20.04.2021 yildagi PF-6208-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha quyidagi tartib joriy qilinsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan 1-ilovaga muvofiq imtiyozlar taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdori “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki hafta muddatda o‘zi, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlari yoki eri (xotini) professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun yo‘naltiriladigan soliq to‘lovchining ish haqi va boshqa daromadlari summasini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari va mikroqarzlar ajratiladi. Bunda, iste’mol kreditlari va mikroqarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlari Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AT “Xalq banki”ning hududlarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni biznesga tayyorlash, maslahat berish va bandligini ta’minlash maqsadida “Yuz ming tadbirkor xotin-qizlar” loyihasini amalga oshirish hamda loyiha doirasida quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, ixtisoslashuvi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib, qiymati 33 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor biznes-rejalar bankini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, mos yo‘nalishlar bo‘yicha (oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqalar) malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va o‘quv treninglarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilsin va uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari talabalari turar joy oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning hisob-kitoblariga muvofiq Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratsin hamda kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2021-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. G‘aniyev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) bir hafta muddatda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun subsidiya olishga ehtiyoji bor yoshlarning ro‘yxatini shakllantirsin va ularga subsidiya ajratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat budjetidan to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish, fuqarolarga yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida bevosita mas’ul mansabdor shaxslarga xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida maxsus elektron platformani ishlab chiqsin hamda uning lozim darajada va uzluksiz ishlashi uchun zarur choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi va bilimlarini oshirishga oid sifatli ko‘rsatuv va kitoblar yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan reytingi yuqori deb baholangan respublika miqyosidagi 3 ta telekanaldan tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan paytni inobatga olib, efir vaqtini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes yuritish va unda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari bo‘yicha sifatli videomahsulotlarning shartnoma asosida tayyorlanishini ta’minlash hamda ularni sotib olingan efir vaqtida namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish uchun biznes yuritish va unda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, tadbirkorlik faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishish yo‘lidagi yutuq va xavf-xatarlar haqida ommabop kitoblarni nashr etishni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan tadbirlar Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) “O‘zbekiston uchun 100 ta g‘oya” loyihasini tashkil etish va o‘tkazish hamda loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbus loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkilotiga — birinchi bosqichda 1 mlrd so‘m mablag‘larni ikki hafta muddatda, keyingi bosqichlarda loyihaning smeta hujjatlariga ko‘ra, bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2021-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat oliy ta’lim muassasalariga 10 tagacha mahalla fuqarolar yig‘inlari biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashaydigan uyushmagan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, shu jumladan ularni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to‘garaklariga jalb qilish choralari ko‘riladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar yotoqxonalarida, madaniyat markazlarida va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etish, ochiq davra suhbatlari va madaniy tadbirlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda bir hafta muddatda respublikaning barcha tuman (shahar)larida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqib, 2021-yilda Davlat budjetining qo‘shimcha xarajatlarini hamda daromad yo‘qotishlarini qoplash maqsadida mos miqdorda Davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish va qo‘shimcha daromadlar manbalari bo‘yicha aniq takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov) yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq filiallarini tashkil etish, markazlarda zamonaviy to‘garaklarni ochish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida to‘garaklar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi ta’til davrida yoshlar o‘rtasida mahallalar, sektorlar va tumanlar miqyosida sport hamda harbiy vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan tadbirlar mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2021-yilning yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida madaniyat va san’at sohasi vakillari hamda musiqa fani o‘qituvchilariga quyidagilarni nazarda tutgan holda uy sharoitida yoshlar uchun musiqa to‘garaklarini tashkil etishga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu to‘garaklarni tashkil etgan shaxslar madaniyat markazlari tomonidan nota, musiqaga oid adabiyotlar bilan ta’minlanadi hamda ularga tashkiliy va uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘garaklarda ta’lim olganlik uchun to‘lov mahalliy budjet mablag‘lari va o‘quvchilar tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, to‘garaklar tashkil etgan shaxslarning ish haqi to‘lovlari madaniyat markazlari uchun belgilangan miqdorlardagi badal to‘lovlari va yetmagan qismida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z.T. Mirzayev) bilan birgalikda ushbu tajribaning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishini tashkil etsin hamda uning samaradorligidan kelib chiqib respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish bo‘yicha 2021-yil 31-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrining jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan tuman va mahallalarida yoshlar bilan ishlashning “namunali tajriba”sini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin. Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyasi og‘ir yoshlarni aniqlash, ular bilan yaqindan ishlash, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila farzandlari, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga moyilligi bo‘lgan va profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar bilan individual ishlash, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) “namunali tajriba” natijalaridan kelib chiqib uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining qolgan barcha tumanlarida tatbiq etilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida 2021-yilning 1-sentabr va 31-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6208-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishchilar soni

Davlat mulki obyektining imtiyoz qo‘llaniladigan eng ko‘p maydoni

Toshkent shahar (kv. m)

Nukus shahar va viloyat markazlari (kv. m)

Tuman markazlari (kv. m)

Boshqa hududlar (kv. m)

I. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara to‘lovlarini 50 foiz miqdorida to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha

5 ta

60

80

100

120

6 dan — 9 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

200

240

280

300

20 va undan ortiq

250

280

300

320

II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lgan, davlat mulki obyektlari uchun ijara haqi to‘lovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha**

10 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

140

160

180

200

20 dan — 29 gacha

180

200

220

240

30 va undan ortiq

220

240

260

280

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar koeffitsiyenti Toshkent shahar, Nukus shahar va viloyat markazlari hamda boshqa hududlar bo‘yicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan obyektlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi oqibatida mazkur ilovada belgilangan me’yor buzilgan taqdirda, joriy oyning keyingi oyidan boshlab belgilangan me’yorga muvofiq imtiyoz qo‘llaniladi yoki bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lgan bir nechta yosh tadbirkorlik subyektlari bitta davlat mulkini ijaraga olish istagini bildirgan taqdirda, imtiyoz xodimlar umumiy soni tarkibida “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar soni ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara to‘lovlaridan imtiyozga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu ro‘yxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu ro‘yxatda belgilangan maydonga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam maydondan foydalanganda, haqiqatda foydalangan maydonga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p maydonidan foydalanganda, imtiyoz faqat belgilangan maydon uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Istisno tariqasida elektron savdolarini o‘tkazmasdan ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul vazirlik va idoralar

1.

2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berilishini joriy etish.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarishini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratilishini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdorini “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tgan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

5.

“Bir million dasturchi” lo�ihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish (foiz to‘lovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimini yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

AT “Xalq banki” (Salamov),

AT “Aloqa bank” (Irisbekova),

“Mikrokreditbank” ATB (Bo‘tayev)

6.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy s�rtifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov),

Davlat test markazi (Karimov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

7.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplash tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Mudofaa vazirligi (Kurbonov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan har bir talabasi tomonidan to‘lanadigan turar joyning oylik ijara to‘lovlarini tegishli qismini qoplab berish tizimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev)

10.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tartibni belgilash. Bunda:

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

“Yoshlar daftari”dan yoshlarni chiqarish tartibi kabi masalalarni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

“Yoshlar daftari” elektron platformasini yaratish va uni amaliyotga to‘liq joriy etish.

Ushbu platforma orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oid zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Elektron platformadan foydalanish joriy qilingunga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar haqida ma’lumotni Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berish amaliyotini vaqtincha joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

13.

Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. Ushbu Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishning qo‘shimcha manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

14.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida repetitorlik faoliyatini olib boradigan fuqarolarga, ushbu faoliyatni sinf xonalarida (uydan tashqarida) ko‘rsatish huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-avgust

-

Davlat test markazi (Karimov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

15.

Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil oktyabr-noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Yosh tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlik o‘rnatish va kooperatsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

Namangan viloyatida “To‘qimachilik sohasi ilg‘or yosh tadbirkorlari forumi”;

Buxoro viloyatida “Turizm sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Farg‘ona viloyatida “Qishloq xo‘jaligi sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Qashqadaryo viloyatida “Chorvachilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent viloyatida “Asalarichilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent shahrida “Sanoat ishlab chiqarish sohasi yosh tadbirkorlari forumi”ni tashkil etish va o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Ijrochilar mablag‘lari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

tegishli vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari shakli o‘zgartirilishi va ular birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 06/21/6208/0357-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)