10.06.2022 yildagi PQ-277-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda choʻllanish va qurgʻoqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish boʻyicha davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektron resurs (maʼlumotlar bazasi) doirasida vazirlik va idoralarning yerlar degradatsiyasi, choʻllanishi va qurgʻoqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va ulardan ochiq foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona milliy va xalqaro indikatorlar hamda mezonlarga muvofiq zamonaviy texnologiyalar (laboratoriya, dronlar, masofadan zondlash va boshqalar)ni qoʻllash yoʻli bilan yerlar degradatsiyasi va choʻllanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish, oʻrmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar, yerlarni xatlovdan oʻtkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv kurs (trening)lar tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq shoʻrlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index), geobotanik va agrokimyoviy xaritalar boʻyicha kartografik materiallar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga masʼul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun yerlar degradatsiyasining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda yerlar degradatsiyasi jarayonlarini kamaytirish va oldini olishning prognoz koʻrsatkichlari 3.1 — 3.5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir yoʻnalish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash yuzasidan alohida “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq barcha maʼlumotlar, shu jumladan choʻllanish, qurgʻoqchilik, iqlim oʻzgarishi holati hamda unga qarshi kurashish va moslashish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu yoʻnalishda yagona milliy elektron baza yaratish va uni doimiy yangilab borish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga davriy ravishda taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqaruv xodimlarining mavjud shtat birliklari doirasida vazirlik markaziy apparatida 12 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departament va hududlarda 2 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) deb qayta nomlangan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Zaxariq” MFY, Shifokorlar koʻchasi, 75-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi bilan begʻaraz joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida mintaqaviy boʻlinmalari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning amaldagi mavjud 8 ta shtat birligi teng ulushlarda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy boʻlinmalarga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan shtat birliklari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut mintaqaviy boʻlinmalarining bino-inshootlarini saqlash xarajatlari har yili respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va taʼmirlash ishlarining dastlabki bosqichini moliyalashtirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga asosan ajratilgan mablagʻning oʻzlashtirilmagan 2,1 mlrd soʻm qismi hamda 2022-yil 25-martdagi PQ-179-son qaroriga muvofiq 2022-yilda yerdan foydalanuvchilarga grant mablagʻlari taqdim etish uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (gaz, neft konlari, yer osti va ochiq konlar — “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) oʻz faoliyatini toʻliq tugatgan hududlarda yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari va ularning texnik-iqtisodiy asoslari kelishish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi hamda natijasi boʻyicha hisobotlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, uning salbiy taʼsirini kamaytirish va oqibatlarini yumshatish hamda tuproqlarni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillar davomida yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bunda:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini belgilash hamda tuzilmalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy boʻlinmalarini bino va inshootlar bilan taʼminlash hamda ularni taʼmirlash va jihozlashning moliyaviy manbalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlili markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq laboratoriyalarini tashkil etish hamda “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyalarini xarid qilish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-277-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Tashkiliy-iqtisodiy va normativ-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish sohasida

1.

Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda natijalarni chop etish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Adliya vazirligi,

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Choʻllanish, iqlim oʻzgarishi, qumli va changli boʻronlarni kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirganlik uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

Bunda, jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlari foydalanayotgan (ijaraga olgan) yer uchastkalarida ushbu tadbirlarni amalga oshirganligi uchun ularga soliq, kredit va boshqa imtiyozlar nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Gidrometeorologiya xizmati markazi

(Sh. Xabibullayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov)

3.

Yaylovlar degradatsiyasi va choʻllanishga qarshi kurash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma tayyorlash.

Uslubiy qoʻllanma

2023-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

4.

Togʻli va togʻoldi hududlarda suv toʻplanadigan havzalarni barpo etish va oʻrmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

5.

Sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli tutunlar, changlar va zaharli qoldiqlarni tozalashning zamonaviy tizimlarini oʻrnatish hisobiga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil oktabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

sanoat korxonalari

6.

Shamol tezligini pasaytirish va chang zarralarini tutib qolish uchun shaharlar atrofida oʻrmon chiziqlarini yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil avgust

Gidrometeorologiya xizmati markazi

(Sh. Xabibullayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

7.

Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hududlarida tuproq degradatsiyasi jarayonlari surʼatlarini pasaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

8.

Tuproq axborot tizimlari maʼlumotlar bazasini hamda uning asosida tuproq eroziyasi boʻyicha elektron monitoring tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov)

9.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan xoʻjalik shartnomalari asosida paxta-toʻqimachilik klasterlarining 1 mln gektar ekin maydonlarida “Tuproq klinikasi” xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi

(M. Rahmatov)

10.

Yaylovlardan barqaror foydalanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yaylov degradatsiyasini baholash va degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklashning ekologik-fitotsenotik mezonlari va standartlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

Ipakchilik va jun sanoati rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Sharipov),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

11.

Yaylovlardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, mahalliy navlarni yaratish, yaylov ekinlari urugʻchiligining ilmiy asoslarini va choʻlda intensiv ozuqa ishlab chiqarishning adaptiv tizimini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil avgust

Ipakchilik va jun sanoati rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Sharipov),

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

(N. Boboqulov)

Xodimlar malakasini oshirish va xalqaro tajribalarni oʻrganish sohasida

12.

Tuproq organik uglerodlarini hisoblash usullari va xaritalarini yaratish parametrlarini belgilash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov)

13.

Ilgʻor mamlakatlarning yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi tajribasini oʻrganish boʻyicha xalqaro oʻquv-tanishuv safarlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili kamida bir marotaba

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

14.

Xalqaro tajribalar asosida degradatsiya va choʻllanishga uchragan yaylovlarni tiklash boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov)

15.

Qumli va changli boʻronlarning yuzaga kelish sharoitlarini onlayn monitoring qilish tizimini yaratish.

Bunda, xalqaro va milliy ekspertlar orasida qumli va changli boʻronlarning oldini olish boʻyicha ilgʻor tajribalarni almashish va tegishli tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradigan onlayn axborot platforma yaratish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Gidrometeorologiya xizmati markazi

(Sh. Xabibullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari, grantlarini va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish sohasida

16.

22-aprel — “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Markaziy Osiyoda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

17.

Mamlakatda yer uchastkalarining degradatsiyaga uchraganligini baholash tadbirlarini oʻtkazish va ularning elektron xaritalarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

18.

Degradatsiyaga uchragan yerlarning biologik xilma-xilligini oʻrganish va baholash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

19.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida ikkilamchi shoʻrlanishga uchragan tuproqlar meliorativ holatini tiklash boʻyicha pilot loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

20.

Yerlar degradatsiyasi bilan kurashish va uning oldini olish boʻyicha nodavlat tashkilotlar uchun kichik grant dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022 — 2024-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

21.

Yerlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) vazifalarini belgilash va Oʻzbekistonda degradatsiyaga uchragan landshaftlarni tiklash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

22.

Degradatsiyaga uchragan landshaftlarda oziq-ovqat tizimlari, landshaftlarni qayta tiklash va ulardan foydalanish (FOLUR).

Amaliy chora-tadbirlar

2024 — 2028-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov)

23.

Togʻ, togʻoldi va choʻl yaylovlarida “Water-box” suv yigʻish qurilmasini qoʻllagan holda bogʻlar barpo etish mumkin boʻlgan hududlar xaritasini yaratish va pilot uchastkalarida bogʻlar barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024 — 2028-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

(N. Bakirov)

24.

Yerdan foydalanishning turli toifalarida tuproq organik uglerod (SOC) zaxiralarini mamlakat miqyosida baholash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2026-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J.Xodjayev)

25.

Orolboʻyi yaylovlar bioxilma-xilligini baholash va uning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(N. Oblomuradov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

26.

Togʻ, togʻoldi va choʻl yaylovlarida organik (ekologik toza) oziq-ovqat ekinlarini yetishtirishning innovatsion usullarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2026-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

27.

Geoaxborot tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi yerlarini monitoring qilishning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2026-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

28.

Tuproq ekologik holati (Soil Quality Index)ni baholash tizimini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

Gidrometeorologiya xizmati markazi

Fanlar akademiyasi

Suv xoʻjaligi vazirligi

Yirik sanoat korxonalari

togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar degradatsiyasi;

tuproqni ifloslantirish manbalari joylashgan hududlar monitoringi;

qattiq maishiy chiqindilar toʻplanadigan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi

konlar joylashgan hududlar yerlari degradatsiyasiga oid maʼlumotlar;

xomashyo chiqindixonalari joylashgan hududlar degradatsiyasiga oid maʼlumotlar

qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklari holati;

tuproq ifloslanishini tizimli kuzatish natijalari;

iqlim oʻzgarishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar;

atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ITI toʻgʻrisida hisobotlar;

Oʻzgidrometning kuzatuv punktlarida tuproq chuqurliklari harorati, namligi va yer ustidan 2 metr balandlikdagi havo harorati, namligi va shamol tezligi;

iqlim oʻzgarishiga oid maʼlumotlar

yerlar degradatsiyasiga qarshi kurash hamda tuproqlar unumdorligini qayta tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy ishlar va loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

melioratsiya tadbirlari;

yer osti sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasi;

sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

korxona hududidagi tuproqlar degradatsiyasi va ifloslanishiga oid maʼlumotlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti

yer degradatsiyasi boʻyicha yagona elektron bazani yaratish;

yer tuzish va geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish;

yerlarni xatlovdan oʻtkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik materiallarni ishlab chiqish;

yerlar monitoringini yuritish, masofadan zondlash va dronlarni qoʻllash orqali geoaxborot tizimini yangilab borish;

yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

tuproq monitoringi;

majmuaviy tuproq va agrokimyoviy tadqiqotlarni oʻtkazish;

tuproq sifati (bonitirovkasi)ni baholash;

tuproq shoʻrlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index) xaritalarini, agrokimyoviy kartografiyalarni yaratish;

tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

3.1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda tuproqlardagi gumus miqdorini oshirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Tuproqdagi gumus miqdori 1 foizgacha boʻlgan maydon,

ming ga

shundan, tuproqdagi gumus miqdori 1 foizgacha boʻlgan maydonlar kamayishi:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

318,1

302,2

270,4

238,6

190,9

2.

Andijon viloyati

105,4

100,1

89,6

79,1

63,2

3.

Buxoro viloyati

207,7

197,3

176,5

155,8

124,6

4.

Jizzax viloyati

204,8

194,6

174,1

153,6

122,9

5.

Qashqadaryo viloyati

404,8

384,6

344,1

303,6

242,9

6.

Navoiy viloyati

131,5

124,9

111,8

98,6

78,9

7.

Namangan viloyati

73,8

70,1

62,7

55,4

44,3

8.

Samarqand viloyati

117,6

111,7

100

88,2

70,6

9.

Surxondaryo viloyati

233,2

221,5

198,2

174,9

139,9

10.

Sirdaryo viloyati

203,2

193

172,7

152,4

121,9

11.

Toshkent viloyati

154,2

146,5

131,1

115,7

92,5

12.

Fargʻona viloyati

177,9

169

151,2

133,4

106,7

13.

Xorazm viloyati

208,5

198,1

177,2

156,4

125,1

JAMI:

2 540,50

2 413,70

2 159,60

1 905,50

1524,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

3.2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda tuproq shoʻrlanishini kamaytirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

mavjud shoʻrlangan maydon,

ming ga

shundan, shoʻrlangan maydoning kamayishi:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

353,3

349,7

342,8

339,4

336

2.

Andijon viloyati

6,7

6,6

6,5

6,4

6,3

3.

Buxoro viloyati

231,1

228,8

224,2

222

219,8

4.

Jizzax viloyati

225,8

223,6

219,1

216,9

214,7

5.

Qashqadaryo viloyati

229

226,8

222,2

220

217,8

6.

Navoiy viloyati

100,2

99,2

97,2

96,2

95,3

7.

Namangan viloyati

24,2

24

23,5

23,3

23

8.

Samarqand viloyati

6,3

6,2

6D

6

6

9.

Surxondaryo viloyati

93,8

92,8

91

90,1

89,2

10.

Sirdaryo viloyati

272,5

269,8

264,4

261,8

259,1

11.

Toshkent viloyati

10

9,9

9,7

9,6

9,5

12.

Fargʻona viloyati

91

90,1

88,3

87,4

86,6

13.

Xorazm viloyati

258,4

255,8

250,7

248,2

245,7

JAMI:

1 902,30

1 883,30

1 845,70

1 827,30

1 809,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

3.3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni kamaytirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Degradatsiyaga uchragan yaylov maydoni,

ming ga

shundan, degradatsiyaga uchragan yaylov maydonining kamayishi:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

617,1

549,7

435,6

269,6

185,1

2.

Andijon viloyati

2,5

2,2

1,8

1,1

0,8

3.

Buxoro viloyati

304,4

271,1

214,9

133

91,3

4.

Jizzax viloyati

86,1

76,7

60,8

37,6

25,8

5.

Qashqadaryo viloyati

167,4

149,1

118,2

73,1

50,2

6.

Navoiy viloyati

1 058,4

942,8

747,1

462,5

317,5

7.

Namangan viloyati

19,6

17,5

13,9

8,6

5,9

8.

Samarqand viloyati

94,8

84,5

66,9

41,4

28,4

9.

Surxondaryo viloyati

98,2

87,5

69,3

42,9

29,5

10.

Sirdaryo viloyati

2,4

2D

1,7

1

0,7

11.

Toshkent viloyati

52,1

46,4

36,8

22,8

15,6

12.

Fargʻona viloyati

1,1

1

0,8

0,5

0,3

13.

Xorazm viloyati

13

11,6

9,2

5,7

3,9

JAMI:

2 517,1

2 242,2

1 777,0

1 099,8

755,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

3.4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligi yerlarida ihotazorlar barpo qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Ihotazor barpo qilinadigan maydon,

ming ga

shundan:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

2,4

0,5

0,5

0,5

0,9

2.

Andijon viloyati

2,0

0,3

0,3

0,5

0,9

3.

Buxoro viloyati

2,2

0,4

0,4

0,5

0,8

4.

Jizzax viloyati

2,0

0,4

0,4

0,4

0,8

5.

Qashqadaryo viloyati

2,1

0,4

0,4

0,5

0,9

6.

Navoiy viloyati

2,0

0,4

0,4

0,4

0,7

7.

Namangan viloyati

1,9

0,3

0,3

0,5

0,9

8.

Samarqand viloyati

2,0

0,4

0,4

0,4

0,7

9.

Surxondaryo viloyati

2,1

0,4

0,4

0,5

0,8

10.

Sirdaryo viloyati

1,9

0,3

0,3

0,5

0,8

11.

Toshkent viloyati

1,9

0,4

0,4

0,4

0,7

12.

Fargʻona viloyati

2,0

0,4

0,4

0,4

0,8

13.

Xorazm viloyati

1,9

0,4

0,4

0,4

0,7

JAMI:

26,2

5,0

5,2

5,8

10,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

3.5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillarda oʻrmon bilan qoplangan mintaqalarni kengaytirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Oʻrmon bilan qoplanadigan maydon,

ming ga

shundan:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

567,9

50,1

100,2

191,4

226,2

2

Andijon viloyati

4,5

0,4

0,7

1,3

2,1

3.

Buxoro viloyati

115,1

10,1

21,7

39,6

43,7

4.

Jizzax viloyati

30,8

2,2

4,7

8,6

15,3

5.

Qashqadaryo viloyati

40,7

3,4

7,2

13,7

16,4

6.

Navoiy viloyati

98,2

9,2

18,9

30,5

39,6

7.

Namangan viloyati

21,3

1,0

2,4

5,0

12,9

8.

Samarqand viloyati

22,0

1,5

3,2

6,5

10,8

9.

Surxondaryo viloyati

34,7

2,6

5,5

10,5

16,1

10.

Sirdaryo viloyati

2,9

0,1

0,3

1,0

1,5

11.

Toshkent viloyati

22,0

1,1

2,4

5,5

13,0

12.

Fargʻona viloyati

4,5

0,2

0,5

1,2

2,6

13.

Xorazm viloyati

16,8

1,3

2,7

4,9

7,9

JAMI:

981,4

83,2

170,4

319,7

408,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2025-yillar davomida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar milliy instituti hamda Oʻzbekiston davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti tomonidan yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Degradatsiyaga uchragan qishloq xoʻjaligi yerlari tuproq sifatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishda tuproq muhitini meʼyorlashtirish va yangi texnologiyalarni qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish tizimini takomillashtirish hamda degradatsiya jarayonlarining oldini olish uchun yaylovlarni saqlash, tiklash va koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Orolboʻyi yaylovlarining bioxilma-xilligini baholash va iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Degradatsiyaga uchragan togʻoldi zonalari tuproqlari va ularning oldini olishga doir agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash orqali degradatsiya va choʻllanishga uchragan sugʻoriladigan intrazonal tuproqlar unumdorligini tiklash va saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Lalmikor hududlarda tuproq degradatsiyasi oldini olishning samarali agrotexnologiyalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Orol dengizining qurigan hududida yetishtirilayotgan oʻsimliklar yashovchanligi va mahsuldorligini oshiradigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Degradatsiyaga moyil tuproqlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Degradatsiyaga uchragan yerlarda yangi turdagi oʻgʻitlardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shamol va suv eroziyasi taʼsiriga uchragan yerlarni qayta tiklash va qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Masofadan zondlash va geoaxborot tizimlari texnologiyalari yordamida eroziyaga uchragan hududlarning zamonaviy monitoring tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuproqlar shoʻrlanishiga qarshi kurashishning integratsiyalashgan agrotexnologiyasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Masofadan zondlash va yaylov yerlari hisobini yuritish materiallari asosida raqamli yaylov klassifikatorini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Lalmi va yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda 3D-oʻlchamli raqamli yer tuzish xaritasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash maqsadida eroziyaga uchragan yerlarning haqiqiy maydonlarini aniqlash va maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekishni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Degradatsiyaga uchragan yerlarda barpo etilgan daraxtzorlar hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi PQ-277-son qaroriga

5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yerlar degradatsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xoʻjaligi maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) ishlab chiqaruvchi korxonalardan tendersiz toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish hamda bojxona boji toʻlamasdan respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlarni ishlab chiqarish va taʼmirlash boʻyicha filiallar ochish hamda servislar tashkil etish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3 — 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 07/22/277/0513-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)