05.05.2022 yildagi PQ-234-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining taklifiga ko‘ra Xanchjou shahrida (Xitoy) 2023-yil 23-sentabr — 8-oktabr kunlari XIX yozgi Osiyo o‘yinlari hamda shu yilning 22 — 28-oktabr kunlari IV yozgi Paraosiyo o‘yinlarida (keyingi o‘rinlarda — Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari) O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirok etishi rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasining avvalgi Osiyo o‘yinlariga nisbatan sport turlari bo‘yicha 30 tadan 35 tagacha hamda Paraosiyo o‘yinlariga nisbatan parasport turlari bo‘yicha 8 tadan 13 tagacha, umumiy professional sportchilar sonini 50 foizdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
an’anaviy yakkakurash sport turlari bilan bir qatorda o‘q otish, yengil atletika, eshkak eshish, velosport, gandbol, regbi, basketbol 3x3, suv sporti, shuningdek, paravelosport va parashaxmat sport turlari bo‘yicha natijadorlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning genetik va fenokopik imkoniyatlarini o‘rganib, ularga ratsional ovqatlanish hamda mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar berish va ularni milliy terma jamoalarga jalb qilish, shuningdek, har bir sportchining psixologik portretini shakllantirish orqali psixologik tayyorlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha tayyorgarlik jarayoniga xorijiy trenerlar va mutaxassislarni, shu jumladan sport farmakologlari, diyetologlari, psixologlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar uchun uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish hamda yakuniy tayyorgarlik bosqichini samarali va sifatli tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2023-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 3 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 1 500 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — 2 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — 500 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari va ularni tayyorlagan trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 200 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 100 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining — 50 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar mahalliy budjetning qoldiq mablag‘lari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasining kontingentini, shuningdek, ushbu o‘yinlarga bosqichma-bosqich tayyorgarlik olib borish sxemasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasidagi malakali mutaxassislar va mas’ul sport tashkilotlari vakillaridan iborat Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari tezkor shtablari faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlariga sport bazalarini biriktirish, sport inventarlari bilan ta’minlash, 110 kunlik uzluksiz mahalliy va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda xalqaro sport musobaqalarida terma jamoa a’zolari ishtirokini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida sportchilarning doping nazoratini olib borish uchun mo‘ljallangan Dopingga qarshi ma’muriyat va boshqaruv tizimi (ADAMS) dasturi bo‘yicha maxsus ishchi guruhlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
natijadorligi past bo‘lgan sport federatsiya (assotsiatsiya)larida zamonaviy sport menejmentini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev)ga:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarligi davomida jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash, jumladan trenerlar, sport shifokorlari, hakamlar ishtirokida mahalliy va xalqaro seminar-treninglar, master-klass tadbirlarini o‘tkazib borish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining qatnashishi uchun ularni sport anjomlari, rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini tantanali kuzatish va kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) milliy terma jamoa a’zolariga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari va musobaqalar davrida jismoniy holatini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan mobil laboratoriyalar faoliyatini tashkillashtirish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Markaz orqali biriktirish va jalb etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ish faoliyati unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini yaxshilash hamda sportchilarning davolanishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, jarohat olgan sportchilarga o‘z vaqtida jarrohlik yordamini ko‘rsatish va reabilitatsiya qilish maqsadida Markazda yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan xirurgiya va reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, zarur bo‘ladigan tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 2023-yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 5 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek 2023-yilda Davlat budjeti parametrlarida qo‘shimcha zarur mablag‘lar ko‘zda tutiladi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi orqali moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz uchun talab etiladigan boshqa tibbiyot jihozlari va asbob-uskunalarni xarid qilish Markazning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning tashkil etiladigan sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davrida ta’lim muassasasi o‘quv darslaridan, ish faoliyatidan belgilangan tartibda ozod qilinishini va sport tadbirlarida o‘z vaqtida ishtirok etishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy antidoping agentligi (N. Tursunov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov):
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi buyurtmanomasiga muvofiq Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik davri mobaynida terma jamoa a’zolari uchun xorijga chiqish hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasining Pekindagi “Beyjing” hamda Xanchjoudagi “Syaoshan” (Xitoy) xalqaro aeroportlarida immigratsiya nazoratidan o‘tishiga ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarining Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida qatnashishi uchun ularning xorijga chiqish biometrik pasportlari tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi transport vositalari kuzatuvini tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vazirligi (I. Maxkamov):
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi talabnomalariga asosan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Xanchjou shahriga (Xitoy) reyslar tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent-Xanchjou-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tegishli bo‘lgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yo‘lak” tashkil qilish va mazkur yo‘lak orqali O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini kuzatishni va kutib olishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari va ularning qo‘l yuklarini (sport ovqatlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov) hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda O‘zbekiston sport delegatsiyasini zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar, asbob-uskunalar va preparatlar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida bevosita ishtiroki to‘g‘risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda keng yoritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari tomonidan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegatsiya rasmiy liboslari, sport ekipirovkasi, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlarni xarid qilish, shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lib o‘tadigan sport bazalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijarasi hamda ovqatlanishni tashkil qilish bilan bog‘liq tartib-taomillar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya qilingan holda amalga oshirilsin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy bo‘linmalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda tegishli sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlasin, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarni biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Sh.Sh. Maxmudov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh.R. Tashmatov va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-234-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi PQ-234-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2023-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoa a’zolarini tanlab olishva saralash (seleksiya)

1.

Sport maktabi, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Sport maktablari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lariga mutaxassislar, trenerlar tomonidan erkin tashrif buyurish va mashg‘ulot jarayonlarini kuzatib borish.

2. Kuzatuv natijasida iqtidorli sportchilarni keyingi bosqichdagi sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazishga tavsiya qilish.

3. Tanlab olingan iqtidorli sportchi bilan alohida tayyorgarlik rejasi asosida ish olib borish.

4. Terma jamoa tarkibiga kirgan sportchilarning mas’uliyatli vazifalarini tushuntirish.

5. Terma jamoa a’zolari uchun maqsadli mashg‘ulot jarayonlarini uzluksiz tashkil qilish.

6. Terma jamoa a’zolariga sport anjomlari, sport ekipirovkalari, tegishli dori-darmon, vitaminlar ajratish hamda ularni shifokor va sport psixologlarning doimiy nazoratida ushlab turish.

Reja asosida



Ishlab chiqish — 2023-yil 1-iyul

Amalga oshirish — 2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (O. Fozilkarimov),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari
va nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan iborat tarkibni shakllantirish.

1. O‘zbekiston chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilardan iborat tarkibni shakllantirish.

2. Terma jamoa trenerlari tomonidan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash dasturini ishlab chiqib tasdiqlash.

3. Trenerlar tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tanlab olingan sportchilarning ishtirokida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va xalqaro sport musobaqalariga ishtirokini uzluksiz ta’minlash bo‘yicha buyurtmanomalarni belgilangan tartibda taqdim etish.

4. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoa a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni kamida 10 kun oldin hal etish.

2023-yil
1-iyul






2023-yil davomida




Reja

asosida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

3.

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarni quyi bo‘g‘indan boshlab, to‘rt bosqichda (muassasa, tuman/shahar miqyosida, viloyat miqyosida, respublika miqyosida) musobaqalar o‘tkazish va tizimli asosida tanlab olish jarayonlarini puxta, shaffof, adolatli amalga oshirish choralarini ko‘rish.

1. O‘tkaziladigan sport musobaqalari va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Musobaqani o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish (inventar, hakam, sovrinli o‘rinlar sahnasi, faxriy yorliq, medal, sovg‘a va boshqalar).

3. Musobaqalarni shaffof, adolatli o‘tkazish uchun videokamera, foto apparatlardan foydalanish va musobaqa jarayonlarini tasvirga olish.

4. Musobaqa jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

5. Musobaqa yakunlari bo‘yicha natijalarni rasmiylashtirish hamda quyidagi ketma-ketlikda hisobotlarni monitoring qilib borish va taqdim etish:

muassasa miqyosida o‘tkazilgan musobaqalar natijalari yuzasidan hisobotlarni tuman (shahar) sportni rivojlantirish bo‘limiga;

tuman (shahar) miqyosida o‘tkazilgan musobaqa natijalari bo‘yicha hisobotlarni viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga;

viloyat miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalari natijalari bo‘yicha hisobotlarni sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga;

respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqa natijalari bo‘yicha hisobotlarni Sportni rivojlantirish vazirligiga.

Reja asosida



Ishlab chiqish — 2023-yil
20-may



Amalga oshirish — 2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Sport turlari bo‘yicha mashhur sportchilar ishtirokida doimiy master-klass va seminarlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

1. Master-klass va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqib tasdiqlash.

2. Mashhur sportchilar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Tasdiqlangan reja asosida master-klass va seminarlarni o‘tkazish.

Reja asosida


Ishlab chiqish — 2023-yil
20-may


Amalga oshirish — 2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskani hamda viloyatdagi “Qaldirg‘och” dam olish oromgohilaridan suv sporti bazasi sifatida foydalanish uchun uni Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga berish.

1. Toshkent viloyatidagi “Qoronqul” va “Qaldirg‘och” dam olish maskanlarini Suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga o‘tkazish.

2. O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasiga Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” QFY, “Qoronqul” MFYda joylashgan “Qoronqul” dam olish maskanini sport bazasi sifatida biriktirish.

3. Mazkur obyekt imkoniyatlari asosida nufuzli sport musobaqalariga suv sporti bo‘yicha O‘zbekiston sportchilarini puxta tayyorlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil
1-iyun

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi

II. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga sportchilarni jismoniy tayyorlash va tibbiy psixologik, farmakologik ta’minlash

6.

Dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, shaffof sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida:

doimiy ravishda seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilishini;

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarini o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazorat qilishni;

sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti, diyetologiyasini chuqur tahlil qilish va o‘rganish natijalari asosida farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirishni;

jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatda musobaqalarda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, tayyorgarlik bazalaridagi terma jamoa tayyorgarligiga qaytarishni ta’minlash;

sport turlari bo‘yicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali markazlashgan xolda biriktirish va jalb etish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Seminar, vebinar, uchrashuv va davra suhbatlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va o‘tkazish.

2. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalari jarayonida dopingga qarshi doimiy nazoratni o‘rnatish.

3. Farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqib, tasdiqlash va ularni amalga oshirish.

4. Jarohat olgan sportchilarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish va ularni sport psixologlari yordamida qisqa muddatlarda terma jamoa tayyorgarligiga qaytarish choralarini ko‘rish.

5. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi orqali terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini biriktirish.

Reja asosida



Ishlab chiqish — 2023-yil
20-may

Amalga oshirish — 2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Milliy antidoping agentligi (A. Sadiqov), Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

7.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jarohatlardan keyin tibbiy tiklanish uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

1. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga yetishmayotgan tibbiy asbob-uskunalar vaqtincha ajratilishini ta’minlash.

2. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jahon talablarini o‘rgangan holda zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarni xorijiy grant mablag‘lari evaziga xarid qilish hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga taqdim etish.

2023-yil
20-may

Budjet
va homiylar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev)

III. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash

8.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, monitoring olib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ishlab turuvchi tezkor shtablarni tashkil etish.

1. Respublika tezkor shtablarini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasida tashkil etish.

2. Viloyat tezkor shtablarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etish.

3. Tezkor shtablarni vaqtincha yengil avtotransport, kompyuter texnikasi va boshqa vositalar bilan ta’minlash.

4. Tezkor shtablarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 8 nafardan iborat mas’ullarni biriktirigan holda tashkil etish:

sportchilar monitoringi olib borish va tahlil qilish;

tibbiy nazoratni olib borish;

maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash.

5. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yakunlaridan so‘ng tezkor shtablar a’zolarini rag‘batlantirish.

2023-yil

20-may

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun tezkor shtabni Xanchjou shahrida (Xitoy) tashkil etish.

1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlaridan oldin O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Xanchjou shahri (Xitoy)da tashkil etiladigan tezkor shtab a’zolari tarkibini tasdiqlash va ularning vazifalarini belgilash.

2. Tezkor shtab a’zolari Xanchjou shahri (Xitoy)ga yuborish.

3. Tezkor shtab a’zolari tomonidan O‘zbekiston sport delegatsiyasini kutib olish, joylashtirish, ovqatlanish, tibbiy bo‘lim joylarini tayyorlash.

4. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tezkor shtab a’zolariga barcha zaruriy amaliy yordam ko‘rsatish.

2023-yil

1-avgust





2023-yil

1-sentabr


2023-yil

sentabr-oktabr

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov)

10.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston sport delegatsiyasini qo‘shimcha oziq-ovqat bilan ta’minlash.

1. Qo‘shimcha oziq-ovqat ta’minoti ro‘yxatini shakllantirish.

2. Qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish.

3. Xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini Xanchjou shahri (Xitoy)ga yetkazish.

Reja
asosida

Budjet
va homiylar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov), Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (O. Ibragimov),
Transport vazirligi (A. Muminov), O‘zbekoziqovqatzaxira (Z. Fayziyev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

IV. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, ularni tayyorlagan trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni mukofotlash va rag‘batlantirish

11.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mut?xassislar uchun bir martalik to‘lovni taqsimlash.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarga (maslahatchi trener, sport menejeri, shifokor, diyetolog, massajist) ajratiladigan bir martalik to‘lovlarni sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablarida hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan trenerlar kengashi qaroriga muvofiq taqsimlash.

2023-yil
15-avgust

Budjet
va homiylar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

12.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik to‘lovlar berish:

a) sportchiga:

oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;

kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;

bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

b) trenerga:

oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;

kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan har bir trenerga bir martalik to‘lovlar mahalliy budjetining qoldiq va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

2023-yil
10-dekabr

Mahalliy budjetning qoldiq mablag‘lari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan trenerlar va boshqa mutaxassislarni davlat mukofotlariga tavsiya etish.

1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston sport delegatsiyasi ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish.

2023-yil

1-oktabr,

20-oktabr

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev)

14.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanish.

1. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida ularning hisobotini 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish yuzasidan reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja-grafik asosida hisobotlarni 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining majlislarida eshitib borish.

3. Homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag‘larni to‘lab borish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangandan so‘ng ularni homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari tomonidan bir oy muddatda to‘lab borish.

4. Ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish.

Reja-grafik asosida



Ishlab chiqish — 2023-yil
1-iyun



Amalga oshirish — 2023-yil davomida

Homiylik mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

V. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik va ishtirok etish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

15.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Ommaviy axborot vositalarida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga doir ruknlarni muntazam ravishda yoritib borish.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha sport tashkilotlari hamda federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyati haqidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish va keng yoritish.

Media-reja ishlab chiqib, tasdiqlash va amalga oshirish.

2023-yil

20-may

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya

(F. Maxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

16.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini markaziy studiyalarda, shu jumladan “Sport” teleradiokanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish.

2023-yil

sentabr-oktabr

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya

(F. Maxmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov),

Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev)

17.

Respublikada bo‘lib o‘tadigan saralash musobaqalarida shaffof va odilona hakamlar korpusini shakllantirish.

1. Sport turlari bo‘yicha salohiyatli hakamlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Shakllangan ro‘yxatga muvofiq respublikada bo‘lib o‘tadigan saralash musobaqalariga jalb etish.

3. Musobaqalarni shaffof va odilona o‘tishi yuzasidan videokameralar o‘rnatish va jarayonlarni tasvirga olish.

2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash

18.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi bilan o‘zaro doimiy hamkorlikni ta’minlash.

1. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi bilan muzokaralar olib borish.

2. O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kelishib olish.

3. Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari davrida O‘zbekiston sport delegatsiyasini qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish.

2023-yil

may oktabr

Budjet
va homiylar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev)

19.

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash.

1. Xalqaro sport tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini O‘zbekistonga taklif qilish va ular bilan sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini kelishib olish.

2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi

(Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga sport sohasida yuqori malaka va xorijiy tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekistonning nomzodlarini tavsiya etish.

1. Nomzodlar ro‘yxatini shakllantirib borish.

2. Xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlik va texnik lavozimlariga O‘zbekistondan nomzodlar tavsiya etish.

2023-yil davomida

Budjet, homiylar
va ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Sh. Tashmatov), Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov),
sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 07/22/234/0383-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)