25.03.2022 yildagi PQ-179-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sugʻorishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni yanada oshirish, sugʻorishning yangi texnologiyalariga oʻtish, oʻsimliklar himoyasi boʻyicha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy laboratoriyalar barpo etish, fermerlarni oʻqitish kabi tadbirlarni ragʻbatlantirishning taʼsirchan mexanizmini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)lar tomonidan paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2022-2023-yillarda sinov tariqasida ragʻbatlantirishning quyidagi mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini oshirish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirganlik uchun soliq imtiyozlari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan yer tuzish hujjatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi yerlarini tiklash, qayta foydalanishga kiritish va yangidan oʻzlashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini rekultivatsiyalash va melioratsiyalash tadbirlarini bajarish uchun subsidiyalar ajratish va yer soligʻidan qisman ozod etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2022-2023-yillarda sinov tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni va sugʻorishning yangi texnologiyalarini joriy etish hamda oʻsimliklar himoyasi boʻyicha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va zamonaviy laboratoriyalarni barpo etish, shuningdek, dehqonchilik sohasidagi yangiliklar va ilgʻor tajribalar boʻyicha fermerlarni oʻqitish uchun yerdan foydalanuvchi (jumladan, klaster)larga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har bir gektar maydonga bir million soʻmdan subsidiya ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyaning qolgan 30 foiz qismi hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan oʻrtacha 15 foizga oshirilib, Davlat statistika qoʻmitasining tahliliy maʼlumotlarida oʻz aksini topganda, oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirganlik uchun soliq imtiyozlari tuproq bonitirovkasi tahlili natijalari boʻyicha tuproq unumdorligi oshgan yerdan foydalanuvchilarga tatbiq etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilar uchun yer uchastkasi tuprogʻi bonitet bali amaldagi bonitet ballga nisbatan 3 ballgacha oshgan hollarda yer soligʻi stavkasi 25 foizga, 3 ball va undan oshgan hollarda 50 foizga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar uch yil muddatga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatini yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan oʻtkaziladigan tumanlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sugʻorishning yangi texnologiyalariga oʻtishda amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ tomonidan tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asos boʻladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish uchun subsidiya ajratiladigan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan subsidiya ajratiladigan yer uchastkasi maydonini aniqlash hamda subsidiya miqdorini hisoblash va taqdim etish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha bajariladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash tartibi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan subsidiya ajratiladigan tumanlar boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullar va muddatlarni aniq belgilagan holda har bir tuman uchun alohida “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 15-dekabrga qadar mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq sinov tariqasida subsidiya ajratilgan tumanlarda paxta xomashyosini yetishtirish natijalarini tahlil qilib, mazkur tajribani respublikaning boshqa tumanlarida joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasi (B.T. Turabov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda mazkur qaror doirasida Davlat budjeti hisobidan mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-179-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-179-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatini yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan oʻtkaziladigan tumanlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar nomi

Tumanlardagi asosiy ekin maydoni

(gektarda)

shundan, tumanlardagi paxta maydoni

(gektarda)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ellikqalʼa

24 208

9 600

2.

Andijon

Ulugʻnor

20 727

8 534

3.

Buxoro

Vobkent

20 211

10 494

4.

Jizzax

Sharof Rashidov

29 923

9 300

5.

Qashqadaryo

Qarshi

37 979

15 000

6.

Navoiy

Navbahor

23 720

7 555

7.

Namangan

Pop

36 729

10 302

8.

Samarqand

Narpay

21 115

10 762

9.

Surxondaryo

Jarqoʻrgʻon

19 423

6 665

10.

Sirdaryo

Sayxunobod

28 462

10 000

11.

Toshkent

Quyichirchiq

35 969

11 461

12.

Fargʻona

Beshariq

20 434

7 995

13.

Xorazm

Qoʻshkoʻpir

23 909

9 600

Jami

342 809

127 268

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-179-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sugʻorishning yangi texnologiyalariga oʻtishda amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan tadbirlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Hokimlik va tashkilotlar

Vazirlik va idoralar

I. Tuproqning unumdorlik holati va ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasiga bogʻliq holda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish

1.

Paxta ekiladigan maydonlarda tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha bajariladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanish uchun mavjud maʼlumotlar bazasi asosida tuproq holati toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlash.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Kadastr agentligi

(A. Allaberganov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

2.

Tuproq ball boniteti, gumus, umumiy azot, fosfor, kaliy hamda nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan taʼminlanishi darajasiga qarab gʻoʻzani mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirish meʼyorlarini belgilash.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

3.

Shudgor oldidan yerga fosforli oʻgʻitlar yillik meʼyorining 70% ini (100 kg/ga sof holda, ammofos oʻgʻiti 220 kg/ga meʼyorda), kaliyli oʻgʻitning 50 % ini (50 kg/ga kaliy sof holda yoki 83 kg/ga kaliy xlorid oʻgʻiti) hamda mahalliy oʻgʻit (goʻng 15 — 20 tonna yoki kompost 20 tonna/ga miqdorida) solish yuzasidan seminar oʻtkazish.

2022-yil oktabr-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

4.

Kuzgi shudgorning ahamiyati, oʻtkazish muddati, chuqurligi va mexanik tarkibi ogʻir maydonlarda plug osti qatlamini 60 — 70 sm chuqur yumshatish toʻgʻrisida seminarlar oʻtkazish hamda ilmiy amaliy tavsiyalar berish.

2022-yil noyabr-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

5.

Tuproqning shoʻrlanish darajalari, shoʻr yuvish jarayoni, usullari va meʼyorlari, tuproq tarkibidagi zararli tuzlarning gʻoʻza oʻsimligiga taʼsiri, ikkilamchi shoʻrlanish, shoʻrlangan yerlarda agromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.

2022-yil noyabr-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

Kadastr agentligi

(A. Allaberganov)

6.

Tuproq unumdorligini oshirishda oraliq va siderat ekinlar turi va navlarini tanlash va ekish, ilmiy asoslangan almashlab va navbatlab ekish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va seminarlar oʻtkazish.

2022-yil oktabr-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

II. Viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib gʻoʻza navlarini ilmiy asoslangan holda toʻgʻri joylashtirish rejasini tuzish va urugʻlik jamgʻarish

7.

Gʻoʻza navlarini tezpisharligi, hosildorligi, suv tanqisligi va shoʻrga bardoshliligi boʻyicha ilmiy asoslangan joylashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2022-2023-yillar sentabr — yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

8.

Ekish rejalashtirilgan gʻoʻza navlarining urugʻlik chigitlarini tayyorlash, sifatini nazorat qilish.

2023-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

9.

Paxtachilikka ixtisoslashgan tumanlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda gʻoʻza navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish agrotexnologiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar tayyorlash, oʻquv seminarlarini oʻtkazish.

2023-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

10.

Rayonlashgan, istiqbolli va yangi gʻoʻza navlari urugʻlik maydonlarini navga xos boʻlmagan oʻsimliklardan tozalash va aprobatsiya koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berish, mualliflik nazoratini olib borish.

2023-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

III. Ilmiy asoslangan agrotavsiyalar asosida begona oʻtlarga qarshi kurash va chigit ekish

11.

Tuproq turi va tarkibidan kelib chiqib, gʻoʻza maydonlarini kapital va joriy tekislash, chigitni ekishga tayyorlash, boronalash, molalash kabi tadbirlarning ahamiyati, oʻtkazish tartibi va muddati boʻyicha seminarlar oʻtkazish.

2023-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

12.

Chigitni ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berish: “Uzgumi” 0,7-0,8 l/t, “Fitovak” 200 — 300 ml/t, “Bioduks” 2-3 ml/t va boshqa stimulyatorlarni qoʻllash, oʻsimlikning jadal oʻsishi va rivojlanishini taʼminlash maqsadida vegetatsiya davomida oʻsishni sozlovchi moddalar bilan barg orqali oziqlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

13.

Chigit ekish bilan yoki ekishdan keyin begona oʻtlarga qarshi tuproq ustidan “Stomp” 0,8 — 1,0 l/ga, “Kotoran” 1,0 — 1,2 kg/ga va boshqa gerbitsidlarni qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.

2023-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

14.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, chigit ekish grafiklarini ishlab chiqish va chigit ekish mavsumini qisqa muddatda (10 — 12 kun) yakunlash, toʻliq va sogʻlom nihol undirib olishga erishish.

2023-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

15.

Saralangan, dorilangan, yuqori unuvchanlikka ega urugʻlarni ekish bilan birga gektariga sof holda 15 — 20 kg azotli va 20 — 25 kg fosforli oʻgʻitlarni seyalkaga oʻrnatilgan maxsus moslamalar yordamida ekish chizigʻidan 5 — 7 sm uzoqlikda, 12 — 15 sm chuqurlikka solish va chigit ekishni taʼminlash.

2023-yil mart-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

IV. Gʻoʻza yetishtirishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida oʻtkazish

16.

Dalalarning meliorativ tuproq sharoiti, ekish sxemasi va gʻoʻza naviga bogʻliq ravishda yaganalashni eng maqbul muddat — 1-2 chinbarg paydo boʻlganda oʻtkazish boʻyicha fermer xoʻjaliklari hamda agroklasterlar rahbarlari ishtirokida seminarlar oʻtkazish.

2023-yil aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

17.

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berishning ahamiyati, ishlov berish muddatlari, chuqurligi, kultivatsiya oʻtkazishda ishchi organlar soni va ularni rostlash, begona oʻt bosgan uchastkalarda kompleks ishlov berish tadbirini sifatli oʻtkazishni monitoring qilish.

2023-yil aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

18.

Gʻoʻzani oziqlantirishda mineral oʻgʻitlarning yillik meʼyorlariga koʻra, oʻgʻitlarni tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlariga bogʻliq holda tabaqalashtirib solish, tuprogʻi shoʻrlangan yerlarda azotli oʻgʻitlar meʼyorini 10 — 15 foiz oshirish, fosfor va kaliyli oʻgʻitlarni agrokimyoviy kartogrammalar asosida berishni tashkil etish.

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

19.

Gʻoʻzani vegetatsiya davrida bargi orqali biostimulyatorlar bilan oziqlantirishning ahamiyati, ishlov berish muddati va meʼyorlari, stimulyatorlardan (“Uzgumi”, “Fitovak”, “Bioduks” va b.) samarali foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

20.

Gʻoʻzani chilpish muddati va usullari, kimyoviy chilpishda qoʻllaniladigan preparatlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda seminarlar oʻtkazish.

2023-yil iyul-avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi

(I. Ergashev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(A. Toʻrayev)

V. Hududlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash

21.

Gʻoʻzaning oʻsishi, rivojlanishi va tuproqning mexanik tarkibini hisobga olgan holda sugʻorish muddatlari va meʼyorlarini belgilash, suv tejovchi usul va texnologiyalar qoʻllaniladigan maydonlarni kengaytirish, tuproqdagi namlikni uzoq muddat saqlab turuvchi texnologiyalardan foydalanish.

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

22.

Gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoiti, sizot suvlari sathi, gidromodul hududlardan kelib chiqib sugʻorish davomiyligi, sugʻorishlar oraligʻi va texnikasi, sharbat usulida sugʻorish, tunda sugʻorishning ahamiyati, sugʻorishda zamonaviy asboblardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Mavsum davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

VI. Gʻoʻza maydonlarida ilmiy asoslangan holda defoliatsiya oʻtkazish hamda uning sifatini nazorat qilish

23.

Gʻoʻza defoliatsiyasining ahamiyati, defoliatsiya samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar, oʻtkazish muddati va defoliantlar meʼyorlarini belgilash, ishchi eritmalarni tayyorlash, purkagich agregatlarni sozlash, ularni ishlatish tartiblari boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish va seminarlar oʻtkazish.

2023-yil avgust-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev)

24.

Paxta hosilini mashinalar yordamida terish uchun dalalarni tayyorlash, terim mashinalarini doimo ish holatida boʻlishini taʼminlash va terimni tashkil etish.

2023-yil sentabr-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari,

paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(J. Xodjayev)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 07/22/179/0238-son)