilan teng boʻlgan taqdirda xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalariga koʻra kontrakt tuzishga doir ustunlik;
(34-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyekti uchun mazkur obyektning ijara haqi stavkasi eng kam miqdorining ellik foizi miqdorida ijara haqi toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini saqlash va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻliqni saqlash xizmatlaridan, sifatli va nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi tibbiy yordamdan boshqa fuqarolar bilan teng ravishda foydalanish huquqi amalga oshirilishini taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam koʻrsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida amalga oshiriladigan malakali tibbiy yordam koʻrsatilishi boʻyicha choralar koʻradi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy parvarish qilish barcha darajalardagi mavjud tibbiy xizmatlar doirasida, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻrayib boruvchi shakldagi yoki yakuniy bosqichdagi bedavo kasalliklarga chalingan shaxslar bemorlarning jismoniy, ruhiy, hissiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qanoatlantirishni nazarda tutuvchi palliativ tibbiy parvarishlash xizmatlari koʻrsatilishi huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordamning quyidagi turlari koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika, tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya qilish boʻyicha xizmatlar va maishiy xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatiladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qobiliyatini qisman yoki toʻliq yoʻqotgan va oʻzgalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar taʼminlanadi, tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar) mablagʻlari hisobidan reabilitatsiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi boʻlgan shaxslarga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirilishini taʼminlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish davlat organlari, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi hamda quyidagi turlarni oʻz ichiga oladi:
(37-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish masalalari yuzasidan maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatiga koʻra oʻziga nisbatan homiylik belgilanishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻmaklashish va homiylarning oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez-ortopediya moslamalarini va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarni dori vositalari bilan bepul yoki imtiyozli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslarning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanishiga, shu jumladan ovqat tayyorlashiga va uy-joyni yigʻishtirishiga, gigiyenani amalga oshirishiga koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlib qolgan boʻlsa, nogironligi boʻlgan shaxs mehnat qobiliyatini yoʻqotgan vaqtda uni parvarish qiluvchi shaxsni ish beruvchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosasiga binoan oʻz hisobidan taʼminlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashi va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishi shart.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar barcha darajalardagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish va oʻz qobiliyatini yanada toʻliqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida taʼlim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning inklyuziv taʼlimini rivojlantirishni, ularning taʼlim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi boʻlgan bolalarning maktabgacha, qoʻshimcha va umumiy oʻrta taʼlim olishini, shuningdek oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi olishini taʼminlaydi.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nogironligi boʻlgan bolalarni taʼlim muassasalarida oʻqitishning vaqtincha imkoni boʻlmasa, taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim muassasalari nogironligi boʻlgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda oʻqitilishini taʼminlaydi.
(38-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalarni uyda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan bolalarning bepul umumiy oʻrta, qoʻshimcha, oʻrta maxsus va professional taʼlim olishini kafolatlaydi.
(38-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni toʻlovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus oʻquv qoʻllanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim tashkilotlari nogironligi boʻlgan shaxslarni (bolalarni) oʻqitganlik uchun toʻlov boʻyicha imtiyozlar belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarga taʼlim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibdagi oʻquv rejalari boʻyicha oʻqitish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalarni har tomonlama va uygʻun rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish, mehnatga ishtiyoq uygʻotish, ularni ilm-fanga, texnikaga, sanʼatga va sportga jalb etish maqsadida taʼlim muassasalari nogironligi boʻlgan bolalarning qoʻshimcha taʼlimdan foydalanishini, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, davlat organlari bilan birgalikda taʼminlashi shart.
(38-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imo-ishora tili Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari nogironligi boʻlgan shaxslarning har biri uchun mosroq boʻlgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini qulay multimedia vositalari va raqamli texnologiyalarini rivojlantirish, Brayl alifbosini, muqobil harflarni, nutq va ogʻzaki muomala koʻnikmalarini oʻzlashtirish, shuningdek oʻqituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv taʼlim masalalarida oʻqitish, imo-ishora tilini va Brayl alifbosini biladigan nogironligi boʻlgan oʻqituvchilarni taʼlim muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim tizimini takomillashtirish choralarini koʻradi.
(38-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Nogironligi boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlimi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalarga nisbatan zarur reabilitatsiya va abilitatsiya qilish choralari amalga oshiriladi hamda ularning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻligʻining holati maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlishni vaqtincha istisno etadigan nogironligi boʻlgan bolalar uchun koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ilgʻor uslubiyotlarni oʻz ichiga oladigan maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini amalga oshirish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, qoʻshimcha, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi
(40-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimi, professional taʼlimi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat boʻlganda esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻshimcha taʼlimi bolalar, oʻsmirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sogʻlomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning oliy taʼlimi oliy taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini oʻtayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun mazkur muassasalarda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional taʼlim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi boʻlgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional taʼlim muassasalari tashkil etiladi. Ularda oʻqitish maxsus oʻquv dasturlari asosida davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining ikki foizi miqdorida qoʻshimcha qabul kvotasi ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotalar boʻyicha oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan taʼlimning ushbu yoʻnalishi boʻyicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalarida nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kasbga tayyorlash (shu jumladan kasbga tashxis qoʻyish va yoʻnaltirish, shakllantirish va reabilitatsiya qilish), tarbiyalash, oʻqitish va takomillashtirish davrida didaktik hamda yoʻriqnomaviy material, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun materiallar (Brayl alifbosi), koʻrish qobiliyati zaif boʻlganlar uchun ovozli variantdagi harflar, ovozli adabiyot, shu jumladan guruhlarda oʻqitish uchun yordamchi ovoz tizimlari, eshitish qobiliyati zaif boʻlganlar uchun mimika va imo-ishora tiliga tarjima bilan taʼminlanishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarish uchun yaroqli deb eʼtirof etilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash maxsus oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy oʻquv dasturi asosida surdotarjima bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat qilishi va bandligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Mehnat qilishga boʻlgan huquqning amalga oshirilishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxs odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqli.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat munosabatlarining barcha shakllariga nisbatan, shu jumladan ishga qabul qilish shartlariga, ishga yollashga, mehnat faoliyatini amalga oshirishga, ishni saqlab qolishga, xizmatda (ishda) lavozim boʻyicha koʻtarilishga, shuningdek xavfsiz mehnat sharoitlari taʼminlanishiga nisbatan nogironlik belgisiga koʻra kamsitish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxsning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi va taʼtillarda boʻlishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tashkilot toʻliq tugatilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tungi vaqtda ishga, shuningdek ishdan tashqari vaqtdagi ishlarga va dam olish kunlari ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi boʻlgan ishlovchi shaxslarga nisbatan mehnatga haq toʻlash miqdori kamaytirilmagan holda qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.
(42-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash, shuningdek mehnat bozorida ularning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilishni amalga oshiradi, ularni mehnatda kuzatib boradi, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning mos keladigan ishga kirishini, saqlab qolinishini va xizmatda (ishda) lavozim boʻyicha koʻtarilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilaydi;
(43-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun mos keladigan kasblar boʻyicha ish oʻrinlarini zaxira qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarni nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirishga ragʻbatlantiradi, shuningdek ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni yangi kasblarga oʻqitish oʻquv dasturlari tashkil etilishi va takomillashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat sektoriga ishga joylashtirilishini va bandligi ragʻbatlantirilishi hamda rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan, shu jumladan ularning kasanachiligidan foydalanuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish mahalliy mehnat organlari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan xodimlarining soni yigirma nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarda xodimlar umumiy sonining kamida uch foizi miqdorida nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanish uchun nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlarini hamda mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar va ish oʻrinlari tashkil etiladi. Koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar shart-sharoitlari oʻz imkoniyatlariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarishda ishtirok etish uchun ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(44-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(45-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 423-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 79-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 621-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 2-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 220-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 89-modda) I boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 671-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) I boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 714-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I boʻlimining 7-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-2-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) 1-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-162-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-254-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda) 1-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 1-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 1-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-416-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 2-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 2-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 1-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(48-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
(48-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-641-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)