12.08.2022 yildagi PQ-350-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar egallash istagida boʻlgan yoshlarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, joriy yil 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan hamda 29-iyul kuni axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ilgari surilgan yangi tashabbus va gʻoyalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozitlar hisobidan axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun yoshlarga taʼlim krediti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan yoshlarga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilishi va uning qaytarilishida kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishga ajratiladigan taʼlim krediti uchun garov va kafillik talab etilmaydi;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun yoshlarga taʼlim krediti Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) rezidenti boʻlgan tashkilotlarning oʻquv kurslarida taʼlim olish uchun ajratiladi. Bunda, axborot texnologiyalari sohasida taʼlim beruvchi rezident tashkilotlar reyestri IT-park tomonidan elektron axborot tizimi shaklida yuritiladi hamda zarur hollarda tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib Jamgʻarmaga zarur mablagʻlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining soʻrovlariga asosan ularga Markaziy bankning asosiy stavkasida axborot texnologiyalari sohasida yoshlar tahsil olishiga taʼlim krediti ajratish uchun mazkur stavkadan 4 foiz bandga past boʻlgan stavkada depozit joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda depozit mablagʻlari va axborot texnologiyalari sohasida yoshlarning tahsil olishi uchun taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2022-yil 1-noyabrdan boshlab IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar boʻyicha foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi) hisobidan kompensatsiya qilinadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlarning yagona elektron reyestri IT-park tomonidan yuritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol kreditlari kompyuter sotayotgan tadbirkorlik subyekti hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarzlar yoshlarning arizalariga koʻra ularning bank kartalariga naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari boʻlgan hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarga 2023-yil 1-avgustga qadar “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikat olgan holda, shuningdek, mazkur qarorning 4-bandida koʻzda tutilgan tartibda kompyuter xarid qilish maqsadida kredit olish uchun Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan kafillik berish tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandda koʻzda tutilgan kafillik berish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratish, shuningdek, mazkur qarorning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yoshlar ishlari agentligi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishga ajratilgan taʼlim krediti boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida axborot texnologiyalari sohasida yoshlarning tahsil olishi uchun tijorat banklariga taʼlim kreditlari uchun depozit joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yoshlarga oʻquv kurslarida taʼlim olish toʻlovlari uchun kredit ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur qarorda koʻzda tutilgan axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish uchun taʼlim krediti, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga hamda IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoki ishtirokchi sertifikatini olgan yoshlarga kompyuter xarid qilish maqsadida isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar boʻyicha foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish uchun zarur mablagʻlarning 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida oʻrnatilgan tartibda nazarda tutilishini taʼminlasin.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6208-son Farmonining 7-bandiga muvofiq Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlarni mazkur qarorning 4-bandiga asosan isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar boʻyicha foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning boshqa maqsadlariga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz aholisining taʼlim olish, mehnat qilish hamda turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga isteʼmol krediti ajratilishi tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarni zamonaviy bilim olish hamda kasb-hunar egallashga jalb etish boʻyicha ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻida muntazam ravishda targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.H. Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-350-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2022-y., 07/22/350/0732-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)