24.12.2021 yildagi PQ-60-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) akademik mustaqillik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha ravishda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar, shu jumladan amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlarini ta’lim muassasalariga o‘tkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolarining o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibini, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlar bo‘yicha qabul komissiyasi raisi va a’zolari, imtihonlar jadvali, imtihon olinadigan fanlar dasturlari va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibini tasdiqlash va uni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ichki tartib qoidalari, jumladan ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasining oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi quyidagi vakolatlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) o‘tkazish:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish davomiyligining eng kam muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakli joriy etilmaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish tartibini, shuningdek, ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan ta’lim muassasasi (ilmiy tashkilot)da faoliyat yurituvchi olimlardan iborat bo‘lishi haqidagi talabni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilsin hamda tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashining tarkibi tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud tegishli vazirlik (idora) tomonidan tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi o‘z vakolatlarini oliy ta’lim muassasasi kengashiga topshirishga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashiga kiruvchi vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Vazirlik davlat va davlat ulushi mavjud oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi, shuningdek, nomzodlar va rektor (direktor)larning boshqaruv qobiliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, taqdim etilayotgan akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv mustaqillikdan samarali foydalanish mavzularida tashkil etiladigan maqsadli malaka oshirish kurslarida o‘qishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik (idora)lar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat oliy ta’lim muassasalarining xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazalariga doimiy a’zoligini ta’minlasin hamda ulardan talaba, tadqiqotchi va o‘qituvchilarning bepul foydalanishini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil yakuniga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxona fondidagi o‘quv adabiyotlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlasin hamda Vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Elektron kutubxona” platformasini ishlab chiqish va yuritish Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik tomonidan oliy ta’lim muassasalarida hisobotlarni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish hamda ta’lim muassasasi faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikda Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik (idora)lar bilan birgalikda:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi bosqichda — 2022-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimining “O‘quv jarayonini boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda oliy ta’lim muassasasining akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, shuningdek, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimining “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda professor-o‘qituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda professor-o‘qituvchilar va kafedralarning ilmiy salohiyatini baholash masalalari avtomatlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimining “Ma’muriy jarayonni boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda oliy ta’lim muassasasining tuzilmasi, boshqaruv kadrlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash raqamlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismini joriy qilsin. Bunda to‘lov-shartnomalar elektron ko‘rinishda taqdim etiladi, stipendiya to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi bosqichda — 2022-yil 1-mayga qadar Axborot tizimining “Ta’lim sifatini nazorat qilish” qismini joriy qilsin. Bunda ta’lim sifati bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini yuritish avtomatlashtiriladi hamda ta’lim sifati monitoringini masofaviy shaklda olib borish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan talabalarni to‘liq qamrab olgan holda bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim jarayonlarini boshqarishning boshqa dasturiy ta’minotiga ega oliy ta’lim tashkilotlari uchun Vazirlik tomonidan belgilangan talablar bo‘yicha o‘z tizimining Axborot tizimiga integratsiya qilishi majburiy hisoblanadi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimida ta’lim sifatini monitoring qilish, jumladan talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish imkoniyati yaratiladi;
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimini joriy etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari, texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish xarajatlari Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy ta’lim muassasalariga Axborot tizimini joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Vazirlik tizimidagi tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uch oy muddatda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashning institutsional va maxsus (ta’lim yo‘nalishlari, ixtisoslik turlari va boshqalar bo‘yicha) shakllarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish jarayoniga nodavlat tashkilotlarni jalb etish hamda nufuzli xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkilotini navbatdagi davlat akkreditatsiyasidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sifatini nazorat qilishda “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish hamda o‘rganishlar qamrovi, davomiyligi va davriyligini ta’lim sifatining o‘zgarishi darajasiga qarab belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalariga berilayotgan akademik mustaqillikni inobatga olgan holda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyul va 2023-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-60-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-iyuldagi “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2215-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2228-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2524-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qarori 3-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3390-son qarorining 6-bandi hamda qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4358-son qarori 10-bandi birinchi xatboshisining birinchi jumlasi hamda qarorga 11-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 325-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-martdagi “Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 144-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-son qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 331-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, 4-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 569-son qarori 2-bandining ikkinchi, oltinchi xatboshilari hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 574-son qarorining 7-bandi hamda qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-son qarorining 13-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)